Kaloriya
Kaloriya
Kaloriya – issiqlik miqdorining tizimdan tashqari (ya’ni, SI tizimiga kirmaydigan) birligi. Belgilanishi «kal» (xalqaro «cal»). U 1 gramm suvni 1 ℃ ga isitish uchun sarflanadigan energiya miqdori sifatida ta’riflanadi.
«Kaloriya» termini fransuzcha calorie so‘zidan olingan bo‘lib, o‘z navbatida, u ham lotincha calor so‘zidan kelib chiqqan. Bu so‘zing ma’nosi bizdagi «issiqlik» degan so‘zga to‘g‘ri keladi.
Hozirda jahon amaliyotida kaloriya birligining bir-biridan oz-moz farq qiladigan uch xili qo‘llanilmoqda. Lekin, Jahon metrologiya qonunchiligi tashkiloti tomonidan, ushbu birliklarning birortasi qo‘llash uchun tavsiya etilmagan va buning o‘rniga SI dagi muqobil issiqlik miqdori birligi - jouldan foydalanish kerakligi ta’kidlangan.
Yangilаndi: 27.02.2019 13:58
Antoni van Levenguk
Antoni van Levenguk (1632—1723)
Antoni van Levenguk 1623-yilning 24-oktyabrida Gollandiyaning Delft shahrida, Antonizon van Levenguk hamda, Margaret Bel van den Berch oilasida tug‘ilgan. Uning bolalik yillari qiyinchilikda kechgan. U 6 yoshidayoq otasidan ayrilgan. Shu sababli, ishlab, oilasiga moddiy yordam berish uchun, bolalik paytidanoq u mahalliy hunarmandlarga xizmat qila boshlagan. Ko‘p o‘tmay, uni movut to‘qiydigan ustaga shogirdlikka berishgan. O‘smir yoshiga yetgan Levenguk allaqachon o‘zi movut va kigiz tayyorlash qo‘lidan keladigan va o‘z mahsulotlari bilan o‘zi savdo qiladigan ustaga aylangan edi. U avvaliga o‘zi kigiz tayyorlab sotib yurib, keyin esa, savdo va hisob-kitob (buxgalteriya) ishlariga uquvi borligini namoyish qildi. Uning o‘zi mustaqil shug‘ullanish orqali egallagan matematik bilimlari, maktabda maxsus o‘qiganlardan qolishmas darajada edi. Uning savdo va hisobchilik qoidalarini puxta bilishi tufayli, Amsterdamlik bir puldor savdogar o‘ziga qarashli savdo markazida moliyaviy ishlarni yuritishni unga ishonib topshiradi. U avvaliga shunchaki, g‘aznachi, keyinroq esa, hisobchi bo‘lib ham ishlagan. Amsterdamda bir muddat ishlagach, Levenguk yana Delftga qaytadi va shahar sudida qo‘riqchi bo‘lib ishga kiradi. Uning vazifasi sud bo‘layotgan paytda tinchlikni ta’minlash bo‘lsa, boshqa payt, sud binosi va mulkini qo‘riqlashdan iborat bo‘lgan.
Yangilаndi: 27.02.2019 16:21
Gugurt
Gugurt
Gugurt har doim inson maishiy turmushidagi eng asosiy elementlardan biri bo‘lgan. Bir qarashda arzimas tuyuladigan ushbu narsa uyda bo‘lmasa, pechkangizda o‘t qalay olmaysiz, ovqatingiz pishmaydi va ichingiz ham yorishmay yuraverasiz. Ixxolaynen arzimagan gugurtga ketib, nima sarguzashtlarni boshidan kechirganini esa ko‘pchilik yaxshi eslaydi. Xullas, ro‘zg‘orda markaziy o‘rinlardan birini egallovchi bu matoh istaymizmi, yo‘qmi, o‘zi bilan doim hisoblashishga majbur qiladi.
Biz gugurt donasini quti chetidagi dag‘al devorga chirq etib ishqash orqali, osongina olov chiqaramiz. Va oramizda juda ko‘pchilik, ushbu chirq etgan chaqnash lahzasida, shundoqqina ko‘z o‘ngimizda qandayin kimyoviy reaksiyalar sodir bo‘lgani haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Vaholanki, siz bilan biz shu tarzda osongina olov chiqara olishimiz uchun bundayin qulay vositani ixtiro qilish yo‘lida bir zamonlar ne-ne aql egalari bosh qotirmagan deysiz. Ha, ushbu oddiy gugurt haqiqatan ham, odamzotning eng buyuk ixtirolari sirasiga kiradi. Bunga amin bo‘lish uchun, avvallari olov yoqish uchun odamlar qanchalik qiynalishganini esga olish kifoya. «Sannikov yeri» filmi esingizdami? Shaman va ikkita baquvvat yigit olov chiqaraman deb yog‘ochni yog‘ochga obdon ishqashadi.
Yangilаndi: 26.02.2019 09:58
Fraktallar geometriyasi: jozibador va beto‘xtov olam
Fraktallar geometriyasi: jozibador va beto‘xtov olam
Bir necha asrlar mobaynida matematika Yevklid geometriyasining ajoyibotlari olamiga maftun bo‘lib yashadi. Lekin, bugungi zamon matematikasi o‘ziga boshqa bir mahbub yo‘nalish – fraktallar geometriyasini kashf qilgan. Fraktallar geometriyasi bizning qarshimizda borliqning butunlay yangi jozibasini ochib bermoqdaki, hayratlanmaslikning iloji yo‘q.
Tasavvur qiling, biz O‘zbekistonning Turkmaniston bilan chegarasi uzunligini xaritaga qarab aniqlamoqchimiz. Buning uchun biz, chegara chizig‘i bo‘ylab ikki nuqta orasidagi masofani oddiy chizg‘ich bilan o‘lchab, keyin, olingan natijani, xaritaning miqyos-masshtab bilan taqqoslab, chegaraning umumiy uzunligini chiqarishimiz mumkin bo‘ladi. Natijada, biz chegara uzunligining taxminiy, taqriban yaqin qiymatiga ega bo‘lamiz. Albatta, bu asl real chegara uzunligining eng aniq o‘lchanishi, yoki, hisoblanishi bo‘la olmaydi. Bu masofani aniqlashning yana bir usuli – sirkul olib, uning ignalari oraliq masofasini 1 sm qilib aniq belgilab qotirib, xarita bo‘ylab chegarani boshidan oxirigacha qadamlab o‘lchab chiqish.
Yangilаndi: 25.02.2019 10:58
Voyajer-2 ham Quyosh sistemasini tark etdi
Voyajer-2 ham Quyosh sistemasini tark etdi
NASA tomonidan olis 1977-yilda Koinotga uchirilgan Voyajer-2 avtomat kosmik stansiyasi ham Quyosh sistemasini tark etdi. Bu haqida Amerika geofizika ittifoqining Vashingtonda boʻlib oʻtgan yigʻilishida rasman eʼlon qilingani haqida BBC-Science xabar tarqatgan. Shuningdek, mazkur maʼlumotni, NASA tomonidan Voyajer-2 missisyasining masʼul ilmiy xodimi, professor Edvard Stoun ham tasdiqlagan.
Shunday qilib, Voyajer-2 geliosferani tark etgan ikkinchi sunʼiy obyektga aylandi. Bundan avval, 2013-yilda uning egizagi – Voyajer-1 ham Quyosh tizimini tark etib, yulduzlararo fazoga chiqib ketgan edi.
Yangilаndi: 22.02.2019 12:51
Katta Adron Kollayderi ikki yil muddatga toʻxtatildi
Katta Adron Kollayderi ikki yil muddatga toʻxtatildi
Zamonamizning eng yirik va eng muhim ilmiy uskunasi – aylana uzunligi 26,5 kilometrga teng boʻlgan Katta adron kollayderidagi ilmiy eksperimentlar ikki yil muddatga vaqtincha toʻxtatildi. Bu mazkur ilmiy uskunaning ikkinchi bosqich faoliyati (Run2) uchun rasmiy yakun boʻlib, bu haqida, uning tarmoqdagi onlayn monitori orqali boxabar qilingan. Endilikda muhandislar va olimlar, kollayderni uchinchi bosqich faoliyati, yaʼni Run3 uchun tayyorlashadi. Rejaga koʻra, mazkur ulkan ilmiy uskuna yorqinlik kuchini ikki barobar orttirishga moʻljallangan muhandislik-taʼmir ishlari orqali, uni mukammal modernizatsiya koʻzda tutilgan.
