Oqsoqol pensiyaga chiqmoqda: kilogrammning yangi etaloni
Oqsoqol pensiyaga chiqmoqda: kilogrammning yangi etaloni
Rasmda - kilogrammning ikkita etaloni namoyish qilingan.
Chap tarafdagi etalon - havosi so'rib olingan ikki qavat shisha qopqoq ostidagi yarqiroq metall silindr - platina-iridiy qotishmasidan tayyorlangan bo'lib, u xalqaro etalon sifatida olis -1879 yilda tasdiqlangan. U hozirda ham butun dunyo bo'ylab barcha turdagi massa, og'irlik va vazn o'lchovlari uchun boshlang'ich etalon bo'lib xizmat qilmoqda. Mazkur etalon Parij yaqinidagi o'lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasining maxsus binosida, kuchli nazorat ostida saqlanadi.
Yangilаndi: 30.01.2025 08:28
"Molekulyar yaproq": Sof energiya manbai bo'lishi mumkin bo'lgan molekula sintez qilindi
"Molekulyar yaproq": Sof energiya manbai bo'lishi mumkin bo'lgan molekula sintez qilindi
Sezyapsizmi, sayyoramizda iqlim o'zgarishlari tobora yaqqol namoyon bo'lib bormoqda. Bu esa, olimlarni butun sayyora iqlimi va biosferasi uchun xavfsiz bo'lgan sof energiya manbalarini ishlab chiqish masalasi ustida bosh qotirishga majbur qilmoqda. Albatta, bu yo'nalishdagi ayrim amaliy ilmiy-texnik yutuqlar haqida siz allaqachon yaxshi bilasiz. Zero, bugungi kunda shamol parraklari, quyosh panellari kabi energiya manbalari bilan hech kimni hayron qoldirib bo'lmaydi. Lekin, sof energiya manbalari haqida gap ketganda, kam tilga olinadigan va keng ommaga deyarli oshkor qilinmagan bir yo'nalish borki, yaqin istiqbolda aynan ushbu yo'nalish toza va arzon energiya manbasi sifatida inqilobiy burilish yasashi mumkin.
Biz aytmoqchi bo'lgan muqobil, sof arzon energiya manbasi "molekulyar yaproq" deb nomlanadi. Olimlarning g'oyasiga ko'ra, ushbu "yaproq" tabiatdagi eng asosiy energiya o'zgartirgichi bo'lmish - fotosintez jarayonini sun'iy takrorlashi kerak. Qisqa qilib aytganda, olimlar fotosintez jarayonini sun'iy yo'l bilan amalga oshiradigan moddalarni va materiallarni ixtiro qilishmoqchi. Ya'ni, bu sun'iy yaproq bo'ladi desak aslo yanglishmaymiz. Faqat uning tashqi ko'rinishi biz bilgan oddiy yaproq va barglarni aynan takrorlashiga kafolat yo'q.
Yangilаndi: 29.01.2025 09:38
Kopernikiy
Kopernikiy

Kopernikiy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VII-davr IIB-guruh elementi. Atom raqami 285. Cn (lotincha Copernicium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. IUPAC ushbu nomni tasdiqlashidan avvalroq mazkur elementni ununbiy deb ham nomlangan (aynan tarjimasi "bir yuz o‘n ikkinchi" - degani).
Kopernikiy - sun'iy olingan element bo‘lib, tabiatda uchramaydi. U simob, kadmiy va rux bilan bir guruhdan joy olgani bois, xossalari ham o‘xshash bo‘lsa kerak deb ilmiy taxmin yuritiladi.
Aniqlangan izotoplari ichida nisbatan barqarori 285Cn ning yadrosida 112 ta proton va 173 ta neytronlar mavjud bo‘ladi va uning yarim yemirilish davri taxminan 29 soniyani tashkil qiladi. Nuklidining atom massasi 285,177(4) m.a.b. ni tashkil qiladi.
Yangilаndi: 09.02.2019 10:17
Qora materiya
Qora materiya
Koinotni tashkil qiluvchi materiyaning katta qismini biz ko'ra olmaymiz. 1932-yilda astrofizik olim Yan Oort galaktikamiz - Somon Yo'lining o'zida mavjud va kuzatish mumkin bo'lgan moddalari miqdoriga mos bo'lmagan tarzda, juda shiddat bilan aylanayotganini aniqladi. Ko'p o'tmay, yana bir astrofizik Frits Svikki shunga o'xshash effektni boshqa galaktikalar harakatida ham kuzatdi va ushbu, ko'zga ko'rinmas materiyani dunkle materie deb nomladi. Avvallari ushbu terminni "yashirin massa" deb tarjima qilinar edi. Lekin, yaqin-yaqindan beri endi ilm-fan kishilari uni "qora materiya" deb nomlashmoqda.
Yangilаndi: 14.02.2025 10:47
Har safar galaktika bo'ylab...
Har safar galaktika bo'ylab...
(Ayzek Azimovdan tarjima)
Bir necha yil avval qo'shni mahalladagi maktab binosida yong'in sodir bo'lgan edi. Lo'ndasini aytganda, u yerda olov deyarli bo'lmadi. Aksincha, xonalar va yerto'lani buruqsigan tutun qopladi xolos. Ushbu ko'ngilsiz hodisa yuz bergan paytda maktabda allaqachon darslar tugagan edi va shu sababli, xayriyatki, hech kim jabr ko'rmadi.
Shunga qaramay, yong'in kattalashib, kuchayib ketishini oldini olish uchun, xodimlar baribir o't o'chirish bo'limiga qo'ng'iroq qilishgan edi. Ko'chada birinchi o't o'chirish mashinasi paydo bo'lishi bilan, ko'p o'tmay atrofda tumonat tekin tomosha ishqibozlari to'planib ketdi. Tomosha uchun to'planib olgan olomonga qarab shunday taassurot uyg'onadiki, xuddi shaharning barcha bekorchi va dangasa takasaltanglari maktab binosini qanday yonishini ko'rish uchun shoshilib yetib kelishgandek go'yo... Odamlar ushbu kulfatni tomosha qilish uchun mashinalarda, velosipedda, ot-aravalarda kelishgan edi. Ko'pchilik albatta piyoda, yoki, yugurib ham kelganlar bor. Ba'zilar juft-juft bo'lib dugonalari bilan kelishgan bo'lsa, ba'zilar qariya ota-onasini ham va yosh bolalarini ham yetaklab kelgan. Nima deyishga ham hayronsan kishi...
Yangilаndi: 31.01.2025 10:53
Integral mikrosxemalar
Integral mikrosxemalar
Elektrotexnika va ayniqsa elektronika rivojlanib borar ekan, integral mikrosxemalarning ixtiro qilinishi zamonning inkor etib bo'lmas jiddiy talabiga aylanib bordi. Deyarli bir vaqtning o'zida bir-biridan bexabar ikki muhandis ixtirochi - Jek Sent-Kler Kilbi (1923-2005) va Robert Norton Noys (1927-1990) integral mikrosxemani ixtiro qilishgan.
Mutaxassislar integral mikrosxemalarni qisqartirib IMS deb yuritishadi. IMS bu - juda kichik o'lchamga keltirilgan elektr zanjiri bo'lib, u turli xil yarimo'tkazgichlarni qo'llash asosida tayyorlanadi. Ba'zan IMSni oddiygina qilib mikrochip ham deyiladi. Shunday IMS-mikrochiplar hozirgi kunda deyarli barcha turdagi elektron uskunalarda - oddiy choy qaynatuvchi elektr choynakdan tortib, murakkab kosmik apparatlarda ham keng qo'llanilmoqda.
Yangilаndi: 23.01.2025 07:45
Robert Raketachi
Robert Raketachi
Qattiq yoqilg'ili raketalar paydo bo'lganiga ming yildan o'tdi. Mohiyatan, bu - katta feyrverk, mushakbozlik uchun qo'llaniladigan raketalardir. Haqiqiy ma'nodagi kosmik raketalar yasashni orzu qilgan ilk konstruktorlar, raketaning ochiq koinotga uchib yetib borishi uchun, qo'shimcha ravishda suyuq yoqilg'i quvvati ham zarur bo'ladi deb hisoblashgan. Lekin, undan ham avval, koinotga uchib chiqa oladigan raketa texnologiyalarini o'zini yaratish zarur edi.
Kosmosga parvoz qilish uchun raketa shunday dvigatelga ega bo'lishi kerakki, u har qanday sharoitda ham ishlab, zaruriy energiya va harakatni ta'minlab berib tursin. ya'ni, bunday dvigatel raketani koinotga uchirib yuboradigan start maydonchasida ham, atmosferaning bosim past bo'lgan yuqori siyrak qatlamlarida ham, shuningdek, deyarli vakuum holati bo'lmish ochiq koinotda ham ishlashi shart.
Yangilаndi: 14.02.2025 10:47
Inert gazlar
Inert gazlar
Davriy jadvaldagi faqat bitta guruh to'laligicha gazlardan tashkil topgan guruh sanaladi. 18-guruhni tashkil qiluvchi ushbu gazlar umumiy qilib "inert gazlar" deyiladi. Chunki, ushbu gazlar boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydi.
Ushbu guruh tarkibi - geliy (He), neon (Ne), argon (Ar), kripton (Kr), ksenon (Xe) va radon (Rn) elementlaridan iborat. Ushbu elementlar tabiatda mavjud barcha elementlar ichida eng past kimyoviy faollikka ega bo'lgan, sust elementlardir. Bunday sust reaktivlikning boisi esa, mazkur elementlar atomlarining tashqi elektron qobiqlari to'la ekani bilan bog'liq. Shu sababli, ushbu element atomlari shundoq ham juda barqaror bo'lib, shuning uchun ular inert deyiladi.
Yangilаndi: 04.02.2025 13:43
Neptunning kashf etilishi
Neptunning kashf etilishi
Sayyora harakatini aniq kuzatib borish va ayniqsa sayyoraning keyingi holatini oldindan aniq bilish - nihoyatda qiyin masala. Agar, o‘zaro tortishayotgan atiga ikkita jism qaralayotgan bo‘lsa, unda ularning tortishish kuchi va harakat trayektoriyalarini aniq hisoblash uchun ilm-fanda nihoyatda sodda va aniq qoidalar to‘plami mavjud. Lekin, o‘zaro tortishayotgan obyektlar atiga bittaga ko‘paysa, ya'ni, uchtagina bo‘lib qolsa ham, ularning o‘zaro ta'sirini hisoblash benihoya qiyin ish bo‘lib qoladi. Endi buning uchun biz bilgan sodda fizik qonuniyatlar va matematik usullar ish bermaydi. Bu matematik isbotlangan haqiqatdir. Shunga binoan, Neptunning kashf qilinishi - inson aql-zakovatining haqiqiy tantanasi, matematikaning asl triumfi bo‘lgan desak zarracha ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Neptunning kashf etilishi - matematikadagi o‘zaro ta'sirlar nazariyasi hamda, Nyuton mexanikasining haq ekanini ko‘rsatib bergan, zakovatning chin g‘alabasi bo‘lgan.
Yangilаndi: 01.12.2018 10:44
|
|