Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Bekkerel (birlik)

E-mail Chop etish PDF

Bekkerel (birlik)

Bekkerel birligi Xalqaro SI birliklar tizimida radioaktiv manbadagi nuklid faolligining o'lchov birligi hisoblanadi. o'zbekcha belgilanishi Bk, xalqaro belgilanishlari bir xil - Bq ko'rinishida belgilanadi (кириллчада Бк).

Ta'rifi: 1 bekkerel - 1 soniya vaqt ichida bir jarayon parchalanish sodir bo'ladigan radioaktiv manbadagi nuklidning faolligiga tengdir. Bekkerel - SI tizimidagi o'z maxsus nomiga va belgisiga ega bo'lgan hosilaviy birlikdir. Uni SI tizimining asosiy birliklari orqali ifodalanishi quyidagicha bo'ladi: Bk=c-1

Yangilаndi: 20.01.2025 07:54
 

«Parker» kosmik zondi Quyosh toji orqali o'tdi

E-mail Chop etish PDF

«Parker» kosmik zondi Quyosh toji orqali o'tdi

Endi u inson qo'li bilan yaratilgan eng tezkor apparatg aylandi.

2024-yilning eng so'nggi kunlarida «Parker Solar Probe» kosmik zondi Quyosh tojiga yana bir bor sho'ng'ib chiqdi v bu orqali qator yangi rekordlarni ham o'rnatdi. U dastlab 2021-yild Quyoshga yetib borgan edi.

Aslida «Parker» 24-dekabr kuniyoq navbatdagi yaqinlashuv chog'ida Quyosh toji ichkarisiga kirib ketgandi. Lekin u keyingi bir nech sutka mobaynida signallarga javob bermadi v shu sababli ham, uning keyingi taqdiri shubha ostida qolayotgan edi. NASA muhandislari umidsizlikka tushmay, sabr bilan kutganliklari evaziga, 27-dekabr kuni Grinvich bo'yich soat tongi 5 da zond yana aloqaga chiqdi. Qayd etish joizki, bu safargi maksimal yaqinlashuv chog'ida «Parker» Quyoshdan atigi 6,1 mln masofada bo'lgan bo'lib, bu ko'rsatkich yulduzimizga eng yaqin sayyora bo'lmish Merkuriy orbitasidan deyarli 10 barobar yaqindir. Taqqoslash uchun eslatib o'tamizki, Yerimiz v Quyosh oralig'idagi masofa deyarli 150 million km ni tashkil qiladi. NASAdagilarning ta'kidlashicha, bu safargi yaqinlashuvni ham zond juda yaxshi o'tkazgan v unda hech qanday nosozliklar yuzaga kelmagan.

 

Yangilаndi: 20.01.2025 09:20
 

Loksodroma

E-mail Chop etish PDF

Loksodroma

Buyuk geografik kashfiyotlardan so'ng dengizchilik shiddat bilan rivojlanib, kemalar butun sayyoramiz dengiz va ummonlari bo'ylab suza boshlagan zamonlarda, xaritashunoslar va ayniqsa darg'alar oldida o'ta muhim bir masala ko'ndalang chiqdi. Ya'ni, Yerning sharsimon shaklda ekani e'tiboridan, ochiq dengizda yo'nalishni to'g'ri belgilash va masofani chamalash - o'ta muhim vazifaga aylandi. Aynan shu maqsadda, XV-asrdan boshlab geodeziya va kartografiyada loksodroma tushunchasi keng yoyila boshladi. Loksodroma - fanga navigatsiya maqsadlarida joriy qilingan tushuncha bo'lib, uni shuningdek sferik spiral, yoki, rumb chizig'i ham deyiladi. Loksodroma go'yoki ulkan ilon singari, Yer sharini o'rab-chirmab oladi va qutblar yaqinida buraladi, lekin, hech qachon qutblarga yetib bora olmaydi. Loksodroma chizig'i xaritada barcha meridianlarni muntazam burchak ostida kesib o'tadi.

Yangilаndi: 20.01.2025 09:30
 

Tritemiy poligrafiyasi

E-mail Chop etish PDF

Tritemiy poligrafiyasi

Bizning davrimizda kriptografiya asosida murakkab matematik nazariya yotadi. Biroq, qadimgi davrlarda xat-xabarlarni shifrlash uchun juda jo'n usullardan foydalanishgan va bunda masalan, xabar matnidagi harflar shunchaki alifbodagi o'ziga qo'shni har bilan almashtirib yozilgan. Bunday tarzdagi shifrlashda masalan «men» so'z «nfo» bo'ladi va ho kazo. Albatta, bundayin oddiy shifrlarni yechish ziyrak odamlar uchun unchalik qiyinchilik tug'dirmagan. Ayniqsa, IX-asrda yashab o'tgan arab olimi Abu Yusuf Yoqub ibn Isa'hoq ibn Saboh al-Kindi (801-873) tomonidan ishlab chiqilgan takroriylik tahlili usulini qo'llash orqali bu kabi shifrlashni ochish yanada oson bo'lib qolgan. Takroriylik usuli muayyan tilda aynan qaysi harflarning eng ko'p qo'llanishini tahlil qilishga asoslangan bo'lib, masalan ingliz tilidagi so'zlarda harflarning eng ko'p qo'llanilishi quyidagicha ketma-ketlikda bo'ladi: ETAOINSHRDLU. o'zbek tilida esa eng ko'p qo'llanadigan harflar AINLROTDMGS bo'ladi. Shu tariqa shifrlangan xabar mazkur metod vositasida tahlil qilish orqali, uni katta ehtimol bilan shifrdan to'g'ri yechish mumkin. Masalan, ingliz tilida Q harfidan keyin deyarli doimo U keladi va ho kazo.

Yangilаndi: 20.01.2025 09:26
 

Uolles chizig'i

E-mail Chop etish PDF

Uolles chizig'i

Tabiiy «pasport nazorati». Jonivorlar va hatto qushlar ham hech qachon kesib o'tmaydigan ko'rinmas chegara haqida.

Uolles chizig'i bu - Malay arxipelagi orollari orasidagi bo'g'ozlar orqali o'tuvchi shartli biogeografik chegaradir.

Agar siz Indoneziya mamlakatining geografik joylashuviga e'tibor qaratsangiz, u juda katta maydonni egallagan, son-sanoqsiz katta va kichik orollardan iborat ulkan arxipelagda yastanib yotganiga guvoh bo'lasiz. Sayyoramizdagi eng ajabtovur va qiziq tabiiy chegaralardan biri - Uolles chizig'i ham aynan shu mamlakat hududidan o'tadi. Uolles chizig'ining o'ziga xosligi shundaki, u masalan qirg'oq, yoki tog' tizmasi, yoxud bo'g'oz singari, biror geografik mintaqa va hududlarni o'zaro ajratib turuvchi tabiiy chegara emas; balki, u bir-biridan tamomila tubdan farq qiluvchi butun boshli hayvonot va o'simlik olamlarini o'zaro ajratib turuvchi bio-geografik chegaradir.

Yangilаndi: 20.01.2025 09:33
 

Turlar miqdorining ekotizim maydoniga bog'liqligi

E-mail Chop etish PDF

Turlar miqdorining ekotizim maydoniga bog'liqligi

Muayyan ekotizimda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan turlar soni mazkur ekotizim maydoniga to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir. Maydon qanchalik katta bo'lsa, unda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan turlar soni ham ko'proq bo'ladi.

Haqli savol tug'iladi: haqiqatan ham kichik ekotizimlardagi turlar soni yirik ekotizimlardagidan ko'ra kamroq bo'ladimi? Bir tarafdan, maydon qanchalik katta bo'lsa, undagi foydalanishga yaroqli bo'lgan turli ekologik makonlar ham shunchalik ko'p bo'ladi deb umid qilish mumkin. Boshqa tarafdan, masalan nima uchun yaylov maydonining ikki barobar qisqarishi tufayli undagi biologik xilma xillik ham shunga monand kamayadi deb o'ylash kerak o'zi? Tushunarliki, bunda organizmlarning umumiy soni kamayadi albatta, lekin nimaga endi bunda o'sha yaylovda yashaydigan turlar soni ham kamayishi sodir bo'ladi?

Yangilаndi: 20.01.2025 09:35
 

Mendeleyeviy

E-mail Chop etish PDF

Mendeleyeviy

Menedeleyeviy - yettinchi davrning uchinchi guruhiga mansub element. Atom raqami 101. Formulasi Md. Aktinoidlar oilasiga mansub.

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.

Mendeleyeviyning dastlabki atomlarini 1955-yilda olimlar Albert Giorso, Bernard Xarvi, Gregori Choppin, Stenli Tompson va Glen Siborg tomonidan Berkli laboratoriyasida 253Es izotopi yadrosini α±-zarralar bilan nurlatish yo'li bilan sintez qilingan. O'shanda AQShlik ushbu ilmiy guruh mendeleyeviyning atigi 17 dona atomini hosil qilishga muvaffaq bo'lgan edi. Keyinroq, 1962-yilda Dubna yadroviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan 238U izotopini nurlatish usuli bilan mendeleyeviyning yuzga yaqin atomi hosil qilingan. Elementga uni kashf qilgan AQSh olimlari tomonidan, davriy jadvalning muallifi Dmitriy Ivanovich Mendeleyevning nomi berilgan.

Yangilаndi: 20.01.2025 09:41
 

Erg

E-mail Chop etish PDF

Erg

Erg birligi SGS birliklar tizimida ish va energiya birligi hisoblanadi. O'zbekcha xalqaro belgilanishlari bir xil - erg ko'rinishida belgilanadi. SI tizimiga kirmaydi.

Ta'rifi: 1 erg - 1 dina kuch sarflash orqali jismni 1 sm masofaga siljitishda bajarilgan ish miqdoriga teng bo'ladi:

Yangilаndi: 20.01.2025 16:08
 

Quyoshga yetib bordik!

E-mail Chop etish PDF

Quyoshga yetib bordik!

2021-yil ham yakunlanib bormoqda. Shubhasizki, ushbu yilning eng katta astrofizik va umuman eng katta ilmiy yangiliklaridan biri - tarixda ilk bora inson qo'li bilan yasalgan apparat Quyoshga yetib borganligi bo'ldi!

Biz saytimizda NASAning Parker Solar Probe zondi Quyosh tomon yo'lga chiqqani haqida 2018-yilning avgust oyida xabar bergan edik. Ushbu kosmik apparat astrofizik olim Yujin Parker sharafiga nomlangan bo'lib, missiyaning maqsadi - imkon qadar Quyoshga yaqin borish va yulduzimizni bevosita ichkarisini o'rganish hisoblanadi. Apparat o'sha yilning noyabrida Quyoshga yaqin yetib borgan bo'lib, shu choqqacha bir necha marotaba unga maksimal yaqinlashishga erishdi. Shunday yaqinlashishlardan biri 2021-yilning aprel oyida sodir bo'lgan edi va kuni kecha Physical Rewiew Letters jurnalida chiqqan maqolada aytilishicha, apreldagi o'sha yaqinlashuv paytida, Parker zondi Quyosh toji ichkarisiga kirishga muvaffaq bo'lgan! Bu degani, demak tarixda ilk bora odamzot qo'li bilan yasalgan apparat Quyoshga yetib bordi demakdir. Ushbu misli ko'rinmagan yirik ilmiy natija albatta astrofizika sohasi uchun 2021-yil tarixiy yil bo'lib qolishini kafolatlaydi. Zero endi insoniyat Quyoshga yetib bordi deb bemalol aytish mumkin.

Yangilаndi: 20.01.2025 16:06
 

Rutkitlar evolyutsiyasi va aniqlash usullari

E-mail Chop etish PDF

Rutkitlar evolyutsiyasi va aniqlash usullari

Kirish

Kompyuterlarga xakerlik hujumlari uyushtiruvchi badniyat kimsalar arsenalida rutkitlar boshqa zararkunanda dasturlarchalik ko'p qo'llanilmaydi. Masalan, Bitdefender kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, aniqlanayotgan zararkunanda dasturlar orasida rutkitlar 1% dan ham kam ulushni tashkil qiladi. Lekin, aniqlangan barcha holatlarning barchasi yirik xakerlik hujumlari bilan bog'liq. Masalan, badniyat kimsalar tomonidan Remsec nomli rutkit vositasida o'tkazilgan kiberjosuslik harakati Strider nomli APT-kiberjosuslik harakati tomonidan olib borilgani ma'lum. Bunda Strider to'dasi Belgiya, Shvetsiya, Eron, Rossiya va Ruanda mamlakatlaridagi davlat organlariga xakerlik hujumi uyishtirgan va shifr kalitlarini o'marib, serverlarning IP-manzillari va boshqa muhim ma'lumotlarni o'g'irlashgan.

Yangilаndi: 20.01.2025 16:11
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 55 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12086052

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!