Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Elektronlarning atomlardagi taqsimalnishi

E-mail Chop etish PDF

Elektronlarning atomlardagi taqsimalnishi

Elektronlar atomlarda ma'lum qatlamlar - qobiqlar bo‘ylab taqsimlanadi va bu qobiqlar K, L, M, N, O, P, Q harflari bilan belgilanadi. Bu qobiqlar mos ravishda, asosiy kvant soni n=1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 ga muofiqlikni ta'minlaydi. Yadroga eng yaqin qobiq bu - K qobig'i. Har bir qobiqdagi elektronlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p miqdori 2n2 ifoda orqali aniqlanadi. Shu tarzda, biq kvantli qobiqda, (eng kichik radiusli qobiq - K da) ikkitadan ko‘p elektronlar bo‘lishi mumkin emas, ikkinchi, ikki kvantli qobiqda (L-qobiqda) 8 tadan ko‘p, M, N, O, hamda P, qobiqlarda esa mos ravishda 18, 32, 50, 72, va 98 tadan ortiq elektron bo‘lishi mumkin emas

Yangilаndi: 04.01.2019 12:13
 

Aerostat

E-mail Chop etish PDF

Aerostat

Juda qadim zamonlardanoq odamlar xuddi qushlar kabi parvoz qilishni, osmonu falakka ko'tarilishni, oddiyroq aytganda esa uchishni orzu qilishgan. Ammo, lekin, biroq... Qushlarnikiga o'xshatib sun'iy yasalgan qanotlardan foydalanib bajarilgan ko'p sonli urinishlar doimo bir xil natijani beravergan - har qancha urinmasin, odamzot yerdan oyoq uzib uchib keta olmagan, qaytanga yiqilib mayib majruh bo'lganlari ham bisyor bo'lgan.

o'rta asrlarga kelib, iliq havoning yengil jismlarni yuqoriga ko'tara olishi xususiyati ochilganida, undan odamni yuqoriga ko'tarish uchun foydalanish haqidagi g'oyalar paydo bo'la boshladi. XVI-XVII asrlar davomida, turli olimlar tomonidan aerostatning bir necha xildagi konstruksiyalari taklif etildi. Lekin amalda bu g'oyalar faqat XVIII asr oxiriga kelib ro'yobga chiqa boshladi.

1766-yilda Kavendish vodorodni kashf etdi. Vodorod havodan 14 marta yengil edi. 1781-yili italyan fizigi Kavello vodorod bilan to'ldirilgan sovun pufakchalari ustida tajribalar o'tkazdi. Shunday qilib aerostatning ishlash mohiyati ishlab chiqildi. Endilikda uning qobig'i uchun munosib material topish zarur edi. Bu oson bo'lmadi. An'anaviy matolarning ko'pi aerostat uchun og'irlik qilardi, yoki o'zidan vodorodni o'tkazib yuborar edi. Muammoni Parijlik professor Sharl yechishga muvaffaq bo'ldi. u aerostat uchun qobiqni kauchuk bilan to'yintirilgan (ya'ni kauchukka botirib olingan) shoyi matodan tayyorlash loyihasini amalga tadbiq qildi. Lekin, Sharl o'zining aerostatini havoga ko'tarishidan avvalroq, Anone shahrilik qog'oz ishlab chiqaruvchi fabrika xo'jayining o'g'lilari, aka-uka Jozef va Etyen Mongolfyelar o'z aerostatlarini osmonga chiqarishga muvaffaq bo'lishdi.

Yangilаndi: 23.01.2025 14:00
 

Qanday qilib yer maydonini quduq bilan o'lchash mumkin?

E-mail Chop etish PDF

Qanday qilib yer maydonini quduq bilan olchash mumkin?

