Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Borromeo halqasi

E-mail Chop etish PDF

Borromeo halqasi

Borromeo halqasi bu – o‘zaro kesishuvchi obyektlarning bir vaqtning o‘zida ham sodda va ham qiziq to‘plami bo‘lib, u matematiklar va kimyogarlar uchun ahamiyatli qiziq obyektdir. Bu nomning o‘zi Uyg‘onish davrida Italiyada katta obro‘ga ega bo‘lgan nufuzli xonadon sharafiga nomlangan bo‘lib, Borromeolar shajarasi ramzida aynan shunday uchta o‘zaro kesishuvchi halqa tasvirlangan bo‘lgan.

Borromeo halqasining qiziq jihati shundaki, uning hech qaysi biri juft halqa bilan (ya'ni, har ikki tomondan) ulangan emas va shu sababli, uchta halqadan istalgan birini yechilsa, qolgan ikkitasi ham albatta chiqib ketadi. Tarixchilarning fikricha, uch halqadan iborat mazkur naqshdagi halqalarning har biri uchta shajarani – Viskonti, Sforza, hamda, Borromeolar shajarasining ramzlari bo‘lgan. Bu oilalar o‘zaro qiz olib qiz berish orqali, qarindosh-urug‘chilikni yo‘lga qo‘ygan va o‘zaro ittifoq tuzgan bo‘lgan. Shunga o‘xshash halqalardan tuzilgan naqshni shuningdek Florensiyadagi San-Pankratso cherkovi devoridagi 1467-yilga oid tasvirlarda ham uchratish mumkin. Undan tashqari, bu naqshning yanada qadimiyroq nusxasini vikinglardan qolgan 834-yilga oid yodgorlikdan ham topilgan.

Yangilаndi: 21.08.2019 08:44
 

Geya gipotezasi

E-mail Chop etish PDF

Geya gipotezasi

Yer – yaxlit tirik organizm o‘laroq namoyon bo‘ladi

Geya – yunon ma’budasining ismi bo‘lib, u Borliqni xaosdan xalos qilib tartib va muvozanatga keltirgan emish. Geya gipotezasini Angliyalik fizik Jeyms Lavlok ilgari surgan bo‘lib, u 1960-yillarda NASAda ishlagan va ushbu g‘alati g‘oyani ham o‘sha yillarda o‘ylab topgan. 60-yillarda odamzot kosmosni o‘zlashtirishni endi-endi boshlagan edi va ko‘pchilik, tez orada Quyosh sistemasida hayot alomatlarining aniqlanishini kutayotgandi. Shunday bir sharoitda, Lavlok Yer atmosferasi va boshqa sayyoralarning atmosferasini o‘zaro taqqoslab ko‘rib, hayot nishonasi yo‘q bo‘lgan boshqa hamma sayyoralardan farqli o‘laroq, bizning Yerimizning o‘zi go‘yoki ulkan yaxlit tirik organizm ekani haqidagi fikrlarni o‘rtaga tashlay boshladi. O‘shanda u «Yer – shunchaki yashash joyimiz emas. U tirik organizmdir va biz uning bir qismimiz» degandi.

Yangilаndi: 20.08.2019 16:40
 

Gaz chang buluti gipotezasi

E-mail Chop etish PDF

Gaz chang buluti gipotezasi

Quyosh sistemasi gaz va changdan iborat quyuq bulutdan hosil bo‘lgan

Quyosh tizimi qanday hosil bo‘lgani haqida fikr yurituvchi gipotezalar kosmogoniya sohasiga taalluqlidir. Kosmogoniya – nazariy astronomiyaning eng qadimgi bo‘limlaridan biri bo‘lib, u aynan Quyosh sistemasining paydo bo‘lishi va shakllanish evolyutsiyasiga oid turli gipoteza va nazariyalarni o‘zida jamlaydi.

Shunday gipotezalardan eng birinchisini nemis faylasufi Immanuil Kant (1724-1804) ilgari surgan edi va u asosan mantiqiy mulohazalarga tayangan holda, birmuncha jo‘n modelni taklif qilgan. Shunga ko‘ra, Quyosh sistemasining shakllanishiga oid dastlabki haqiqiy ilmiy gipotezani farang olimi Pyer Simon Laplas tomonidan taklif etilgan deb olinadi. Aynan Laplas, Nyutonning butun olam tortishish qonuni doirasida Quyosh sistemasidagi sayyoralarning harakat mexanizmlarini asoslab bergan.

Yangilаndi: 19.08.2019 14:17
 

Ervin Shryodinger

E-mail Chop etish PDF

Ervin Shryodinger

(1887-1961)

XX-asrning eng buyuk fizik olimlaridan biri, Ervin Shryodinger 1887-yilning 12-avgustida Venada tug‘ilgan. Uning otasi Rudolf Shryodinger kleyonka ishlab chiqaradigan fabrikaning xo‘jayini bo‘lgan. Badavlat oila boshlig‘i bo‘lgan Rudolf Shryodinger, shuningdek, mohir rassom, hamda, botanika fanining o‘z mamlakatida ko‘zga ko‘ringan bilimdoni hisoblangan. Ervin Shryodinger esa oilada yagona farzand bo‘lgan. Boshlang‘ich ta’limni ham Ervinga otasi Rudolfning o‘zi bergan. O‘qishni, yozishni va arifmetikani otasidan o‘rgangan Ervin, u haqida doim «charchoqni bilmaydigan ustoz va do‘st» deb ta’rif berar edi. Haqiqatan ham, otasi yosh bolakay og‘li Ervinning har qanday savollariga erinmay, batafsil va tushunarli qilib javob berishi, uning yanada va yana savolga ko‘mib tashlashiga nisbatan sabr-toqat bilan o‘rgatishda davom etishi tufayli, Shryodinger yoshligidayoq mukammal ensiklopedik bilimga ega shaxsga aylanishida katta xizmat qilgan.

Yangilаndi: 12.08.2019 14:39
 

Berilliy

E-mail Chop etish PDF

Berilliy

Berilliy – atom raqami 4 bo‘lgan, ikkinchi davrning ikkinchi guruhiga mansub element. Formulasi Be. Oddiy modda shaklidagi berilliy yorqin kulrangda bo‘lib, o‘rtacha qattiqlikdagi, kuchli toksik metall bo‘ladi.

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.

Berilliyni 1798-yilda fransuz kimyogari Lui Nikola Voklen (1763-1829) kashf qilgan. O‘sha paytda, kashshofning o‘zi ushbu elementga «glyutsiniy» deb nom bergan edi. «Berilliy» nomini esa keyinchalik, nemis kimyogari Martin Genrix Klaport (1743-1817) tomonidan berilgan va ommalashtirilgan. Uni sof holda ajratib olishni ilk bora 1828-yilda fransuz kimyogari Antuan Byussi (1794-1882) tomonidan uddalangan. Shuningdek, o‘sha yilning o‘zida, Byussidan mustaqil ravishda, nemis kimyogari Fridrix Vyoler (1800-1882) ham berilliyni sof holda ajratib olgan. Sof metall holidagi berilliyni esa birinchi marta 1898-yilda elektroliz usuli bilan, Pol Lebo ismli fransuz fizigi ajratib olgan.

Yangilаndi: 02.08.2019 14:33
 

Stoks

E-mail Chop etish PDF

Stoks

Stoks – fizikada va asosan sanoatda qo‘llaniladigan kinematik qovushqoqlik birligidir. O‘zbekcha va xalqaro belgilanishi St (кирилл алифбосида Ст). Birlik nomi ingliz olimi ser Gabriel Jorj Stoks sharafiga qo‘yilgan. Stoks birligi amaldagi Xalqaro Birliklar Tizimi (SI) ga kirmaydi; u muomaladan chiqarilgan SGS tizimi birligidir. Xalqaro metrologiya qonunchiligi tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, stoks birligini milliy qoidalarga asosan, muayyan xos sohalarda qo‘llashga ruxsat etiladi.

Yangilаndi: 30.07.2019 08:53
 

Plimpton 322

E-mail Chop etish PDF

Plimpton 322

«Plimpton 322» bu – qadimgi Bobil madaniyatiga taalluqli bo‘lgan sirli bir sopol bo‘lagining nomidir. Unda 4 ta qator va 15 ustundan iborat jadvalga o‘yib yozilgan sonlar aks ettirilgan. Uni ayrim matematiklar jahondagi eng mashhur va muhim artefaktlardan biri deb baholaydilar. Jadvalda a2+b2=c2 shartga mos keladigan butun sonlar ketma-ketligi, ya’ni, Pifagor sonlarining ro‘yxati berilgan bo‘lib, tahlillarga ko‘ra, mazkur sopol bo‘lagi taxminan eramizdan avvalgi 1800-yillarga tegishli bo‘lishi mumkin ekan. Dastlabki uchta ustunda 3,4,5 singari Pifagor sonlari keltirilgan bo‘lib, to‘rtinchi ustun esa shunchaki satr raqamini ifodalaydi. Mazkur jadvalni qadimgi Bobilliklar nima maqsadda ishlatishgani ma’lum emas. Lekin, ba’zi tarixchilar, uning algebraik yoki trigonometrik masalalarni yechishda qo‘llanilgan tayyor yechimlar ro‘yxati sifatida ishlatilgan bo‘lsa kerak deb taxmin qilishadi.

Yangilаndi: 29.07.2019 09:49
 

Relikt nurlanish

E-mail Chop etish PDF

Relikt nurlanish

Relikt nurlanish nurlanishning yana boshqacha bir nomlanishi – mikroto‘lqinli kosmik fon nurlanishi ham deyiladi. Ushbu nurlanishlar butun Koinotni to‘ldirib turadi. Relikt nurlanish bundan 13,7 milliard yil muqaddam sodir bo‘lgan va hozirgi biz bilgan Koinotning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan Ulkan portlashning o‘ta kuchsizlangan, sezilar-sezilmas aks-sadosi hisoblanadi. Koinot yaralgan dastlabki lahzada yuzaga kelgan favqulodda ulkan miqdordagi energiya tashuvchi gamma va rentgen nurlari diapazonidagi elektromagnit nurlanishlarni tashuvchi yuqori energiyali fotonlarning to‘lqin uzunligi vaqt o‘tishi bilan juda ham kattalashib ketdi va hozirga kelib, ushbu to‘lqinlar uzunligi past energiyali mikroto‘lqinlar diapazoniga o‘tib ketgan.

Yangilаndi: 08.07.2019 12:08
 

Kilogramm ta'rifi o‘zgardi. Xo‘sh, innankeyinchi?

E-mail Chop etish PDF

Kilogramm ta'rifi o‘zgardi.

Xo‘sh, innankeyinchi?

2019-yil 20-maydan e’tiboran SI tizimining yetti asosiy birliklaridan biri - kilogrammning qoidasi o‘zgardi. Aniqrog‘i, u murakkablashdi. Endilikda, kilogramm inson qo‘li bilan yasalgan qandaydir bir material obyektga bog‘liq emas. Aksincha, u ham, SI ning boshqa asosiy birliklari singari, fundamental tabiat qonunlari asosida qayta ta’riflandi. Yangi ta’rif aynan 20-maydan kuchga kirishi ham bejiz emas. Chunki, bu sana butunjahon metrologlar kuni sifatida nishonlanadi. Qarorni esa, O‘TXQ 2018-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan XXVI Bosh konferensiyasida qabul qilgan ekan.

Yangilаndi: 24.05.2019 09:50
 

Mariya Gaetana Anyezi

E-mail Chop etish PDF

Mariya Gaetana Anyezi

Mariya Gaetana Anyezining tarjimai-holi haqida gap ketganda, hashamat va nasl-nasab bilan bog‘liq jumlalarda birmuncha holi, oddiy shahar ayoli timsoli namoyon bo‘ladi. U Milanda tug‘ilib o‘sdi va butun umr o‘sha shaharning o‘zida yashab o‘tdi. Mariya Gaetana o‘ziga tinch, lekin juda kamtarona hayot kechirgan. Uning qalamiga mansub ajoyib ilmiy asarlar haqida bilmagan odam uchun, Mariya Gaetana Anyezi ham boshqa oddiy Milanlik uy bekalaridan biri sifatida nomi yodda ham qolmagan bo‘lardi balki. Lekin bu ayolning o‘tkir zehni va ajoyib matematik qobiliyati tufayli dunyoga kelgan asarlari, olima haqida asrlar osha bizgacha hikoya qilib kelmoqda.

Yangilаndi: 23.05.2019 12:12
 


Maqolaning 8 sahifasi, jami 55 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
ekodunyo.uz
O'simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12074129

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)