Difraksiya
Difraksiya
Agar yorug‘lik yo‘liga ekran qo‘yilsa, uning orqasida soya sohasi paydo bo‘ladi. Tovushning yo‘lini to‘sish esa unchalik oson ish emas, uni devor orqasida turib ham eshitish mumkin. To‘lqinning geometrik soya sohasiga kirib borishi difraksiya deyiladi. To‘lqin uzunligi to‘siqning o‘lchamlari bilan taqqoslanarli bo‘lganida difraksiya namoyon bo‘ladi. Tovush to‘lqinlarining nisbatan uzunligi (ular metrlarda o‘lchanadi) tufayli, ular to‘siq chetlaridan osongina aylanib o‘ta oladi. Suvning sirtida ham to‘lqinlar difraksiyasini xuddi shu tarzda kuzatish mumkin. To‘lqin uzunligi mikrometrning ham ulushli tartiblarida bo‘lgan yorug‘lik difraksiyasini esa oddiy sharoitlarda kuzatish oson emas. Uzoq vaqt mobaynida yorug‘lik nurlari doimo to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaladi deb hisoblanar edi.
1815-yilda farang muhandisi O.Fernel, Napaleonning Elba orolidan qaytib kelishi munosabati bilan, unga qarshi harakatlarda qatnashganligi uchun, majburiy iste'foga chiqarilgan va o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i - Matyega jo‘nab ketgan. Tabiatan qiziquvchan bo‘lgan muhandis, o‘z vaqtini ko‘p qismini optik tadqiqotlar o‘tkazishga sarflagan. U ingliz olimi Tomas Yungning yorug‘lik interferensiyasi haqidagi tajribalaridan xabardor bo‘lib, ularni amalda takrorlashni maqsad qilib oldi. Biroq u, mazkur tajribalarda shunchaki takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki o‘ziga xos bo‘lgan jiddiy sinchkovlik va mulohazalar evaziga boshqa bir katta ilmiy muvaffaqiyatga erishishga muyassar bo‘ldi. U o‘zi qayd etgan natijalarni, Farang Fanlar akademiyasining 1818-yildagi ilmiy ishlar tanloviga taqdim etdi.
Yangilаndi: 25.12.2018 14:55
|
Zamonamiz alkimyogarlari
Zamonamiz alkimyogarlari

Yadro reaksiyalari bu - har qanday kimyoviy unsurni oltinga aylantirishni orzu qilgan va buning ilinjida ming bir xil aralashma, qotishma va eritmalarni tayyorlab ko‘rgan o‘rta asr alkimyogarlarining ro‘yobga chiqqan istaklaridir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta, ularning istaklari aynan o‘sha holatda (ya'ni, istalgan unsurni tillaga aylanitiradigan tarzda) amalga oshgani yo‘q: elementlarning yadrolarini parchalash yoki biriktirish bilan tilla paydo bo‘lmaydi. Ammo, bunday yadro reaksiyalarining borishi davomida ajralib chiqadigan energiyani haqiqiy oltindan nimasi kam?
Yangilаndi: 25.12.2018 14:57
Elektron ozib qoldi... yoxud "nodoimiy" "doimiylar"
Elektron ozib qoldi... yoxud "nodoimiy" "doimiylar"

Elektron massasi 0.00054857990943(23) emas, balki, 0.000548579909067(14)(9)(2) massaning atom birligini tashkil etadi (qavs ichida, aniq o'rnatilmagan son qiymatlar keltirilmoqda). Massaning birligining o'zi esa, 1.66·10-27 kg ni tashkil etadi. Bunday "mayda" sonlar kimga kerak o'zi?
Elektronning massasi shu darajada kichikki, hatto atiga bitta proton va bitta elektronga ega bo'lgan vodorod atomining massasini aniqlashda, elektronning massasini e'tiborga olmasa ham bo'laveradi. Biroq uning massasi – biz yashayotgan butun borliq, olamning tabiatini tavsiflovchi eng asosiy fizik doimiylardan (konstantalardan) biridir. Bu ma'noda esa, uning massasi bilan hisoblashmaslik haqida gap bo'lishi mumkin emas.
Bu boradagi eng katta aniqlikka ega o'lchashlar, bundan bir necha yillar avval amalga oshirilgan bo'lib, uning qiymati 2006-yilda O'TXQning Fan va Texnika Muvofiqlashtirvchi Qo'mitasi (CODATA) tomonidan rasman qabul qilingan va SI tizimi doirasida butun dunyo bo'yicha amaliy va nazariy hisoblashlar uchun joriy etilgan edi. Yanada kattaroq (bizning misolimizda yanada kichikroq) natijaga erishishga, aniqrog'i, elektron massasining yanada aniqroq qiymatini qayd etishga, Olmoniya Yadro fizikasi Institutining Maks Plank nomidagi ilmiy jamiyati fizik olimlari urinib ko'rishdi.
Yangilаndi: 14.04.2025 07:40
Umumiy ximiya (Glinka)
Umumiy ximiya

Mualliflar: N.L. Glinka
Tematik yo'nalishi: Kimyo
Tarixi: Toshkent, "O'qituvchi" nashriyoti, 1971-yil.
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.
Grafikasi: O'zbek tili kirill alifbosida.
Yangilаndi: 22.01.2025 07:50
Jozayya Uillard Gibbs
Jozayya Uillard Gibbs

Jozayya Uillard Gibbs (inglizcha Josiah Willard Gibbs) - Amerika fizigi, buyuk fizik-kimyogar, matematik va mexanik. Kimyoviy termodinamika asoschisi, termodinamikaning matematik nazariyasi, vektor tahlillari va statistik fizika fanlarining poydevorini qurgan buyuk olimlardan biri. Uning mazkur sohalarda amalga oshirgan tadqiqotlari va nazariy qarashlari, zamonaviy ilm-fan rivojiga juda katta ta'sir o'tkazgan.
Jozayya Gibbs, 1839-yilning 11-fevral sanasida, Konnektikut shtatining Nyu-Heyven shahrida tug'ilgan. o'rta ta'limni, 15-yoshida, Hopkins maktabida tamomlab, Yel kollejiga o'qishga kirgan va 1858-yilda, mazkur kollejni a'loga tamomlab, eng ilg'or o'quvchilar safida, matematika va lotin tili bo'yicha yutuqlari uchun maxsus mukofotga erishgan. Shundan so'ng u, 1863-yilda Yeldagi Sheffild Ilmiy Maktabida, "Tishli uzatmalar uchun g'ildirak tushlarining shakli haqida" nomli dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ravishda yoqlaydi va AQSH tarixida birinchi bo'lib, "Texnika fanlari doktori" ilmiy unvonini qo'lga kiritadi. Keyingi ikki yil davomida u Yel universitetida lotin tili va tabiiy fanlar falsafasi fanlaridan dars beradi. 1866-yilda, ta'limni davom ettirish maqsadida Yevropaga yo'l oladi va avvaliga Parij va Berlinda bir yildan yashab, ta'lim oladi. Keyin esa Geydelbergga ko'chib o'tadi va o'sha yerda mashhur olmon olimlari Kirxgof va Gelmgoltslar bilan tanishadi. o'sha yillarda olmonlar kimyo, fizik-kimyo va termodinamika borasida yetakchi ilmiy salohiyat egalari hisoblanishar edi. Gibbs ular bilan o'z g'oyalari va ilmiy qarashlari borasida fikr almashib, chuqur tajriba orttirishiga erishgan.
Yangilаndi: 18.02.2025 08:23
Oliy matematikadan amaliy mashg‘ulotlar
Oliy matematikadan amaliy mashg‘ulotlar

Muallif: N.V. Bogomolov
Tarjimonlar: H. Alimov, M. Sagdullayev
Tematik yo‘nalishi: Oliy matematika, masalalar to‘plamlari, amaliy mashg‘ulotlar
Tarixi: Toshkent, "O‘qituvchi" nashriyoti, 1976-yil.
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.
Grafikasi: O‘zbek tili kirill alifbosida.
Yangilаndi: 25.12.2018 15:01
Organik ximiya
Organik ximiya

Mualliflar: O. Sodiqov, O. Yo‘ldoshev, Q. Sultonov
Tematik yo‘nalishi: Kimyo, organik kimyo,
Tarixi: Toshkent, «O‘qituvchi» nashriyoti, 1971 yil.
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.
Grafikasi: O‘zbek tili kirill alifbosida.
Yangilаndi: 26.12.2018 07:52
Elementar matematikadan masalalar. I-qism. (Saxaev)
Elementar matematikadan masalalar. I-qism. (Saxaev)
.jpg)
Muallif: M. Saxaev
Tematik yo‘nalishi: Matematika, masalalar va misollar to‘plamlari.
Tarixi: Toshkent, "O‘qituvchi" nashriyoti, 1970-yil.
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.
Grafikasi: O‘zbek tili kirill alifbosida.
Yangilаndi: 26.12.2018 07:52
Umumiy fizika kursi. I-jild (S.E.Frish)
Umumiy fizika kursi. I-jild (S.E.Frish)
.JPG)
Mualliflar: S.E. Frish, A.V.Timoreva
Tarjimon: M. Vohidov
Tematik yo‘nalishi: Nazariy fizika,
Tarixi: Toshkent, "O‘qituvchi" nashriyoti, 1965-yil.
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.
Grafikasi: O‘zbek tili kirill alifbosida.
Yangilаndi: 26.12.2018 07:53
Umumiy fizika kursi. II-jild (S.E.Frish)
Umumiy fizika kursi. II-jild (S.E.Frish)
.JPG)
Mualliflar: S.E. Frish, A.V.Timoreva
Tarjimon: M. Vohidov
Tematik yo‘nalishi: Nazariy fizika,
Tarixi: Toshkent, "O‘qituvchi" nashriyoti, 1972-yil.
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.
Grafikasi: O‘zbek tili kirill alifbosida.
Yangilаndi: 26.12.2018 07:54
|
|