Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - Ilm-fan fazosi uzra!

Ridberg doimiysi

E-mail Chop etish PDF

Ridberg doimiysi

Muayyan turdagi atomning nurlanish to‘lqini uzunligi, kvant sonlarining teskari kvadratlarining ayirmasiga bog‘liq bo‘ladi.

XIX-asrning ikkinchi yarmida olimlar barcha kimyoviy elementlar faqat o‘zigagina xos bo‘lgan qat’iy aniq chastota va to‘lqin uzunligiga ega yorug‘lik nurlari chiqarishini payqab qolishdi. Bunday nurlanish chiziqli spektr hosil qilardi va ushbu spektrga ko‘ra, har qanday elementning yorug‘lik nuri rangi o‘zigagina xos bo‘lgan jilvaga ega bo‘lardi. Bunga ishonch hosil qilish uchun ko‘cha chiroqlariga nazar tashlash kifoya. E’tibor bersangiz, yirik avtomagistrallardagi yoritish chiroqlari odatda sariq rangda nur sochadi. Bu, ularning lampasi natriy bug‘lari bilan to‘ldirilganligi sababidandir. Biz ko‘ra oladigan yorug‘lik spektrida aynan natriy elementi hammadan ko‘ra intensivroq sariq spektral chiziqlar namoyon qiladi. Natriyning spektrida ikkita sariq chiziq bo‘ladi.

Yangilаndi: 18.06.2018 16:41
 

Xo‘sh, qani ular?

E-mail Chop etish PDF

Xo‘sh, qani ular?

Yulduzlar g‘uj bo‘lib, osmonni to‘ldirgan oydin kechada Somon Yo‘lining jozibasidan lol qolgan har qanday odam, favqulodda ulkan Koinot qarshisida o‘zining nafaqat mitti zarra ekanini, hattoki, o‘ta ojiz va noqis ekanini ham his qiladi. Ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladigan sanoqsiz yulduzlar va poyonsiz osmon manzarasi odamni qandaydir falsafiy o‘ylarga toldiradi. Nahotki shunday keng va favqulodda ulkan Koinotda bizdan o‘zga ongli mavjudotlar bo‘lmasa. Mayli, ongli mavjudotlar tugul, shunchaki hayot asari ham topilarmikin?

Zamonaviy astronomiyadagi ma’lum Koinotning sarhadlarining qay darajada ulkan va cheksiz ekanini aqlga sig‘dirishi qiyin. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, katta sonlarni va Borliq masshtablarini tasavvur qilishga urinib ko‘ring. Biz esa misollar bilan siga yordam berishga urinamiz.

Yangilаndi: 07.06.2018 16:00
 

Kislorod - nafas elementi

E-mail Chop etish PDF

Kislorod - nafas elementi

Davriy jadvalda kislorod 8-raqam ostida joylashgan. U Yer sayyorasida eng ko‘p tarqalgan elementdir. Sayyoramizning deyarli yarmisini aynan kislorod atomlari tashkil qiladi. Birgina Yer qobig‘ining 16-km qalinlikdagi eng yuqori yuza tashqi qismining o‘zida umumiy massaning 1/3 qismi kislorod atomlaridan iborat.

Kislorod quruqlikdagi ko‘plab birikmalarning tarkibida mavjud bo‘ladi. Ya’ni, u boshqa ko‘plab turdagi atomlar bilan birikib, xilma-xil molekulalar hosil qila oladi. Bizni o‘rab turgan havoda esa kislorod alohida element sifatida mavjud. Havoning 1/5 qismi ikki atomli kisloroddan iborat bo‘ladi. Shu kabi, ikkita kislorod atomlaridan iborat molekulani kislorod molekulasi deyiladi.

Kislorod nafaqat eng keng tarqalgan element, balki, Yerdagi hayot mavjudligi uchun eng muhim va zaruriy element hamdir. Biz nafas olganimizda o‘pkamizga havo to‘playmiz. O‘pkada esa, havodagi kislorod organizm ehtiyojlari uchun singdirib olinadi. Tanamizga tushgach, kislorod atomlari oziq-ovqatlar orqali kirib kelgan boshqa moddalar bilan birikadi. Shu tariqa, organizmning hayoti va faoliyati uchun zaruriy energiya ishlab chiqariladi.

