χ2 kriteriysi
χ2 kriteriysi
Ba'zan olimlar shunday muammo bilan to'qnash kelishadi: nazariyani shakllantirish vaqtida hisob-kitob qilingan va kutilgan ehtimoliy natijalar, amaliy tajriba-kuzatuvlardagi qayd etilgan real holat bilan mos kelmaydi. Masalan, gardkam toshlarini ketma-ket tashlayvergan bilan, ehtimollar nazariyasidan kelib chiqqan hisob-kitoblardagi ehtimollik qayd etilmasligi mumkin. Ya'ni, tushayotgan toshlar bilan kutilgan natija orasidagi farq juda katta bo'lib ketadi. Bunda turli xil taxminlar ilgari surila boshlaydi. Masalan, kimdir, o'sha gardkam toshlarining nosimmetrik ekanini aytsa, yana boshqa odamning miyasiga, toshlarning og'irlik markazi noto'g'ri ekani haqidagi fikr keladi.
Yangilаndi: 29.01.2025 16:20
|
Reley kriteriysi
Reley kriteriysi

Agar ikkita nuqtaviy yorug'lik manbalaridan birining difraksion maksimumi ikkinchisining difraksion minimumi bilan ustma-ust tushsa, ushbu ikkala nuqtaviy yorug'lik manbalarini okulyarda o'zaro farqlash mumkin bo'ladi.
Lord Reley - qirolicha Viktoriya zamonasiga oid Britaniyalik "Jentelmen olimlar" avlodining yorqin namoyondalaridan biridir. Serqirra olim sifatida nom qozongan lord Reley ilm-fanning xilma-xil sohalarida samarali faoliyat yuritgan bo'lib, uning eng asosiy yutuqlaridan biri - argon elementining kashf etganligi deb hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, uning fizika fanining ko'plab yo'nalishlariga, shu jumladan optika sohasiga qo'shgan xossasini ham e'tirof etish o'rinlidir. Yorug'likning tarqalish qonuniyatlarini o'rganish asnosida lord Reley yorug'lik manbalarining optik asboblarda farqlanishi va aniqlanishiga oid muhim bir ilmiy kriteriyni shakllantirdi. Ushbu kriteriy endilikda olim o'z nomi bilan atalmoqda.
Yangilаndi: 13.02.2025 16:05
Antrop tamoyili
Antrop tamoyili

Hozirgi kunda zamonaviy fizika, ayniqsa astrofizika hamda subatom zarrachalar tabiati bilan shug'ullanuvchi olimlarning aksariyati (deyarli hammasi) shunday yakdillikka kelmoqdalar: "Agar koinot, butun olam, ya'ni borliq salgina boshqacharoq tuzilganida, unda hayotning vujudga kelishi imkonsiz bo'lur edi va koinot-borliq haqida tafakkur yurituvchi biz kabi ongli mavjudotlar umuman bo'lmasdi".
Olam muvozanatining ilmiy qonuniyatlari bilan tanishib, hayratlanmaslikning, yaratuvchining favqulodda buyuk qudratidan lol qolmaslikning iloji yo'q. Biz yashayotgan koinot aynan biz uchun, maxsus yaratilgandek. U hayot paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun yagona imkonli tizim-muvozanatga asoslangan eng oliy va mukammal yaratilmishdir. Bunday yondoshuvni, ya'ni, olam tuzilishining biz ko'rib, yashab turgan shaklidan boshqacha shakli bo'lishi mumkin emasligini olimlar "Antrop tamoyili" deb yuritishadi. Unga ko'ra, agar koinot Ulkan Portlashdan keyin, salgina boshqacha yo'nalishda rivojlanganida, masalan, sal tezroq yoki sal sekinroq rivojlanganida, hozirgidek, materiyaning turli shakllari - qattiq jismlar ham, gazlar ham va umuman moddiyat dunyosi shakllanmagan bo'lardi deb taxmin qilinadi.
Yangilаndi: 08.10.2026 16:12
Shryodinger tenglamasi
Shryodinger tenglamasi

Zamonaviy fizikadagi eng asosiy tenglamalardan biri bo'lgan mashhur Shryodinger tenglamalarining yuzaga kelishi haqida fizik olimlar ichida o'ziga xos folklor shakllangan. Haqiqatan ham, mohiyatiga e'tibor qaratilsa, Shryodinger tenglamalari o'zaro ziddiyatli g'oyalarni uyg'unlashtirayotganga o'xshaydi. Aslida ushbu tenglamalar orqali odamzot olam tuzilishiga oid eng nozik sirlardan birini bilib olgan. Shryodinger tenglamasi kvant zarralarining dual, ya'ni, ikki xil tabiatini bitta ixcham tenglamada mujassamlashtiruvchi differensial tenglama bo'lib, u kvant zarralarining korpuskulyar va to'lqin tabiatini namoyon qiladi.
Hikoya qilinishicha, 1926-yilda Avstriyalik nazariyotchi fizik Ervin Shryodinger Syurix shahrida tashkillangan xalqaro ilmiy seminarda mikrodunyodagi obyektlar tabiatiga ko'ra zarracha emas, balki to'lqin xossalarini namoyon qilishi haqidagi g'alati g'oyalar haqida ma'ruza o'qiydi. Uning fikrlari aksariyat fiziklar uchun anglash qiyin bo'lgan uydirma singari yangragan. Masalaning asl mohiyatidan bexabar ba'zi hamkasblari esa Shryodingerni ochiqchasiga kalaka qilishga ham jazm qilishgan. Chunonchi, seminarda hozir bo'lgan keksa fizik-akademiklardan biri so'z olib, "Shryodinger, nahotki aytayotganlaringizning barchasi bo'lmag'ur safsata ekanini o'zingiz sezmayapsiz? Yoki bizlarni to'lqinlarni to'lqin tenglamalari orqali ifodalanishini bilmaydi deb o'ylaysizmi?" - deb kesatiq qilgan ekan.
Yangilаndi: 10.02.2025 16:03
Neyl yarim kubik parabolasining yoy uzunligi
Neyl yarim kubik parabolasining yoy uzunligi
Matematika tarixida notrivial algebraik egri chiziqning yoy uzunligini aniqlagan ilk olim Angliyalik Uilyam Neyl (1637-1670) bo'ladi. Uilyam Neyl 1657-yilda yarim kubik parabola deb nomlanadigan va y2=ax3 tenglama orqali ifodalanadigan egri chiziq uchun yoy uzunligini hisoblashning uddasidan chiqdi. Agar tenglamani y=±bx3/2 tarzida shakl almashtirishga keltirilsa, nima sababdan egri chiziqni yarim kubik deb nomlanishi oydinlashadi va "kubning yarmi" masalaga qayerdan aralashib qolayotganini payqash mumkin bo'ladi. Neylning ushbu yo'nalishda qayd etgan natijalari haqida yana bir yetuk matematik - Jon Vallis (1616-1703) tomonidan 1659-yilda e'lon qilingan "Sikloida haqida" nomli asarda alohida to'xtalib o'tilgan va butun dunyo ilmiy jamoatchiligiga ma'lumot yetkazilgan. Qizig'i shundaki, Neylning mazkur ishigacha matematikada faqat logarifmik spiral va sikloida singari transendent egri chiziqlarning yoy uzunligini aniqlashga muvaffaq bo'lingan xolos edi.
Yangilаndi: 31.01.2025 08:39
Kalsiy - suyak elementi
Kalsiy - suyak elementi

Yer qobig'ida silikatlar turkumiga mansub bo'lmagan minerallar mavjud. Bundaylardan biri - ohaktoshdir. Ushbu mineral qanday ko'rinishda ekanligiga qarab, turli nomlar bilan ataladi. Agar ohaktoshni shaffof bo'lmagan kristallar ko'rinishida uchratilsa uni kaltsit deyiladi. Agar kristallar shaffof bo'lsa, uni island shpati deyiladi. Ohaktosh turkumidagi minerallarning eng mashhuri va chiroylisi bu - marmar bo'lib, unga sayqal berish orqali juda ajoyib me'moriy bezaklar tayyorlash mumkin. Marmarning arxitektura bezagi sifatida qo'llanilishi qadimgi yunon va Rim davridayoq keng ommalashgan edi. Vanihoyat, ohakning nisbatan mo'rt va oson uqalanadigan shakli - bo'r bo'lib, uni biz maktab doskasi oldidagi doimiy manzili orqali yaxshi taniymiz. Angliyaning Duvr hududida bus-butun bo'rdan iborat butun boshli qoyalar tizimi mavjud.
Yangilаndi: 10.02.2025 15:44
Nobel-2016. Kimyo. Molekulyar mashinalar.
Nobel-2016. Kimyo. Molekulyar mashinalar.

Kimyo bo‘yicha Nobel-2016 mukofotini olimlar Jan-Pyer Savaj, Bernard Feringa va Jeyms Freyzer Stoddartlarga topshirildi. Mukofot rasmiy veb-saytida e'lon qilingan press-relizda keltirilishicha, olimlarga mukofot ularning "molekulyar mashinalarni sintez qilganliklari uchun" degan ta'rif bilan berilgan. Xo‘sh, ushbu ilmiy ish, ya'ni, molekulyar mashinalarning amaliy ahamiyati qanday? Quyida ushbu savol yuzasidan qisqacha sharh berishga harakat qilamiz.
Avvalo, ushbu nufuzli mukofotga sazovor bo‘lgan olimlarning o‘zi haqida to‘xtalsak. Ular ichida eng yoshi kattasi - ser Freyzer Stoddart 1942-yilning 24-may sanasida Edinburgda (Shotlandiya) tug‘ilgan. Hozirda AQSHning Illinoys shtati, Evanstondagi Shimoliy-g‘arbiy Universitetida kimyo professori. Ikkinchi laureat - Jan-Pyer Savaj esa ismidan ham ko‘rinib turibdiki - fransuz. U 1944-yilning 21-oktyabrida Parijda tug‘ilgan bo‘lib, hozirda Fransiyaning Strasburg universitetida koordinatsion kimyo bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi. Uchinchi laureat - Bernard Feringa 1951-yilning 18-may sanasida Gollandiyaning Barger-Kompaskuum shahrida tug‘ilgan. U hozirda Gollandiyaning Groningen Universitetida fan doktori unvoni bilan faoliyat ko‘rsatadi va bir vaqtning o‘zida, Gollandiya Qirollik Fanlar Akademiyasining vitse-prezidenti sanaladi.
Yangilаndi: 04.12.2018 10:52
Geks o'yini
Geks o'yini

Geks - ikki kishi o'ynaydigan, stol usti taxtali mantiqiy o'yin bo'lib, geksagonal (oltiburchakli) shakldagi 11×11 kataklardan iborat romb shaklidagi o'yin taxtasi ustida o'ynaladi. Ushbu o'yinni birinchi bo'lib Daniyalik matematik Pit Xeyn (1905-1996) tomonidan 1942-yilda o'ylab topilgan bo'lib, aytishlaricha, Pit Xeyndan mutlaqo bexabar va mustaqil ravishda, 1947-yilda AQSHlik matematik Jon Nesh ham ushbu o'yinni ixtiro qilgan EMISH. Jon Neshni biz Zulfiya Nazar qalamiga mansub asar asosida suratga olingan "Tafakkur o'yinlari" (A Beautiful Mind) kinofilmi orqali yaxshi taniymiz. Nobel mukofoti laureati bo'lmish Jon Nesh filmda yuksak matematik iste'dod egasi va shu bilan birga og'ir ruhiy xastalik - shizofreniyaga chalingan bemor sifatida gavdalanadi. "Tafakkur o'yinlari" asarida keltirilishicha, Jon Nesh geks o'yinini 14×14 kataklisini o'ylab topgan emish. Nima bo'lganda ham, bu borada Pit Xeyn birinchi bo'lgani aniq.
Yangilаndi: 29.01.2025 15:40
Lantan
Lantan
Lantan - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI davr IIIB guruh elementi. Atom raqami 57. La (lotincha Lanthanum so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Lantan siyrak yer elementlari turkumining lantanoidlar oilasiga mansub, kumush-oq rangli yumshoq metall.
Tarixi va atama etimologiyasi. 1803-yilda shved kimyogari Yens Yakob Berselius tarkibi noma'lum bir mineralni tadqiq qilgan edi. o‘sha mineral keyinchalik serit nomini olgan. Mazkur mineral tarkibida ittriyli tuproq hamda, undan tashqari yana bir noma'lum modda borligi aniqlangan. Ushbu noma'lum moddani kimyogarlar vaqtincha nom bilan "seriyli tuproq" deb nomlashgan edi. Chunki, mineralning ushbu qismidan ko‘p miqdorda seriy elementi aniqlangan edi.
Yangilаndi: 05.12.2018 16:50
"Shotland kitobi"

"Shotland kitobi"
"Shotland kitobi" - matematiklar uchun mutaxassislikka oid kitoblar ichida o'ziga xos "muqaddas" kitoblardan biri sanaladi (ko'chma ma'noda albatta). "Shotland kitobi" - turli qiyinlik darajasidagi matematik masalalardan iborat to'plam bo'lib, ulardan aksariyati o'z yechimini topgan, aksariyati esa, hamon yechimini kutayotgan masalalardir. Qiziqarli va sirli tarixi tufayli ushbu kitob hozirda ham butun jahon bo'ylab professional va havaskor matematiklarning diqqat markazida bo'lib kelmoqda. Eng qizig'i esa, kitob nomi "Shotland kitobi" bo'lishiga qaramasdan, uning Shotlandiyaga ham, shotland millatiga ham umuman aloqasi yo'q...
Yangilаndi: 20.02.2025 10:27
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
|
Maqolaning 23 sahifasi, jami 55 sаhifа |