Astronomik arqon tortish koeffitsienti...
Astronomik arqon tortish koeffitsienti...
Astronomiyaga oid kitoblarda Quyosh tizimidagi sayyoralar haqida imkon qadar batafsil ma'lumot keltirishga qaratilgan turli jadvallar albatta mavjud bo'ladi. Bunday jadvallardagi asosiy ma'lumotlar - sayyoraning o'lchamlari, massasi, uning Quyoshdan uzoqligi, tabiiy yo'ldoshlari soni, Quyosh atrofini aylanib chiqish davri, o'z o'qi atrofini aylanib chiqish davri, albedo, zichlik va ho kazo shu kabi tafsilotlardan iborat bo'ladi.
To'g'risi, menga bunday jadvallar va ayniqsa ularda keltirilgan raqamlar juda yoqadi. Har safar yangi bir astronomiya kitobini qo'limga olganimda, biror yangi qiziq ma'lumot chiqib qolar degan umid bilan, zudlik bilan shunday jadvallarni izlay boshlayman. Ba'zan haqiqatan ham avvalgi jadvallardan uchramagan, mutlaqo yangi ma'lumotlarga duch kelaman. Masalan, yaqindagina sayyoralar sirtidagi harorat, atmosfera bosimi, orbital tezliklari singari yangi ma'lumotlar bilan boyitilgan ajoyib jadval qo'limga tushib qoldi. Biroq, nimagadir menda baribir yana va yana yangi ma'lumotlar olishga ishtiyoq uyg'onaveradi va avval bilgan ma'lumotlarimga yana duch kelsam, tezda zerikib qolaman...
Yangilаndi: 14.02.2025 14:25
|
Stetoskop
Stetoskop
Odam tanasidagi turli tovushlarni - o'pkada nafas kirib-chiqishi, yoki, yurak qorinchalarida qon harakatlanishi tovushini eshitish orqali tashxis qo'yish tibbiyotda ancha qadimgi usullardan biridir. Lekin avvallari vrachlar tanadagi tovushlarga ko'ra tashxis qo'yish uchun bemor tanasiga quloqlarini bosib eshitishlari kerak bo'lardi. Bu birinchida gigienik nuqtai nazardan yoqimsiz bo'lsa, qolaversa, ma'naviy-axloqiy qoidalarga ham biroz raxna solardi. Axir doktorlar odatda erkak kishilar bo'lishgan va bu ayol bemorlar tanasini eshitib ko'rishda yumshoq qilib aytganda "noqulayliklar"ga sabab bo'lgan. Qolaversa, bevosita quloqning o'zi orqali to'g'ridan-to'g'ri eshitib qo'yilgan tashxislar har doim ham aniq bo'lmagan. Chunki bunda tashqi shovqinlardan, xalaqitlardan himoyalanish deyarli imkonsiz bo'lgan. Vaziyat XIX-asrning 10-yillarigacha shunday davom etdi. Vrachlar bemor tanasini eshitish uchun qandaydir mukammalroq va gigienik xavfsiz vositaga muhtoj edilar.
Yangilаndi: 23.01.2025 07:48
Ot bilan yurish haqida masala
Ot bilan yurish haqida masala
Ot bilan yurish haqidagi masalada ot donasi 8×8 o'lchamdagi shaxmat taxtasining har bir katagiga faqat bir martadan kirib-chiqish orqali taxtadagi hamma kataklardan yurib chiqishi kerak va bunda otning har bir yurishi albatta qoidadagidek bo'lishi shart. Otning yurishi haqidagi qiziqarli masala eslab o'tilgan va uning yechimlari taklif etilgan eng qadimiy manba eramizning IX asriga oid hind qo'lyozmalaridan birida uchraydi. Qo'lyozma muallifi Kashmirlik olim Rudartda bo'lib, u mazkur masalani va uning yechimini sanskrit yozuvi bilan she'riy usulda bayon qilgan.
Yangilаndi: 05.02.2025 11:34
Quyosh o'z energiyasini qayerdan oladi?
Quyosh o'z energiyasini qayerdan oladi?
Quyosh bu - asosan vodorod atomlaridan tashkil topgan favqulodda ulkan plazma sharidir. Bizning yulduzimiz taxminan 1,4 million kilometr diametriga ega bo'lib, lekin Koinotdagi boshqa yulduzlar bilan taqqoslaganda, o'rtacha kattalikdagi oddiy yulduz ekanligi ma'lum bo'ladi. Quyosh har lahzada, uzluksiz ravishda Koinotga juda-juda ulkan miqdordagi energiya taratib turadi. Bunda Quyoshning massasi asta-sekinlik bilan energiyaga aylanib boradi va Quyosh borgan sari "vazn yo'qotib" boradi. Har bir soniyada Quyosh o'z massasidan taxminan 4 million tonnasidan mosuvo bo'ladi.
Yangilаndi: 23.01.2025 14:30
Angstrem
Angstrem
Angstrem - o'zbekcha va xalqaro belgilanishi - (shved alifbosidagi harf), SI tizimiga kirmaydigan, tizimlashmagan maxsus uzunlik o'lchov birligi. 1 angstrem 10-10 metrga (1 metrning o'n ming milliarddan bir ulushiga), boshqacha aytganda, 0,1 nanometrga teng. Ushbu birlikni 1868-yilda shved fizigi va astronomi Anders Yonas Angstrem (1814-1874) tomonidan fanga taklif etilgan va keyinchalik olimning o'z familiyasi bilan atala boshlangan. Qoidaga ko'ra, birlik belgisi sifatida yozilganda - tarzida yozilaveradi. Lekin, matn ichida to'liq yozma shaklda keltirilganda, kichik harflar bilan, "angstrem" ko'rinishida yoziladi. Ushbu o'rinda, olim familiyasi emas, aynan birlik nomi yozilayotgani e'tiborga olinadi (olim familiyasi bo'lsa har qanday o'rinda albatta katta harf bilan yozilishi shart).
Yangilаndi: 06.02.2025 10:20
Nobel-2016. Mukofot sohiblarining kashfiyoti, XXI asr kompyuterlari sohasida inqilob yasashi mumkin.
Nobel-2016. Mukofot sohiblarining kashfiyoti, XXI-asr kompyuterlari sohasida inqilob yasashi mumkin
Ma'lumingizkim, fizika sohasida 2016-yilgi Nobel mukofoti Britaniyalik uch nafar yetakchi fizik olimlarga - Maykl Kosterlits, Devid Tauless hamda, Dunkan Xoldeynlarga munosib ko'rildi. Mukofot hay'ati e'lon qilgan press-relizda, yuqoridagi olimlarga mukofot "materiyaning topologik fazalari hamda topologik faza o'tishlarini nazariy jihatdan kashf qilganliklari uchun"berilayotgani keltirib o'tilgan. Ushbu izoh bilan tanishgan ko'pchilikning fikratida "nazariy jihatdan" jumlasi qandaydir shubha-gumon uyg'otishi tabiiy. "Nazariy" so'zi orqali yuqoridagi uchlikning ilmiy ishlari faqat nazariyada (tasavvurda) bo'lib, undan biror amaliy naf chiqishi ehtimoli gumon ostiga olinadi. Faqat nazariy bilimlar uchun shunday nufuzli mukofotni berilmasa kerak to'g'rimi?
Yangilаndi: 31.01.2025 09:05
Seriy
Seriy

Seriy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI-davr IIIB-guruh elementi. Atom raqami 58. Ce (lotincha Ceres so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Seriy siyrak yer elementlari turkumining lantanoidlar oilasiga mansub, kumush-oq rangli yumshoq metall.
Tarixi va atama etimologiyasi.
Seriyni 1803-yilda deyarli bir vaqtning o‘zida bir-biridan mustaqil ravishda ikkita laboratoriyada kashf qilingan. Ulardan biri olmon kimyogari Martin Genrix Klaport (1743-1817) bo‘lsa, ikkinchi kashfiyotchilar Shvetsiyalik Yens Yakob Berselius (1779-1848) hamda, Vilgelm Xeyzinger (1766-1852) sanaladi. Berselius va Xeyzinger seriyni Shvetsiyaning Vestmanland hududidagi Bastnes shaxtalaridan olinadigan temir va mis rudasidan aniqlashgan. Yangi kashf qilingan element uchun nom sifatida avvaliga Klaport tomonidan "Sereriy" nomi taklif qilingan edi. Lekin, Berseliusga bu nom ma'qul kelmagan va uning talaffuzga qiyinligiga ishora qilgan holda, nomni qisqaroq qilib "Seriy" deb qo‘yishni taklif qilgan. Ko‘pchilik tomonidan Berseliusning taklifi ma'qullangach, ushbu elementga mazkur nom biriktirilgan.
Yangilаndi: 07.12.2018 16:08
Eng og'ir suyuqlik
Eng og'ir suyuqlik

Dunyoda eng og'ir suyuqlik qaysi? - degan savolga aksariyat odamlar o'ylamay-netmay, simob deb javob beradilar. Haqiqatan ham, 1 litr hajmdagi simobning og'irligi 13,6 kg keladi. Demakki, atiga bir paqir simobni ko'tarish uchun og'ir atletikadan ayrim ko'nikmalarga ega bo'lish zarur. Lekin, agar harorat bo'yicha muayyan shartlar joriy etilsa, unda eng og'ir suyuqlik simob emas, balki, suyuq osmiy bo'lib chiqadi. 3000 K haroratdagi 1 litr osmiyning massasi 20,1 kg bo'ladi. Suyuq osmiy bilan to'ldirilgan paqirni hatto og'ir atletikachi ham ko'tarolmagan bo'lardi.
Metall bo'lmagan moddalar ichida odatiy sharoitda ham eng og'ir bo'lishi mumkin bo'lgan suyuqliklar haqida to'xtaladigan bo'lsak, sof noorganik moddalar ichida eng og'iri volfram geksaftoridi (WF6) bo'ladi. Bu moddaning 1 litr hajmdagisi naq 3,44 kg tosh bosadi. Lekin, bu modda bilan o'ynashib bo'lmaydi. Chunki u avvalo zaharli modda bo'lsa, qolaversa, u juda oson qaynaydi. WF6 ning qaynab ketishi uchun atiga 17,3 °C kifoya. Ya'ni, xona haroratida bu modda o'z-o'zidan qaynayveradi. Bunday suyuqliklarni kimyogarlar maxsus zich ampulalarda saqlaydilar.
Yangilаndi: 22.01.2025 11:28
18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun!
18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun!

Davlatimiz rahbarlari sharafiga boshqa davlatlarda yurtimiz bayrog'i ko'tarilganida, xorij safarlarida, o'zga davlatlar hududida O'zbekistonimiz bayrog'ini ko'rganimizda, nufuzli xalqaro sport anjumanlarida mamlakatimiz bayrog'i hilpiraganida odamning qalbi allanechuk bo'lib ketadi. Vatan hissini yurakdan tuygan har bir inson borki, yurt bayrog'ini muqaddas bilib, uning hurmat va sharafini chin qalbdan e'zozlaydi. Zero milliy bayrog'imiz - mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo'lib, xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo'ladi.
Yangilаndi: 17.02.2025 07:54
Ko'pburchaklarni bo'lish bo'yicha Eyler masalasisi

Ko'pburchaklarni bo'lish bo'yicha Eyler masalasi
1751-yilda Leonard Eyler o'zining Prussiyalik hamkasbi, o'z davrining yana bir yetuk matematik olimi Kristian Goldbaxga (1690-1764) quyidagicha masala taklif qilgan edi: tekislikda burchaklari soni En ga teng bo'lgan qavariq n-burchakni necha xil usul bilan uchburchaklarga ajratish mumkin? Soddaroq qilib aytadigan bo'lsak, Eyler taklif qilgan masalani quyidagicha talqin qilish mumkin: ko'pburchak shaklidagi tortni pichoqni faqat u burchakdan bu burchakkacha tortib kesish orqali, necha xil usul bilan uchburchak shaklidagi bo'laklarga bo'lib tarqatish mumkin? Bunda kesish chiziqlari bir-biri bilan uchrashmasligi kerak (ya'ni, tort aniq teng uchburchaklarga taqsimlanishi kerak). Masala yuzasidan Eylerning o'zi quyidagicha formula taklif qilgan:
Yangilаndi: 29.01.2025 16:22
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
|
Maqolaning 24 sahifasi, jami 55 sаhifа |