Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Maglev

E-mail Chop etish PDF

Maglev

Maglev - rus yoki, boshqa slavyan xalqlariga mansub kimsaning familiyasi emas, balki poyezdning nomi! Maglev - havoda muallaq harakatlanuvchi poyezd. Bu jumlalarni o'qib ko'zlaringizga ishonmagandirsiz? Ishonavering bu uzoq kelajak haqidagi fantastika emas, balki aynan bugungi kunimiz!

Keling avval uning nomini tahlil qilsak: u ikkita so'z "Magnit" va "Levitatsiya" so'zlarining bosh bo'g'inlarining o'zaro birlashtirlishdan yasalgan atama.Poyezdning nomi, uning qanday tamoyil asosida harakatlanishini ifodalamoqda. Magnit levitatsiyasi - magnit maydoni ta'sirida, tortish kuchining yengib, havoda muallaq turish hodisasidir. Bunda magnit maydoni kuchi, yerning tortish kuchi va jismning og'irlik kuchini o'zaro muvozanatlashdi natijasida, jism yerga tushib ketmasdan, boshqacha aytganda, yer sirtiga teginmasdan havoda osilib muallaq turushi mumkin bo'ladi.Buni fizika tilida "magnit yostiqchasi" ham deyiladi. Ana shu ajoyib fizik hodisani esa poyezdlar harakatiga tadbiq etish orqali, an'anaviy g'ildirakli va sershovqin poyezdlarni, o'ta yuqori tezlikka ega, shovqinsiz poyezdlar bilan almashtirish mumkin.

Yangilаndi: 06.02.2025 10:12
 

Elektrodinamika. Andre-Mari Amper

E-mail Chop etish PDF

Elektrodinamika

Erstedning kashfiyotidan keyinroq, fiziklarda, o'tkazgichdan elektr toki o'tganida u magnitga aylanib qoladi degan tasavvur paydo bo'ldi. Bunday tushuntirishni Arago hamda Bio tomonidan qabul qilingan edi.

Bio 1820-yilda quyidagicha taklif kiritdi: "To'g'ri chiziq bo'ylab harakatlanayotgan tok, magnit molekulasiga ta'sir ko'rsatganida, bu ta'sir kuchining tabiati, o'tkazgich yoniga ma'lum yo'nalishda qo'yilgan magnitlangan strelkaga bo'lgan ta'sir kabi, volt toki yo'nalishiga nisbatan doimiy bo'ladi ".

Bio va uning tarafdori bo'lgan boshqa fiziklar, elementar magnitlarning o'zaro ta'sirlashuvining elektrodinamik xususiyatlarini tushuntirishda, tok o'tayotgan har qanday o'tkazgich magnit trubkasiga aylanib qoladi degan yanglish fikrni ilgari surganlar.

Tamomila boshqacha taklifni Amper tavsiya qildi... Keling avval uning tarjimai-holi bilan tanishib olamiz:

Andre-Mari Amper (1775-1836) Lion yaqinidagi otasiga qarashli, katta bo'lmagan Polemye yer-mulkida tavallud topdi. Amperning iste'dodi ancha erta namoyon bo'la boshlagan. U hali maktabga bormay turib ham o'qish va arifmetikani mustaqil o'zlashtirib olgan ekan. U otasining kutubxonasida nimaiki topsa, bir boshdan o'qib chiqavergan. 14 yoshida esa "Farang ensiklopediyasi"ning barcha 28 jildini o'qib bo'lgan. Amper fizika va kimyo fanlariga alohida qiziqish bilan yondoshgan. Lekin aynan shu fanlarga oid kitoblar otasining kutubxonasida mavjud emas edi. Shu sababli Andre Amper Lion kollejining kutubxonasiga borib, o'sha yerda buyuk fizik va matematiklarning asarlarini mutolaa qilishga kirishdi. Bo'lajak olimning tengsiz iqtidoridan shu narsa ham dalolat berib turibdiki, manbalarda qayd etilishicha Andre-Mari Amper 13 yoshidayoq Lion akademiyasiga o'zining matematikaga oid ilk ishlarini taqdim qilgan ekan.

