Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

ppm - milliondan ulush

E-mail Chop etish PDF

ppm - milliondan ulush

ppm - muayyan nisbiy kattalikning asosiy ko'rsatkichga nisbatan 1·10-6 ulushiga teng bo'lgan o'lchov birligidir. Termin inglizcha parts per million so'zlarining birinchi harflaridan yasalgan bo'lib, pi-pi-em deb o'qiladi. Matematik belgilanishlarda ppm birligi o'rniga shuningdek mln-1 deb belgilash holatlari ham uchraydi, ba'zan esa matn ichida shunchaki oddiy o'zbekcha qilib «m.u.» («m.u.» - milliondan ulush degani bo'ladi). Matematik jihatdan ppm quyidagi nisbatlarga teng bo'ladi:

Yangilаndi: 20.01.2025 16:14
 

Ko'rinmas yov - IS GAZI

E-mail Chop etish PDF

Ko'rinmas yov - IS GAZI


Is gazi, yoki, uglerod monooksidi - CO bu - hidsiz, ta'msiz va rangsiz gaz bo'lib, yoqilg'ining to'liq yonmasligi natijasida hosil bo'ladi. Is gazi odamlar uchun ham va jonivorlar uchun ham zaharli hisoblanadi.

Is gazi organizmga nafas yo'llari orqali kirib keladi va kislorodning kirishini to'sib, organizm faoliyatini izdan chiqaradi. Organizmda kislorod yetishmovchiligi boshlangach, hammadan ham ko'ra ko'proq bosh miya, asab tizimi hamda, hamda yurak mushaklari bunga sezgirlik namoyon qiladi. Shu sababli ham, is gazidan zaharlangan odam vaziyatning nechog'lik xavfli ekanini o'zi yaxshi anglolmay qoladi. U o'ziga nimadir bo'layotganini bilib tursa ham, fikrini jamlay olmaydi, hushini yig'a olmasdan, dezorientatsiyaga yo'liqadi, hamda, o'zini-o'zi qutqarishga ojizlik qilib qoladi. Odam hatto uyg'oq paytda, es-hushi o'zida bo'lgan, bardam, tetik holatida ham is gazining zimdan ko'rsatayotgan ta'sirini payqashi qiyin bo'ladi. Uyqu paytida esa odam o'z organizmi is gazidan zaharlana boshlaganini umuman sezmay qolishi ham hech gap emas.

Is gazi paydo bo'ladigan joylar

Is gazi odatda yonishni ta'minlash uchun yetarli kislorod bo'lmagan holatlarda, ya'ni, yonilg'i chala yonganda ajralib chiqa boshlaydi. Bunday holat esa pechka o'rnatilgan xonalardagi mo'rilarning tiqilib to'lib qolishidan va ventilyatsiyaning nosozligidan yuzaga keladi. Ya'ni, mo'ri tiqilib qolgan bo'lsa va ventilyatsiya nosoz bo'lsa, ichkariga toza havo kirmaydigan xonada yoqilgan yoqilg'idan oddiy tutunga qo'shilib is gazi ham ko'p miqdorda ajralib chiqa boshlaydi. Mo'ri berkligi sababli, ushbu tutun va is gazi hech qayoqqa chiqib ketolmasdan, xona ichida to'plana boshlaydi va buning natijasida, o'z navbatida xonadagi kislorod miqdori yanada kamayib boradi. Oqibatda yonishni ta'minlab turgan kislorod miqdori yanada va yanada kamayib, chala yonish esa yana kuchayib boradi. Gaz qurilmalarida hosil bo'ladigan tutun gazlarining rangi va hidi bo'lmaydi. Shu sababli ham tutun gazlari va is gazi xonaga sizib chiqa boshlaganini sezmay qolishi mumkin. Qozonda ovqatning kuyib ketishidan ham is gazi yuzaga kelishi va zaharlanish sodir bo'lishi mumkin. Lekin, baribir odatda kishilarning is gazidan zaharlanishi kuzatilgan aksar holatlarda buning sababi nosoz pechka va mo'rilar, hamda, nosoz ventilyatsiya bo'lib chiqadi.

Yangilаndi: 20.01.2025 16:23
 

Zararkunanda dasturlar evolyutsiyasi

E-mail Chop etish PDF

Zararkunanda dasturlar evolyutsiyasi

Viruslar, chuvalchanglar, troyanlar va boshqa zararkunandalar haqida

Kompyuter viruslari tezkor evolyutsiyalanmoqda. Xavfsizlik texnologiyalari bilan o'tkir raqobat muhitida, viruslar ham o'z strategiyasini o'zgartirib, mukammallashib boryapti. Kompyuter viruslari tarixi qanday boshlangan edi va uning keyingi yo'nalishi qanday bo'ladi? Biz Orbita.Uz'da Sizga shu haqida hikoya qilishga jazm qildik.

Germaniya. Tez tibbiy yordam mashinasi Dyusseldorfdan qo'shni shaharcha - Vuppertalga shoshib uchib bormoqda. Og'ir ahvoldagi qariya bemorga zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatilishi lozim. Vrachlar jarrohlik amaliyotini boshlashadi, lekin allaqachon kech bo'lgan edi. Bemor ayol vafot etdi.

Bu hodisaning sababi - Dyusseldorf klinikasida kerakli tibbiy jihozlar yo'qligidan emas. Gap shundaki, bu voqeadan bir kun avval amalga oshirilgan xakerlar hujumi oqibatida, 30 ta server qatorida Dyusseldorf shahar klinikasida ham axborot tarmog'i ishdan chiqqan edi va kasalxonaning barcha axborot tarmoqlari ikki hafta muddatga ishdan to'xtab qolgandi. Natijada, ushbu kasalaxonada qilinishi rejalashtirilgan operatsiyalarni boshqa klinikalarga ko'chirishga to'g'ri kelgan, bemorlarni qabul qilish to'xtatilgan va umuman, kasalxona o'z funksiyalarini bajara olmay qolgan.

Xakerlar hujum obyektini noto'g'ri tanlashgan edi va keyinchalik, o'z xatolarini tushungan holda, serverlardagi ma'lumotlarni tiklash kalitini ham o'zlari taqdim etishgan. Lekin allaqachon kech bo'lgandi. Shu tariqa, 2020-yilda, tarixda birinchi marta, kiberhujum natijasida odamning vafot etishi hodisasi ro'y berdi.

Yangilаndi: 20.01.2025 16:33
 

Chigirtka va tub sonlar

E-mail Chop etish PDF

Chigirtka va tub sonlar

Shu kunlarda sayyoramizdagi eng g'aroyib va sirli-jumboqli davriy biologik fenomenlardan biri - Shimoliy Amerikada magicicada sikada chigirtkalarining 17 yilda bir chiqadigan turining yer sirtiga chiqish hodisasi kuzatilmoqda. Bu tur chigirtkani odamlar faqat har 17 yilda ko'radilar xolos. Ular har 17 yilda, aprel-may oylarida, yuzadan 20 sm pastdagi tuproq qatlamining harorati 17 °C ga yetganda tuproqdan yoppasiga ko'tarilib, tashqariga chiqa boshlaydi va yaqin oradagi daraxtlarni ishg'ol qilib, quloqni qomatga keltiruvchi shovqin chiqaradi. Avvalgi safar bu chigirtkalar 2004 yilda yuzaga chiqqan edi. Bu safargi sikadalar chiqishi 17-maydan e'tiboran kuzatila boshlangan. Entomologlar uchun ayni kutilgan damlar keldi!

Yangilаndi: 20.01.2025 16:36
 

Noyob Yer gipotezasi

E-mail Chop etish PDF

Noyob Yer gipotezasi

Biz Koinotdagi yagona ongli hayot vakili bo'lsak kerak...

Yerdagi hayot bir necha muhim va nozik omillarning o'ta muvaffaqiyatli uyg'unligi, xuddi, favqulodda omadli baxtli tasodif singari moslik natijasida vujudga kelgan. Masalan, Oyning mavjudligi ham beqiyos o'ringa ega - deyiladi "Noyob Yer" gipotezasiga ko'ra.

Noyob Yer gipotezasiga qarama-qarshi gipoteza «xashaki Yer gipotezasi» deyiladi. Unga ko'ra, Yer Koinotdagi eng oddiy (xashaki) bir o'rtamiyona sayyora bo'lib, unga alohida maqom va tus berish kerak emas deyiladi. Ushbu ikki nazariyaning oltin o'rtaligini ko'zlovchi boshqa ilmiy dalillarning esa sanog'i yo'q. Demak, biz yoki o'ta noyob hayot shaklimiz va yoki, biz singari hayot shakli Koinot bo'ylab istalgancha topiladi va shu sababli, biz singari hayot shakli o'ta xashaki, oddiy hayot shakli xolos.

Yangilаndi: 20.01.2025 16:37
 

Yer - yaxlit tirik organizm g'oyasi

E-mail Chop etish PDF

Yer - yaxlit tirik organizm g'oyasi

Bizning sayyoramiz qandaydir qattiq jinslar va metallar uyumidan hosil bo'lgan inert massa emas, balki, ulkan hajmli yaxlit tirik organizm bo'lishi mumkinmi?

Lavlok «Margarita olami» nomli matematik model barpo qilgan. Uning asosida, Lavlok va uning tarafdorlari aytishicha, Yerdagi tirik organizmlar uyg'unligi natijasida, sayyora bilan qayta aloqa mexanizmi shakllanar emish. Margarita olamida «qora» (yorug'likni yutuvchi) va «oq» (yorug'likni akslantiruvchi) «margaritkalar» yashar emish. Ushbu ikki tur margaritkalar tomonidan Quyosh nurlari energiyasining turlicha o'zlashtirilishi natijasida, ular orasida raqobat yuzaga kelib, natijada, populyatsiya balansida bu narsa o'z ta'sirini ko'rsatgan va mo'tadil harorat barqaror bo'lishi uchun, ular muayyan o'sish templariga rioya qilishga majbur bo'lishgan emish.

Yangilаndi: 20.01.2025 16:39
 

22-aprel Ona Yer kuni

E-mail Chop etish PDF

22-aprel Ona Yer kuni

Deyarli hamma xalqlar zaminni «Ona Yer» deb ataydi. Hatto qadimgi Rimliklar ham sayyoramizni aynan shu ma'noda «Tellus Mater» deb aytishgan. Bu esa, shubhasiz, insoniyat va ona zamin bir-biri bilan uzviy bog'liq ekanini, odamzot va Yer - ajralmas ekanini ifodasi deyish mumkin. Hatto muqaddas dinimizda ham, odam tuproqdan yaralgani ta'kidlanadi va u oxir-oqibatda yana tuproqqa qaytadi...

 

Avvallari Yer kuni ko'plab mamlakatlarda bahorgi tengkunlik sanasida (21-mart) nishonlar edi. 1970-yildan e'tiboran esa, ushbu sana 22-aprelda nishonlanadigan bo'lgan. O'shanda AQSh parlamenti senatori Geylord Nelson boshchiligida, Garvardlik bir necha faol talaba yoshlar ishtirokida, dastlabki Yer Kuni askiyasi o'tkazilgan edi. 1971-yildan e'tiboran esa, ushbu senator tashabbusi bilan, AQShda mazkur sana bayram sifatida har yili nishonlanadigan bo'ldi va u mamlakat aholisi orasida tezkor ommalashdi. Keyinchalik, ushbu sana boshqa mamlakatlarda ham, norasmiy bo'lsa-da, bayram sifatida e'tirof etila boshlagan.

Yangilаndi: 20.01.2025 16:40
 

Aldamchi kimyo

E-mail Chop etish PDF

Aldamchi kimyo

Kimyo fanida ba'zan qiziq va murakkab, uzundan-uzoq atamalar, terminlar va nomlar uchrab turadi. O'zi aniq fan bo'lgani uchun, biz kimyoga oid terminlar ham doim aniq va lo'nda bo'lishi kerak degan qarashga egamiz. Lekin, ushbu fanga oid shunday g'alati, ta'bir joiz bo'lsa, «aldamchi» terminlar ham mavjud bo'lib, ularga duch kelganda, nafaqat fandan yiroq bo'lgan diletantlar, balki, soha mutaxassislarining o'zlari ham yanglishib, adashib qolishlari hech gap emas. Shu sababli ham, bunday terminlar va nomlarni «aldamchilar» deyilsa, aslo mubolag'a bo'lmaydi.

Yangilаndi: 20.01.2025 16:43
 

Oltin nisbat

E-mail Chop etish PDF

Oltin nisbat

Leonardo da Vinchining yaqin do'sti bo'lgan italyan matematigi Luka Pacholi (1445-1517) o'zining Divina Proportione deb nomlangan risolasini chop etgan edi. Bu risola nomini «Ilohiy proporsiya» deb tarjima qilish mumkin. Unda hozirda oltin kesma deb nomlanadigan va ko'pchilikka yaxshi tanish bo'lgan nisbat haqida so'z boradi. Yunon alifbosidagi φ harfi bilan belgilanadigan mazkur oltin nisbat matematikada va tabiatda ham juda hayratlanarli darajada ko'p uchraydi. Oltin nisbatni tasavvur qilishning eng oson usuli bu - shunday kesmani ko'z oldiga keltirish kerakki, uni ikki qismga shunday tarzda bo'linadiki, bunda, kesmaning to'liq uzunligining uning katta bo'lagiga nisbati, ushbu katta bo'lakning kichik bo'lakka nisbatiga teng bo'ladi. Ya'ni, buni (a+b)/b=b/a ifoda orqali bayon qilish mumkin. Va bu nisbat doim 1,61803... qiymatga teng chiqadi.

Yangilаndi: 21.01.2025 07:42
 

Genlar dreyfi

E-mail Chop etish PDF

Genlar dreyfi

Populyatsiyadagi genlar chastotasi tasodifiy omillar ta'sirida o'zgarib turishi mumkin

Xardi-Vaynberg qonuniga ko'ra, nazariy jihatdan, muayyan ideal populyatsiyada genlar taqsimoti avloddan-avlodga o'tishlarning barchasida doimiy bir xillikni saqlaydi. Masalan, o'simliklardagi baland bo'yni ta'minlovchi genga ega «nabiralar» soni, xuddi shu genga egalik qiluvchi ota-onalar soni bilan teng bo'lishi lozim. Lekin, amalda, real populyatsiyalarda hammasi ancha boshqacha. Tasodifiy hodisalar tufayli, avloddan-avlodga o'tishlardagi gen taqsimoti chastotasi o'zgarib turadi va bu hodisani fanda genlar dreyfi deyiladi.

Yangilаndi: 21.01.2025 07:43
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 55 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12152256

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov