Atom ichida nimalar bor?
Atom nimalardan tarkib topgan?

1913-yilda Daniyalik fizik Nils Bor o'zining atom tuzilishi haqidagi nazariyasini ilm-fanga taklif etdi. Uning nazariyasi asosida, Rezerford ishlab chiqqan planetar model yotar edi. Ushbu nazariyaga ko'ra, atom tuzilishi, sayyoralarning markaziy obyekt - Yulduz atrofida o'z orbitalari bo'ylab harakatlanishi singari, ya'ni makrodunyo modeliga qiyosan olingan edi (masalan, Yer va boshqa sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi kabi). Aynan sayyoralar sistemasi singari, elektronlar ham, atom markazidagi og'ir yadro atrofida, aniq va qat'iy orbitalar bo'ylab harakatlanadilar.
Bor, atom nazariyasi uchun, kvant g'oyasini kiritdi. Unga binoan, elektronlar yadro atrofidagi o'z, orbitalarida, ularga qat'iy muvofiq energetik pog'onalarga bo'yicha harakatlanishadi. Aynan Bor modeli, hozirgi zamon kvant-mexanik atom modelining asosi sifatida xizmat qildi. Ushbu modelga ko'ra ham, atom yadrosi, musbat zaryadlangan proton va zaryadga ega bo'lmagan neytrondan, hamda uning atrofida harakatlanuvchi, manfiy zaryadlangan elektrondan iborat. Lekin, kvant-mexanikasi modeliga ko'ra, elektron uchun aniq bir trayektoriya aniqlash mumkin emas. Bu modelga ko'ra, elektronlar uchun faqat yaqin energetik pog'onalarga ko'ra joylashishi mumkin bo'lgan hududlar mavjud.
Yangilаndi: 30.01.2025 07:42
|
Mendeleyev haqida 11 fakt
Mendeleyev haqida 11 fakt

Mendeleyev - jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan buyuk olimlardan biri. Ko'pchiligimiz uni odatda, maktab kimyo xonasidagi sersoqol portreti hamda, uning nomi bilan ataluvchi, kimyoviy elementlar davriy jadvali orqali bilamiz. Ushbu maqolamizda esa, mashhur kimyogarning hayotiga oid biz bilmagan yana boshqa qirralari haqida fikr almashamiz...
Oilada 17-chi farzand.
Dmitriy Mendeleyev, Tobol shahri gimnaziyasining direktori lavozimida ishlagan Ivan Pavlovich Mendeleyev oilasidagi 17-farzand bo'lgan. o'sha vaqtlarda, bunchalik ko'p bolali oilaga ega bo'lish, rus ziyolilari orasida nihoyatda kam urf bo'lgan hodisa sifatida qaralgan. 17 ta farzand deganda, ajablanib yoki, hayratlanib qarashdan oldi, Ivan Pavlovichning Dmitriydan oldingi nechta farzandi yashab ketganiga ham e'tibor qaratish zarur: 17-chi farzanddan avvalgilaridan faqat ikki o'g'il va 5 qiz hayotda yashab ketgan. Dmitriydan avvalgi 8 ta aka-opalari chaqaloqligidayoq o'lib ketgan, ulardan uchtasi esa, o'lik tug'ilgan ekan...
Yangilаndi: 22.01.2025 07:52
Indiy
Indiy
Ushbu 2014-yildagi Kimyogarlar kuni kasb bayrami, an'anaga ko‘ra, Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvalidagi kimyoviy elementlarning joylashuv tartibiga ko‘ra, 49-element - INDIY nomi ostida nishonlanadi. Chunki, ushbu muhim kasb bayrami, joriy 2014-yilda, ta'sis etilgan 1965-yildan buyon, 49-marta nishonlamoqda. Shu sababli saytimizda, mazkur element haqida batafsil ma'lumot berishni maqsad qildik.