Yangilаndi: 22.02.2019 12:45
Nyuton (birlik)
Nyuton (birlik)
Nyuton – Xalqaro Birliklar Tizimida kuchning o‘lchov birligi. O‘zbekcha belgilanishi N, (кирилл алифбосида Н); xalqaro belgilanishi ham N.
Nyuton – hosilaviy birlik. U Nyutonning ikkinchi qonunidan kelib chiqqan holda:
Massasi 1 kg bo‘lgan jismga yo‘nalish bo‘yicha 1 m/s2 tezlanish beruvchi kuch sifatida aniqlanadi. Demakki, 1 N = 1 kg ∙ m/s2.
SI tizimi qoidalariga ko‘ra, olimlar sharafiga nomlangan hosilaviy birliklarning nomi kichik harflarda yoziladi (ya’ni, «1 nyuton kuch» tariqasida); lekin, formulalar va tenglamalar tarkibida birlik belgisi doim katta harf bilan, ya’ni, «N» tariqasida yoziladi (N∙m).
Yangilаndi: 18.02.2019 13:14
Kimyoviy struktura nazariyasi
Kimyoviy struktura nazariyasi
XIX-asr boshlarida g‘arblik kimyogarlar orasida Devi-Berselius elektrokimyoviy nazariyasi yetakchilik qilardi. Xususan, Berseliusning nazariyasiga ko‘ra, har qanday kimyoviy birikma ikki qismdan iborat bo‘ladi va bu qismlardan biri albatta zaryadlangan, elektrmusbat bo‘lsa, ikkinchisi – elektrmanfiy bo‘ladi deb ishonilgan. Shunga muvofiq, Berselius o‘ziga ma’lum barcha elementlarni qatorlarga taqsimlab chiqqan va unga ko‘ra, kislorod elektrmanfiyligi eng yuqori, kaliy esa elektrmusbatligi eng baland element deb hisoblangan. Olim o‘zining fikricha eng yuqori elektrmanfiylikka ega elementlarni metalloidlar deb atagan va nisbatan elektrmusbatligi baland bo‘lgan elementlarni esa metallar deb atagan.
Biroq, XIX-asrning 30-yillariga kelib, farang kimyogari Jan-Batist Dyuma ushbu, Devi-Berselius nazariyasiga kuchli zarba berdi. U organik birikmalar uchun «turlar nazariyasi» deb nomlangan mutlaqo boshqa bir tasniflashni taklif qilgan edi. Unga muvofiq, murakkab jismning kimyoviy tuzilishini uni tashkil qiluvchi elementlarning tabiati belgilaydi degan g‘oya unchalik to‘g‘ri emas deb ta’kidlanadi va birikmaning kimyoviy xossalarini undagi atomlarning joylashish tartibi hamda, nechog‘lik bir xilligi belgilaydi degan fikr ilgari suriladi. Lekin Dyumaning bu qarashlari ham tez orada bir qator ziddiyatlarga borib qoldi.
Yangilаndi: 18.02.2019 11:17
Berkliy
Berkliy
Berkliy – atom raqami 97 bo‘lgan, sun’iy olingan radioaktiv transuran element bo‘lib, aktinoidlar oilasiga mansub. Formulasi Bk. Berkliyning barqaror izotoplari mavjud emas. Uning nisbatan uzoq yashovchi nuklidi 247Bk 1380 yilga teng yarim yemirilish davriga ega.
Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.
Berkliyni 1949-yilda AQSHning Berkli shahridagi Lourens nomidagi milliy Laboratoriyada olimlar Glenn Siborg hamda, Stenli Tomson tomonidan ameritsiy-241 nishonini siklotronda α-zarralar bilan bombardimon qilish orqali sintez qilingan. Reaksiya quyidagicha ifodalanadi:
Yangilаndi: 13.02.2019 13:05
|
|