HAARP loyihasi
HAARP loyihasi

Agar "Insoniyatga qarshi fitna", "Dunyoni boshqarish" singari uzun-quloq gap-so'zlarga ishonuvchilarga qolsa, HAARP loyihasi bu - AQSHning butun Yer yuzini egallashga bo'lgan militaristik urinishlari yo'lidagi navbatdagi o'ta maxfiy loyiha bo'lib, u shunchaki ilmiy tadqiqot loyihasi nomi bilan yashirinar EMISH! Ularning o'ylab chiqqan uydirmalariga ko'ra, HAARP orqali AQSH harbiylari ob-havoni boshqarishi va shu yo'l bilan, dunyoning istalgan joyida iqlim o'zgarishlarini keltirib chiqarishi mumkin Emish. Yana bir turkum kishilar esa, HAARPni raketaga qarshi mudofaa tizimi deb o'ylasa, yana boshqalari, butun dunyo bo'yicha amalga oshirilayotgan radiolokatsion va mobil, hamda, telealoqa signallarini tutuvchi josus uskuna deb ham gumon qiladilar. Xullas, HAARP, fizikadan unchalik ham xabari bo'lmagan, hamda, maxfiylikka oid mavzulardagi uzun-quloq gap-so'zlarga ishtiyoqmand kishilar uchun, g'iybat obyektlaridan biridir. Aslida-chi?
Yangilаndi: 31.01.2025 10:39
Katta sonlar qonuni
Katta sonlar qonuni

Shveytsariyalik matematik Yakob Bernulli (1654-1705) qalamiga mansub "Taxmin san'ati" (lotincha "Ars Conjectandi") kitobi 1713-yilda, ya'ni, olim vafotidan 8 yil o'tib chop etilgan. Ushbu asarda Yakob Bernulli ochgan katta sonlar qonuni asosiy o'rin tutadi. Ushbu matematik qonun ehtimollar nazariyasiga oid teorema bo'lib, tasodifiy o'zgaruvchining uzoq muddatli barqarorligini ifodalaydi. Xususan, tajriba natijasini kuzatish amaliyoti (masalan tangani tashlash) juda ko'p marta qayta takrorlansa, undagi muayyan natijaning ulushi (masalan, tamg'a tarafining tushishi) ushbu natijaning ehtimolligiga yaqin bo'ladi (tanga tashlash misolida, tamg'a taraf tushishi ehtimolligi 0,5 ga teng bo'ladi). Yanada ilmiyroq qilib aytadigan bo'lak, agar, natijasi yakuniy matematik ehtimollik va dispersiyaga ega bo'lgan, o'zaro mustaqil va bir xil taqsimlangan tasodifiy o'zgaruvchilar mavjud bo'lsa, unda kuzatishlar natijasi kutilayotgan nazariy, yoki, matematik natijaga yaqin bo'ladi.
Yangilаndi: 29.01.2025 16:21
Alfa-Yemirilish
Alfa-Yemirilish
Alfa (α) - yemirilishning kashf etilish va uni o‘rganish tarixi Ernest Rezerford nomi bilan bog‘liq. α-yemirilish, α-zarra degan nomlari ham u taklif etgan. Bu voqea radioaktivlik kashf etilgandan keyin bir oz vaqt o‘tgach sodir bo‘ldi. O‘shanda Rezerford uran tuzlarining nurlanishini endi tekshira boshlagan edi. Tajribalar bu nurlanish bir jinsli emasligini ko‘rsatdi. Uning bir qismini yupqa alyuminiy folga yutar, boshqa qismi esa undan bemalol o‘tib ketar edi. Olim ularni mos ravishda α-va β-nurlar deb atadi. Biroz keyinroq nurlanishning yana bir tarkibiy qismi aniqlandi, u yunon alifbosining uchinchi harfi bilan γ-nurlar deb ataldi.
α-zarralar Rezerford uchun uzoq yillar davomida atom yadrolarini tekshirish uchun yagona qurol bo‘lib qoldi. α-zarralarining tabiatini aniqlashda ham u birinchi bo‘ldi. α-zarra har ikki elektronini yo‘qotgan geliy- 4 atomi yadrosi ekanligini aniqlandi: .
Yangilаndi: 09.12.2018 12:14
Sofya Kovalevskaya (1850-1891)
Sofya Kovalevskaya (1850-1891)
Odatda matematiklar ichida yozuvchilik mahoratiga ega, hamda, siyosatga ham aralashib turadiganlari juda kamdan-kam uchraydi. Biroq, aynan shunday serqirra matematiklardan bir nechtasini tarix guvoh bo'lgan. Misol uchun, Unabomber laqabli yovuz qo'poruvchi jinoyatchining asl ismi Teodor Kachinskiy bo'lib, kallasini yaxshilik uchun ishlatmagan bu iflos aslida yetuk matematik bo'lgan. Shuningdek, Andre Blox ismli kuchli matematik ham, o'z mutaxassisligi bilan emas, balki jinoyatchiligi bilan ko'proq nom chiqargan. Bunday misollardan yana ko'plab keltirish mumkin. Lekin, keling shular bilan cheklana qolamiz. Bizning hikoyamiz esa Sofya Kovalevskaya haqida bo'ladi.
Yangilаndi: 18.02.2025 08:17
Boy sirti
Boy sirti
Boy sirti 1901-yilda buyuk matematik David Gilbertning tavsiyasiga ko'ra, olmon matematigi Verner Boy (1879-1914) tomonidan aniqlangan. Klyayn butilkasi singari, Boy sirti ham bir taraflama yuzadan iborat bo'lib, qirralari mavjud emas. Boy sirti shuningdek, orientirlanib bo'lmaydigan yuza bo'lib, bu degani, ikki o'lchamli narsa ushbu sirt yuzasida harakatlanishi va o'ziga aks-tasvirlar hosil qiladigan yo'llarni topishi mumkin. Ya'ni, u Boy sirtida harakatlanib borib, boshlang'ich nuqtaga qaytishdan oldin o'zining ko'zgudagi singari aksini kesib o'tadi. Fazoviy geometriyada bu singari orientirlanib bo'lmaydigan yuzalarga shuningdek Klyayn butilkasi va Myobius tasmasi mansubdir.
Ta'rifiga ko'ra, Boy sirti bu - proektiv tekislikning singulyarliksiz uch o'lchamli fazoga o'tishi hisoblanadi. Boy sirtini hosil qilish uchun qator geometrik yo'riqnomalar mavjud. Ularning ayrimlari diskni cho'zish va disk chetlarini Myobius tasmasi bilan birlashtirishdan iborat. Bu jarayonda tekislik o'zini-o'zi aylanib o'tishi mumkin. Lekin uni o'zini-o'zi kesib o'tishi mumkin emas. Aslida Boy sirtini tasavvur qilish juda mushkul. Yaxshiki, zamonaviy kompyuter grafikasi yordamida uni hosil qilish va vizual ko'rish imkoni paydo bo'ldi.
Yangilаndi: 12.02.2025 08:04
Fotografiyaning ixtiro qilinishi
Fotografiyaning ixtiro qilinishi
XIX-asrda amalga oshirilgan ko'plab ajoyib ixtirolar ichida shubhasiz fotografiya ham eng asosiylaridan biri hisoblanadi. O'sha paytda odamlarni "lahzani to'xtatish" degan nom bilan hayratga solgan ushbu ixtiro, haqiqatan ham tarixdagi eng buyuk ixtirolar sirasiga kiradi.
Biz hozir smartfonimiz, yoki, mashhur brendning yuqori sifatli raqamli foto-videokamerasi yordamida istagan narsamizni osonlik bilan suratga tushira olamiz. Ijtimoiy tarmoqlardagi eng bo'lmag'ur selfimaniyalardan tortib, ilm-fan uchun beqiyos ahamiyatli muhim fotosuratlargacha - hamma-hammasi birgina tugmachani yengil bosish orqali, hozirda juda oson va jo'n olinmoqda. Hozirda fotosurat olish uchun maxsus o'quv kurslaridan o'tish va uyda bir qancha maxsus jihozlardan iborat fotolaboratoriyaga ega bo'lish shart emas. Smartfon tugmasini yengil bosasiz va tamom! Fotosurat tayyor. Uni istasangiz internetga joylaysiz, istasangiz qog'ozga chop etib, albomga yopishtirasiz... xullas, bizning avlod uchun fotosurat olish - pista chaqqandek ham ish bo'lmay qolgani chin haqiqat.
Yangilаndi: 23.01.2025 07:55
Toriy
Toriy
Toriy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VII davr IIIB guruh elementi. Atom raqami 90. Th (lotincha Thorium so'zidan) formulasi bilan belgilanadi. Aktinoidlar turkumiga mansub (aktiniy oilasi). Oddiy modda shaklidagi toriy kumush rangli, yumshoq va og'ir, kuchsiz radioaktiv metall. Tabiatda hali ham tabiiy holda ko'p miqdorda uchraydigan radioaktiv elementlar atiga ikkita bo'lib, ularning biri aynan toriydir (yana biri - uran).
Tarixi va atama etimologiyasi.
Toriyni 1828-yilda shved kimyogari Yens Yakob Berselius (1779-1848) tomonidan mineral jins tarkibidan ajratib olingan. Shu sababli, mazkur mineralga ham keyinchalik "torit" nomi berilgan. Berseliusning o'zi, mazkur elementni Skandinaviya xalqlarining afsonalaridagi momaqaldiroq ma'budi - Tor sharafiga shunday nomlagan.
Yangilаndi: 10.02.2025 15:58
Yer aholisining ortishi
Yer aholisining ortishi
Odamzot nasliga 1,6 milliard nafar kishiga yetishi uchun juda ko‘p ming yillar zarur bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkichga biz faqat 1900-yilga kelibgina erishganmiz. Biroq, shundan keyingi o‘sish jadalligi juda tezlashib ketdi va keyingi 60 yil ichida Yer aholisi jon boshi ikki karraga ko‘paydi (1960-yilda 3,2 milliard). XX-asr so‘ngiga kelib esa biz endi 6 milliardlik dovonni ham bosib o‘tdik. Demak, 10 milliardlik dovon ham unchalik olisda emas, shundaymi? BMT mutasaddilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Yer aholisi 2020-yilga borib 10 milliardlik dovondan ham o‘tadi. Xo‘sh, xronologik tartibda ko‘rib chiqsak, Yerda aholining o‘sishi qachon qay darajada bo‘lgan? Quyidagi infografikaga diqqat qilishingizni so‘raymiz. Unda aholining o‘sish jadalligi va Yer aholisining turli zamonlardagi miqdori bilan hozirgi zamondagi ayrim davlatlar aholisi sonio‘rtasida qiyoslashlar keltirilgan.
Yangilаndi: 10.12.2018 11:09
Olmeklar kompasi
Olmeklar kompasi
Yuz yillar mobaynida dengizchilar yo'nalishni aniqlash, ya'ni, Yerning shimoliy magnit qutbini belgilash uchun magnit strelkali kompasdan foydalanib kelishgan. Mezoamerika (markaziy Amerika) hududida eramizdan avvalgi 1000-yillarda yashagan Olmek qabilalari qo'llagan kompas, ehtimolki yer yuzidagi eng qadimgi kompas bo'lsa kerak. Olmek tamadduni hozirgi Meksika davlati hududida eramizdan avvalgi 1400-1000 yillar orasida gullab-yashnagan bo'lib, ushbu sivilizatsiya hayotidan bizga, vulqon jinslarida o'yib yasalgan ulkan odam boshi haykallari hikoya qilib turibdi.
Yangilаndi: 10.02.2025 15:32
|
|