Urban Leverye
Urban Leverye

Urban Jan Jozef Leverye (fransuzcha: Urbain Jean Joseph Le Verrier), 1811-yilning 11- mart kuni Sen-Lo shahrida tavallud topgan. Fransuz matematik va astronomi. Neptun sayyorasini kashf etgan olim.
Boshlang'ich ta'limni o'z shahrida olganidan so'ng, Kayenna Politexnika maktabiga o'qishga kirgan, biroq imtihonlardan topshirmasdan, o'qishni tashlab, keyinchalik boshqa o'quv yurti - Parijdagi Buyuk Lyudovik kolledjiga joylashgan. o'qishni matematikadan oltin medal bilan bitirgach, Stainlas kolledjida matematikadan dars bera boshlagan. 1837-yilda Parij Politexnika maktabiga astronomiya kafedrasiga ishga kirgan. Olim Aragoning taklifiga ko'ra esa, 1839-yilda Parij rasadxonasida faoliyat boshlagan. Aynan shu yili uning astronomiyaga oid dastlabki asari - "Sayyoralarning yo'llaridagi asriy o'zgarishlarning tadqiqi" nomli risolasi nashrdan chiqqan.
Yangilаndi: 31.01.2025 08:53
Soniya
Soniya
SI ning asosiy birliklaridan yana biri bu - soniyadir. Uning amaldagi ta'rifi 1967-yilda qabul qilingan bo'lib, unga ko'ra, soniya - Seziy-133 atomining ikkita o'ta nozik sathlari orasidagi bir-biriga o'tishiga muvofiq keladigan yorug'lik nurlanishining 9 192 631 770 davriga teng ekanligi belgilangan. Seziy-133 atomining o'ta nozik sathlari orasidagi kvant o'tishi deganda, asosiy holat S1/22 uchun, F=4, mF = 0?F=3, mF=0 qo'zg'almas o'tish nazarda tutiladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, vaqt birligining mazkur ta'rifi, huddi metrniki kabi, uzoq yillar davomida, turli variantlardagi aniqlash va ta'riflash usullariing murakkab evolyutsion bosqichlardan o'tib kelishi natijasida shakllangandir. Vaqtning o'lchov birligini aniqlash, uzunlik va masofa o'lchov birliklarini aniqlashga nisbatan birmuncha murakkabliklarga ega, chunki, metr va kilogrammlar uchun bir marotaba mukammal etalon tayyorlab olib, uni ishonchli joyda saqlash va zaruriyat bo'lganda, undan namunalar olish mumkin. Biroq vaqt esa, doimiy harakatda bo'lib, uning o'lchov birligini aniqlashda, nisbiy solishtirish ishlarini bajarish kerak bo'ladi.
Yangilаndi: 05.02.2025 11:38
Termodinamik harorat birligi - Kelvin
Termodinamik harorat birligi - Kelvin
Termodinamik haroratning ta'rifi 10-O‘TXK (1954 yil, Rezolyutsiya 3; CR 79) tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, fundamental qiymat sifatida suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 qismiga teng deb aniqlangan. 13-O‘TXK (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43) "Kelvin gradusi" atamasi va °K belgisi o‘rniga, Kelvin va K belgisidan foydalanishni joriy etdi va Termodinamik harorat ta'rifini quyidagicha qilib belgiladi. (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43).
Kelvin - termodinamik harorat birligi. U suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 ulushiga teng.
Bundan kelib chiqadiki, suvning uchlanma nuqtasining termodinamik harorati 273.16 K ga teng ekan.
2005-yilda O‘TXI quyidagini ma'qulladi: (ya'ni, O‘TXQ suvning izotop tarkibiga nisbatan aniq talab qo‘ydi.)
Yangilаndi: 27.11.2018 11:58
Qopqondagi pishloq (yoki, moliyaviy piramida haqida)
Qopqondagi pishloq (yoki, moliyaviy piramida haqida)

Bundan to'rt-besh yil muqaddam Farg'onada asosan yoshlarni va qisman katta yoshdagilarni o'z girdobiga tortgan bir narsa avj olgan edi. O'shanda mening ham bir necha do'stlarim bunga aralashib qolib keyin ancha afsuslanib yurishdi. Yaxshiki tegishli idoralar tezkor choralar ko'rib, qalloblikning payini qirqishdi. Biroq ular, ancha munchasini chuv tushurib ulgurishgan edi..
