Ogoh bo'ling!!! Digidrogen monooksid!!!
Ogoh bo'ling!!! Digidrogen monooksid!!!
Yaqinda tadqiqotchilar, suv ta'minoti tizimida faol kimyoviy modda - digidrogen monooksidning (lot. Dihydrogen monoxide) katta miqdorda mavjud ekanligi va zudlik bilan ehtiyot choralar ko'rilmasa, u barcha insonlar salomatligiga jiddiy ta'sir ko'rsatishini aniqlashdi. Digidrogen monooksid odatda, sanoatda quyidagi maqsadlarda qo'llaniladi:
- Ishlab chiqarishda erituvchi va sovutgich sifatida;
- Yadro reaktorlarida;
- Penoplast ishlab chiqarishda;
- o't-o'chirgich ko'piklar tayyorlashda;
- Kimyo va biolaboratoriyalarda;
- Pestidsidlar ishlab chiqarishda;
- Sun'iy ozuqaviy qo'shimchalar va dori vositalari ishlab chiqarishda.
Yangilаndi: 29.01.2025 09:20
Tekin tushlik
Tekin tushlik
10 nafar o'smirlar, o'rta maktabni bitirganliklari munosabati bilan, restoranda do'stona bayram tushligini uyushtirishdi. Barcha yig'ilib, birinchi taom dasturxonga tortilganida, yigitchalar bayram stoliga qanday tartibda o'tirish haqida bahslashib qolishdi. Ulardan biri bo'yma-bo'y o'tirishni taklif qilsa, ikkinchisi familiya bo'yicha, alifbo tartibida, yana biri esa tug'ilgan kuni raqamiga qarabo'tiraylik der edi. Bunday davralarda qiziqqonroq o'smir yigitchalar mushtlashib ketishi ham cho'rt emas. Bahs cho'zilgandan cho'zilib, dasturxonga tortilgan sho'rva sovib ulguribdi, lekin hech kim hali hamon stolga o'tirmas emish. Kuzatib turgan ziyrak ofitsiant vaziyatga aralashishga majbur bo'libdi.
- Hurmatli yosh xo'randalar, - deb ularga ehtirom bilan murojaat qilibdi ofitsiant, - buguncha bayram dasturxoniga tasodifiy tartibda o'tiraveringlar va meni so'zlarimni tinglanglar...
o'smirlar tasodifiy tartibda stullarga o'tirishibdi va ofitsiantga quloq tutishibdi.
Yangilаndi: 12.02.2025 07:39
Eko-Muvozanat va qiziqarli matematika
Eko-Muvozanat va qiziqarli matematika
Erta bahorda unib chiqqan momaqaymoq o'simligi va gulini barchamiz ko'rganmiz. Uning parashyutchalarini puflab uchirib ko'rmagan inson ham kam bo'lsa kerak. Hech tasavvur qilib ko'rganmisiz: anao'sha siz puflab uchirib yuborgan momaqaymoq parashyutchalariningsoni nechta bo'lar ekan? Ulardan har biri, uchib borib tushgan yeridan unib chiqib, keyingi yili yana bir momaqaymoq o'simligiga aylansa, siz puflagan bitta momaqaymoqdan unib chiqqan keyingi avlodning soni qancha bo'lar edi? Bitta momaqaymoq boshchasidagi parashyutchalar sonini sanash - zerikarli ishdir balki. Lekin natija shunchalik qiziqki, sabr bilan ularni sanab chiqsa arziydi.
Keling shu masalani matematika yordamida yechishga urinib ko'ramiz.
Bitta momaqaymoq boshchasida kamida 100 ta urug' bo'lar ekan. Ba'zilarida bu son 200 dan ham ortishi mumkin. Biz masalamiz uchun, standart taqribiy qiymat 100 ni olaqolamiz.
Yangilаndi: 31.01.2025 08:54
Rene Dekart
Rene Dekart
(1596-1650)
Men fikrlayapman, demak, men - mavjudman!
Dekart.
Rene Dekart 1596-yilning 31-mart kuni, Fransiyaning Turen hududidagi kichik Lae shaharchasida dunyoga kelgan. Dekartlar oilasi, qadimiy, biroq kambag'allashib, obro'si pasayib qolgan zodagonlar urug'idan bo'lishgan ekan. Uning otasi Renn sharida sudya bo'lib ishlagani uchun, ko'p vaqtini o'sha yerda o'tkazgan va Laega juda kam kelgan. Tug'ruqning og'ir kechganligi sababidan, uning onasi, bir necha kundan keyin tug'ruq asoratlari tufayli olamdan o'tgan. Rene uchun ham tabiblar sog'lomlik va chidamlilikni bashorat qilishmagan, sababi u ham onadan tug'ilganida juda nimjon bo'lgan ekan. U haqiqatan ham balog'atga yetgunicha quruq yo'tal va doimiy holsizlikdan aziyat chekib, yuzi doimiy oqargan qiyofada hayot kechirgan. Uning bolalik damlarini, onasi tomondan buvisining qaramog'ida, iqlimi yumshoq va ajoyib bog'-rog'lari bilan mashhur bo'lgan Turenda o'tdi. Dekart o'sha yerdagi iezuitlar kollejida, 1612 yili, 8 yillik maktabni tamomladi.
Yangilаndi: 14.02.2025 08:11
Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni
Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni
Hozirgi zamon fizikasida termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni, ikkinchi tur abadiy dvigatelning, ya'ni issiqlikni butunlay ishga aylantirib, davriy ishlaydigan dvigatelning yasash imkonsizligini uqtiradi. Keling, ushbu qonunning ochilishi tarixi va u tufayli insoniyat erishgan boshqa ilmiy-texnik yutuqlar haqida gaplashamiz.
Ingliz Gemfri Devid (1788-1829) 23 yoshidayoq ko'plab ilmiy va ijtimoiy mukofotlar, hamda, professor darajasiga ega bo'ldi. Undan tashqari uni qirollikning eng oliy e'tiroflaridan bir - "ser" unvoni bilan sharaflashdi va London qirollik ilmiy jamiyatining prezidenti etib saylandi. o'zining qisqa umri davomida ko'plab muvaffaqiyatli tadqiqot va tajribalar o'tkazdi. XIX-asr boshlarida Devi noldan past haroratda muzni eritishga muvaffaq bo'ladi. Keyinroq uning tajribalarini rus olimi Petrov takrorladi. Harbiy amaliyotchi Benjamin Tompson (1753-1814) AQSH mustaqilligi uchun bo'lgan urushdan qaytib, Bavariyada graf Rumford unvoni bilan taqdirlandi. U 1798-yili zambarak quvurlarini tayyorlash bo'yicha o'zining' tajribalari bayon qilingan risolani chop ettirdi. Uning tajribalarida, slindr shaklida quyilgan metallni o'rtasini burg'ulab, zambarak quvuri tayyorlash usullari keltirilgan edi. Uning tajribalaridan birida, zambarak quvuri tayyorlash jarayonida, metallni burg'ulayotganida, burg'uning aylanishlari soni daqiqasiga 960 martaga yetganida, slindr harorati 37 °C ga yetgani yozilgan. Mazkur qayd bilan tanishgan Gemfri Devi, fanda hukm surib kelayotgan teplorod haqidagi tushuncha Rumfordning ham, o'zining ham tajribalariga mos kelmasligini fahmladi. Devi, issiqlik paydo bo'lishi hodisasini tushuntirish, uchun o'z nazariyasini taklif etdi. Unga ko'ra, issiqlik bu - jismni tashkil qiluvchi moddalarning tebranma harakati natijasida paydo bo'lib, Devining fikriga ko'ra, gazlar va suyuqliklar uchun zarrachalarning harakati nafaqat tebranma, balki aylanma yo'nalishda ham bo'lishi kerak edi. Devining bu nazariyasi kinetik issiqlik nazariyasi nomini oldi. Shunga o'xshash nazariyani Gustav Yung ham ilgari surgan.
Yangilаndi: 29.01.2025 09:05
Domna pechi
Domna pechi
Ko'p asrlar davomida odamlar temirga ishlov berishda qadimiy va sodda uskuna - loydan yasalgan pechlardan foydalanib kelishgan. Yer sirtida hali-beri oson eriydigan temir rudalari mavjud ekan, bu usul temir va temir mahsulotlari ishlab chiqarish ehtiyojlarini to'la qanoatlantirar edi. Biroq, o'rta asrlarga kelib, odamzot yer sirtidagi oson eriydigan temir konlarini o'zlashtirib, deyarli tamomlab bo'ldi. qolaversa, metallarga, ayniqsa temirga bo'lgan talab borgan sari ortib bordi. Metallurgiyada asosan qiyin o'zlashtiriladigan va eriydigan temir rudalaridan foydalanishga to'g'ri kela boshladi. Bunday rudalardan temir ajratib olish uchun oddiy temirchilik pechlarida hosil qilinishi mumkin bo'lgan haroratdan ancha balandroq harorat talab qilingan. Ya'ni, bunday rudalar uchun erish harorat ancha yuqori bo'lishi zarur edi. o'sha vaqtlarda haroratni oshirishni faqat ikki xil usulini bilishar edi: 1) Pech balandligini orttirish orqali; 2) havo haydashni ko'paytirish orqali. Temirchi ustalar asta sekinlik bilan mazkur ikki usulni birlashtirib, ancha yuqori haroratlarga erishish va bu orqali, temirni yangicha qayta ishlash imkonini beruvchi pechlarni ixtiro qildilar. Bunday pechlar metallurgiya tarixida "shtukofen" pechi nomi bilan ancha mashhur bo'lgan.
Yangilаndi: 23.01.2025 14:00
Spektral tahlil
Spektral tahlil
Quyosh nuri prizma orqali o'tkazilganida, uning ortidagi ekranda spektr paydo bo'ladi. Olimlarning bu hodisaning mohiyatini anglashga va unga ko'nikishga ikki yuz yilga yaqin vaqt ketdi. Agar sinchkovlik bilan qaralmasa, spektrning alohida qismlari o'rtasida aniq chegarani ko'rib bo'lmaydi: qizil asta sekinlik bilan zarg'aldoqqa, zarg'aldoq esa sariqqa o'tib boradi va ho kazo.
Spektrga birinchilardan bo'lib sinchkovlik bilan nazar solgan inson - ingliz hakimi kimyogari Uilyam Xayd Vollaston (1766-1828) bo'ldi. Vollaston quyosh spektridagi bir necha oraliqlarda, ko'zga ko'rinmaydigan tartibda kesib o'tuvchi noma'lum xira chegara chiziqlarini kuzatdi. Lekin u bu hodisaga unchalik ahamiyat bermadi. Vollaston spektrdagi xira chiziqlarni prizmaning o'ziga xosligi (masalan nuqsoni) yoki nur manbaga bo'layotgan biror tashqi ta'sir, yoki yana biror boshqa juz'iy sababdan deb o'yladi. Uni faqat mazkur chiziqlar rangdor yo'laklarni bir-biridan yaqqol ajratib turganligi qiziqtirgan. Vollaston unchalik katta ahamiyat bermagan bu noma'lum chiziqlarni haqiqiy ma'noda chuqur ilmiy tahlil qilib o'rganib chiqqan olim Olmoniyalik Yozef Fraungofer (1787-1826) bo'ldi. Uning sharafiga bu chiziqlar fanda Fraungofer chiziqlari deb yuritila boshladi va ajoyib tadqiqotchining nomini tarixda abadiylashtirdi.
Yangilаndi: 29.01.2025 09:06
Elektronlarning atomlardagi taqsimalnishi
Elektronlarning atomlardagi taqsimalnishi
Elektronlar atomlarda ma'lum qatlamlar - qobiqlar bo‘ylab taqsimlanadi va bu qobiqlar K, L, M, N, O, P, Q harflari bilan belgilanadi. Bu qobiqlar mos ravishda, asosiy kvant soni n=1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 ga muofiqlikni ta'minlaydi. Yadroga eng yaqin qobiq bu - K qobig'i. Har bir qobiqdagi elektronlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p miqdori 2n2 ifoda orqali aniqlanadi. Shu tarzda, biq kvantli qobiqda, (eng kichik radiusli qobiq - K da) ikkitadan ko‘p elektronlar bo‘lishi mumkin emas, ikkinchi, ikki kvantli qobiqda (L-qobiqda) 8 tadan ko‘p, M, N, O, hamda P, qobiqlarda esa mos ravishda 18, 32, 50, 72, va 98 tadan ortiq elektron bo‘lishi mumkin emas
Yangilаndi: 04.01.2019 12:13
Aerostat
Aerostat
Juda qadim zamonlardanoq odamlar xuddi qushlar kabi parvoz qilishni, osmonu falakka ko'tarilishni, oddiyroq aytganda esa uchishni orzu qilishgan. Ammo, lekin, biroq... Qushlarnikiga o'xshatib sun'iy yasalgan qanotlardan foydalanib bajarilgan ko'p sonli urinishlar doimo bir xil natijani beravergan - har qancha urinmasin, odamzot yerdan oyoq uzib uchib keta olmagan, qaytanga yiqilib mayib majruh bo'lganlari ham bisyor bo'lgan.
o'rta asrlarga kelib, iliq havoning yengil jismlarni yuqoriga ko'tara olishi xususiyati ochilganida, undan odamni yuqoriga ko'tarish uchun foydalanish haqidagi g'oyalar paydo bo'la boshladi. XVI-XVII asrlar davomida, turli olimlar tomonidan aerostatning bir necha xildagi konstruksiyalari taklif etildi. Lekin amalda bu g'oyalar faqat XVIII asr oxiriga kelib ro'yobga chiqa boshladi.
1766-yilda Kavendish vodorodni kashf etdi. Vodorod havodan 14 marta yengil edi. 1781-yili italyan fizigi Kavello vodorod bilan to'ldirilgan sovun pufakchalari ustida tajribalar o'tkazdi. Shunday qilib aerostatning ishlash mohiyati ishlab chiqildi. Endilikda uning qobig'i uchun munosib material topish zarur edi. Bu oson bo'lmadi. An'anaviy matolarning ko'pi aerostat uchun og'irlik qilardi, yoki o'zidan vodorodni o'tkazib yuborar edi. Muammoni Parijlik professor Sharl yechishga muvaffaq bo'ldi. u aerostat uchun qobiqni kauchuk bilan to'yintirilgan (ya'ni kauchukka botirib olingan) shoyi matodan tayyorlash loyihasini amalga tadbiq qildi. Lekin, Sharl o'zining aerostatini havoga ko'tarishidan avvalroq, Anone shahrilik qog'oz ishlab chiqaruvchi fabrika xo'jayining o'g'lilari, aka-uka Jozef va Etyen Mongolfyelar o'z aerostatlarini osmonga chiqarishga muvaffaq bo'lishdi.
Yangilаndi: 23.01.2025 14:00
|
|