Yangilаndi: 31.05.2018 12:23
 

Qadimgi yadroviy reaktor

E-mail Chop etish PDF

Qadimgi yadroviy reaktor

1930-yillar oxiriga kelib, olimlar Enriko Fermi hamda Leo Silard uranning parchalanishi orqali zanjir reaksiyasini hosil qilish mumkinligini tushunib yetishdi. Kolumbiya universitetida tajriba olib borar ekan, Fermi hamda Silard, uranda subatom zarrachalar, ya’ni, neytrinolar chiqib kelayotganini payqashdi va bu zanjir reaksiyasi bilan birga, yadroviy qurollarni yaratish ishiga ham poydevor bo‘lishini payqashdi. Keyinchalik Leo Silard: «Men o‘sha tunda dunyo tamom bo‘ldi deb o‘ylagandim» deb yozgan edi. Boshqariladigan yadroviy zanjir reaksiyalari jarayoni favqulodda murakkab va mushkuldir. Shu sababli ham, 1972-yilda farang fizigi Fransis Perren Gabondagi Oklo nomli hudud yaqinida, bundan taxminan 2 milliard yil muqaddam ona tabiatning o‘zi ishga tushirib qo‘ygan tabiiy yadro reaktoriga duch kelganida, hayratdan lol qolgan edi.

Yangilаndi: 30.05.2018 09:55
 

Farrux Fattoyev

E-mail Chop etish PDF

Farrux Fattoyev

Assalomu alaykum Orbita.Uz saytining muhtaram mushtariylari. Bugun anchadan buyon murojaat qilinmagan, lekin, biz uchun muhim bo‘lgan ruknimiz - «Minbar» ruknidan yana bir o‘zbek olimi bilan suhbatimizni e’tiboringizga havola qilamiz.

Xabaringiz bo‘lsa, yaqinda kun.uz saytida O‘zbekistonlik olim Farrux Fattoyev tomonidan muhim ilmiy kashfiyot qilingani haqida xabar bosilgan edi. Albatta, ushbu sayt asosan yangiliklar tarqatishga ixtisoslashgani sababli, o‘sha maqolada kashfiyotning mohiyati va uni amalga oshirgan yurtdoshimiz haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Qolaversa, kashfiyotni o‘zi haqida ham biroz chalkash (tushunarsiz) va biroz hissiyotga berilgan tarzda ma’lumot keltirilgan edi. Ochig‘ini aytaman, avval Farrux aka bilan tanish bo‘lmaganman. Ushbu olim haqida eshitmagan ham edim. Shunga qaramay, gravitatsion to‘lqinlar masalasi bugungi kun fizikasida kun tartibidagi mavzu ekanligini e’tiborga olib, ayniqsa bu boradagi tadqiqotlarda bizning yurtdoshimiz ham bosh qo‘shganini bilgach, ushbu inson bilan tanishish va orbita.uz uchun qisqa bo‘lsa-da intervyu olish niyati paydo bo‘ldi.

Yangilаndi: 24.05.2018 08:58
 

Ajoyib kvadratlar

E-mail Chop etish PDF

Ajoyib kvadratlar

Afsonalarga ko‘ra, ajoyib kvadratlar o‘yinini qadimgi Xitoyda o‘ylab topishgan ekan. Ushbu g‘oyat qiziq matematik o‘yinga bag‘ishlangan ilk qo‘lyozma ma’lumotlar esa, eramizdan avvalgi 2200-yillarga taalluqli bo‘lib, Imperator Yu zamonasidagi shunday kvadratlar haqida so‘z yuritadi. Ajoyib kvadrat N2 sondagi kataklardan iborat bo‘lib, kataklarning har biriga, boshqasida takrorlanmaydigan butun sonlar yozilgan. Sonlarning kataklarda joylashuv tartibi shunday bo‘lishi kerakki, ularni istalgan yo‘nalishda – xoh gorizontal, xoh vertikal va xoh diagonal yo‘nalishda qo‘shib chiqilsa, barcha taraflarda yig‘indi bir xil chiqishi kerak.

Yangilаndi: 31.05.2018 10:48
 

Quyosh o‘rnida boshqa yulduzlarni tasavvur qilib ko‘ramiz

E-mail Chop etish PDF

Quyosh o‘rnida boshqa yulduzlarni tasavvur qilib ko‘ramiz

Rossiyaning Aerokosmik tadqiqotlar markazi – Roskomos qiziq bir infografikani havola etdi. Unda, agar bizning yulduzimiz – Quyosh o‘rnida boshqa yulduz bo‘lganida, u Yerdan qanday ko‘rinardi? – degan savol qo‘yilgan va musavvir fantaziyasiga ko‘ra chizilgan tasvirlar orqali Quyosh o‘rnida boshqa yulduzlar bo‘lganda qanday ko‘rinishi namoyish qilib berilgan. Ushbu infografikani saytimiz o‘quvchilariga ham ilindik. Marhamat, tanishing:

Yangilаndi: 28.04.2018 10:02
 

Bu haqida unuting!

E-mail Chop etish PDF

Bu haqida unuting!

(Ayzek Azimovdan tarjima, maqola 1960-70 yillarga oid va shu sababli, undagi ba'zi eskirgan faktlarga hayron bo'lmasligingizni so'raymiz)

Yaqinda, biologiya bo‘yicha yangi nashr etilgan darsliklardan biri qo‘limga tushib qoldi. Kitob menga anchayin qiziq tuyuldi. Taassufki, men avvaliga kitob muqaddimasini o‘qib chiqdim (ha, men kitob muqaddimasini ham o‘qiydiganlar toifasidanman Смешно). Lekin, ushbu muqaddima matni meni chuqur umidsizlikka solib qo‘ydi. Keling, o‘sha kitobdagi dastlabki ikki mavzudan qisqacha iqtibos keltiray:

Yangilаndi: 21.04.2018 06:14
 

Leonard Eyler

E-mail Chop etish PDF

Leonard Eyler
(1707-1783)

Eylerning nomini tanimagan yoki eshitmagan matematik albatta yo‘q. Matematikaga oid chop etilgan kitoblarning deyarli barchasida hech bo‘lmasa bir marta Eylerning nomi albatta qayd etiladi. Hozirgi zamonda o‘rta maktablarda o‘tiladigan trigonometriya va logarifmlarga oid qoidalar va hisob-kitob usullarini ham aynan Eyler ishlab chiqqan izchillik asosida tushuntiriladi.

Leonard Eyler – matematika rivojiga eng salmoqli hissa qo‘shgan olimlardan biridir. U o‘z ilmiy ishlarida cheksiz kichik miqdorlar analizi usullarini eng birinchi bo‘lib tadbiq qilgan bo‘lib, olimning bu boradagi uch jilddan iborat fundamental ilmiy ishi, zamonaviy matematik analizning tamal toshini qo‘yib bergan edi. O‘sha uch jild asar quyidagicha nomlangan: «Analizga kirish», «Differensial hisob», hamda, «Integral hisoblash». Eylerning ushbu asarlari hozirda insoniyat tafakkuri yaratgan eng yuksak ilmiy asarlar qatoriga kiradi. Aynan shu ishlar tufayli, analiz sohasi matematikada o‘ziga xos mustaqil fan sifatida shakllanib chiqdi.

Yangilаndi: 10.04.2018 12:12
 

Kislotalar va asoslar

E-mail Chop etish PDF

Kislotalar va asoslar

Kislota tushunchasiga suvdan vodorod ionini ajratib chiqaradigan modda deb; yoki, o‘zidagi protonni boshqa moddaga uzata oladigan modda deb; yoki, elektron juftlikni o‘ziga biriktirib olish xususiyatiga ega bo‘lgan modda deb ta’rif berish mumkin.

Asos tushunchasiga esa, suvdan gidroksid-ion ajratib chiqaradigan modda deb; yoki, proton qabul qila oladigan modda deb, yoki, elektron juftlikni uzata oladigan modda deb ta’rif berish mumkin.

Biz o‘zimizning kundalik maishiy turmush tajribamizdan kelib chiqib, ayrim moddalarning o‘ta faol korrozion xossalarga ega ekanini yaxshi bilamiz. Masalan, avtomashina akkumulyatoridagi kislota kiyimga tegib ketsa, u kiyimning o‘sha joyini darhol kuydiradi va teshib qo‘yadi (yemirib yuboradi). Biz uyni tozalash, xususan, kafellar va vannani artish uchun ba’zan ammiak eritmalaridan, yoki, boshqa tozalash vositalaridan foydalanamiz. Ushbu korrozion faol moddalar kimyogarlarga professional tilda kislotalar va asoslar nomi ostida yaxshi ma’lum.

Yangilаndi: 02.04.2018 20:04
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 43 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o‘zbekcha-ruscha-inglizcha lug‘ati, qisqacha izohi va amalda qo‘llanishi
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
ekodunyo.uz
O‘simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 785
O'qilgan sahifalar soni : 3113813

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov