Kvant tunnellash
Kvant tunnellash
Tasavvur qiling, siz kichkina koptokchani xonangiz devoriga otib, uni devorga urilib qaytishida yana tutib olib, o‘ynamoqdasiz. Albatta, har safar koptokchani devorga otganingizda u devorga borib urilib qaytadi. Chunki, u devor orqali qo‘shni xonaga o‘tib ketishi uchun yetarli energiyaga ega emas.
Biroq, kvant mexanikasi qonunlariga ko‘ra, koptokcha ehtimoliylikning uyqash to‘lqinlari sifatida tasavvur qilinadi va kvant fizikasiga ko‘ra, koptokchada devor orqali qo‘shni xonaga o‘tib ketish uchun juda oz bo‘lsa-da, harholda imkoniyat bor. Geyzenbergning noaniqliklar nisbatlari tamoyilini energiyaga tadbiq qilish qoidalariga asosan, koptokni tashkil qiluvchi zarrachalar devorni tashkil qiluvchi zarrachalar orqali tunneldan o‘tgandek o‘tib ketishi ehtimoldan holi emas. Ushbu nisbatga ko‘ra, zarracha muayyan vaqt momentida muayyan energiya miqdoriga ega bo‘ladi deb aniq aytishning iloji yo‘q. o‘ta kichik vaqt birliklari miqyosida, zarracha energiyasi sezilarli darajada fluktuatsiyalanishi mumkin va natijada, u devor to‘sig‘ini yengib o‘tish uchun yetarli qiymatga ega bo‘lib qolishi mumkin.
Yangilаndi: 01.12.2018 10:46
Yer o'qining og'ish burchagi hamda Gomerning "Odisseya"si
Yer o'qining og'ish burchagi hamda Gomerning "Odisseya"si
Qadimgi yunon shoiri Gomerning ikkita eng mashhur asari bor. Birinchisi - "Iliada" dostoni bo'lsa, ikkinchisi Iliada dostonidir. Ushbu asarlarning ikkalasi ham qahramonlik eposi bo'lib, asarlar yunon mifologiyasi asosida yaratilgan, Iliada va Odisseya shunchaki she'rlar, hikoya yoki, rivoyatlar to'plamigina emas, balki, real tarixiy voqealarni ham bayon etganligi bilan muhim. Shu jihatdan, mazkur asarlar qadimgi dunyo tarixini o'rganishda ham muhim yozma manba bo'lib xizmat qilgan. Xususan, mashhur Troya voqeasi aynan "Iliada" dostonida keltirib o'tiladi. "Odisseya" esa bosh qahramon - Odisseyning jahongashta sarguzashtlarini, hamda, uni sabr bilan kutgan rafiqasi - Penelopaning sadoqatini madh etuvchi dostondir. Qisqasini aytganda, Iliada va Odisseya - umumjahon madaniyatining nodir namunalari hisoblanadi va butun bashariyat mulki sifatida e'tirof etiladi. Gomer asarlarini o'zbek tiliga Mirtemir domla, hamda, Qodir Mirmuhamedovlar tomonidan tarjima qilingan.
Yangilаndi: 22.01.2025 13:41
Ummonli dunyolar
Ummonli dunyolar
Ona sayyoramiz - Yerda okeanlarning o'rni beqiyos. Okeanlar hayotning shakllanishida muhim o'rin tutgan. Yerdan boshqa samoviy jismlarda ham okeanlar bormikan? Agar bo'lsa, o'sha okeanlarda ham hayot mavjud bo'lishi mumkinmi? Hozirda olimlar shu savollar yuzasidan izlanishlar olib borishmoqda. Hozirda Quyosh tizimidagi ayrim mitti sayyoralarda va tabiiy yo'ldoshlarda ummonlar borligini aniq bilamiz. Shuningdek, ayrim osmon jismlarida ham okean mavjudligi haqida taxminlarga egamiz. Ular haqida yaqinroq va to'liqroq bilish uchun esa, mazkur osmon jismlari tomon kosmik apparatlar uchirilgan.
Keling, Quyosh tizimidagi yirik osmon jismlarida mavjud okeanlar haqida infografika usulida tanishib chiqamiz. Osmon jismida okean mavjudligi, unda hayot nishonasini izlashga eng asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Shu sababli ham, okeanga ega osmon jismlari, hayot uchun sharoitga ega deb taxmin qilish uchun eng asosiy da'vogar bo'lishadi.
Yangilаndi: 05.02.2025 11:50
Alyuminiy
Alyuminiy
Alyuminiy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning III davr IIIA guruh elementi. Atom raqami 13. Al (lotincha Aluminium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Alyuminiy yengil metallar turkumiga mansub bo‘lib, metallar ichida eng keng tarqalgan metall sanaladi. Yerda tarqalganligi bo‘yicha alyuminiy kimyoviy elementlar ichida 3-o‘rinni egallaydi (kislorod va kremniydan keyin).
Oddiy modda shaklidagi alyuminiy - kumush rangiga ega, yengil, paramagnitik metall bo‘lib, uni quyush, qayta ishlash va umuman mexanik ishlov berish oson. Alyuminiy issiqlik o‘tkazuvchanlik va elektr o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra eng yaxshi metallardan biridir. Sirtida juda tezkorlik bilan mustahkam yupqa oksid qatlami hosil qilish xossasi tufayli, alyuminiy metali zanglashga nisbatan yuqori bardoshlilikka ega bo‘ladi.
Yangilаndi: 23.11.2018 13:26
Tashqi bilyardlar
Tashqi bilyardlar
Tashqi bilyardlar konsepsiyasi 1950-yillarda Britaniyalik matematik Bernxard Neyman tomonidan ishlab chiqilgan. AQSHlik matematik Yurgen Mozer esa 1970-yillarda tashqi bilyardlar nazariyasini ajoyib tarzda ta'riflab berdi va uni sayyoralar harakatining soddalashtirilgan modeli tarzida talqin qildi. Tashqi bilyardlar nazariyasi uchun tajriba sifatida ko'pburchak chizib olamiz. x0 nuqtani esa ushbu ko'pburchakdan tashqari o'rnatamiz. Ushbu nuqta biz uchun bilyard sharini urish nuqtasi bo'lib xizmat qiladi. Sharni ko'pburchak tomonga urib yuborsak u to'g'ri chiziq bo'ylab harakatlanib, uchlaridan biriga borib uriladi va unga teginib, yangi nuqta, ya'ni, x1 tomonga yo'naladi. Ko'pburchakning shar kelib urilgan uchi esa x0 va x1 nuqtalar orasidagi kesmaning o'rtasi bo'ladi. Soat strelkasi bo'ylab harakatlanib, yuqoridagi ishni ko'pburchakning hamma uchlari bilan takrorlab chiqamiz.
Yangilаndi: 20.02.2025 10:25
Issiqlik almashinishi
Issiqlik almashinishi
Issiqlik konveksiya, nurlanish hamda issiqlik o'tkazuvchanlik vositasida uzatilishi mumkin.
Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni uqtirish berishicha, issiqlik doimo harorat yuqoriroq jismdan harorati pastroq jismga tomon uzatiladi. Biroq, qonunda issiqlik uzatilish mexanizmlari haqida lom-mim deyilmagan. Holbuki, issiqlik uzatilish jarayonlarining mohiyatini yaxshi bilish va ulardan foydali ish chiqara olish - muhandislik fizikasi nuqtai nazaridan nihoyatda muhim masaladir. Shu sababli ham, issiqlik almashinish jarayonlariga oid tafsilotlarni o'rganish - amaliy fan sohalari bilan shug'ullanuvchi olimlar va muhandislar oldidagi eng dolzarb muammolardan biri bo'lib kelgan. Yuqorida ham ta'kidlanganidek, hozirda olimlar issiqlik almashinuv jarayonlarining uch xilini farqlab olishgan va ularning har birining zamirida o'ziga xos noyob fizik jarayon yotadi.
Yangilаndi: 13.02.2025 16:02
Joul-Tomson effekti
Joul-Tomson effekti
Ideal gazning U ichki energiyasi, uning molekulalari harakatining kinetik energiyasidan iborat; bu energiya berilgan gazning hajmiga ham, bosimiga ham bog'liq bo'lmay, faqat uning T harorati bilan aniqlanadi; bir mol ideal gaz uchun U=Ek=CvT, bunda Cv - o'zgarmas hajmdagi molyar issiqlik sig'imidir.
Real gazda molekulalar orasidagi o'zaro ta'sir kuchlari katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rib o'tgan edik. Shuning uchun real gazning ichki energiyasi uning molekulalari harakatining kinetik energiyasi bilan molekulalarning o'zaro ta'sir potensial energiyasi yig'indisidan iborat bo'ladi:

Yangilаndi: 13.02.2025 16:03
Telegraf
Telegraf
To XIX-asr o'rtalarigacha bir-birida uzoq shaharlarda va qit'alarda yashovchi odamlar orasida xat-xabar almashinishning yagona vositasi oddiy qog'oz maktublar bo'lgan. Qit'alararo xat tashish paroxodlar orqali amalga oshirilgan. Bunda jo'natuvchi yuborgan xat manzilga yetib borguncha haftalab va b'zan bir oylab vaqt o'tgan. Masalan, Yevropada yuz bergan biror muhim xabar haqida Amerikada faqat ikki hafta o'tib boxabar bo'lishgan. Qit'a ichkarisida esa, xat-xabar almashinuvi choparlar va poyezd orqali yo'lga qo'yilgan edi. Bu ham paroxodda pochta tashishdan unchalik ham tez emasdi. Xullas, insoniyat qandaydir tezkor, iloji boricha tez xabar almashinish vositasiga katta ehtiyoj sezardi. Biroq, elektr tokini inson xizmati uchun bo'ysundirilib, undan xat-xabar almashinishda, ya'ni, telegraf sifatida foydalanishga o'tilmagunicha, odamlar baribir oddiy qog'oz pochtadan yaxshiroq variant topa olishmadi. Telegraf ixtiro qilingach esa, bir-birida boshqa qit'alarda yashovchi odamlar ham bir necha daqiqalar ichida zarur xabarni olish imkoniga ega bo'ldilar.
Yangilаndi: 23.01.2025 07:47
Yulduzlarning tasniflanishi
Yulduzlarning tasniflanishi
XX-asr boshiga kelib, astronomlar yulduzlarni faqat joylashuvi va yorqinligiga qarab emas, balki, yana boshqa ko'plab parametrlariga ko'ra taqqoslash va farqlashni o'rganib olgan edilar. Sababi, bu paytga kelib, yulduzlar haqidagi bilimlar ancha kengayib, to'plangan ma'lumotlar ham anchayin salmoqli bo'lib qolgandi. Chunonchi, Uilyam Gershel zamonasidan beri, yulduzlar kattaligini birinchidan oltinchigacha bo'lgan shkala asosida tasniflash yo'lga qo'yilgan bo'lib, bunda, eng yorqin yulduzlarga birinchi kattalik, sal xiraroqlariga ikkinchi kattalik, undan xiralariga uchinchi kattalik berilgan. Shu tarzda, eng xira, arang ko'rinadigan yulduzlar oltinchi kattalikka tasniflangan. Gershel oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan yulduzlarni yettinchi kattalikka biriktirgan va ularni faqat kuchli teleskoplar bilan ko'rish mumkinligini ta'kidlagan.
Yangilаndi: 06.02.2025 07:46
|
|