Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Louson kriteriysi

E-mail Chop etish PDF

Louson kriteriysi

Termoyadro sintezi animatsiyasi

Termoyadro sintezi jarayonidan energiya manbai sifatida foydalanish imkonli bo'lishi uchun, zarrachalarning zichligi va ularni bir-biri bilan chegaraviy yaqin masofada tutib turish muddati (vaqti) ko'paytmasi muayyan qiymatdan yuqori bo'lishi zarur.

Termoyadro sintezining mohiyati shundaki, unda reaksiya davomida nisbatan yengil kimyoviy elementlar yadrosidan og'irroq elementlar shakllantiriladi. Bunday yadroviy sintez reaksiyalarning aksariyatida, reaksiya natijasida hosil bo'lgan yangi element yadrolarning massasi (ba'zan bunga qo'shimcha ravishda, ikkilamchi mahsulotlar massasi ham qo'shiladi) reaksiyada ishtirok etayotgan boshlang'ich yadrolarning massasidan kam bo'lib chiqadi. Eynshteynning mashhur E=mc2 formulasiga ko'ra, mazkur jarayonda, o'sha ortib qolayotgan massa - sof energiyaga aylanib chiqib ketadi. Aynan shunday yadroviy sintez reaksiyalari orqali odamzot o'z ehtiyoji uchun kerak bo'lgan energiya ishlab chiqarishi mumkin.

Yangilаndi: 29.01.2025 15:58
 

Mis, oltin va kumush - "soqqali" elementlar

E-mail Chop etish PDF

Mis, oltin va kumush - "soqqali" elementlar

Minglab yillar mobaynida ibtidoiy odamlar ish qurollari sifatida oddiy tosh, suyak va yog'ochdan foydalanishgan. Chunki, bu materiallar oson topiladigan, har yerda mavjud narsalar bo'lgan. Albatta, ish quroli sifatida turli metallardan foydalanish nisbatan qulayroq bo'lgan bo'lur edi. Lekin, metallarni ajratib olish va ishlov berish, tosh va yog'ochga qaraganda nisbatan qiyin. Metallar odatda boshqa elementlar bilan mustahkam birikmalar hosil qilgan holda bo'ladi. Metallarning atomlarini, boshqa elementlarning atomlaridan ajratib olish va ishlov berish - murakkab texnologik jarayon bo'lib, uncha-muncha uquv talab qiladi. Toshni yo'nish va uni boltaga o'xshatib taroshlash esa - juda oson bo'lmasa-da, harqalay, jo'n ishdir.

Metallarni odamlar atiga 6000 yil muqaddam kashf qilishgan. Katta ehtimol bilan, qadimgi odamlar metallarni tasodifan kashf qilishgan bo'lsa kerak.

Yangilаndi: 13.02.2025 08:12
 

Amorf Holat

E-mail Chop etish PDF

Amorf Holat

Rentgen nurlari yordamida zarralari suyuqlikdagidek tartibsiz joylashgan qattiq moddalar mavjudligini aniqlash mumkin bo'ldi. Bunday moddalar amorf moddalar yoki shishalar deyiladi, chunki oddiy shisha - amorf jismining eng oddiy misolidir.

Amorf holat - kristall va gazsimon holatlar orasidagi oraliq holat bo'lib, zarralar kristalldagidek tartibli joylashmagan, lekin gazdagidan tartibliroq joylashgan bo'ladi.

Yunonchadan tarjima qilganda "amorf" so'zi "shaklsiz" degan ma'noni anglatadi. Bu moddalarning bunday nom olishiga sabab, ular kristallardan farqli, tabiatan ko'pyoqliklar shakliga ega emas.

Agar eritma tez sovitilsa, suyuqlik kristallana boshlamasdanoq qotadi. Atomlar panjaraga tartib bilan joylashishga ulgura olmaydi va suyuqlikka xos bo'lgan tartibsiz joylashishini saqlab qoladi. Biroq bu suyuq modda bo'lmay, qattiq modda bo'ladi. Uning yopishqoqligi suyuqliknikidan ancha katta va kristallning yopishqoqligiga yaqin bo'ladi.

Yangilаndi: 30.01.2025 08:25
 

Smartfon nega portlaydi?

E-mail Chop etish PDF

Smartfon nega portlaydi?

So‘nggi paytlarda smartfon yoki planshetning o‘z-o‘zidan yonib ketgani, yoki hatto portlagani haqida ham xabarlar uchrab turibdi. Gugl qidiruv xizmati yordamida aniqlashimcha, o‘tgan yilning sentyabridan shu bugungacha, ya'ni, bir yil davomida, o‘znet internet-nashrlarda jami 8 marta smartfon portlagani haqida xabar e'lon qilingan ekan. Albatta, bu hech qanaqasiga obyektiv statistika bo‘la olmaydi. Lekin, haqiqat ham smartfonlarning egasining cho‘ntagida yonib, yoki portlab ketish holatlari rostdan ham uchrab turibdi. Bunday holatlarda eng achinarlisi, odamlarning ham tan jarohati olayotgani, smartfon egalarini turli darajadagi kuyish bilan shifoxonaga yotqizilgani haqidagi ma'lumotlardir.

Xo‘sh, nima sababdan smartfon yoki planshet o‘z-o‘zida yonib ketmoqda? Uning ichida qanday jarayonlar yuz beradi? Ushbu maqolamizda shu masalaga oydinlik kiritishga harakat qilamiz.

Hamma gap devaysning akkumulyatorida.

Yangilаndi: 07.12.2018 16:16
 

Xonakilashtirish va jilovlash

E-mail Chop etish PDF

Xonakilashtirish va jilovlash

Hozirgi paytda, aksariyat ashulachilarning ashulalariga olingan kliplarni ko‘rsangiz, bir xil siyqasi chiqqan manzarani guvohi bo‘lasiz: xullas, deyarli hamma klipda, bir yigit, o‘zicha "ketvorgan" bir qizni ortidan kuymalanib yurib, ko‘cha-ko‘yda, yerosti o‘tish yo‘laklarida, supermarketlarda va ho kazo joylarda uni e'tiboriga tushishga harakat qiladi. Ya'ni, jargon bilan aytganda, yigit qizni "ilintirishga", "o‘rashga" harakat qiladi.

Lekin, qadim zamonlarda, ibtidoiy jamoa tuzumi davrlarida yashagan qadim odamlarning fantaziyasi kuchliroq bo‘lgan shekilli, harholda ularning nimanidir "ilintirish" va qo‘lga o‘rgatish borasidagi qiziqishlari boshqacharoq bo‘lgan.

Yangilаndi: 07.12.2018 16:17
 

IUPAC yangi elementlarning nomini rasman tasdiqladi

E-mail Chop etish PDF

IUPAC yangi elementlarning nomini rasman tasdiqladi

Avval xabar berganimizdek, 2016-yil boshida Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo Ittifoqi - IUPAC, kimyoviy elementlarning Mendeleyev davriy jadvaliga 4 ta yangi element qo'shilgani haqida rasman tasdiq bergan edi. 8-noyabr sanasida IUPAC mazkur elementlarga biriktirilgan nomlar va kimyoviy formulalarni rasman tasdiqladi. Endilikda, davriy jadvalda rasman 118-ta element mavjud bo'lib, davriy jadvalning yangilangan talqinini ushbu havoladan (.JPG formatda, hajmi 18,5 mb) yoki, ushbu havoladan(.PNG formatda, hajmi 3 mb)yuklab olishingiz mumkin. Quyida esa, mazkur jadvalning kichraytirilgan fotonusxasi keltirilgan. Jadval formati Adobe Photoshop dasturida A1 format uchun moslab tayyorlangan bo'lib, imkoniyat bo'lsa, uni chop etib, kimyo xonalari va laboratoriyalariga osib qo'yish mumkin.

 

Yangilаndi: 28.01.2025 16:28
 

Matematik ramziy belgilar - raqamli-harfli ajabsanda

E-mail Chop etish PDF

Matematik ramziy belgilar - raqamli-harfli ajabsanda

Matematik formulalar va hisoblashlar, muayyan grafik belgilar vositasida ifodalanadi. Siz matematik ramzlarni ko'rganingizda, ushbu belgining qachon va qanday paydo bo'lganini, yoki uning qaysi matematik tomonidan iste'molga kiritilgani haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?

Matematika - turli shartli belgilarni juda keng qo'llaydi. Matematika bir turdagi shartli belgilardan boshqalarini keltirib chiqaradi. Aytish mumkinki, matematika bu - ramziy mavhumiyatni o'rganadigan fandir.

Fanlar shohi endi-endi tizimli tarzda o'rganilayotgan davrlarda uning muomala tili ha juda sodda bo'lgan. Xususan, ilk matematik kitoblarni bitgan mualliflar, o'zlari keltirmoqchi bo'lgan misollarni oddiy so'zlashuv tilida, matn tarzida keltiraverishgan. Masalan, "falon buyumdan falonchasini bunchaga ko'paytirsa, manabuncha bo'ladi" qabilidagi gaplar bilan misollarni yozaverishgan. Keyinchalik, matematiklar, ifoda uslubini tobora soddalashtirib borishdi va asta-sekin, siz bilan biz ko'nikkan matematik "til" - turli belgi va ishoralardan iborat o'ziga xos ramziy ifoda usuli vujudga keldi.

Yangilаndi: 20.02.2025 10:39
 

Vodorod - eng yengil element

E-mail Chop etish PDF

Vodorod - eng yengil element

Kimyoviy elementlar ichida eng oddiysi - vodorod hisoblanadi. Vodorod - davriy jadvaldagi 1-elementdir. Bizga ma'lum atomlar ichida vodorod atomi o'lchamlariga ko'ra eng kichik, eng yengil va eng sodda tuzilgan atomdir. Balki shu sababdandir, vodorod - Koinotda eng ko'p tarqalgan element sanaladi. Kosmologlar va Astrofiziklarning fikricha, Koinotda mavjud atomlarning 90% qismini vodorod tashkil qilar emish.

Masalan, bizning yulduzimiz - Quyosh ham asosan vodoroddan tashkil topgan. Boshqa yulduzlar ham xuddi shunday. Vodorod - yulduzlarni barpo qilish uchun eng mos va eng qulay qurilish materialidir.

Biroq, Yerda vodorod unchalik ham ko'p uchramaydi. Yer qobig'idagi atomlardan atiga 3% qismigina vodorod hissasiga to'g'ri keladi. Yer qa'ridagi boshqa chuqur qatlamlarda bu ko'rsatkich yanada kam. Shunga qaramay, olimlarning fikricha, Yer ham avvaliga butun Koinot tashkil topgan moddadan, demakki, asosan vodoroddan tashkil topgan bo'lishi kerak. Unda Yerdagi qolgan vodorod qayoqqa keti ekan?

Yangilаndi: 06.02.2025 07:51
 

Yashil nur

E-mail Chop etish PDF

Yashil nur

Ushbu sayt tematikasiga mos maqolalar tayyorlash maqsadida, yaqin ikki yildan buyon faqat ilmiy-ommabop adabiyotlar mutolaasi bilan cheklanayotgan edim. Lekin, o'tgan haftada Jyul Vernning "Yashil nur" kitobi qo'limga tushib qoldi va uni uch kun ichida mutolaa qilib tugatdim (unchalik ham katta kitob emas). Albatta, ushbu asar ham ko'p jihatdan, ilmiy faktlarga badiiy tasvir berish orqali ijodiy bezatilgan. Lekin, qiziqarli bo'lsa-da, biroq, quruq ilmiy faktlar bilan kifoyalanuvchi ilmiy-ommabop asarlardan farqli o'laroq, "Yashil nur" harqalay, voqe'likni yuksak badiiy did bilan bayon qilingan, tasvirlash uslubi ham muallifga xos tarzda juda mukammal bo'lgan ajoyib asar ekan. o'qib chiqishni tavsiya qilaman.

Yangilаndi: 06.02.2025 10:18
 

Atom fabrikalari

E-mail Chop etish PDF

Atom fabrikalari

Astrofizik Ser Fred Xoyl (1915-2001) 1940-yillar boshida, galaktikalarning tuzilishini tadqiq qilar ekan, bir g'alati faktga e'tibor qaratdi: ma'lum bo'lishicha, og'ir yadroli elementlar eski, "qariya" galaktikalarda ko'proq va aksincha, yangi, nisbatan yosh galaktikalarda kamroq uchrar ekan. Xoyl shunday xulosaga keldi: demak, atomlarning hammasi ham, birdaniga, bir vaqtda paydo bo'lmagan.

Quyosh tizimi massasining 99% dan ziyod qismini Quyoshning o'zi tashkil qiladi. Quyosh esa, asosan vodorod va geliy plazmasidan tashkil topgan. Biroq, mazkur elementlar sayyoralarda, aytaylik, Yerda nisbatan kam tarqalgandir. Sayyoralar tarkibida, nisbatan og'ir va murakkab atomli elementlar ko'proq uchraydi. Xususan, Yerimizda kislorod, uglerod va temir kengroq tarqalgandir. Ushbu elementlar qayerdan kelib qolgan?

Yangilаndi: 29.01.2025 08:46
 


Maqolaning 25 sahifasi, jami 55 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
http://hujayra.uz/
Biolog olim Baxtiyor Sheraliyev va shogirdlari tomonidan yuritiladigan ajoyib veb-sayt! Biologiya va uning tarkibidagi fanlarga oid qiziqarli maqolalar shu yerda!
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 13664411

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!