Yangilаndi: 29.01.2025 09:07
 

Gey- Lyussak qonuni

E-mail Chop etish PDF

Gey- Lyussak qonuni

Gazlarning hajmiy nisbatlarining qonuniyatlarini ifodalovchi, Jozef Lui Gey-Lyussak tomonidan ochilgan va uning sharafiga atalgan qonun, nazariy kimyo fanining yanada ilg'or qadam tashlashiga katta turtki berdi. Gey-Lyussak qonuni, o'sha vaqtlarda endigina kashf qilingan Dalton qonuni bilan birgalikda kimyoviy birikmalar nazariyasining asosini tashkil qildi.

Gey-Lyussak, XIX asrning birinchi yarmida, mumtoz kimyo fanining poydevorini qurgan, buyuk kimyogar olimlar sirasiga kiradi. Jozef Lui Gey-Lyussak (1778-1850) Farangistonning Limuzen grafligiga qarashli kichik San-Leonar shaharchasida tug'ilgan. Bolaligida, qat'iy intizom va tartib-qoidalarga asoslangan katolik maktabida ta'lim olib, 15 yoshida esa Parijga ko'chib o'tadi. Parijda Gey-Lyussak San-sye pansionida o'qishni davom ettirib, tez orada ajoyib matematik iqtidori bilan bachaning nazariga tushadi. 1797-1800 yillarda u Parij politexnika maktabida ta'lim oladi. Politexnika maktabida kimyo fanidan iste'dodli kimyogar, o'qituvchi va olim Klod Lui Bertole dars berar edi. Aynan Bertole, yetishib chiqayotgan yosh olimning kimyo faniga bo'lgan qiziqishlariga va keyingi ilmiy yo'nalishini tanlashiga katta ta'sir o'tkazgan. Ta'lim jarayoni va undan keyingi hayotlarida ham bu ikki inson juda qalin do'st bo'lib, ilmiy mulohaza va fikrlarini doimiy o'zaro muhokama qilib borishgan. Politexnika maktabida o'qishni tamomlagach, Gey-Lyussak bir qancha kimyo korxonalarida mehnat qilib chiqdi. 1802-yildan e'tiboran esa, u yana o'zining jonajon o'quv yurti - Parij politexnika maktabiga qaytib, u yerda assistent bo'lib ishlay boshladi.

Yangilаndi: 26.02.2025 08:04
 

Bug' mashinasi

E-mail Chop etish PDF

Bug' mashinasi

XVIII-asrning ikkinchi yarmiga qadar odamlar ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asosan suv dvigatellaridan foydalanishar edi. Lekin, suv g'ildiragidan mexanik harakatni uzoq masofalarga uzatish imkoni bo'lmaganligidan, barcha fabrikalarni daryo qirg'oqlariga qurishga majbur bo'linar edi. Bu har doim ham qulay bo'lmagan. Bundan tashqari, suv dvigatelining samarali ishlashi uchun, to'g'onlar yoki sun'iy havzalar qurish, katta hajmdagi qo'l mehnati va anchayin qimmatga tushadigan tayyorgarlik ishlari talab qilinar edi. Suv g'ildiraklarida boshqa kamchiliklar ham yetarlicha bo'lib, masalan ular kam quvvatli, sozlash murakkab va yil fasllariga bog'liq holda ishlardi. Asta sekinlik bilan, ko'p quvvatli, arzon, oson boshqariladigan va inson aralashuvisiz o'zi ishlay oladigan dvigatelga bo'lgan ehtiyoj ortib bordi. Aynan shunday dvigatel sifatida esa, sanoat uyg'onishi davri ibtidosida bug' dvigateli katta sahnaga chiqdi.

Yangilаndi: 23.01.2025 14:02
 

Faza o'tishlari

E-mail Chop etish PDF

Faza o'tishlari

Siz tonggi shabnam yoki deraza oynasidagi qirovni albatta kuzatgan bo'lsangiz kerak. Hech o'ylab ko'rganmisiz, nima uchun shabnam, shunchaki "tomchi" yoki, qirov ham shunchaki "muz" deyilmaydi? Ona tilimizdagi mazkur so'zlarning bir biriga sinonim emasligi maktab o'quvchisiga ham ayon. Buning sababini esa ona tili fanidan emas, balki, - fizikadan qidirish eng to'g'ri yo'ldir...

Moddalar asosan uch xil holatda mavjud bo'ladi (moddaning agregat holatlari): qattiq, suyuq va gazsimon. Moddaga berilgan energiya miqdorini orttirish yoki kamaytirish orqali, uning o'z holatini o'zgartirishga "majbur qilish" mumkin. Odatda bu issiqlik energiyasi ko'rinishidagi kinetik energiya orqali amalga oshiriladi.

Yangilаndi: 25.09.2026 09:56
 

Iogann Kepler

E-mail Chop etish PDF

Iogann Kepler

(1571-1630)

Nikolay Kopernik asos solgan astronomik kuzatuvlar uslubi va astronomik jadvallarning Ptolomey zamonidan beri, ya'ni deyarli ikki ming yil davomida qo'llanilgan jadvallardan sifat va aniqlik bobida ancha ustun bo'lgani haqida yuqorida ta'kidlagan edik. Kopernikning vafotidan keyin, butun Yevropa bo'ylab uning jadvallari keng tarqaldi va barcha astronom olimlar Kopernik usuli va jadvallari asosida ish yurita boshladilar. Biroq, tez orada Kopernik jadvallarining ham, osmon jismlari ayniqsa, sayyoralarning amaliy kuzatuv natijalaridan farq qilayotganligini sezib qolishdi.

Ilg'or fikrli olimlar uchun Kopernik ta'limotining mutlaqo to'g'ri ekanligi kundek ravshan edi. Biroq sayyorlar harakati qonuniyatlarini yanada chuqurroq o'rganish va tadqiq qilish zarur bo'lib, bu borada Kopernik ta'limotida mavhum qolib ketgan savollar anchagina bo'lgan.

Sayyoralar harakati qonuniyatlarini jiddiy o'rganishga kirishgan va ularni o'rta asrlar uchun o'ta aniqlikda hisoblay olgan birinchi olim - Olmoniyalik Iogann Kepler bo'ldi.

Yangilаndi: 06.02.2025 10:06
 

Elektr va Magnetizm hodisalalrining bog'liqligi. Ersted qonuni

E-mail Chop etish PDF

Elektr va Magnetizm hodisalalrining bog'liqligi. Ersted qonuni

Elektr va magnetizm hodisalarining o'zaro uzviy bog'liqligi, parranda pati va hayvon junining qahraboga, temir qirindilarining magnitga tortilishi kabi oddiy fizik jarayonlar orqali,butun Yevropaning eng yuksak zehn zakovat egalarining farazlarida mavjud edi. Ilmiy adabiyotlarda po'lat ignaning elektr uchqunlari bilan magnitlanib qolganligi hamda, kompas magnit strelkasining chaqmoq ta'sirida magnit xususiyatidan mosuvo bo'lganligi haqida faktlar allaqachon mavjud edi. Galvanizm bo'yicha risolasida (1804-yil) Aldini, Volt ustuni tufayli magnitlanib qolgan po'lat igna haqida, Romanozi esa, magnit strelkasining Volt ustuni ta'sirida magnitsizlanib qolganligi haqida yozgan edi. Lekin, bu faktlarning barchasi tasodifiy kuzatuvlar shaklida bo'lib, ular umumlashtirilmagan va mufassal yoritilmagan edi.

Bu hodisalarning mohiyati va ahamiyatini birinchi bo'lib, Daniyalik fizik olim, Hans Xristian Ersted angladi va unga butun dunyo olimlarining diqqatini jalb etdi.

"Daniyalik olim, professor, - deb yozgan edi Amper, - o'zining buyuk kashfiyoti bilan fiziklar uchun yangi tadqiqotlar yo'lini ochib berdi. Bu tadqiqotlar o'z samarasini bermay qolmadi; ular, taraqqiyotning keyingi yo'nalishiga befarq bo'lmagan insonlar uchun e'tiborga molik bo'lgan ko'plab faktlarning ochilishiga turtki bo'ldi."

Hans Xristian Ersted (1777-1851) Daniyaga qarashli Langeland orolidagi kichik Ryudkobing shaharchasida, o'rtahol dorixonachi oilasida tug'ildi. Oilaning moliyaviy holati, Hans va uning akasi Anderslarga boshlang'ich ta'limni uzluksiz olishga imkoniyat bermagan. Shu sababli, ularning o'qishi betartib ravishda, to'g'ri kelgan joyda davom etgan. 12 yoshidan boshlab Hans, otasining dorixonasida sotuvchi bo'lib ishlay boshlagan. Aynan shu davrda uning istiqboli uchun tibbiyot birinchi o'ringa chiqib, adabiyot, kimyo, tarix va boshqa sohalarni ikkinchi darajaga surib qo'ygan edi. U Kopengagen universitetiga kirganida, aynan tibbiyot sohasining mutaxassisi bo'lishni reja qilgan edi. Lekin u talabalik yillaridayoq, tibbiyot bilan birgalikda, birvarakayiga fizika, astronomiya, falsafa va she'riyat sohalarini ham puxta o'zlashtirib bordi.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:29
 

Robert Oppengeymer - atom bombasining «otasi»

E-mail Chop etish PDF

Robert Oppengeymer - atom bombasining «otasi»

 

-Aytingchi, suvda atom bormi?

-Ie, domlajon, suvda atom nima qilsin. Axir atom - Bombaku!

Mashhur kinofilmdagi, mashhur qanotli ibora. Lo'ttiboz talabaning domlaga qilgan nag'masida uning modda tuzilishi haqidagi tasavvuri qanchalik yuzaki ekanligi namoyon bo'lgan. Biroq u nazarda tutgan narsa - atom bombasi esa, insoniyat o'ylab topgan va yasagan eng dahshatli, eng vayronkor va eng xavfli ommaviy qirg'in qurolidir. Bu haqda sevimli shoirimiz Erkin Vohidov ham kuyunib:

Atomni ijod etib,

dahshat balo bunyod etib,

oqibatni yot etib,

hayron o'zing...

deb yozgan edilar.

Haqiqatan ham, atom bombasi - yadroviy parchalanish natijasidagi reaksiya zanjiriga asoslangan katta miqdorda energiya ajralib chiqishi bilan xarakterli bo'lgan, ommaviy qirg'in vositasi bo'lib, uning qo'llanilishi tufayli bus butun shaharlar vayron, yuz minglab insonlar qurbon bo'lishi mumkin. Ushbu maqolada atom bombasi va uning "otasi" - yadroshunos olim Robert Oppengeymer haqida fikr almashamiz. Va maqolamiz davomida, ushbu dahshat qurolining yasalishi borasida ba'zi bir jihatlarda, butun bashariyatni Xudo saqlagani haqidagi muhim tarixiy faktlarni bilib olasiz...

Yangilаndi: 10.02.2025 16:05
 

HAFTANING QAYSI KUNI?

E-mail Chop etish PDF

HAFTANING QAYSI KUNI?

Ishonchim komilki, xuddi men kabi Siz ham, ancha avval bo'lib o'tgan biror voqeaning haftaning qaysi kunida bo'lgani eslashingizga, yoki, kutilayotgan kunning haftaning qaysi kuniga to'g'ri kelishi haqida hisob-kitob qilishingizga ko'p marta to'g'ri kelgan. Masalan, tug'ilgan kuningiz haftaning qaysi kunida bo'lganini, yoki, kelasi yilgi Navro'z bayrami haftaning qaysi kunida bo'lishi bilan qiziqqan bo'lsangiz kerak. Aksariyat hollarda, biror bir bayram kunining haftaning qaysi kunida bo'lishini bilish, dam olish kunlarining taqsimotini tasarruf qilish uchun qiziqish uyg'otadi. Bunday hollarda, odatda, uyali telefon apparati ilovasidagi, yoki, devorga ilingan yil taqvimigatezkorlik bilan ko'z yugurtiriladi. Bu albatta oson usul.

Lekin siz qidirgan sana bir necha yil avvalgi bo'lsachi? (masalan, o'zingiz dunyoga kelgan kun). O'sha yilga taalluqli taqvimni topishingiz mushkul. Keyingi yillarning taqvimi ham qo'l ostingizda bo'lmasa, kelajak sanalarning hafta kunini ham aniqlashingiz mushkul bo'lib qoladi. Bunday hollarda bizga - matematika yordamga keladi!

Biz foydalanayotgan joriy taqvimning o'ziga xosliklarini bilgan holda, istalgan yilning istalgan sanasi uchun haftaning qaysi kuni bo'lishini oddiy arifmetika orqali hisoblab topish mumkin.

Dastavval shuni ta'kidlaymizki, dunyoning aksariyat davlatlari, jumladan, O'zbekistonda ham rasman foydalaniladigan taqvim - Grigorian taqvimidagi oddiy yil - 365 kundan iborat. Biroq, bir kecha kunduz (sutka) aslida biz qabul qilganimizdek to'liq 24 soat emas. Ya'ni, taqvim sutkasi, haqiqiy tabiiy sutka - Yerning o'z o'qi atrofida to'liq aylanib chiqishi uchun ketadigan vaqtdan 3 daqiqa va 56.5 soniya qisqa. Mazkur ≈4 daqiqa kundalik "ortiqcha" vaqt yig'ilib borib, uch yilda 1440 daqiqaga yetib qoladi. Bu esa to'liq bir kunni tashkil etadi. Shu tufayli, har 4 yilda bir marta kabisa yili keladi va o'sha yig'ilib qolgan ortiqcha daqiqalardan iborat bir kun, fevral oyining oxirgi - 29 sanasi qilib belgilanadi. Bu orqali, amaliy taqvimni tabiiy taqvim bilan muofiqlashtiriladi.

Yangilаndi: 29.01.2025 08:52
 

Fransua Viet

E-mail Chop etish PDF

Fransua Viet

(1540-1603)

"Vietning barcha asarlaridan uning yuksak zakovati toshib, sizib chiqib turar edi..."

V.V. Seyten

Fransua Viet - mashhur farang matematigi, u algebraik shakl almashtirishlarning zamonaviy ko'rinishiga asos solgan bo'lib, tenglamalar uchun umumiy formulalarni harflar orqali ifodalashning asoschilaridan biri.

Viet tenglamadagi noma'lumlarnigina emas, balki, berilganlarni ham harfiy ifodalashni birinchi bo'lib fanga joriy qildi. Bu orqali matematikaga yangicha yo'nalish, tenglamalarni ma'lum tamoyillar orqali umumlashtirish - universal formulalar ko'rinishiga keltirish kabi buyuk g'oyani ilm fanga tadbiq etdi. Vietning bu ilmiy innovatsiyasi, uyg'onish davri matematikasining mantiqiy yakunlanishi, va zamonaviy algebraning tamal toshi qo'yilishi bo'lib, Nyuton, Ferma, Dekartlaring ilmiy natijalari aynan Vietning matematik poydevori ustiga qurilgan desak yanglishmagan bo'lamiz.

Yangilаndi: 18.02.2025 08:25
 


Maqolaning 48 sahifasi, jami 55 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
ekodunyo.uz
O'simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14075038

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!