Bobil davlatining kop sonli aholisining muayyan qismi dehqonchilik bilan, asosan boshoqli ekinlar yetishtirish bilan shugullangan. Mamlakat joylashgan hududning issiq iqlimi, yer maydonlarining tez-tez sugorilishini talab qilgan. Bobil qolyozmalarida, yer maydonlarining olchamini ifodalovchi belgi ieroglif, quduqni ifodalovchi belgi ieroglif bilan bir xil bo'lgan, boshqacha aytganda, Bobilliklar dala maydonini ifodalash uchun ham, quduq sozini yozish uchun ham bitta ieroglifdan foydalanishgan. Bundan kelib chiqadiki, Bobil dehqonlari, bitta quduqdan chiqarilgan suv miqdori, qanday olchamdagi dala maydonini sugorishga yetishini hisoblash orqali, ekin ekiladigan yerlarning maydonini belgilashgan. Masalan, "bir quduq yerga ekilgan arpa" kabi...

Yangilаndi: 30.01.2025 10:02
 

Uilyam Garvey. Qon aylanish doirasining kashf etilishi

E-mail Chop etish PDF

Uilyam Garvey

Katta va kichik qon aylanish doirasi

(1578-1657)

Hozirgi kunda oddiy maktab o'quvchisidan tortib, deyarli barcha savodli kishilar uchun kundek ravshan bo'lgan, juda sodda tushuntiriladigan shunday ilmiy haqiqatlar borki, ularni qachonlardir odamlar umuman bilishmagani, odamlardan ba'zilari, ya'ni olimlar bu haqiqatni ochib, hattoki isbotlab berishganida ham u haqida ko'pchilik doimiy shubhada bo'lganini tasavvur qilish mushkul. Shunday yaqqol ilmiy haqiqatlardan biri - tirik organizmlardagi katta qon aylanish tizimi haqidagi haqiqat ayniqsa qiyinchilik paydo bo'lgan va odamlar tomonidan qabul qilinishi ham g'oyat mushkul kechgan.

Deyarli bir yarim ming yil davomida Galen shaxsi va uning ta'limoti butun tibbiyotda katta hukmronlik qildi. Unga ko'ra, odamlar arterial va venoz qonlari - mohiyatan umuman boshqa-boshqa suyuqliklar bo'lib, ulardan birinchisi tanaga harakat va issiqlik, ikkinchisi esa, ozuqa moddalar yetkazib berish uchun xizmat qiladi degan yanglish tushunchada edilar. Boshqacha fikrlar bo'lishi mumkin emas edi. Chunki bu fikrga qarshi fikrni ilgari surgan yoki, unga nisbatan shubhali va yangicha g'oyalarni o'rtaga tashlagan har qanday kishi, xoh u olim, xoh oddiy tabib bo'lsin - o'ta jiddiy jazolanar edi. Galen ta'limoti ortida butun boshli nasroniy cherkovi turardi va o'rta asrlar sharoitida bu ko'pchilik ilg'or fikrli kishilar uchun hayot-mamot masalasiga aylanardi. Masalan, 1533-yilda Ispaniyalik tabib Migel Servet cherkov ruhoniylari tomonidan dahriy deb e'lon qilindi. Sababi u o'zi yozgan tibbiyotga oid risolasida, o'zi kashf etgan kichik qon aylanish tizimi haqida bir necha sahifalik tafsilotlarni bayon qilgan edi. Oqibatda cherkov uni omma ko'z o'ngida "xudo yuz o'girgan" dahriy sifatida, o'zining "bid'atchi" kitobi bilan birgalikda gulxanda yondirildi. Faqat tasodif tufayligina Servet yozgan risolaning uch nusxasi Jenevada saqlanib qolgan edi. Umuman olganda, qon aylanish tizimini tadqiq qilgan ilk olimlar xuddi Migel Servet singari, tom ma'noda cherkovning xurofot va johiliyat alangasida qovurilib chiqishga majbur bo'lishgan. Ular ko'p emas - Migel Servetdan tashqari, Bolonyalik Karlo Ruini, Pizalik Andrea Chezalpino hamda Angliyalik Vilyam Garveylar tirik organizmlarda qon aylanishi tizimlarini ilmiy tekshirgan ilk olimlar hisoblanishadi. Aynan Uilyam Garvey - bu masalada oxirgi nuqtani qo'ygan bo'lib, uning xizmatlari, tibbiyotning keyingi rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi.

Yangilаndi: 06.02.2025 10:05
 

Oppoq kiyinganlar

E-mail Chop etish PDF

Oppoq kiyinganlar

Ilmiy nufuzga ega biror shaxs haqida axborot berilayotganida yoki uni biror hay'atga tanishtirilayotganida, odatda uning ilmiy unvoni (yoki darajasi desak ham bo'ladi) qo'shib aytiladi. Masalan, "Falonchi Pistonchiev, fan doktori", yoki, "Pistonchi Pistonchiyevich, dotsent" kabi. Umuman olganda ilmiy unvonlarga ega bo'lish hammaga ham yoqsa kerak. Keling ushbu unvonlarning tarixi haqida suhbatlashamiz.

Ilmiy unvonlar o'zbek tiliga, XX-asrda kirib kelgan deganlar qattiq yanglishadi. g'arbga xos ilmiy unvon yoki darajalardan farqli o'laroq, sharqona nozik an'analar va qadriyatlar zamirida, ustoz, muallim, piri-komil, shayx kabi o'ziga xos ilmiy daraja va unvonlar mavjud bo'lgan. ekin, Sharq ilm-fani va unga tegishli faktlar alohida katta mavzu bo'lgani uchun, biz bu maqolada bugungi kunimizda amalda bo'lgan va aksariyati Yevropa tillaridan kirib kelgan ilmiy unvon va darajalar haqida fikr almashamiz.

Yangilаndi: 08.10.2026 15:26
 

Nima sababdan Britaniya funtiga chiziq tortilgan?

E-mail Chop etish PDF

Nima sababdan Britaniya funtiga chiziq tortilgan?

Lotin tilidagi "libra" - tarozu so'zidan funtning shartli belgisi "lb" paydo bo'lgan. Qadimgi Rimliklar bir funt - 327.64 grammga teng qadoqtoshga lb belgisini qo'yishgan. Biz bunday funtning 12 unsiyadan tashkil topganligi haqida gapirib o'tgan edik. Bu asosiy savdo funti hisoblangan. Keyinroq u Sharqiy Rim imperiyasi Vizantiyaning ham asosiy pul birligiga aylandi. Uning vazni esa deyarli o'zgarmadi - 327.456 gramm. Ushbu funtga asoslanib, tanga pullar zarb qilingan.

Libra so'zining esa, katta ehtimolki, qadimda Sitsiliya orolida yashagan yunon xalqlarining hajm o'lchov birligi - "Litra"dan kelib chiqqan bolishi mumkin. Eramizdan avvalgi VII asrda Sitsiliya yunonlari misdan yasalgan 219.7 gramm vaznli qadoqtosh-pullardan foydalanishgan. Italiyada Rim imperiyasigacha bo'lgan davrda yashagan qabilalar ularni yashagan "Litra" deb atashgan. Yunonlardan farqli ravishda, Italiya hududida yashagan qabilalar Litradan vazn o'lchov birligi sifatida foydalanishgan. Eramizdan avvalgi VI asrda esa, yunon Sitsiliyasi, aynan shu nom bilan 0.87 gramm vaznli kumush tanga pullar zarb qila boshlagan. Aftidan insonlarga yangi pul zarb qilishdan ko'ra, unga yangi nom qo'yish osonroq bo'lgan shekilli. Sababi ming yillardan keyin ham Italiya hududidagi asosiy muomaladagi pul birligi - "lira" deb atalishini boshqacha izohlash qiyin. Albatta, yevrohududda "Yevro" joriy qilinishi bilan, italyan lirasi o'z dolzarbligini yo'qotdi. Lekin qadimgi yunon va italyan qabilalarining libra va litralari boshqa bir mustahkam tizim - Xalqaro Birliklar Tizimi - SI da, albatta, farang tilida, hajm o'lchov birligi - litr nomi ostida o'zining muqim o'rnini topgan.

Yangilаndi: 08.10.2026 15:25
 

Elementlarning nisbiy atom massalari

E-mail Chop etish PDF

Elementlarning nisbiy atom massalari

Nazariy va amaiy fizika xalqaro ittifoqi va nazariy va amaliy kimyo xalqaro ittifoqlarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra, avval qo‘llanilib kelgan fizik shkala bo‘yicha "atom massasi" hamda, kimyoviy shkala bo‘yicha "atom massasi" tushunchalari o‘rniga, yagona, "nisbiy atom massasi" tushunchasi bilan almashtirildi. Fizik shkala bo‘yicha atom massasi asosiga 16O kislorod izotopining atom massasi qabul qilinib, u 16 ga teng qilib belgilangan edi. Kimyoviy shkala bo‘yicha atom massasi uchun, kislorodning tabiiy izotoplarining aralashmasining 16O (99.759%), 17O (0.037%), 18O (0.204%) atom massasi - u ham 16 ga teng qilib belgilangan edi. Kimyoviy shkala bo‘yicha atom massasining son qiymatlari, fizik shkalaga nisbatan, 1.000275 marta kichikroq edi.

Nisbiy atom massasi uchun asos qilib, 12C uglerod atomining massasi qabul qilingan bo‘lib, u 12 ga teng. Bu ba'zan uglerod shkalasi bo‘yicha atom massasi ham deb yuritiladi. Uglerod shkalasi bo‘yicha atom massasining qiymatlari, kimyoviy shkaladagiga nisbatan 1.000043 marta kichik.

Quyidagi jadvalda, yer sharoitida mavjud elementlarning, shuningdek, sun'iy usulda olingan elementlarning ham nisbiy atom massalarining tavsiya etiladigan qiymatlari keltirilgan. Ko‘plab elementlarning atom massaslarining qiymatlari, natijaviy moddaning kelib chiqishi yoki, uning qayta ishlash usuliga bog‘liq. Shu sababdan, "izoh" ustunida quyidagi harfiy belgilar qo‘llanildi:

Yangilаndi: 04.01.2019 13:13
 

Shaxmat taxtasi haqida afsona va haqiqat...

E-mail Chop etish PDF

Shaxmat taxtasi haqida afsona va haqiqat...

Maktabda matematika fanini yaxshi o'qigan bo'lsangiz, progressiyalar haqida yaxshi eslasangiz kerak. Balki xuddi mening matematika o'qituvchim singari sizning ustozingiz ham, shaxmat taxtasidagi katakchalar tartibiga muvofiq, bug'doy donlari berishini so'rab, podshoni tang holatga tushirib qo'ygan ziyoli haqidagi eski afsonani aytib bergandir. Keling shu afsonani batafsil tahlil qilib chiqamiz. Avvalo afsonaning o'zini eslab olsak:

Shaxmat o'yini Hindistonda ixtiro qilingan. Bunday ajoyib o'yinni ixtiro qilinganligini eshitgan hind podshosi - Sheram, o'yindagi yurishlar va holatlarning turli-tumanligi, uning o'ta qiziqarli va ayni vaqtda kuchli zehn talab qiladigan, murakkab aql mashg'uloti ekanligidan kuchli ta'sirlanib, ixtirochining zakovatidan lol qolibdi. Sheramga, bu o'yinni uning fuqarolaridan biri ixtiro qilganini aytishibdi. Podshoda shunday ajoyib o'yinni ixtiro qilgan odam bilan shaxsan tanishish va uni munosib taqdirlash fikri paydo bo'libdi. Xizmatchilariga shaxmat ixtirochisini uning huzuriga topib keltirishni tayinlabdi. Oradan ma'lum vaqt o'tgach, shaxmatni ixtiro qilgan kishi, podsho toj-taxti huzurida hozir bo'libdi. U, kamtarona kiyingan Seta ismli olim bo'lib, shogird olib, ularga ilm o'rgatish orqali, xususiy tarzda tirikchilik qilar ekan.

Yangilаndi: 29.01.2025 15:38
 

Atomni parchalash

E-mail Chop etish PDF

Atomni parchalash

1896-yili farang olimi Anri Bekkerel (1852-1908) ba'zi atomlarning radioaktiv ekanligini, ya'ni nurlanishini tasodifan kashf qildi. Keyingi yili ingliz olimi J. Tomson (1856-1940) elektr chiroqlaridan taralayotgan yorqin nurlar, aslida zaryadlangan zarrachalar bo'lib, ular o'z o'lchamlariga ko'ra atomdan ancha kichik ekanligini aniqladi. Bu - atom atrofida aylanib yuruvchi elektronlar edi. Bir qancha muddatdan so'ng, ingliz olimi Ernest Rezerford (1873-1937) mazkur hodisa atomlarning parchalanib, boshqa bir atomlar hosil bo'lishi ekanligini aniqladi. Parchalanish jarayonida bu atomlar ham o'zidan zarrachalar oqimi (nurlanishi) chiqarardi. Rezerford bu zarrachalarni alfa va beta zarrachalar deb nomladi. 1911-yilda Rezerford bunday zarrachalar oqimini zarqog'oz ya'ni oltin folga tomon yo'naltirdi. Ulardan aksariyati folga orqali o'tib ketdi, lekin ayrimlari undan sapchib, orqaga qaytdi. Rezerford atomlarning moddaning qattiq qismi ekanligi haqidagi, ko'p asrlik saqlanib kelayotgan tushuncha xato ekanligini fahmladi. U atomlarining markazida musbat zaryadlangan va katta zichlikka ega zarracha - yadro joylashganligini, zarqog'ozga urilib qaytgan zarrachalar aynan yadrodan sapchiganligini ko'p sonli tajribalar orqali isbotladi. 1912-yildan boshlab Rezerfordning yoniga Daniyalik olim Nils Bor (1885-1862) qo'shildi. Ikki yuksak zehn sohiblari hamkorlikda ilmiy faoliyat yurita boshlashdi. Aynan Bor, atom va uning atrofida aylanuvchi elektronlarning sxematik ko'rinishi, sayyoralarning o'z orbitasi Quyosh atrofida aylanishi kabi ekanligi haqidagi fikrni o'rtaga tashladi. Bor g'oyasiga ko'ra har bir turdagi atomda, faqat o'ziga xos bo'lgan miqdordagi elektronlar mavjud bo'lib, ular atomdan turli xil uzoqlikdagi ma'lum masofalarda, xuddi sayyoralardek aylanishi fikri ilgari surilgan edi.

Yangilаndi: 05.02.2025 11:43
 

Politexnika lug'ati

E-mail Chop etish PDF

Politexnika lug'ati

Ushbu ensiklopedik shakldagi politexnika lug‘atida texnikaning turli sohalariga, shuningdek, ba'zi tabiiy fanlarga (matematika, fizika, kimyo va boshqalar) oid tushuncha yoki terminlarning ta'iflari (definitsiya), ularga tushuntirishlar, zarur holatlarda esa etimologik ma'lumot, jarayon, mexanizm, asbob, apparat, material, qonun, qoida va boshqalarining vazifasi, ularning qo‘llanish sohalari haqida qisqacha sharh berib o‘tilgan. Lug‘atdan asosiy maqsad kichik hajmdagi maqolalar yordamida keng kitobxonlar ommasining shu masaladagi ehtiyojlarini ma'lum darajada qondirishdir.

Lug‘atda asosan fan va texnikada amalda keng qo‘llaniladigan 4000 dan ortiq tushuncha va termin, shu jumladan, mahalliy materiallar, chunonchi, paxtachilikka oid muhim maqolalar kiritilgan. Lug‘atda 600 dan ortiq terminga rasm va chizmalar berilgan. Tushuncha va terminlarning o‘zbekcha muqobilini berishda o‘zbek tilida nashr etilgan tabiiy fanlarga oid adabiyotlardan foydalanilgan. Ba'zi terminlarning ruscha muqobili qavs ichida keltirilgan.

Yangilаndi: 04.01.2019 13:16
 


Maqolaning 47 sahifasi, jami 55 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
http://hujayra.uz/
Biolog olim Baxtiyor Sheraliyev va shogirdlari tomonidan yuritiladigan ajoyib veb-sayt! Biologiya va uning tarkibidagi fanlarga oid qiziqarli maqolalar shu yerda!

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14075038

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!