O'zlarini allambalo tushunarsiz ajnabiy tildagi bolaxonali nomlar bilan atab olgan bir firma, arzimagan buyum va mayday-chuydalarni falon pulga sotar, bunda sotib oluvchilarga ham qandaydir usullarni tavsiya etib, tez boyib ketishga va'dalar berar edi. Firmachilar bir binoni ijaraga olib, bashang kiyingan holda, tillarida rasmiy jumlalarni qo'llab, odamlarni (tuzog'lariga ilingan bechoralarni desa yanglishmagan bo'laman) boplab laqillatib, qo'ynilarini puch yong'oqqa to'ldirib, oqibatda esa, arzimas buyumlarini falon so'mga pullab olishar edi. Matbuotda bunday holatni "Moliyaviy piramida" deb atashadi. Ya'ni, piramida kabi, yuqoridan pastlagan sari kengayib, tarmoq yoyib boradi. Foydani esa faqat eng yuqoridagi, piramidaning cho'qqisidagi(lar) ko'radi. Ular taklif qilayotgan tez boyish sxemasi esa ancha sodda:
Siz bu firma taklif qilayotgan biror buyum yoki xizmatni sotib olasiz. Bu narsalar arzon emas, masalan, kuchni ko'paytiradigan g'ayritabiiy xususuiyati bor bir allambalo shishaga o'xshagan matoh 650$ turadi. Ular taklif qilayotgan buyumlar orasida eng arzoni mana shu. Qolaversa, ularda qandaydir sanoqli sondagi Misr tilla tangalarimiey, qanaqadir taqinchoqlar va ho kazolar, yirik shaharlarga sayohatlar mavjud. Xullas, shulardan birini sotib olasiz va shu bilan birga firmaga a'zo bo'lasiz. Keyin esa, o'zingizga o'xshaganlardan yana uchtasini topib kelasiz. Ular ham o'sha narsalardan sotib olishadi. Ularni siz olib kelganingiz uchun, firmachilar, siz olib kelgan haridorlarning qilgan harid summasidan, adashmasam chorak qismini sizga berishadi. Keyin esa, ular ham o'zlari uchun uchtadan haridor topib kelishadi. Ulardan ham, sizga foyda tariqasida ma'lum ulush tegadi. Shu tarzda piramida davom etaveradi. Qarabsizki siz boyib ketasiz. Faqat dastlabki, haridni qilib, o'zingizga uch nafar haridor topib kelib ularni ham buyumlardan sotib olishga ko'ndirsangiz bas.
Yangilаndi: 12.02.2025 07:38
Segnetoelektriklar
Segnetoelektriklar

Segnetoelektriklar deb bir qator ajoyib dielektrik xossalarga ega bo'lgan va birinchi navbatda, hatto tashqi bo'lmaganida ham vujudga keladigan, o'z-o'zida elektr qutblanish xususiyatiga ega bo'lgan kristall moddalarga aytiladi. Birinchi marta bu xossalarni fizik olimlar I.V.Kurchatov va P.P. Kobeko, segnet tuzi (NaKC4H4O64H2O) kristallarini tekshirayotganda aniqlagan edilar. Shundan, mazkur sinf dielektriklar uchun segnetoelektriklar nomi kelib chiqqan. Keyinchalik, ba'zi boshqa kristallarning, masalan, bariy titanati, litiy tantalati, kaliy digidrofosfati kristallarining segnetoelektrik xossalarga ega bo'lishi aniqlandi. Segnetoelektriklar o'z dielektrik xossalarining anizotropiyasi bilan xarakterlanadi. Masalan, agar elektr maydon muayyan kritallik o'qlar bo'lab hosil qilingan bo'lsa, u holda ε dielektrik doimiy biror haroratlar sohasida maydon kuchlanganligiga kuchli darajada bog'langan bo'la boshlaydi va juda katta (ε~10000) qiymatga erishadi. Bundan tashqari, ε kattalik dielektrikning oldingi holatiga bog'liq bo'ladi. Dielektrikning segnetoelektrik sohasini chegaralovchi haroratga Kyuri nuqtasi deyiladi. Yuqoriroq haroratlarda moddalarning segnetoelektrik xossalari yo'qoladi. Ba'zi segnetoelektriklarda ularning ajoyib xossalari harorat bo'yicha ham yuqoridan, ham pastdan chegaralangan ikkita Kyuri nuqtadi bo'ladi.
Yangilаndi: 31.01.2025 17:00
Siyrak yer elementlari
Siyrak yer elementlari
Bu nom bilan 15 ta kimyoviy element: lantan (Z=57) va 14 ta lantanoidlar (Ce, Z=58 dan, Lu, Z=71 gacha)ning tarixiy nomidir. Bu elementlar Mendeleev davriy jadvalining oltinchi davrida joylashgan. siyrak yer elementlari jumlasiga yana skandiy (Z=21) va ittriy (Z=39) kiradi. Chunki bu elementlarning ochilishi va o'rganilishi tarixi siyrak yer elementlariningtarixi bilan chambarchas bog'liqdir. Tabiatda siyrak yer elementlari odatda bir-biri bilan yaqin uchraydi. Hozirda 250 ga yaqin siyrak yer elementlarining minerallari ma'lum bo'lib, ularni mumtoz siyrak elementlarga qo'shib bo'lmaydi. XIX-asrda va XX-asr boshlarida 100 dan ortiq siyrak yer elementi kashf etilgani e'lon qilindi, ammo, bu kashfiyotlarning ko'pi xato ekanligi aniqlandi. Haqiqatda esa tabiatda qancha siyrak yer elementi mavju ekanlgini hech kim aniq aytib bera olmadi. Bu ularning birinchi jumboq tomoni edi. Ikkinshisi esa siyrak ter elemntlarining kimyoviy o'xshashligidir. Bitta siyrak yer elementini boshqasidan ajratib olish uchun ko'p minglab turli xil kimoviy operatsiyalarni olib borishga va yillab vaqt sarflashga to'g'ri kelgan. Nima uchun siyrak yer elementlari juda o'xshash? Buni ham hech kim tushuntirib bera olmadi. Nihoyat uchinchi jumboq: birikmalar tarkibida uch valentli bo'ladigan siyrak yer elementlarini kimyoviy elementlarning davriy sistemasida qanday joylashtirish kerak? Bu savollarga javob topish asosan fiziklarga qoldi, ammo kimyogarlar ham mumkin bo'lgan hamma imkoniyatlardan foydalandilar. Ular siyrak yer elementlarini bir qatorga (atom massalarining ortib borishi tartibida) to'g'ri joylashtirib, bu elementlarning sonini taxminiy aniqladilar.
Yangilаndi: 10.02.2025 15:51
Kuryositi marsaxodi (Infografika)
Kuryositi marsaxodi (Infografika)
Mars haqidagi dastlabki astronomik kuzatishlar qayd qilingan yozma manbalar eramizdan avvalgi 3.5 ming yilliklarga tegishli Bobilliklarning astronomik jadvallari va ierogliflari hisoblanadi. O'rta asrlarda hind va musulmon sharqi munajjimlari Marsning o'lchamlarini va undan Yergacha bo'lgan masofa hisoblab chiqishgan. XVI-asrga kelib Nikolay Kopernikning geliotsentrik modeli asosida Iogann Kepler Marsning ekliptik orbitasining aniq keltirib chiqardi. Marsni kuzatish, teleskop kashf etilgach yana jadallashdi. 1659-Yilda Franchesko Fontanna teleskopik kuzatishlar asosida Mars sirtini tasvirini chizdi. 1660-yilda Dominik Kassini Marsning qutblarini aniqlab, tasvirga tushirdi. 1888-yilda Jovanni Skiaparell Mars sirtidagi alohida detallarga nom berishni boshladi: Adriatika, Kimmeriya, Feniks kabi dengizlar nomlarini aynan u bergan. XIX-asrga kelib Marsni o'rganish yana yangi bosqichga kirdi. Bu davrda Marsda kanallarning mavjudligi haqidagi xabar asnosida, Marsda hayot bor yoki, yo'qligini aniqlash bo'yicha tekshirishlar avj oldi. Koinotni zabt etish erasidan avvalgi davr astronomlari ichida Marsni tadqiq qilganlardan Persival Louell, Slayfer, Antoniadi, Leddi, Vokulyer, Tixovlarning izlanishlari ko'p samara keltirdi. Lekin baribir, Marsni nisbatan mukammal tadqiq qilish, unga tomon 1960-yillarda "Fobos", "Deymos", "Mariner", "Viking", "Mars Global Surveyor" kabi fazoviy dasturlarning uchirilishidan keyin boshlandi.
Yangilаndi: 05.02.2025 15:30
Astronomiyadan ma'lumotnomalar
Astronomiyadan ma'lumotnomalar

Tungi osmondagi to‘lin Oyga, minglab charog‘on yulduzlar yastanib yotgan Somon yo‘liga, sayyoramiz uzra aniq hisob-kitob bilan almashinib turgan kecha-kunduzga, va umuman olamning qanday qonuniyatlar asosida barqaror turishiga qiziqmagan odam kam bo‘lsa kerak. Bolaligida fazogir bo‘lishni orzu qilmagan o‘g‘il bolalar oz deysizmi...
Sirli koinot, jumboqqa to‘la fazo, hamma zamonlarda ham odamzotni o‘ziga jalb qilib kelgan. Eng qadimgi davrlardayoq odamlar, osmon jismlarining harakatlanishi ma'lum qonuniyatlarga asoslanishini payqab, ular asosida o‘z kundalik yumushlarini, qisqasi o‘z hayot tarzlarini tartibga solishga intilganlar.Shu nuqtai nazardan astronomiya, doimo dolzarb va muhim amaliy fan sifatida, barcha ma'rifatli jamiyatlarda, eng yuksak ilmiy doiralarda markaziy o‘rin tutuvchi fanlardan bir bo‘lib kelgan. XX-asrda koinotni inson tomonidan zabt etilishi erasi boshlanishi bilan, ushbu fanning ahamiyati yanada ortdi. Avvaliga Yer orbitasigacha uchgan inson, keyin esa Oyga qadam qo‘ydi. Ilgarilari odamzotning aqliga sig‘magan masofalarga - yaqin va uzoq sayyoralarga avtomatik kosmik apparatlar yubordi. Yillar sayin yangi sayyoralar, galaktikalar va butun boshli olamlarni kashf qilib bormoqda. Yaqin vaqtlar ichida, huddi bir zamonlar, madaniy o‘lkalar aholisi, boshqa qit'alarda koloniyalar tashkil qilganidek, odamzot ham boshqa sayyoralarda o‘z koloniyalarini tashkil qilishi, o‘zga osmon jismlarining tabiiy resurslaridan foydalanishga o‘tishi imkoniyatari, endilikda fantastika turkumiga kiritilmay qo‘ygan. Ishonmaysizmi? Eslab ko‘ring, bundan atiga 60-70 yil muqaddam, odamning Oyga qadam qo‘yishi haqida gapirilganda, bu narsa aynan fantastika deb qaralar edi. Hozirda bu allaqachon amalga oshgan haqiqatdir. Bir vaqtlar, odamozot o‘z qo‘li bilan yasagan apparat Quyosh tizimini butunlay tark etib, yulduzlararo fazoga chiqadi deyilsa, aynan fantastika deb qaralgan. Bugun bunday apparatlar amalda bor va ular bizdan mingalab a.b. masofalarda mukammal ishlab turibdi. Shunday ekan, astronomiya bundan keyin ham butun insoniyat hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy fanlardan biri sifatida doim qadrlanishiga va katta qiziqish bilan o‘rganilishiga ishonchimiz komil.
Yangilаndi: 17.12.2018 07:46
Yer Sayyorasining tuzilishi qanday? (Infografika)
Yer Sayyorasining tuzilishi qanday?
Yer - Quyosh tizimidagi sayyoralar ichida, tartib bo‘yicha uchinchi, o‘lchamlariga ko‘ra beshinchi o‘rinda turuvchi sayyoradir. Shuningdek, ona sayyoramiz, insoniyatga ma'lum bo‘lgan sayyoralar ichida, tiriklik mavjud bo‘lgan yagona sayyora. Ilmiy farazlarga ko‘ra, Yer, Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralar singari, Quyosh gaz-chang tumanligidan, bundan taxminan 4.5 milliard yil avval paydo bo‘lgan.
Yer sayyorasi shakliga ko‘ra, yassi ellipsoidga o‘xshash bo‘lib, "Geoid" deb ataladi. Geoid va unga o‘xshash (approksimatsion) ellipsoid orasidagi farq 100 metr atrofida[1]. Sayyoramizning o‘rtacha diametri 12742 kilometr. Aylanasi esa ?40000 kilometr. Yerning ekvatori, o‘ziga xos do‘nglikni hosil qilgan. Uning ekvatorial diametri, qutblar orasidagi diametridan 42.6 kilometr uzunroq. Yer sirtidagi eng baland nuqta, Everest cho‘qqisi (Jomolungma) bo‘lib, u dengiz sathidan 8848 kilometr balandlikda joylashgan. Eng chuqur botiqligi esa, Marianna botig‘i bo‘lib, u dengiz sathidan 994 metr pastda joylashgan. Ekvator do‘ngligi hisobiga, Yer markazidan eng uzoq joylashgan nuqta Everest cho‘qqisi emas, balki, ekvatorga yaqinroq joylashgan boshqa cho‘qqilar - Ekvadordagi Chimboraso vulqoni cho‘qqisi hamda, Perudagi Uaskaran tog‘i tepasi hisoblanadi.
Yangilаndi: 21.11.2018 17:51
|
|