Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Zararkunanda dasturlar evolyutsiyasi

E-mail Chop etish PDF

Zararkunanda dasturlar evolyutsiyasi

Viruslar, chuvalchanglar, troyanlar va boshqa zararkunandalar haqida

Kompyuter viruslari tezkor evolyutsiyalanmoqda. Xavfsizlik texnologiyalari bilan o‘tkir raqobat muhitida, viruslar ham o‘z strategiyasini o‘zgartirib, mukammallashib boryapti. Kompyuter viruslari tarixi qanday boshlangan edi va uning keyingi yo‘nalishi qanday bo‘ladi? Biz Orbita.Uz’da Sizga shu haqida hikoya qilishga jazm qildik.

Germaniya. Tez tibbiy yordam mashinasi Dyusseldorfdan qo‘shni shaharcha – Vuppertalga shoshib uchib bormoqda. Og‘ir ahvoldagi qariya bemorga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim. Vrachlar jarrohlik amaliyotini boshlashadi, lekin allaqachon kech bo‘lgan edi. Bemor ayol vafot etdi.

Bu hodisaning sababi – Dyusseldorf klinikasida kerakli tibbiy jihozlar yo‘qligidan emas. Gap shundaki, bu voqeadan bir kun avval amalga oshirilgan xakerlar hujumi oqibatida, 30 ta server qatorida Dyusseldorf shahar klinikasida ham axborot tarmog‘i ishdan chiqqan edi va kasalxonaning barcha axborot tarmoqlari ikki hafta muddatga ishdan to‘xtab qolgandi. Natijada, ushbu kasalaxonada qilinishi rejalashtirilgan operatsiyalarni boshqa klinikalarga ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan, bemorlarni qabul qilish to‘xtatilgan va umuman, kasalxona o‘z funksiyalarini bajara olmay qolgan.

Xakerlar hujum obyektini noto‘g‘ri tanlashgan edi va keyinchalik, o‘z xatolarini tushungan holda, serverlardagi ma’lumotlarni tiklash kalitini ham o‘zlari taqdim etishgan. Lekin allaqachon kech bo‘lgandi. Shu tariqa, 2020-yilda, tarixda birinchi marta, kiberhujum natijasida odamning vafot etishi hodisasi ro‘y berdi.

Yangilаndi: 14.10.2021 07:57
 

Chigirtka va tub sonlar

E-mail Chop etish PDF

Chigirtka va tub sonlar

Shu kunlarda sayyoramizdagi eng g'aroyib va sirli-jumboqli davriy biologik fenomenlardan biri - Shimoliy Amerikada magicicada sikada chigirtkalarining 17 yilda bir chiqadigan turining yer sirtiga chiqish hodisasi kuzatilmoqda. Bu tur chigirtkani odamlar faqat har 17 yilda ko'radilar xolos. Ular har 17 yilda, aprel-may oylarida, yuzadan 20 sm pastdagi tuproq qatlamining harorati 17 °C ga yetganda tuproqdan yoppasiga ko'tarilib, tashqariga chiqa boshlaydi va yaqin oradagi daraxtlarni ishg'ol qilib, quloqni qomatga keltiruvchi shovqin chiqaradi. Avvalgi safar bu chigirtkalar 2004 yilda yuzaga chiqqan edi. Bu safargi sikadalar chiqishi 17-maydan e'tiboran kuzatila boshlangan. Entomologlar uchun ayni kutilgan damlar keldi!

Yangilаndi: 21.05.2021 16:27
 

Noyob Yer gipotezasi

E-mail Chop etish PDF

Noyob Yer gipotezasi

Biz Koinotdagi yagona ongli hayot vakili bo‘lsak kerak...

Yerdagi hayot bir necha muhim va nozik omillarning o‘ta muvaffaqiyatli uyg‘unligi, xuddi, favqulodda omadli baxtli tasodif singari moslik natijasida vujudga kelgan. Masalan, Oyning mavjudligi ham beqiyos o‘ringa ega - deyiladi "Noyob Yer" gipotezasiga ko'ra.

Noyob Yer gipotezasiga qarama-qarshi gipoteza «xashaki Yer gipotezasi» deyiladi. Unga ko‘ra, Yer Koinotdagi eng oddiy (xashaki) bir o‘rtamiyona sayyora bo‘lib, unga alohida maqom va tus berish kerak emas deyiladi. Ushbu ikki nazariyaning oltin o‘rtaligini ko‘zlovchi boshqa ilmiy dalillarning esa sanog‘i yo‘q. Demak, biz yoki o‘ta noyob hayot shaklimiz va yoki, biz singari hayot shakli Koinot bo‘ylab istalgancha topiladi va shu sababli, biz singari hayot shakli o‘ta xashaki, oddiy hayot shakli xolos.

Yangilаndi: 22.04.2021 12:23
 

Yer - yaxlit tirik organizm g'oyasi

E-mail Chop etish PDF

Yer - yaxlit tirik organizm g'oyasi

Bizning sayyoramiz qandaydir qattiq jinslar va metallar uyumidan hosil bo‘lgan inert massa emas, balki, ulkan hajmli yaxlit tirik organizm bo‘lishi mumkinmi?

Lavlok «Margarita olami» nomli matematik model barpo qilgan. Uning asosida, Lavlok va uning tarafdorlari aytishicha, Yerdagi tirik organizmlar uyg‘unligi natijasida, sayyora bilan qayta aloqa mexanizmi shakllanar emish. Margarita olamida «qora» (yorug‘likni yutuvchi) va «oq» (yorug‘likni akslantiruvchi) «margaritkalar» yashar emish. Ushbu ikki tur margaritkalar tomonidan Quyosh nurlari energiyasining turlicha o‘zlashtirilishi natijasida, ular orasida raqobat yuzaga kelib, natijada, populyatsiya balansida bu narsa o‘z ta’sirini ko‘rsatgan va mo‘tadil harorat barqaror bo‘lishi uchun, ular muayyan o‘sish templariga rioya qilishga majbur bo‘lishgan emish.

Yangilаndi: 22.04.2021 12:07
 

22-aprel Ona Yer kuni

E-mail Chop etish PDF

22-aprel Ona Yer kuni

Deyarli hamma xalqlar zaminni «Ona Yer» deb ataydi. Hatto qadimgi Rimliklar ham sayyoramizni aynan shu ma’noda «Tellus Mater» deb aytishgan. Bu esa, shubhasiz, insoniyat va ona zamin bir-biri bilan uzviy bog‘liq ekanini, odamzot va Yer – ajralmas ekanini ifodasi deyish mumkin. Hatto muqaddas dinimizda ham, odam tuproqdan yaralgani ta’kidlanadi va u oxir-oqibatda yana tuproqqa qaytadi...

 

Avvallari Yer kuni ko‘plab mamlakatlarda bahorgi tengkunlik sanasida (21-mart) nishonlar edi. 1970-yildan e’tiboran esa, ushbu sana 22-aprelda nishonlanadigan bo‘lgan. O‘shanda AQSh parlamenti senatori Geylord Nelson boshchiligida, Garvardlik bir necha faol talaba yoshlar ishtirokida, dastlabki Yer Kuni askiyasi o‘tkazilgan edi. 1971-yildan e’tiboran esa, ushbu senator tashabbusi bilan, AQShda mazkur sana bayram sifatida har yili nishonlanadigan bo‘ldi va u mamlakat aholisi orasida tezkor ommalashdi. Keyinchalik, ushbu sana boshqa mamlakatlarda ham, norasmiy bo‘lsa-da, bayram sifatida e’tirof etila boshlagan.

Yangilаndi: 22.04.2021 09:10
 

Aldamchi kimyo

E-mail Chop etish PDF

Aldamchi kimyo

Kimyo fanida ba’zan qiziq va murakkab, uzundan-uzoq atamalar, terminlar va nomlar uchrab turadi. O‘zi aniq fan bo‘lgani uchun, biz kimyoga oid terminlar ham doim aniq va lo‘nda bo‘lishi kerak degan qarashga egamiz. Lekin, ushbu fanga oid shunday g‘alati, ta’bir joiz bo‘lsa, «aldamchi» terminlar ham mavjud bo‘lib, ularga duch kelganda, nafaqat fandan yiroq bo‘lgan diletantlar, balki, soha mutaxassislarining o‘zlari ham yanglishib, adashib qolishlari hech gap emas. Shu sababli ham, bunday terminlar va nomlarni «aldamchilar» deyilsa, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yangilаndi: 21.04.2021 17:44
 

Oltin nisbat

E-mail Chop etish PDF

Oltin nisbat

Leonardo da Vinchining yaqin do‘sti bo‘lgan italyan matematigi Luka Pacholi (1445-1517) o‘zining Divina Proportione deb nomlangan risolasini chop etgan edi. Bu risola nomini «Ilohiy proporsiya» deb tarjima qilish mumkin. Unda hozirda oltin kesma deb nomlanadigan va ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan nisbat haqida so‘z boradi. Yunon alifbosidagi φ harfi bilan belgilanadigan mazkur oltin nisbat matematikada va tabiatda ham juda hayratlanarli darajada ko‘p uchraydi. Oltin nisbatni tasavvur qilishning eng oson usuli bu – shunday kesmani ko‘z oldiga keltirish kerakki, uni ikki qismga shunday tarzda bo‘linadiki, bunda, kesmaning to‘liq uzunligining uning katta bo‘lagiga nisbati, ushbu katta bo‘lakning kichik bo‘lakka nisbatiga teng bo‘ladi. Ya'ni, buni (a+b)/b=b/a ifoda orqali bayon qilish mumkin. Va bu nisbat doim 1,61803... qiymatga teng chiqadi.

Yangilаndi: 25.01.2021 09:02
 

Genlar dreyfi

E-mail Chop etish PDF

Genlar dreyfi

Populyatsiyadagi genlar chastotasi tasodifiy omillar ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin

Xardi-Vaynberg qonuniga ko‘ra, nazariy jihatdan, muayyan ideal populyatsiyada genlar taqsimoti avloddan-avlodga o‘tishlarning barchasida doimiy bir xillikni saqlaydi. Masalan, o‘simliklardagi baland bo‘yni ta’minlovchi genga ega «nabiralar» soni, xuddi shu genga egalik qiluvchi ota-onalar soni bilan teng bo‘lishi lozim. Lekin, amalda, real populyatsiyalarda hammasi ancha boshqacha. Tasodifiy hodisalar tufayli, avloddan-avlodga o‘tishlardagi gen taqsimoti chastotasi o‘zgarib turadi va bu hodisani fanda genlar dreyfi deyiladi.

Yangilаndi: 20.01.2021 08:47
 

O‘zbekistonning havaskor astronomlari

E-mail Chop etish PDF

O‘zbekistonning havaskor astronomlari

O‘zbekistonda Havaskor Astronomlarning o‘rni haqida gap ketishidan avval bu fan haqida qisqacha eslab o‘tamiz. Astronomiya fani bilan qadim qadimdan va o‘rta asrlarda buyuk olim va allomalarimiz shug‘ullanib kelishgan. O‘zbekiston zamini astronomiya faniga buyuk olimlarni yetishtirib bergan. Astronomiya fanini gapirganda Mirzo Ulug‘bek, Al-Beruniy, Ali Qushchi kabi buyuk olimlarni eslab o‘tmasdan iloj yo'q va ularning astronomiya faniga qilgan xizmatlari butun dunyoga ma’lum va mashhurdir.

Hozirda ham bu fan bilan shug‘ullanishda davom etayotgan ustozlar va yosh olimlar bilan O‘zbekiston doim faxrlanadi. Sh. Egamberdiyev, Y. Tillayev, I. Asfandiyarov, B. Xafizov, B. Axmedov, O. Burxonov, A. Matekov, A. Tursunov va yana bir qancha olimlar va ilmiy xodimlar shular jumlasidandir.

Zamonaviy O‘zbekistondagi astronomik kuzatishlar jabhasida, olimlar va yosh ilmiy xodimlar qatorida, shuningdek, joylarda mustaqil kuzatishlar olib borayotgan havaskor astronomlar ham o‘z o‘rniga ega. Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda 13 nafar havaskor astronomlar faoliyat yuritishmoqda.

Biz ushbu maqolamizda sizlarni ular bilan qisqacha tanishtirmoqchimiz.

Yangilаndi: 14.01.2021 19:05
 

Elektromobillar erasida yordamga ummon keladi

E-mail Chop etish PDF

Elektromobillar erasida yordamga ummon keladi

Jahon energetika tarmog‘ida qayta tiklanuvchan energiya manbalarining ulushi ortgani sayin, hamda, ichki yonuv dvigateliga asoslangan an’anaviy avtomobillar o‘rnini elektromobillar egallashi asnosida, insoniyatning akkumulyatorlarga bo‘lgan ehtiyoji yana va yana ortib boradi. Bizga yaxshi tanish bo‘lgan akkumulyatorlar asosan metallar orqali kechadigan kimyoviy reaksiyalar evaziga ishlaydi va ushbu akkumulyatorlarni ishlab chiqarilishi uchun, qo‘rg‘oshin, marganets, kobalt va boshqa metallarning katta zaxiralari kerak bo‘ladi. Prognozlarga qaraganda, faqatgina elektromobillar uchun kerak bo‘lgan akkumulyatorlar bozori kelgusi 3 yil ichida har yili o‘rtacha 24 foizdan o‘sishi kutilmoqda va shu sababli, mutaxassislar akkumulyator ishlab chiqarish uchun zaruriy bo‘lgan metallar bozorida tanqislik yuzaga kelishi ehtimolidan xavotirga tushib qolishgan.

Yangilаndi: 06.01.2021 09:14
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 54 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
http://hujayra.uz/
Biolog olim Baxtiyor Sheraliyev va shogirdlari tomonidan yuritiladigan ajoyib veb-sayt! Biologiya va uning tarkibidagi fanlarga oid qiziqarli maqolalar shu yerda!
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 873
O'qilgan sahifalar soni : 7759552

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis