Kislotalar va asoslar
Kislotalar va asoslar
Kislota tushunchasiga suvdan vodorod ionini ajratib chiqaradigan modda deb; yoki, o'zidagi protonni boshqa moddaga uzata oladigan modda deb; yoki, elektron juftlikni o'ziga biriktirib olish xususiyatiga ega bo'lgan modda deb ta'rif berish mumkin.
Asos tushunchasiga esa, suvdan gidroksid-ion ajratib chiqaradigan modda deb; yoki, proton qabul qila oladigan modda deb, yoki, elektron juftlikni uzata oladigan modda deb ta'rif berish mumkin.
Biz o'zimizning kundalik maishiy turmush tajribamizdan kelib chiqib, ayrim moddalarning o'ta faol korrozion xossalarga ega ekanini yaxshi bilamiz. Masalan, avtomashina akkumulyatoridagi kislota kiyimga tegib ketsa, u kiyimning o'sha joyini darhol kuydiradi va teshib qo'yadi (yemirib yuboradi). Biz uyni tozalash, xususan, kafellar va vannani artish uchun ba'zan ammiak eritmalaridan, yoki, boshqa tozalash vositalaridan foydalanamiz. Ushbu korrozion faol moddalar kimyogarlarga professional tilda kislotalar va asoslar nomi ostida yaxshi ma'lum.
Yangilаndi: 13.02.2025 15:58
Mukammal sonlar
Mukammal sonlar
Mukammal son deb, o'zining bo'luvchilari yig'indisiga teng bo'lgan natural songa aytiladi. Masalan, eng kichik mukammal son bu - 6 sonidir. Chunki u, o'zining bo'luvchilari yig'indisiga teng: 6=3+2+1. Ikkinchi mukammal son bu - 28 bo'ladi. Chunki, u ham o'z bo'luvchilarining yig'indisiga teng: 28=14+7+4+2+1.
Natural sonlar son o'qida kattalashib borishi yo'nalishida, mukammal sonlar borgan sari kamayib boradi. Mukammal sonlarning cheksiz ekanligi hali isbotlanmagan. Mukammal sonlar o'ziga xos ketma-ketlik yuzaga keltiradi.
Yangilаndi: 12.02.2025 08:05
Mikroto'lqinli pech
Mikroto'lqinli pech

Hozirgi kunda mikroto'lqinli pech uy bekalarimizning oshxonadagi yaqin dastyorlaridan biriga aylangan. Lekin bunday pechlar ota-bobolarimiz avvaldan ishlatib kelgan an'anaviy pechlardan ko'ra boshqacharoq ishlaydi. An'anaviy pechlar masalliqni, yoki, taomni tashqaridan qizdiradi. Mikroto'lqinli pech esa taomni o'z nomiga ko'ra, taomga mikroto'lqinlar vositasida ishlov beradi.
Har qanday modda singari, ovqat va uning masalliqlari ham molekulalardan tashkil topgan bo'ladi. Biz iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarning molekulalari asosan suv va yog' molekulalaridan iborat bo'ladi. Mikroto'lqinli pechga joylashtirilgan taomni tashkil qiluvchi molekulalar mikroto'lqinlar ta'sirida juda tezkor titrash va tebranish jarayoniga duchor bo'ladi. Texnikada bu jarayonni vibratsiya ham deyiladi. Aynan shu vibratsiya natijasid ovqatni tashkil qiluvchi molekulalar bir-biriga ishqalanadi. Ishqalanish esa qizishga olib keladi. Siz ham sovuqda qo'llaringizni beixtiyor bir-biriga ishqab isitganingiz esingizdami? Mikroto'lqinli pechga joylangan taom molekulalari ham xuddi shuning singari bir-biriga ishqalanib qiziydi. Natijada ovqat isiydi. Eng qizig'i shundaki, mikroto'lqinli pechga qo'yilgan taom isib, qizigani bilan, lekin pech va uning detallari o'zi umuman isimaydi. Bunday pechning an'anaviy oddiy pechdan farqi ham shunda. Oddiy pechga o'tin, yoki, ko'mir yoqsangiz, pechning o'zi bilan birga. Uning yaqin atrofidagi hamma narsa qiziydi. Mikroto'lqinli pechda esa faqat taom qiziydi xolos!
Yangilаndi: 22.01.2025 11:58
Faradeyning elektromagnit induksiya qonunlari
Faradeyning elektromagnit induksiya qonunlari
Yuza orqali o'tayotgan magnit oqimining o'zgarishi, ushbu yuzani chegaralab turgan kontur bo'ylab elektr maydoni hosil bo'lishiga olib keladi.
Elektr maydoni intensivligi magnit oqimining o'zgarish tezligiga bog'liq.
XIX-asr boshlarida elektr toki magnit maydonini yuzaga keltirishi aniqlangach, olimlar aynan shu hodisa teskarisiga ham bo'lishi mumkinligini taxmin qilishgan edi. Ya'ni, magnit maydoni ham qandaydir tarzda, elektr toki yuzaga kelishiga sababchi bo'lishi kerak edi. Bunday taxminni ilgari surgan va uni tekshirishga jiddiy kirishgan olimlardan biri - Mayk Faradey bo'lgan. Olimning yon daftarchasidagi 1822-yilga taalluqli yozuvda u o'zi uchun "magnetizmni elektr tokiga aylantirish" vazifasini qo'yganligi qayd etilgan. U o'zi uchun belgilab olgan mazkur vazifani uddalashiga deyarli o'n yil sarfladi.
Yangilаndi: 13.02.2025 15:59
Jonatan Sviftdan salomlar: Fobos va Deymosning kashf etilishi
Jonatan Sviftdan salomlar: Fobos va Deymosning kashf etilishi

XIX-asrning ikkinchi yarmida astronomlar sayyoralarning tabiiy yo'ldoshlarining aniq sonini bilib bo'ldik degan fikrga kelib bo'lgan edilar. Ya'ni, Yerning yagona tabiiy yo'ldoshi - Oy bo'lib, Merkuriy, Venera va Marsning tabiiy yo'ldoshlari yo'q deb hisoblanardi. Yupiterda to'rtta, Saturnda esa sakkizta tabiiy yo'ldosh mavjud degan ishonch hattoki fizika darsliklarida ta'kid bilan keltirilardi. E'tibor bering: Yerda 1 ta, Yupiterda 4 ta, Saturnda esa 8 ta. Agar, Yer va Yupiter orasidagi sayyora - Marsda ham 2 ta yo'ldosh bo'lganida, sayyoralarning tabiiy yo'ldoshlari soni, ularning Quyoshdan uzoqlashish tartibi bo'yicha geometrik progressiyani hosil qilgan bo'lardi.
Yangilаndi: 14.02.2025 10:44
Oltingugurt - sariq element
Oltingugurt - sariq element
16-raqamli element hammaga yaxshi tanish. Odamzot oltingugurtni juda qadim zamonlardan yaxshi biladi. Lekin, oltingugurt mustaqil kimyoviy element sifatida faqatgina 1777-yilga kelib tan olingan. Oltingugurtni alohida kimyoviy element ekanligini isbotlagan olim mashhur farang kimyogari Antuan Lavuaze (1743-1794) bo'ladi.
Oltingugurtning lotincha nomlanishi, ya'ni, "sulfur"ning kelib chiqish ildizi ma'lum emas. o'zbek tilidagi biz bilgan nomlanishi esa turkiy tildagi "oltin" va forscha "gugurt" so'zlarining qo'shilishidan yasalgan. Uning "yonish", "olov" so'zlariga aloqadorligi taxmin qilinadi. Oltingugurt haqiqatan ham yaxshi yonadi va bejizga u forslarda gugurt bilan qiyoslanmagan. Rus tilida oltingugurtni sera ("Ñера") deyiladi. Qadimgi rus tilida har qanday yonuvchan moddani sera deyilgan. Element nomi ham shundan kelib chiqqan bo'lishi mumkin.
Yangilаndi: 23.01.2025 14:23
Entropiya? Bu juda oddiy...
Entropiya? Bu juda oddiy...
Entropiya. Bu tushuncha ne-ne kallalarni qotirmagan deysiz. Togrirogi, bu tushunchani mohiyatini anglash uchun ne-ne kallalar qotimagan, ne-ne miyalar qiynalib qolmagan deysiz. Chunki, mavzular ota jiddiy izchillik bilan yoritiladigan fizika darsliklarida entropiya tushunchasi biroz murakkab ta'riflanadi. Odatda, entropiya tushunchasining ta'rifini birinchi marta oqigan oquvchi yoki talaba taxminan quyidagi memda tasvirlangan holatga tushadi.
Yangilаndi: 30.01.2025 08:37
Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan
Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan
Tan olish kerak, bizga maktabda o'rgatiladigan fizika odatda anchayin zerikarli bo'ladi. Maktab fizika kursining asosiy qismini asosan XIX-asrga taalluqli ulug'vor fizika mavzulari tashkil qiladi va bu fizikada, tasodiflarga, hamda, tan olingan haqiqatlarga nisbatan shubhaga borishga o'rin yo'q. Taassufki, biz maktab yoshidagi bolalarni fizikaning eng qiziqarli va maftunkor qismi - kvant fizikasi bilan deyarli tanishtirmaymiz.
Ushbu kitob, kvant fizikasiga qiziquvchan kishilarni ilm-fanning mazkur judag'aroyib, ta'bir joiz bo'lsa, aql bovar qilmas, lekin, o'ta muhim sohasi bilan tanishtirishni maqsad qilgan. Kitobda kvant fizikasiga oid 50 ta eng muhim va eng qiziqarli hodisalar haqida 3 daqiqadan, lo'nda-lo'nda tarzda hikoya qilinadi. Mavzuni yoritishning ushbu formati, mutolaachi uchun, bayon qilingan ilmiy fenomenni tushunishda qo'l keladi degan umiddamiz.
Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.
Yangilаndi: 14.04.2025 07:41
Kox qorparchasi
Kox qorparchasi
Kox qorparchasi - matematika yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar duch keladigan eng birinchi fraktal obyektlardan biri bo'ladi. Shuningdek, Kox qorparchasi matematika tarixida ham, eng birinchi bo'lib o'rtaga tashlangan fraktallardan biri sanaladi. Ushbu ajoyib va chiroyli, shu bilan birga, murakkab geometrik shakl tasviri ilmiy manbalarda 1904-yilda e'lon qilingan, "Oddiy geometrik yasashlar vositasida olingan urinmalarsiz uzluksiz egri chiziq haqida" deb nomlangan maqola orqali paydo bo'lgan edi. Muallif - shved matematigi Nils Fabian Xelge fon Kox (1870-1924). Shunisi qiziqki, Kox qorparchasining yasash jarayoni uchburchak chizishdan emas, balki, to'g'ri chiziqdan, aniqrog'i, kesmadan boshlanadi.
Yangilаndi: 12.02.2025 07:47
|
|