Atmosfera bosimining kashf etilishi
Havoning moddiy mavjudligi insoniyatga qadimimdan ma'lum. Eramizdan avvalgi VI-asrda yashagan yunon faylasufi Anaksimen havo barcha unsurlarning asosi deb hisoblagan. Shu bilan birga havo odam ko'zi ilg'amas qandaydir kuchga ega, xuddiki moddiyatdan holi (ushlab, hidlab yoki ko'rib bo'lmaydigan) "ruh"ga o'xshaydi deb fikr bildiradi. Qadimgi dunyo allomalari - Demokrit, Epikur va Lukretsiylar havoning modda xususiyatiga shubha qilmaganlar va ular havoning yumaloq shakldagi mayda zarralar - atomlardan tuzilgan degan ta'limotni ilgari surganlar. Bundan tashqari ular inson qalbi ham atom tabiatiga ega ekanligini, qalb atomlari favqulodda yengil va kamharakat ekanligini ta'kidlaganlar. Aristotel havoni tabiatni tashkil etuvchi asosiy to'rt unsurdan biri sifatida e'tirof etar ekan, u havoning vazni mavjudligini va bu vaznni uning o'zi ichiga havo puflangan va puflanmagan sharlarning vaznini o'lchash orqali tajribada isbotlaganini yozadi. Aristotel siyrak havoli bo'shliq (manfiy bosimli)ning so'rish xususiyatini yaxshi bilgan va bu faktdan "Tabiat bo'shliqdan qo'rqadi" degan o'zining mashhur noo'rin iborasini asoslagan. Reron esa havo mayda zarrachalardan iborat va ular kichik bo'shliqlar orqali bir biridan alohidalangan deb ta'kidlaydi. U siyrak havoli fazoda "katta bo'shliq" lar bo'lishi mumkinligini inkor etgan va buni tabiat qonunlariga zid deb tushuntirgan. Shuni ta'kidlash kerakki, ko'plab pnevmatik asboblarning dastlabki ixtirochisi aynan Reron hisoblanadi.







Volga dayosi dunyodagi eng serqatnov daryolar sirasiga kiradi. Bu mashxur daroning kema qatnovi orqali bir nechta shaharlar, shuningdek oq dengiz va - Kaspiy dengizlari o'zaro tutashadi. Yuk tashish salohiyati boÑyicha ham Volga eng yaxshi ko'rsatkichlarga ega. Bu daryo haqida qo'shiqlar yozilgan, filmlar ishlangan, hatto mashxur «Burlaki na Volge» tasviriy san'at asarini ham yaxshi bilasiz.


