Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Virus

E-mail Chop etish PDF

Virus

XIX-asrning 80-yillarida quturish kasalligi sabablarini tekshirar ekan, Lui Paster, quturishdan o‘lgan hayvonlarning umurtqa miyasi kasallik manbai va tarqatuvchisi bo‘lishi ehtimolini payqadi. Lekin, u quturishni qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni topa olmadi. Paster yuqumli kasalliklarni bakteriyalar tomonidan qo‘zg‘atilishi haqidagi o‘z nazariyasini tugallashidan avval, ushbu kuzatishlar uning barcha kasalliklarni mikroorganizmlar tashiydi degan aqidasiga shubha uyg‘ota olmagan edi. Xususan, quturish bilan bo‘lgan holatda Paster, ushbu yomon xastalik qo‘zg‘atuvchisini, ya’ni, infeksion agentini ko‘rishga shunchaki mikroskopi ojizlik qilmoqda deb ishongan. Va keyinchalik, odatdagidek u haq bo‘lib chiqdi.

Yangilаndi: 21.04.2020 16:52
 

Fyuchers, WTI, Brent, Barrel

E-mail Chop etish PDF

Fyuchers, WTI, Brent, Barrel

So‘ngi sutkalar ichida WTI turidagi neft narxining may oyi uchun fyuchers savdolarida narx manfiy qiymatga tushib ketgani (bir barreli -39,44 AQSh dollar) ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Hech zamonada shunaqasi ham bo‘ladimi? Narx shunchaki tekin (0) emas, balki, manfiy ham bo‘lishi mumkin ekanmi?

Bu tarixda misli ko‘rinmagan holat bo‘lsa kerak. Izohlarga qaraganda, bu holning asosiy sababi, asosan Shimoliy Amerika va Xitoy bozorida iste’mol qilinadigan WTI turidagi neft ishlab chiqaruvchilarda, qazib olingan neftni qo‘ygani joy qolmagan emish. Omborlar to‘lib ketgan, tankerlar ham band. May oyi kirib kelishiga esa 10 kundan ham kam vaqt qoldi. Iyun oyi uchun fyucherslar ham 1% ga pastlab, bir barrel WTI nefti uchun 21,1 dollarni tashkil qilmoqda. Qayd qilinishicha, WTI tipidagi neft narxining 0 dan past bo‘lishi avvalgi safar 1983-yilda, ya'ni, bu turdagi neft ilk bora NYMEX birja savdolariga qo‘yila boshlaganda sodir bo‘lgan ekan.

Yangilаndi: 22.04.2020 09:30
 

Karantin

E-mail Chop etish PDF

Karantin

Biz o‘zbeklarda «chilla» tushunchasi bor. Chaqaloq tug‘ilganidan boshlab qirq kun mobaynida chilla saqlanadi, ya'ni, uni begona ko‘zlardan pana tutiladi. Yangi kelin-kuyov ham to‘ydan keyin qirq kun ichida chillali bo‘ladi deyiladi. Bu ularning baxtiga ins-jinslarning yomon nazari tushmasligi uchun qilinadi. Yoz chillasi – saraton va qish chillasi qahratonni ham siz yaxshi bilasiz. Bularning hammasi qirq kun davom etadi. O‘zbek udumlarida chilla qachon va qanday paydo bo‘lganini bilmayman. Har holda, buning o‘tmishi juda uzoq ekani aniq. Va albatta bu, xalqimizning uzoq asrlar mobaynida tajribasidan o‘tgan, amalda o‘z nafini bergan amaliyot ekaniga ham men ishonaman. Chilla – qirq kun davom etadigan jarayondir. Shu sababli, uning ma’nosi ham fors-tojik tilidagi «qirq» ma’nosini beruvchi chilla so‘zidan kelib chiqqan. Marg‘ilondagi Сhilduxtaron mahallasi nomi «qirq qiz» degan ma’noda tarjima qilinadi. Chiltor – qirqta tor, chilyosin qilish esa, Hazrati Yosin surasini qirq marta o‘qib dam solishdan iborat bo‘ladi.

Yangilаndi: 21.04.2020 16:42
 

Lui Paster

E-mail Chop etish PDF

Lui Paster

(1822-1895)

Zamonaviy mikrobiologiya asoschilaridan biri, odamzotni uzoq asrlar mobaynida dahshatga solib kelgan infeksion kasalliklar ustidan g‘alaba qozonishida mislsiz ulkan xizmatlar ko‘rsatgan olim Lui Paster 1822-yilning 27-dekabrida Fransiyaning Yura departamenti, Dol shahrida tug‘ilgan. U tug‘ilgan paytda, otasi allaqachon iste’foga chiqqan harbiy bo‘lib, kichikroq teri oshlash korxonasini boshqargan. Paster oilasi katta va ahil oila bo‘lgan. Oila boshlig‘i – iste’fodagi harbiy Jan-Jozef Paster o‘zi savodsiz odam bo‘lgan uchun, bolalarini yaxshi ta’lim olishini istagan va ularga imkon qadar barcha sharoitni hozirlab bergan.

Yangilаndi: 20.04.2020 15:25
 

Pandemiya, epidemiya

E-mail Chop etish PDF

Pandemiya, epidemiya

Siz «demografiya» va «demokratiya» so‘zlarini eshitgansiz albatta. Bu so‘zlar bilan «pandemiya» hamda «epidemiya» terminlarining qanday aloqasi bo‘lishi mumkin, hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Sezganingizdek, hammasining o‘zagida «demos» qismi mavjud. Demos – qadimgi yunon tilida «xalq» va «aholi» degan ma’nolarni bildirgan. Yana ham aniqroq aytsak, bu - hur fuqaro degan ma’noni bildirgan. Bilasizki, qadimgi Yunonistondan quldorlik tuzumi mavjud bo‘lgan va shu sababli, o‘zi kimgadir qul bo‘lmagan, aksincha quldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan, erkin, ozod, hur kishilar qatlami aynan «demos» deyilgan. Keyinchalik, bu atama umuman, xalqni, butun fuqarolik jamiyatini ifodalaydigan ma’noga ko‘chgan.

Yangilаndi: 20.04.2020 15:45
 

Zamin tin olmoqda. Tom ma'noda

E-mail Chop etish PDF

Zamin tin olmoqda. Tom ma'noda

COVID-19 pandemiyasining muayyan texnologiyalarning rivojiga ijobiy ta’siri haqida avval ham yozgan edik. Buni qarangki, epidemiyadan kutilmagan naf ko‘rayotgan oz sonli sohalar, masalan, onlayn dars platformalari, yetkazib berish xizmatlari va antiseptik ishlab chiqaruvchilar qatorida, yana bir soha vakillari ham o‘zlari uchun tarixda misli ko‘rinmagan qulay ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishibdi. Kim deysizmi? Seysmologlar!

Yangilаndi: 10.04.2020 12:48
 

Snelliusning sindirish qonuni

E-mail Chop etish PDF

Snelliusning sindirish qonuni

Snellius qonuni nurning (yoki, boshqa to‘lqinlarning) bir muhitdan ikkinchisiga o‘tishidagi sinishi, yoki, boshqacha aytganda, yo‘nalishini o‘zgartirishini bayon qiladi. Masalan, yorug‘lik nuri havo orqali o‘tib kelib, shishaga tushganda, u sinadi va yo‘nalishini o‘zgartiradi. Nur yo‘nalishining o‘zgarishi, ushbu muhitdagi to‘lqin tezligining farq qilishi bilan bog‘liqdir. Siz Snellius qonunini juda oddiy tajriba orqali tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun, shaffof shisha stakandagi suvga qalamni solib qo‘yib, yon tomondan qarasangiz, qalam sizga sinib qolgandek ko‘rinadi.

Yangilаndi: 13.02.2020 10:31
 

Bor

E-mail Chop etish PDF

Bor

Bor – atom raqami 5 bo‘lgan, ikkinchi davrning o‘n uchinchi guruhiga mansub element. Formulasi B. Oddiy modda shaklidagi bor kulrang, rangsiz, yoki, qizg‘ish tusli kristall ko‘rinishida; yoxud to‘q rangli amorf modda ko‘rinishida bo‘ladi.  Borning 10 dan ortiq allotropik shakllari ma’lum. Ularning shakllanishi va o‘zaro bir-biriga aylanishi muhitdagi haroratga bog‘liq bo‘ladi.

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.

 

Do‘stona sonlar uchun Sobit formulasi

E-mail Chop etish PDF

Do‘stona sonlar uchun Sobit formulasi

Qadimgi yunon matematiklari va xususan, pifagorchilar «do‘stona sonlar» haqidagi g‘oyani mahkam tutgan edilar. Do‘stona sonlar deganda, shunday sonlar juftligi tushuniladiki, ulardan har biri, ikkinchisining o‘zidan boshqa barcha bo‘luvchilarining yig‘indisiga teng bo‘ladi. Shunday do‘stona sonlar juftligining eng kichigi bu 220 va 284 sonlari juftligidir. Chunki, 220 soni 1, 2, 4, 5, 10, 11, 20, 22, 44, 55 va 110 sonlariga qoldiqsiz bo‘linadi (bu sonlar 220 sonining bo‘luvchilari deyiladi). Ushbu bo‘luvchilar yig‘indisi esa, 284 chiqadi. Xuddi shuningdek, 284 sonining bo‘luvchilari 1, 2, 4, 71 va 142 larning yig‘indisi 220 ni beradi.

Yangilаndi: 12.02.2020 10:09
 

Glikoliz va nafas

E-mail Chop etish PDF

Glikoliz va nafas

Jonivorlar va boshqa organizmlar metabolizmi asosida, uglevodlarda jamlangan energiyani ajratib olishga qaratilgan kimyoviy jarayonlar yotadi

Fotosintez jarayonida, Quyosh energiyasi uglevod molekulalarining kimyoviy bog‘larida zaxiralanadi va bunday molekulalar ichida eng muhim ahamiyatlisi bu olti uglerodli shakar – glyukozadir. Boshqa organizmlar ushbu molekulalarni ozuqa sifatida iste’mol qilganidan so‘ng, undagi zaxiralangan energiya ajralib chiqadi va metabolizm uchun yo‘naltiriladi. Bu glikoliz va nafas olish jarayonida ro‘y beradi. Undagi kimyoviy jarayonlarni qisqacha quyidagicha bayon qilish mumkin:

Glyukoza + kislorod → karbonat angidrid + suv + energiya

Osonroq tushunish uchun, shunday tasavvur qilish mumkinki, organizm energiya olish uchun, uglevodlarni «yoqadi».

Yangilаndi: 13.02.2020 16:42
 


Maqolaning 5 sahifasi, jami 55 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
ekodunyo.uz
O'simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
http://hujayra.uz/
Biolog olim Baxtiyor Sheraliyev va shogirdlari tomonidan yuritiladigan ajoyib veb-sayt! Biologiya va uning tarkibidagi fanlarga oid qiziqarli maqolalar shu yerda!

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12045705

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!