Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Eng uzun so'z va eng katta formula

E-mail Chop etish PDF

Eng uzun so'z va eng katta formula

Litseyda ta'lim olayotganimizda sinfdoshlar bilan o'zbek tilidagi eng uzun so'z haqida bahs boylashib qolgan edik. Ko'pchilik singari men ham o'z taxminlarimni aytganman. Bu bahs bejizga bo'lmay, yaqinlashib kelayotgan 21-oktyabr, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganliga bag'ishlab litseyda o'tkazilishi rejalashtirilgan tadbirda o'tkaziladigan qiziqarli viktorina savollari ichida shunday savol borligini bilar edik. Baribir savolning javobini bayram kuni ona-tili o'qituvchimizning o'zidan eshitganmiz: "elektromexanizatsiyalashtiraolmayotganligimizdandirmikin". Ko'rib, o'qib turganingiz juda uzundan-uzoq so'z, biz sanagan vaqtda naq 51 ta harfdan iborat bo'lib chiqqan edi. Albatta biz maktabda hali kirill alifbosi amalda bo'lgan davrda ta'lim olganmiz. Hozirgi lotin alifbosida esa, ш, ё, я, va ц harflari juftlikka aylanib, sh, yo, ya va ts ko'rinishini olganligi bois, so'zning yozma shaklining uzunligi yana ortdi.

Lekin men bu maqolada sizlar bilan litsey xotiralari yoki, o'zbek tilidagi uzun so'zlar haqida emas, balki, kimyoviy atamalar va formulalarda uchraydigan, talaffuzga juda qiyin uzun so'zlar va sahifalarda katta o'lchamlarni egallaydigan formulalar haqida suhbatlashmoqchiman.

Maqolani o'zbek tilidagi eng uzun so'zdan haqida boshlashim ham besabab emas. Bir zamonlar kimyoga bag'ishlangan viktorinalarda ham shunga o'xshash savollar uchrab turar edi. Xususan, maktab kimyo kursiga oid darslik va qo'llanmalara uchratish mumkin bo'lgan eng uzun kimyoviy atama haqidagi savolga, kitobning o'zida, oxirgi sahifalarida javob berib qo'yilgan bo'lib, biz - erinchoq o'quvchilar, javobni o'sha yerdan qarab bilib olganmiz: "dixlordifeniltrixlormetilmetan" - 30 ta harfdan iborat. Ko'pchilik bu birikmaning qisqartma nomi - DDT orqali yaxshi taniydi. DDT bundan bir necha yillar avval, qishloq xo'jaligida zararkunandalarga qarshi kurashda keng qo'llanilgan vosita bo'lib, hozirda u haqida kimyo darsliklarida ma'lumot uchratish amri mahol. Agar maktab kimyo darsliklaridan emas, umuman kimyoga oid adabiyotlarda va ilmiy manbalarda uchraydigan eng uzun kimyoviy atamani qidirib ko'rsakchi?

Yangilаndi: 22.01.2025 11:25
 

Turbulentlk

E-mail Chop etish PDF

Turbulentlk

Turbulentlk - suyuqlik va gazlarning ko'p oqimlarda kuzatiladigan hamda, bu oqimlarda turli o'lchamli ko'plab uyurmalar hosil bo'lishidan iborat hodisa. Bu hodisa tufayli gidrodinamik va termodinamik xarakteristikalar (tezlik, bosim, harorat, zichlik) tartibsiz fluktuatsiyalar ta'sirida bo'ladi hamda, shuning uchun fazoda va vaqt davomida tartibsiz o'zgaradi.

Turbulentlik kuzatiladigan suyuqlik oqimiga turbulent oqim deyiladi. Bunday oqimda suyuqlik va gazning zarralari tartiblanmagan, turg'unlashmagan harakatlar qiladi. Hamda bu hol ularning intensiv jadal aralashuviga olib keladi.

Bu jihatdan turbulent oqimlar tartibli xarakterga ega bo'lgan va faqat ta'sir qiluvchi kuchlarning o'zgarishidangina vaqt o'tishi bilan o'zgaradigan laminar oqimlardan farq qiladi. Laminar oqimda suyuqlik yoki gaz zarralari bir-biri bilan aralashmaydigan qatlamlar tarzida qat'iy bitta yo'nalishda ko'chadi.

Jadal tartibsiz aralashuv tufayli turbulent oqimlar yuqori issiqlik uzatish, kimyoviy reaksiyalarni (masalan yonishni) tez tarqatish, tovush va elektromagnit to'lqinlarni sochish, shuningdek impulsni uzatish va shu sababli qattiq jismlarni aylanib oqayotganda ularga yuqori kuch bilan ta'siri ko'rsatish xususiyatlariga egadir. Bunda turbulent oqimlarda harakatlanuvchi jismlar anchagina katta qarshilikka uchrashi sababli, kattagina energiya yo'qotadi.

Yangilаndi: 29.01.2025 09:38
 

Eng katta koeffitsiyentlar

E-mail Chop etish PDF

Eng katta koeffitsiyentlar

Kimyoga oid tenglamalarni ko‘rganingingizda albatta ularda qo‘llanadigan koeffitsiyentlarga e'tibor bergansiz. Kimyo sohasi mutaxassislari ularsiz deyarli ishlay olishmaydi. Fan o‘qituvchilari ham oliygoh va o‘rta-maxsus bilim dargohlarida ta'lim olayotgan, bo‘lajak kimyogarlardan, kimyoviy tenglamalardagi keoffitseintlarga jiddiy e'tibor qaratishni talab qilishiadi. Bu koeffitsiyentlar nima uchun kerak o‘zi? Axir ularni to‘g‘ri qo‘ya olish shunchalik muhimligidan, ba'zan kerakli koeffitsiyentlarni qo‘yish anchayin mushkul va vaqt oluvchi mashg‘ulotga ham aylanishi mumkin. Kimyo fanini o‘qitishga bag‘ishlangan horijiy jurnallardan birida (uning asosiy mushtariylari kimyo o‘qituvchilari bo‘lishgan) mharrir quyidagicha kimyoviy formula uchun mos koeffitsiyentlarni qo‘yishni topshiriq sifatida chop etgan va birinchi bo‘lib to‘g‘ri javobni yo‘llagan mushtariyga mukofot va'da qilgan:

{Cr[CO(NH2)2]6}4{Cr(CN6)8}+KMnO4+HNO8C2Kr2O7+CO2+KNO8+Mn(NO8)2+H2O

Albatta, ushbu birikma uchun koeffitsiyentlar tanlashning imkoni yo‘q deguvchilar ham topiladi. Lekin, yaxshilab urinib ko‘rilsa, buni uddalasa bo‘ladi.

Yangilаndi: 25.12.2018 14:29
 

Inert gazlar

E-mail Chop etish PDF

Inert gazlar

1962-yilda kimyoga bag‘ishlangan ilmiy jurnallarda ilk bora XePtF6, XeF2, XeF4, XeF6 kabi yangi kimyoviy birikmalar formulalari paydo bo‘ldi. Bu ktilmagan hodisa bo‘lib, sababi hali hech kim shu choqqacha inert gazlarning birorta ham kimyoviy birikmalarini ololmagan edi. Davriy jadvalning o‘ng tomonida jolashgan geliy, neon, argon, kripton, ksenon, radon kimyoviy elementlari to‘plami inert gazlar deyiladi.

Inert gazlarning kimyoviy reaksiyalarga kirishishi ularning tarixidagi ikkinchi kutilmagan hodisa bo‘ldi. Birinchi kutilmagan hodisa esa 1894-yildan 1898-yilgacha, ya'ni ushbu elemetlarning kashf etilishi davrida yuz bergan edi. o‘sha vaqtdayoq atmosferaning tarkibi yaxshi o‘rganilgan deb hisoblanardi va unda elementar tabiatning yana noma'lum gazlari borligi hech kimning hayoliga kelmagan edi.

Yangilаndi: 25.12.2018 14:30
 

Messbauer effekti

E-mail Chop etish PDF

Messbauer effekti

Atom yadrosi energiyasi, xuddi atom, molekula va boshqa kvant sistemalarniki kabi, faqat diskret qator qiymatlar olishi mumkin. Ruxsat etilgan energiyali holtalar orasidagi o'tishlarda yadro elektromagnit to'lqinlar nurlatadi. Bu to'lginlarning chastotasi odatda shundayki, ular γ-nurlanishlar sohasida joylashgan bo'ladi. Tegishli γ-kvantlar yuzdan bir necha millonlargacha elektron volt energiyaga ega bo'ladi.

Bitta yadro shiqargan γ-nurlanish xuddi shunday boshqa yadro tomonidan yutiladimi? Go'yo γ-kvant energiyasi aynan uyg'ongan va asosiy (uyg'onmagan) holatlar energiyalari farqiga teng va bunday kvantlar yadro tomonidan oson yutilishi lozim edi. Biroq odatda hω=E1-E0 shart bilan xarakatlanuvchi rezonans yutilish kuzatilmaydi. Buning sababi tepish energiyasidadir.

Miltiqdan otayotganda, o'qning uchib chiqib ketishi barobarida, impulsning saqlanish qonuniga ko'ra, miltiqning o'zi ham orqaga tepadi va demak qandaydir energiya ham oladi.

Yangilаndi: 25.09.2026 09:53
 

Ionosfera

E-mail Chop etish PDF

Ionosfera

Balandlik ortgan sari atmosferada gazlarning zichligi tez kamaya boradi. Ayni vaqtda quyosh spektrining ultrabinafsha qismi intensivlashadi. Bu qisqa to'lqinli nurlanish atom va molekulalarni ionlashga qodir. Bundan hosil bo'lgan elektron va ionlar mustaqil ravishda harakatlana boshlaydi. Albatta, o'rtacha olganda har xil ishorali zaryadlar bir-biriga tortishadi va rekombinatsiyalashadi, ya'ni qayta birikadi. Biroq, ionlar konsentratsiyasi kichik bo'lganda ularning qarama-qarshi ishorali ion yoki elektron bilan uchrashishi uchun ko'p vaqt talab qilinadi. Bu vaqt (soatlar va hatto kunlar) mobaynida quyosh nurlanishi ko'p yangi ionlar hosil qilishga ulguradi. Natijada har qaysi balandlikda elektronlar va ionlarning ma'lum konsentratsiyasi vujudga keladi. Turgan gapki, bu kunning qaysi vaqti ekanligiga ham bog'liq bo'ladi. Chunki ionlar tunda faqat rekombinatsiyalashadi.

Yangilаndi: 31.01.2025 10:40
 

Kobalt

E-mail Chop etish PDF

Kobalt

Kobalt - kimyoviy elementlar davriy jadvalining to'rtinchi davrning to'qqizinchi elementi. Formulasi Co. Kobaltning formulasi, uning lotincha nomi  "Cobaltum"ning dastlabki ikki harfidan kelib chiqqan bo'lib, u olmon tilidagi "kobold"  "uy pakanasi", "uy gnomi" ma'nolarini angltadi.

Oddiy modda sifatidagi kobalt Co  oqish, lekin biroz sarg'ishga tortadigan kumush rangli modda.  U ikki xil kristall modifikatsiyalrga ega, bular: geksagonal zich strukturali kobalt  Î±-Co , hamda, kubsimon panjarali strukturali kobalt bo'lmish β-Co.

Yangilаndi: 30.01.2025 07:48
 

Spektroskopiya

E-mail Chop etish PDF

Spektroskopiya

Olmon olimi R.Bunzen o'zi kashf qilgan gorelkaning issiqlik alangasida moddalarni bug'ga aylanib, alangani har xil ranglarga bo'yashini payqadi. Xususan, mis yashil alanga, osh tuzi sariq, stronsiy bo'lsa to'q qizil alanga berardi. Gorelkaga moddani quyilsa, alanganing rangi bo'yicha moddaning tarkibini aniqlash mumkin bo'ladigandek tuyulardi. Biroq, Bunzen tez orada har xil tarkibli moddalar ba'zi hollarda alangani bir xil bo'yashini payqab qoldi. Shundan keyin uning yurtdoshi fizik G.Kirxgof alanga yorug'ligini rangli nurlarni monoxromatik qismlarga ajratadigan shisha prizmadan o'tkazishni taklif qildi. Litiy hamda stronsiy ta'siridan alanga ko'zga hammavaqt bir xil rangda - to'q qizil bo'lib ko'rinadi; litiy alangasi yorug'ligi prizmadan o'tgandan keyin ikki chiziqqa - ravshan to'q qizil rangga va uning yonida xira jigarrangga ajraladi. Stronsiy bo'lsa bitta havorang, ikkita qizil va jigarrang chiziqlarni beradi.

Ma'lum bo'lishicha, istalgan kimyoviy elementning yorug'lanuvchi bug'lari faqat unga xos bo'lgan spektr - monoxromatik nurlanishlar to'plamini taratadi. Spektrda ularning har biriga faqat o'zigagina xos bo'lgan chiziq taaluqli bo'lar ekan. Barcha elementlarning spektrlari maxsus jadvallarda aks etgan. Ularda spektral chiziqlarning to'lqin uzunligi, ketma-ketligi va intensivligi ko'rsatiladi. Shunday tarzda spektrlar bo'yicha olimlar nurlanuvchi moddalar tarkibini aniqlash usuliga ega bo'ldilar. Natijada fizikaning elektromagnit nurlanishlar spektrlarini tadqiq qiluvchi yangi bo'limi - spektroskopiya vijudga keldi. Bu Kirxgof va Bunzen kimyoviy elementlarning eng dastlabki spektral tahlillarini amalga oshirgan 1859-yilda yuz berdi.

Yangilаndi: 04.02.2025 13:50
 

Ralf Govard Fauler

E-mail Chop etish PDF

Ralf Govard Fauler

Ralf Govard Fauler (inglizcha Sir Ralph Howard Fowler) - ingliz fizik-nazariyotchisi, astrofizik, matematik. Nazariy astrofizikaga tamal toshini qo'ygan ilk olimlardan biri. Uning ilmiy ishlari asosan, statik mexanika, kvant nazariyasi, matematika hamda, termodinamika fanlariga bag'ishlangandir.

Ralf Fauler, 1889-yil 17-yanvar sanasida, Buyuk Britaniyaning Esseks grafligidagi, Roydon yerida, ishbilarmon va sportchi oilasida tug'ilgan. Boshlang'ich ta'limni 10 yoshigacha uyda, yollanma murabbiy nazoratida olgan. Keyinchalik esa, Horris Hill o'rta maktabiga o'qishga o'tgan. o'rta ta'limni, 1902-1908 yillar davomida Vinchester maktabida tamomlagan. Ralf Faulerning iste'dodi, maktab yillaridayoq yuzaga chiqqan bo'lib, u Vinchester maktabidagi o'quvchilik yillaridayoq, tabiiy fanlar va ayniqsa, matematika bo'yicha bir necha nufuzli mukofotlarni qo'lga kiritgan. U 1906-yilda, Kembrij universitetining maxsus stipendiyasiga sazovor bo'lib, universitetda o'qish uchun yo'llanmaga ega bo'lgan. 1908-yilda maktabni bitirgach, Fauler, Kembrijga, matematika yo'nalishiga o'qishga kiradi va mazkur oliygohni 1911-yilda bakalavr darajasi bilan tamomlaydi. 1913-yilda, uning matematika borasidagi ilmiy yutuqlari uchun Relay mukofotin bilan taqdirlanadi va universitet qoshidagi Triniti kollejiga ishga qabul qilinadi. Fauler, 1915-yilda, Kembrij universiteti magistri diplomiga ham ega bo'ladi. Bu vaqtda u, ikkinchi darajali differensial tenglamalarni yechishning o'ziga xosliklari masalalarida ilmiy izlanishlarni boshlagan edi.

Yangilаndi: 29.01.2025 16:08
 

NBYGJZ YBCBS

E-mail Chop etish PDF

NBYGJZ YBCBS

(ZPYWE LSJQUPHSBGJZB IBRJEB)

PSCJUBOWRUBWA TBZUJEBHJ WTICW NBRPMB PSRBMJ TJAMBS WDIWO LSJQUPHSBGJZB, ZB'OJ NBYGJZ YBCBS BMNBTIJOJTI UFYOJLBTJ IBRJEB NB'MWNPU CFSJTIOJ NBRTBE RJMHBO FEJL.

Yuqoridagi ikki satr g'alati yozuvlar nimani anglatishini tushunolmay xunob bo'lmayapsizmi ishqilib? Albatta kimlardadir bu borada ma'lum tushunchalar bordir; lekin saytimizning ko'plab o'quvchilari uchun yuqoridagi so'zlar g'alati va tushunarsiz tuyulishi tabiiy. Boshingizni qotirmay, maqsadga ko'cha qolay: ushbu maqola kriptografiya, ya'ni, kodlash orqali maxfiy xat-xabar almashinish haqida. Mazkur yozuvlarning mazmuni bilan maqola so'ngida tanishishingiz mumkin. Qiziq bo'ladi degan umiddaman.

Agar XX-asr boshlarigacha ham, kriptologiyaning ahamiyati, diplomatik qutqular belgisi yoki, sarguzasht roman yozuvchilarining kitobxonni jalb qilish vositasi sifatida qaralgan bo'lsa, asr o'rtalari va yakuniga kelib u jahondagi deyarli har bir kishi uchun kundalik foydalanadigan oddiy maishiy yumushlar tarkibiga singib ketdi. Shuningdek kriptologiyaning ilmiy, ayniqsa matematik tashkil qiluvchi asosining murakkablik darajasi ortdi.

Xat-xabarni shifrlash va shifrdan yechish anchayin murakkab ish; uning uchun huddi shoxmotchilarniki singari kuchli mantiqiy va aqliy salohiyat talab etiladi.

Yangilаndi: 14.04.2025 09:41
 


Maqolaning 41 sahifasi, jami 55 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
ekodunyo.uz
O'simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14075038

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis