Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Qog'ozni buklash haqidagi masala

E-mail Chop etish PDF

Qog'ozni buklash haqidagi masala

Tarixda bir odil podshoh zamonasida bir odam devorga ignani sanchib qo'yib, ipni esa o'n qadam naridan otib ignaning teshigidan o'tkazib yuborar darajada mahorat kasb qilgan ekan. Shu darajada bu ishni puxta o'zlashtiribdiki, oxiri avval ignani otib, keyin esa ipni otib, har ikkalasi havodaligida ignadan ipni o'tkazib yuborar ekan. U o'zidan boshqa hech kim uddalay olmaydigan bu qilig'ini namoyish qilish va podshohni qoyil qoldirib, undan in'om olish uchun saroyga boribdi. Podshohga o'z mahoratini ko'rsatib, saroydagi hammani hayron qoldiribdi. Lekin, podshoh bu jarayondan unchalik ham ta'sirlanmabdi va oxirida a'yonlariga shunday buyuribdi: -"Bu odamga o'n tilla berib, yana o'n darra urib kuzatib qo'yinglar!"

Haligi odam hayronmish. Nimaga endi, o'n tilla in'omdan tashqari, yana o'n darra kaltaklanishi ham kerak? Hamma bu gapning hikmatini bilish uchun podshohga yuzlanibdi. Shunda odil podshoh, o'zidan izoh kutayotganlarga qarab:

-"Bu odam ignadan ipni otib o'tkazadigan mahorat kasb qilibdi. Hech kim qilolmaydigan bu ishni uddalagani uchun unga o'n tilla mukofot berdim, biroq, hech kimga foydasi bo'lmaydigan, bo'lmag'ur ahmoqona ishni o'rganishga va uddalashga umrini sarflagani uchun o'n darra urdirdim, toki boshqalarga ham ibrat bo'lsin!" - degan ekan.

Ushbu hikoyani keltirishdan maqsad, 2001-yilda butun dunyo matematika jurnallarida shov-shuv bo'lgan bir voqeaga nisbat bermoqchiman. o'shanda, matematika jurnallari xuddi qandaydir buyuk bir ilmiy kashfiyot haqida yozgandek bong urishgandi. Lekin oradan mana 15 yil o'tib, bu haqida deyarli endi hech kim eslamayapti.

Yangilаndi: 13.02.2025 08:26
 

O'lchamlarni taqqoslab...

E-mail Chop etish PDF

O'lchamlarni taqqoslab...

Uydan ishgacha yoki, o'qish joyigacha bo'lgan masofaning olisligidan shikoyat qilayotgan odamni hech kuzatganmisiz? Uning uchun dunyodagi eng olis masofa aynan shu masofa bo'lib ko'rinadi. Keling hissiyotlarga berilmay, aslida qaysi masofa eng olis ekani haqidagi infografika bilan tanishib chiqamiz:

Siz maktab fizika kursidan, ulkan astronomik miqyoslar uchun noodatiy o'lchov birligi - yorug'lik tezligidan foydalanilishini bilsangiz kerak. Yorug'lik soniyasiga 299 792458 metr tezlik bilan harakatlanadi. Bu tabiatdagi eng katta tezlikdir va boshqa hech narsa yorug'lik tezligidan tez harakatlana olmaydi. Odatda yorug'lik tezligi 300000 km/soniya tarzida yaxlitlab olinadi. Shu tezlik bilan harakatlanish orqali, yorug'likning bir yil ichida bosib o'tadigan masofasini astronomlar o'z ishlarida o'lchov birligi sifatida qo'llaydilar. Agar erinmay hisoblab chiqilsa, bir yorug'lik yili 9460528400000 km ga teng ekanini aniqlash mumkin. Ya'ni, yorug'lik bir yil ichida shuncha masofani bosib o'tadi.

Shunday mislsiz tezlik bilan harakatlanib, yorug'lik Quyosh tizimini taxminan atiga 10 soat mobaynida kesib o'tadi.

Yangilаndi: 23.01.2025 14:28
 

Boshqa sayyoralarda Quyosh qanday ko'rinadi?

E-mail Chop etish PDF

Boshqa sayyoralarda Quyosh qanday ko'rinadi?

Siz Quyosh ufqda chiqishi va botishini ko'p bora kuzatgan bo'lsangiz kerak. Ayrimlarga romantik kayfiyat bag'ishlovchi tong otishidagi shafaq va kun botishidagi ufq qizarishlari, sayyoramizning o'z o'qi atrofida aylanishi tufaylidir. Lekin, hech tasavvur qilib ko'rganmisiz, boshqa sayyoralarda tong otishi qanday bo'larkin? Bezakchi-rassom Ron Miller uzoq yillardan buyon koinot va sayyoralar tasviriga oid raqamli illyustratsiyalarni ishlab kelmoqda. Quyidagi tasvirlarda Ron Miller tomonidan chizilgan va turli sayyoralarda Quyoshning qanday ko'rinishini ifodalagan illyustratsiyalar keltirilgan. Keling, biz ham rassom bilan koinot tilsimlari bo'ylab xayoliy safar qilamiz...

Yangilаndi: 31.01.2025 09:02
 

Fosfor - yog'dulanuvchi element

E-mail Chop etish PDF

Fosfor - yog'dulanuvchi element

1669-yilda olmon kimyogari Xennig Brandt siydik tarkibini tahlil qilish uchun undagi suvni bug'latib yubordi va idishda qolgan cho'kindi quyqalarni sinchiklab tekshirib chiqdi. Shu asnoda Brandt davriy jadvaldagi biz bilgan 15-raqamli element - fosforni kashf qilgan edi. Bu - yumshoq mumsimon modda holida bo'lib, oddiy xona sharoitida ochiq havoda o'zidan o'zi yonardi va shu sababli, o'zidan muayyan yorug'lik chiqarardi.

o'zi kashf qilgan moddaning yashil nur chiqarayotganligi sababli Brandt unga yunoncha fosfor, ya'ni, "nur taratuvchi" deb nom bergan.

Yangilаndi: 10.02.2025 15:43
 

Koinot, Quyosh va Yer necha yoshda? (Infografika)

E-mail Chop etish PDF

Koinot, Quyosh va Yer necha yoshda?
(Infografika)

Koinot o'zidagi milliardlab galaktikalar, yulduzlar va sayyorlar bilan to'xtovsiz kengaymoqda. Biz bilgan bizga ma'lum fizika qononlari asosida o'rganilga Koinotning yoshi taxminan 13,7 milliard yil deb baholanadi. Taxminlarga ko'ra, shuncha yil muqaddam, Ulkan Portlash natijasida hozirgi Koinot paydi bo'lgan. Zamonaviy fizika shunday hisoblaydi harholda. Koinot yangi yulduzlar va galaktikalaring hosil bo'lishi uchun sarflanadigan gaz modda tugab bitmaguncha, ya'ni, yana taxminan 100 trillion (yuz trillion!!!) yil mavjud bo'ladi va termodinamika qonunlariga muvofiq, oxir oqibatda issiqlik o'limi deb ataluvchi jarayonga yetib kelib, mutlaq nol darajagacha soviydi va... keyin nima bo'lishini hech kim bilmaydi...
Odam o'rtacha umri bilan qiyoslaganda Koinot hozir atiga to'rt kunlik go'dak chaqaloq kabidir.

Yangilаndi: 16.07.2016 14:30
 

Matematika olami Ayol matematiklar: Gipatiyadan Emmi Nyotergacha

E-mail Chop etish PDF

Matematika olami

Ayol matematiklar: Gipatiyadan Emmi Nyotergacha

 

Ushbu kitob orqali kitobxon turli davrlarda yashab o‘tgan matematik olimalarning hayoti va ilmiy yutuqlari bilan tanishadi. Bular: Gipatiya va Lukretsiya Piskopiya, Karolina Gershel va Meri Sommervill, Ada Lavleys va Florens Naytingeyl, Sofiya Kovalevskaya va Emmi Nyoter, Greys Xopper va Juliya Robinsonlardir. Garchi ular turli davrlarda yashagan va matematikaning ham turli sohalarini tadqiq qilishgan bo‘lishsa-da, lekin beqiyos zakovat sohibasi bo‘lgan mazkur ayollarni bir narsa umumlashtirib turadi: ularning barchasi ilm-fanga benihoya muhabbat qo‘ygan, hamda, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liq turli g‘aliz tushunchalarga qarshi kurashgan jasur ayollar hamdir. Ular o‘z ilmiy faoliyatlari va erishgan natijalari orqali, ayollarning intellektual salohiyati ham erkaklarnikidan aslo qolishmasligini, balki muayyan o‘rinlarda undan ham ustun bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib berishdi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 14.12.2018 08:31
 

Maxfiy tovushli buyruqlar orqali xakerlar smartfonlarga beruxsat kira olishadi

E-mail Chop etish PDF

Maxfiy tovushli buyruqlar orqali xakerlar smartfonlarga beruxsat kira olishadi

Hozirgi kunda global axborot xavfsizligi masalasi bilan bir qatorda, odamlar orasida juda ommalashgan narsa - shaxsiy axborotlarni saqlovchi qurilmalarning ham axborot xavfsizligi muammolari yuzaga chiqmoqda. Smartfonlarning keng tarqalishi bilan yer yuzida millionlab odamlar turli ijtimoiy tarmoqlarga va portallarga o'z qo'l telefonlaridan osongina kirib, foydalanishmoqda. Smartfonlar nafaqat global tarmoqqa kirish imkonini beradi, balki, ularning xotirasida asosan o'ta shaxsiy mazmundagi fayllar, turli yozishmalar, tanish-bilishlarning aloqa manzillari kabi, muhim va konfedensial ma'lumotlar ham saqlanadi. Bunday ma'lumotlar esa, yomon niyatli xakerlardan himoya qilish, ularning maxfiyligini kerakli darajada ta'minlay olish zarur.

Yangilаndi: 30.01.2025 08:40
 

Parovoz

E-mail Chop etish PDF

Parovoz

Paravozning ixtiro qilinishi - rels yo'llari va lokomotivning loyihalanishi bilan chambarchas bog'liqdir. Aytish joizki, rels yo'llari lokomotivdan ko'ra ancha avvalroq paydo bo'lgan. Relslarni dastavval qattiq pishiq yog'ochdan yasashgan va asosan tog'-kon ishlarida, qazilmalarni aravachalarda kon ichkarisidan tashqariga tashib chiqishda foydalanishgan. Tog'-kon ishlarida yog'och relslarning qo'llanishiga oid ilk tarixiy yozuvlarni biz Sebastiyan Myunster qalamiga mansub bo'lgan, 1541-yilda chop etilgan risolada uchratishimiz mumkin. XVIII-asrga kelib, relslarni cho'yandan tayyorlay boshlashgan. Biroq, cho'yan bu borada o'zini unchalik ham oqlamagan. Sababi, cho'yan birmuncha mo'rt metall bo'lib, cho'yan relslar tez qiyshayib, ko'p buzilgan. XIX asr boshlarida esa relslarni yumshoqroq temirdan yasay boshlashgan va shu davrdan boshlab, rels yo'llarini "temiryo'l" deb atash urfga kira boshlagan. Shunga qaramay, uzoq yillar mobaynida temiryo'ldan faqat konlarda ruda tashish uchun foydalanilgan va undan yo'lovchi tashishda foydalanishga o'tish uchun ancha yillar kerak bo'lgan.

Yangilаndi: 23.01.2025 13:57
 

Kichik yashil odamcha, yoki pulsarlardan signallar

E-mail Chop etish PDF

Kichik yashil odamcha, yoki pulsarlardan signallar

1967-yilda Kembrij tashqarisida o'rnatilgan ulkan radioteleskop koinotdan kelayotgan qat'iy davriy impulsli signallarni qayd etdi. Albatta, o'sha paytda bu signallarni o'zga sayyoraliklar jo'natishmoqda degan fikr hech kimning aqliga sig'magan. Lekin, teleskopni tasarruf qiluvchi mutaxassislar bu signallarni aynan o'zga galaktikalardan ongli mavjudotlar yuborishmoqda degan g'oya bilan butun olamga shov-shuv ko'tarishgan edi.

Yangilаndi: 14.02.2025 14:26
 

Munajjimlar bashorati haqida

E-mail Chop etish PDF

Munajjimlar bashorati haqida

Deyarli hamma tijorat gazetalarini varaqlasangiz, unda albatta "Munajjimlar bashorati" rukniga ko'zingiz tushadi. Qolaversa, radio va televideniyeda ham bunday "bashoratlar" tez-tez berib boriladi. Xo'sh, bunday "bashorat"lar aslida qanchalik o'rinli? Ularga ishonish mumkinmi? Keling, oldinga o'tib darhol gapni po'stkallasini aytib qo'ya qolay: munajjimlar bashorati aslida uydirmadan boshqa narsa emas! Ishonmasangiz, ushbu maqolani qunt bilan o'qib chiqishingizni tavsiya qilaman (bir yo'la, boshqa qiziq ma'lumotlardan ham boxabar bo'lasiz):

Ona sayyoramiz - Yer Quyosh atrofida aylanadi. Yerimiz Quyosh atrofini to'liq bir marta aylanib chiqishi uchun 365 kun, 6 soat, 48 daqiqa va 45 soniya vaqt ketadi. Bu muddatni biz bir yil deb ataymiz. Yerning Quyosh atrofida aylanish orbitasi deyarli aylana shaklida bo'lgan ellips ko'rinishidadir.

Yangilаndi: 07.02.2025 13:56
 


Maqolaning 30 sahifasi, jami 55 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
ekodunyo.uz
O'simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi
http://hujayra.uz/
Biolog olim Baxtiyor Sheraliyev va shogirdlari tomonidan yuritiladigan ajoyib veb-sayt! Biologiya va uning tarkibidagi fanlarga oid qiziqarli maqolalar shu yerda!

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 13664411

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)