Indiy - Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvalining V-davr, uchinchi guruhchasida joylashgan kimyoviy element. Atom raqami 49. In (lotincha Indium) ramziy ifodasi bilan belgilanadi. Nomlanishining kelib chiqishi, mazkur elementning yorqin emission ko‘k-havorang (Indigo rangi) spektral chizig‘i tufaylidir. Oddiy modda sifatidagi Indiy - kumushsimon-oqish rangdagi, oson eriydigan, oson ishlov beriladigan, juda yumshoq metall. Kimyoviy xossalariga ko‘ra Alyuminuy va Galliyga, tashqi ko‘rinishiga ko‘ra esa Ruxga o‘xshashib ketadi.
Yangilаndi: 27.12.2018 13:52
Neptunning tabiiy yo'ldoshlari
Neptunning tabiiy yo‘ldoshlari
.jpg/220px-Triton_moon_mosaic_Voyager_2_(large).jpg)
Neptunda ham ko‘p sonli tabiiy yo‘ldoshlar tizimi hamda juda ingichka va xira halqalar mavjudligi, Voyajer-2 tomonidan olingan tasvirlar orqali aniqlandi. Neptun halqasi asosan silikatlar bilan qoplangan uglerodli materiallardan tashkil topgan muzlagan mayda jismlardan iborat. Hozirgacha Neptunning 5 ta halqasi aniqlangan.
Tabiiy yo‘ldoshlarning eng kattasi - Tritonni, Neptunning o‘zi kashf etilishidan 17 kun o‘tib, Uilyam Lasselning o‘zi ochgan. Triton nomini Kamil Flammarion 1880- yilda fanga tavsiya etgan edi. Biroq, Neptunning 2-yo‘ldoshi Nerida ochilguniga qadar Triton nomi rasmiy qo‘llanilmay, u faqat "Neptun yo‘ldoshi" sifatida yuritilgan. Triton, quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar ichida o‘z atmosferasiga ega bo‘lgan uchta tabiiy yo‘ldoshdan biridir (Io va Titan bilan birgalikda). U ham teskari yo‘nalishda va spiralsimon orbita bo‘ylab aylanadi. Olimlarning fikricha aslida Triton Neptunning haqiqiy tabiiy yo‘ldoshi bo‘lmay, balki uzoq o‘tmishda Neptun tomonidan "tutib olingan" bo‘lishi ham mumkin ekan. Neptunning ikkinchi yo‘ldoshi Nereida 1949-yilda golland olimi Jerard Koyper tomonidan kashf etilgan. Keyingi yo‘ldoshlarni esa 1989-yilda Neptunga Voyajer-2 ning tashrifidan keyin aniqlandi. 2002-2003 yillar davomida Neptunning yana 5 ta yangi tabiiy yo‘ldoshi qayd etildi. Sakkizinchi sayyoraning hozircha oxirgi - 14-chi tabiiy yo‘ldoshi 2013-yilda aniqlangan bo‘lib, unga hali nom berilganicha yo‘q (vaqtinchalik nomi - S/2004 N 1).
Yangilаndi: 27.12.2018 13:53
Voyajer-1, Geliosferani tark etib...
Voyajer-1

Amaldagi maqsadi Quyosh tizimi va uning tevarak chegaralarini o'rganishga mo'ljallangan avtomatik fazoviy zond. AQSH tomonidan 1977 yilning 5-sentyabrida, Kanaveral kosmodromidan "Titan IIIE" raketa eltuvchisi yordamida orbitaga chiqarilgan. Start vaqtidagi vazni 723 kg. Ta'minot manbai sifatida plutoniy-238 asosida ishlovchi, 3 ta radioizotopli termoelektr generatori qo'llanilgan. Dastlabki vaqtda, "Voyajer-1"ning asosiy vazifasi, gigant sayyoralar - Yupiter va Saturnni tadqiq qilish sifatida belgilangan bo'lib, ishchi rejim muddati 5 yil baholangan edi. "Voyajer-1" dastlabki manzil - Yupiter tevaragiga 1979 yilning 1 yanvar kuni yetib bordi va ushbu gigant sayyora yuzasini, uning tabiiy yo'ldoshlarini fotosuratini yerga yubordi. Ko'zlangan ikkinchi manzil - Saturnga esa apparat 1980-yilning 13 noyabr kuni yetib bordi. "Voyajer-1" Yupiter va Saturnning mufassal fotokadrlarini olgan eng birinchi kosmik apparatdir. Shuningdek "Voyajer-1" yordamida, ushbu gigant sayyoralarning ilgari fanga ma'lum bo'lmagan bir necha tabiiy yo'ldoshlari aniqlandi. "Voyajer-1" belgilangan vazifalarni to'liq bajarib bo'lgach, o'zining ish qobiliyatini 100% saqlab qoldi va un iQuyosh tizimining chetki qismlarini o'rganish maqsadida, geliosfera chegarasiga yo'naltirilidi. 1998-yilning 17-fevral kuni "Voyajer-1", o'sha vaqtgacha, Quyoshdan eng uzoq masofaga yetib borgan fazoviy apparat - "Pioner-10" kosmik zondini quvib o'tdi va inson tomonidan yaratilgan fazoviy apparatlar ichida Quyoshdan eng olis masofaga uzoqlashgan kosmik apparatga aylandi. "Voyajer-1"ning keyingi maqsadi, Koyper belbog'i hududini tadqiq qilish va geliopauza chegarasiga yetib borish va u haqidagi axborotlarni yerga uzatish sifatida belgilandi. "Voyajer-1" bu vazifani ham uddalab, keyin geliosferani tark etib, yulduzlararo fazoga chiqib ketsa, u yulduzlararo fazo muhiti haqida ma'lumot uzatgan dastlabki apparatga aylanishi ko'zda tutilgan edi.
Yangilаndi: 31.01.2025 08:42
Neptun
Neptun

Neptun - Quyoshdan uzoqligi bo'yicha sakkizinchi, massasi bo'yicha uchinchi (17.2 Yer massasi), diametri bo'yicha esato'rtinchi (3.9 Yer diametri)o'rinda turuvchi sayyora. 2006- yildan e'tiboran, Quyosh tizimining eng olis sayyorasi hisoblanmoqda. U noodatiy tarzda kashf etilgan. Galileyning qo'lyozmalaridagi tasvirlarga qaraganda, Neptunni birinchi bo'lib aynan Galileo Galiley kuzatgan bo'lishi ehtimoli katta. Lekin u neptunni sayyora ekanligini xayoliga ham keltirmagan, aksincha uni, Yupiter ortidagi qo'zg'almas yulduzlardan biri deb o'ylagan. Galiley kuzatishlar olib borgan 1612 yilning dekabrida, Neptun orqaga tisarilgandek harakat boshlagan, bunday harakat, Yerning o'z orbital harakati natijasida tashqi sayyoralarni quvib o'tganida kuzatiladi. Lekin, uning harakati Galileyning kuchsiz teleskopi seza olishi uchun yetarli darajada bo'lmagan. Shu tufayli Galiley Neptunni ochgan ilk olim deb hisoblanmaydi.
Oradan 169 yil vaqt o'tib Uilyam Gershel Uran sayyorasini kashf qildi. 1821-yilda esa Aleksis Buvar Uranning orbital harakati jadvallarini ishlab chiqdi va chop ettirdi. Buvar jadvallari Yevropa astronomlari orasida keng tarqaldi. Astronomik kuzatuvlarda ulardan foydalanish ko'lami ortdi. Biroq, ko'p o'tmay Buvar jadvallariga nisbatan shubha paydo bo'la boshladi. Uran Buvar hisoblagan trayektoriyadan og'ib, anomal harakat qilayotganligi aniqlandi. Xususan ingliz astronomi T.Xassi o'zining kuzatishlarida Uranning belgilangan orbitadan og'ayotganini aniq hisoblab chiqardi. Xassi 1834-yilda Parijda, Buvar rasadxonasida mehmon bo'ldi va Uran orbitasidagi anomaliyalarni muhokama qildi. Buvar Xassining mazkur anomaliyalarni Urandan ham keyinroqda joylashgan sakkizinchi sayyoraning gravitatsion ta'siri natijasi bo'lsa kerak degan farazini qabul qildi va jadvallarni, anomal o'zgarishlar asosida muvofiqlashtirib chiqdi. Bu vaqtlarda Neptunni ko'ra oladigan kuchli teleskoplar mavjud bo'lmagan. Shuning uchun Neptun harakati qonuniyatlarini va uning fizik parametrlarini Uranga qilayotgan gravitatsion ta'siri qiymatlaridan kelib chiqib, toza matematik yo'l bilan hisob-kitob qilish zarur edi. Bunday favqulodda mushkul matematik masalani Buvar va Xassi ilgari surgan sakkizinchi sayyora haqidagi g'oya paydo bo'lgach, oradan 9 yil o'tib, 1843 yilda ingliz astronomi Jon Kuch Adams, va farang astronomi U. Leverye bir-biridan mustaqil ravishda hal qilishdi. Ular Uran orbitasi anomaliyalari asosida sakkizinchi sayyoraning fazodagi taxminiy joylashuv nuqtasini sof matematik usulda hisoblab chiqarishdi.
Yangilаndi: 31.01.2025 10:58
Rekordlar kitobi kimyo haqida nima deydi? Yoxud kimyoning eng-eng-eng ajabtovur raqamlari
Rekordlar kitobi kimyo haqida nima deydi? Yoxud kimyoning eng-eng-eng ajabtovur raqamlari

Ko'plab sport turlarida rekordlar muntazam qayd etib, tarixga muhrlanib boriladi. Rekordlar deganda, ko'pchilikning ko'z o'ngida avvalo o'sha mashhur Ginnesning rekordlar kitobi gavdalanadi. Ushbu kitob, inson va uning faoliyati, ilm-fan, tabiat va ho kazolarga oid turli tuman, ba'zan esa, o'ta kulgili rekordlarni ham qayd etib, muntazam ravishda chop etib boradi. Bu kitobni jahonning ko'plab mamlakatlarida, mahalliy rekordlar bilan to'ldirilgan shaklda qayta nashr etilib, millionlab adadlarda sotilishi barchaga ayon. Ushbu kitobda, aniq fanlarga, xususan, kimyo borasidagi "eng-eng" iborasi bilan qo'shib yoziluvchi son va sifatlarga ham keng o'rin berilgan.
Muhtaram saytimiz mutolaachilari, ushbu maqolamizda, Ginnes rekordlari kitobidagi, kimyoga oid qaydlar bilan tanishamiz.
Yangilаndi: 06.02.2025 07:47
Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 117-element ochilgani rasman tasdiqlandi.
Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 117-element ochilgani rasman tasdiqlandi

Germaniyaning Darmshtadt ilm-fan shaharchasida faoliyat olib borayotgan xalqaro fizik-yadroshunos olimlar guruhi, Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvali tartibi bo'yicha 117-elementni sintez qilishga muvaffaq bo'lishdi. Bu haqda, 1-may kuni, Phys.Rev.Lett. jurnalida e'lon qilingan.
Bungacha, ushbu elementni 2009 va 2010-yillarda Rossiya Federatsiyasining Dubna ilm-fan shaharchasidagi Yadro tadqiqotlari Birlashgan institutining kimyoviy tadqiqotlar laboratoriyasida ikki marta sintez qilingan edi.
Yangilаndi: 28.01.2025 16:29
Yashin tezligidagi mineral o‘g‘itlar
Yashin tezligidagi mineral o‘g‘itlar
Â
Farangcha "azote" so‘zi rus tili orqali o‘zbek tiliga kirib kelgan. Asl farang tilidagi bu so‘z "jonsiz" ma'nosini anglatadi. Uni ilk bora, 1772-yilda, DanielRezerford, o‘zining magistrlik dissertatsiyasida "aynigan havo" nomi bilan ilm-fanga tanishtirgan. Uning asosiy kimyoviy va fizik xossalarini ham birinchi bo‘lib aynan Rezerford bayon qilib bergan edi. "Aynigan havo‘ va shunga o‘xshashg‘alati nomlar o‘rniga, "azot" atamasini farang kimyogar olimi Antuan Lavuzye 1787-yilda fanga taklif etdi. U azotning yonishda ham, nafas olishda ishtirok etmasligidan kelib chiqib shunday nomni ma'qul ko‘rgan ekan. o‘sha davr olimlari, azotning ushbu xossalarini birinchi o‘ringa qo‘yishgan. Garchi keyingi davrlarda azotning butun yer yuzidagi tiriklik uchun nihoyatda muhim element ekanligi bir necha karra isbotlangan bo‘lsa-da, biroq uning g‘alati nomi hozirgacha saqlanib qolmoqda. Jahonning ko‘plab mamlakatlarida, "azot" atamasi o‘rniga lotin tilidagi "Nitrogenum" - "Selitra tug‘diruvchi" nomi kengroq qo‘llaniladi. Siz va biz o‘rganib qolgan, davriy jadvaldagi N belgisi ham, aynan shundandir.
Gaz holatidagi azot, haqiqatan ham nafas olish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Lekin, aytib o‘tganimizdek, azotbutun tabiat, shu jumladan odamzot hayoti uchun nihoyatda muhim modda bo‘lib, usiz tabiatda hayotning mavjud bo‘lishi imkonsiz bo‘lar edi.Yer sayyorasida azot zahiralari bisyor. Uning asosiy qismi atmosferada yig‘ilgan - 78%. U ayniqsa, millionlab gektar yerlardagi tabiiy o‘simlik dunyosini oziqlantiruvchi mineralo‘g‘itlarni hosil qilishda asosiy o‘rin tutadi. Tabiat tuproqni qanday qilib o‘g‘itlaydi ekan? Tuproqdagi azotning eng asosiy manbai bu - biologik azotlashtirish jarayonidir. Ya'ni tabiiy jarayonlarda, mikroorganizmlar atmosferadan azotni biriktirib olib, o‘simliklarning oziqlanishi uchun yetkazib berib turadi. Qadimgi davrlardayoq, ba'zi o‘simlikar, xususan, dukaklilar, tuproqning unumdorligini oshirishi dehqonlarga ma'lum bo‘lgan. Biroq, u davrlarda, mohiyat o‘simlikning o‘zida emas, balki, dukaklilar bilan simbiozga kirishadigan maxsus mikroorganizmlarning faoliyati natijasida, tuproqining azot birikmalari bilan boyishida ekanligini hech kim hayoliga ham keltirmagan. Hozirgi kunda, ilm-fanga anchagina ko‘p sondagi azot biriktiruvchilar ma'lum: bakteriyalar, aktinometsetlar, po‘panakli va achitqi mohlar, yashil suv o‘tlari va ho kazolarning barchasi, o‘simliklarga hayotiy muhim modda bo‘lgan azotni yetkazib berib turadi.
Yangilаndi: 24.11.2018 21:31
Fizika tarixidan metodik qo'llanma
Fizika tarixidan metodik qo'llanma
Muallif: T.Usmonov
Tematik yo'nalishi: Fizika, fan tarixi, metodika
Tarixi: Toshken 2003. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlarida. Kompyuterda sahifalangan.
Grafikasi: O'zbek tili kirill alifbosida.
Yangilаndi: 27.12.2018 13:59
|
|