Tutqich bermas graviton
Tutqich bermas graviton

Maktabimizda sport zalida shiftdan osilib turadigan gimnastika halqasi bor edi. U paytlar men hali ancha kichkina va tabiiyki yengil edim. Qolaversa, jismoniy mashqlarga nisbatan hozirgidan ko'ra jur'atliroq bo'lgan bo'lsam kerak. Harholda, o'shanda sport zaldagi gimnastika halqasida tez-tez shug'ullanib, osilib o'ynash bahonasida turli mashqlarni qo'rqmay bajarardim. Ayniqsa menga halqada muvozanat saqlagach, havoda o'z atrofimda aylanib sakrab yumshoq matga irg'ib tushish mashqi yoqardi. Biroq... shunday sakrashlarning birida men beso'naqay harakatim tufayli noto'g'ri irg'ib, juda noqulay yiqildim. o'shanda oqsoqlangancha zaldan chiqib kelar ekanman, qaytib halqadan sakrashga urinmaydigan darajada yurak oldirib qo'ygan edim.
Yangilаndi: 11.02.2025 07:44
|
Mariya Kyuri. Elementlar va radioaktivlik.
Mariya Kyuri.
Elementlar va radioaktivlik

Mariya Kyuri - Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan ilk ayoldir. Eri Pyer Kyuri bilan birgalikda u radioaktivlik hodisasini kashf qildi. Ushbu kashfiyot olimaning keyingi yorqin ilmiy faoliyatining ibtidosi bo‘lib xizmat qildi. Kyuri ilmiy faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida, uning izlanishlari evaziga Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalida ikkita yangi element - radiy va poloniy paydo bo‘ldi. Mariya Kyuri tinib-tinchimas, izlanishlardan charchamaydigan va mehnatdan qochmaydigan ayol edi. Hatto eri Pyerning bevaqt o‘limi ham uning ilm-fanga bo‘lgan jo‘shqin ishtiyoqini so‘ndira olmadi. U o‘z ilmiy tadqiqotlarini o‘ta kamtarona jihozlangan, moddiy-texnik bazasi nihoyatda g‘arib laboratoriyada olib borgan. U bajargan tajribalarda o‘z tanasiga muayyan nurlanish dozalarini qabul qilar va bu uning salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirar edi. Shunga qaramay olima izlanishlarni hech qachon to‘xtatib qo‘ymagan. Birinchi jahon urushi yillarida Mariya Kyuri o‘z ilmiy izlanishlarining amaliy natijalarini, kasal va yaradorlarni davolash maqsadlarida tibbiyot xizmatiga qo‘ya oldi. Olimaning hayoti intihosi ham uning ilm-fanga bo‘lgan beqiyos muhabbati in'ikosi edi. U o‘z hayoti uchun xavfli sharoitlarda ishlab, ilmiy izlanishlar yuritgan bo‘lsa-da, lekin u qilgan kashfiyotlari minglab insonlarning hayotini saqlab qoldi.
Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko‘rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.
Yangilаndi: 04.12.2018 10:36
Qochish tezligi
Qochish tezligi

Kamondan osmonga tik yo'naltirib (vertikal) o'q uzilganda, o'q ma'lum masofagacha ko'tarilib, keyin yana baribir Yerga qaytib tushadi. Agar kamon ipini tarangroq tortib o'q uzilsa, o'q nisbatan uzoqroqqa ko'tariladi va ko'proq muddat havoda bo'lib qaytadi. Kamondan o'q uzilganda o'q hech qachon Yerga qaytib tushmaydigan darajada tezlik olib uchib ketsa, bunday tezlikni "qochish tezligi" (ilmiy tilda "ikkinchi kosmik tezlik") deyiladi va fizik formulalarda u ve bilan belgilanadi. Ushbu tezlikni o'rta maktab fizika kursida tanishtirladigan oddiy formula vositasida hisoblash mumkin:
Yangilаndi: 08.10.2026 16:12
Molekulyar-kinetik nazariya
Molekulyar-kinetik nazariya
Gazning termodinamik xossalari, ushbu gazni tashkil qiluvchi atom yoki molekulalar harakatining o'rtacha tezligiga bog'liq.
Gaz tarkibidagi molekulalar bir-biridan ancha uzoq masofada erkin harakatlanadi va faqat o'zaro to'qnashgan lahzadagina o'zaro ta'sirlashadi. Shu sababli molekula bunday to'qnashuvlar orasida, to'qnashuvdan keyin o'z yo'nalishini keskin o'zgartirish sodir bo'lgan holatlardagina qisqa muddat to'g'ri chiziqli harakat qiladi. Gaz molekulasining to'g'ri chiziqli harakat qiladigan qisqa masofasi o'rtacha erkin masofa deyiladi. Gazning zichligi qancha katta bo'lsa, tabiiyki, uning molekulari orasidagi masofa shunga monand ravishda qisqa bo'ladi.
Yangilаndi: 30.01.2025 08:38
Tranzistor
Tranzistor
Ming yillar o'tib, insoniyatning eng buyuk ixtirolari haqida kitob chiqarilsa, o'sha paytdagi avlodlar albatta 1947-yilning 16-dekabr sanasini "Axborot erasining boshlanishi" sifatida alohida qayd etishadi. Aynan shu kuni, Bell laboratoriyasi xodimlari - Jon Bardin (1908-1991) va Uolter Bratteyn (1902-1987) ikkita yuqori elektrodlarni, germaniy plastinkasi bilan ishlov berilgan va uchinchi, elektr kuchlanish manbaiga ulangan elektrodga joylashtirilgan maxsus plastinka bilan ulab, ajoyib bir mikroelektron detalni yaratishdi. Ushbu detalda, yuqori elektrodlardan biriga past kuchlanishli tok oqizilganda, ikkinchi yuqori elektrodda nisbatan kuchliroq tok paydo bo'lar edi. Shu tarzda haqiqatan ham axborotlashtirish erasini boshlab bergan eng muhim vositalardan biri - tranzistor ixtiro qilindi.
Yangilаndi: 23.01.2025 07:47
Chasar ko'pyog'i
Chasar ko'pyog'i
Ko'pyoqlar, yoki, poliedrlar bu - qirralari orqali o'zaro biriktirilgan ko'pburchaklardan tashkil topgan uch o'lchamli jismlar bo'ladi. Bir yog'idagi juft uchlarini qaralganda, ular o'zaro umumiy qirra bilan tutashadigan bo'lib chiqadigan poliedrlar mavjudmi va ular necha xil? Albatta, bunday poliedrlar mavjud. Lekin ular atiga ikki xil (ikkita) xolos. Yoqlari uchburchaklardan tashkil topgan piramida - tetraedrni odamlar qadimdan yaxshi bilishadi. Tetraedrning istalgan ikkita uchini qarasangiz, ularni umumiy qirra tutashtirib turgan bo'ladi. Ya'ni, uning diagonallari bo'lmaydi. e'tibor bering, tetraedrning oltita qirrasi, to'rtta uchi va to'rtta yog'i bo'ladi.
Yangilаndi: 29.01.2025 16:22
Lev Davidovich Landau
Lev Davidovich Landau
(1908-1968)

Lev Davidovich Landau 1908-yilning 22-yanvar sanasida Ozarbayjonning Boku shahrida tug'ilgan. Uning otasi mahalliy korxonalarning birida neftchi-muhandis, onasi esa vrach bo'lib ishlagan.
o'zining bolalik yillari haqida eslaganda Landau "hamma qatori bola edim, vunderkind bo'lmaganman. Insho yozganimda eng yuqori olgan baho 3 bo'lgan. Matematikaga qiziqardim. Barcha nazariyotchi fiziklar ilm-fanga matematika orqali kirib kelishadi. Men ham istisno emasman. 12 yoshimda differensiallashni, 13 yoshimda esa integrallashni bilardim" - degan edi.
Albatta, ushbu xotiralarida Lev Landau olimlarga xos tarzda kamtarlik qilgan. U o'rta maktabda shu darajada yaxshi o'qiganki, o'zlashtirishda tengqurlaridan o'zib ketganidan, uni juda tez sinfdan-sinfga o'tkazishgan. Lev Landau 13-yoshidayoq maktabni a'lo baholar bilan tamomlagan. Biroq, o'spirin yoshdagi farzandlarini oliygohda qiynalib qolishidan cho'chigan ota-onasi uni o'sha yiliyoq oliy o'quv yurtiga kirishini istashmagan. Shu sababli Landau dastlab Boku iqtisodiyot bilim yurtiga kirib o'qiy boshlagan.
Yangilаndi: 31.01.2025 08:29
Simob - suyuq element
Simob - suyuq element

Qalay va qo'rg'oshin nisbatan past haroratlarda ham erishini siz yaxshi bilasiz. Ularning erishi uchun 200-300 °C orasidagi harorat kifoya qiladi. Ishqoriy metallar yanada pastroq haroratlarda ham erib, suyuqlanib ketadi. Masalan, seziy metallining erishi uchun Quyoshli kundagi issiq harorat yetarli bo'ladi.
Shunday bir metall borki, hatto sovuq haroratda ham suyuqligicha qolaveradi. Bu - davriy jadvaldagi 80-raqamli element - simob elementidir. Simob - suv muzlaydigan haroratdan, ya'ni, selsiy bo'yicha 0 °C dan ham -39 daraja past haroratdagina qotadi.
1759-yilgacha hech kim simobni qattiq holatga o'tkazishga urinib ham ko'rmagan. Chunki, hech kim simobning aslida metall ekanini bilmagan.
Yangilаndi: 06.02.2025 10:45
Kvant xromodinamikasi
Kvant xromodinamikasi

Kvarklarni elementar zarralar ichida tutib turuvchi kuchli o'zaro ta'sirlar - kvarklarning maxsus zarrachalar - glyuonlarni o'zaro almashinishga asoslangan bo'ladi.
Materiya tuzilishini tushuntirib berishga urinadigan nazariyalar ichida hozirgi zamonda eng maqbul nazariya "Standart model" deb nomlanadi. Standart modelga ko'ra, kvarklarning o'zaro birlashishidan turli xil elementar zarralar vujudga keladi. Ushbu elementar zarralardan esa, o'z navbatida turli xil kimyoviy elementlarning atomlarining yadrolari shakllanadi. Kvarklarning o'zaro ta'sirlanishini fizikaning maxsus bo'limi - kvant xromodinamikasi (qisqacha KXD) o'rganadi. Ushbu kvant xromodinamikasi nazariyasiga ko'ra, kvarklarning o'zaro ta'sirlashishi - ular orasida maxsus bir zarrachalar - glyuonlarni o'zaro almashinishi orqali sodir bo'ladi.
Yangilаndi: 13.02.2025 16:04
Kardiostimulyator
Kardiostimulyator
Zamonaviy tibbiyotda yurakning ritmik faoliyati bilan bog'liq kasalliklarni davolash uchun xilma-xil usullar qo'llaniladi. Agar, bemor yuragi me'yoridan tezroq, yoki, sustroq urayotgan bo'lsa, yoinki, yurak urishi tezligi muntazam o'zgaruvchan bo'lsa, unda kardiolog vrachlar bemorga yurak urishini me'yorlovchi maxsus tibbiy asbob - kardiostimulyator tavsiya qilishadi.
Yuragimiz har soniyada butun tanamizga qonni haydab berishga xizmat qiladigan tarzda qisqarib-kengayib turadi. Ya'ni, bu jarayonni biz yurak urishi deb ataymiz. Yurak urishi ritmi inson salomatligi uchun nihoyatda muhim fiziologik parametrdir. Ritmning me'yoridan tezlashishi, yoki sustlashishi o'tkir qon-tomir kasalliklari va hatto o'limga ham sabab bo'lishi mumkin.
Yangilаndi: 08.10.2026 15:22
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
|
Maqolaning 22 sahifasi, jami 55 sаhifа |