Plitalar tektonikasi
Plitalar tektonikasi
Sirti qattiq bo'lgan sayyoralar o'z tadrijiy rivojlanish yo'nalishi mobaynida qattiq qizish jarayonini boshdan kechiradi. Gaz-chang buluti nazariyasiga ko'ra, qattiq sayyoralarning qizish davridagi issiqlik energiyasining asosiy qismi ularning sirtiga turli kosmik jismlarning katta tezlikda kelib urilishi evaziga hosil qilinadi. Bunda sayyora sirtiga kelib uriluvchi kosmik jismlarning qulash tezligi shu darajada katta bo'ladiki (soniyasiga bir necha kilometr), kelib urilgan obyektning barcha kinetik energiyasi bir zumda issiqlik energiyasiga aylanib ketadi. Chunki bunda, harakat tezligi to'qnashuv paytida bir lahzaning o'zida keskin ravishda, nolgacha tushib ketadi. Bunday ulkan miqdordagi issiqlik energiyasi Quyosh tizimining barcha ichki sayyoralari - Merkuriy, Venera, Yer va Mars uchun to'liq yoki, qisman parchalanib ketishga yetarli bo'lmagan bo'lsa-da, biroq, qattiq qizib, nisbatan yumshoq holga kelishi uchun kifoya qilgan. Qattiq qizish jarayonida esa, sayyora tarkibini hosil qilgan moddalarning nisbatan zichligi katta va og'irroqlari sayyora markaziga cho'kib borib yadro hosil qilgan bo'lsa, zichligi kamroq va yengilroq moddalardan iborat jinslar esa, aksincha, yuzaga qalqib chiqib, qobiq qatlam hosil qilgan. Qattiq sayyoralarning barchasi o'z tarixida ushbu jarayonni boshdan kechirgan bo'lib, ilm-fanda magma differensiatsiyasi deb nomlanuvchi mazkur jarayon orqali Yer sayyorasining ichki tuzilishi ham tushuntiriladi.
Yangilаndi: 13.02.2025 08:10
Elektromagnit induksiya
Elektromagnit induksiya
Ersted va Amperning kashfiyotlaridan so'ng, elektr tokining magnit kuchiga ega ekanligi haqida aniq bilimlar yuzaga keldi. Endilikda, magnit hodisalarining elektr hodisalariga ta'sir ko'rsatishini tasdiqlash zaruriyati paydo bo'ldi. Ushbu vazifani esa, ingliz olimi Maykl Faradey o'ta mohirona yechish orqali, jahon ilm-fanida yana bir yuksak ilmiy kashfiyotni amalga oshirdi.
Maykl Faradey (1791-1867) Londonning eng qashshoq mavzelaridan birida tug'ilib o'sgan. Uning otasi temirchi usta, onasi esa ijaraga yer olib ekin-tikin qilib kun ko'ruvchi kambag'al dehqonning qizi bo'lgan. Maktab yoshiga yetgach, Faradeyni o'z hududidagi boshlang'ich maktabga berishgan. Boshlang'ich maktab hamma o'quvchilar qatori Faradeyga ham juda tor o'quv dasturi bo'yicha ta'lim bergan. Ya'ni, u yerda bolalarni faqat harf tanishga va o'qish-yozishga o'rgatishgan xolos.
Yangilаndi: 29.01.2025 09:03
Avgusta Ada King - dasturchilarning "momosi"
Avgusta Ada King - grafinya Lavleys (1815-1852)
Avgusta Ada Lavleysning asl familiyasi Bayron bo'lgan. Ha, adashmadingiz. Bu xuddi o'sha - sarguzashtmand oqsuyak, mashhur ingliz shoiri - Jorj Gordon Bayronning qizi bo'ladi. Shoir Bayron - badiiy asarlar uchun o'zi ham ideal romantik qahramon bo'la oladigan, nazm ustasi bo'lib, adabiyot ixlosmandlari uning "Chayld Xaroldning ziyorati" dostoni va boshqa ko'plab asarlari orqali yaxshi biladilar. Ada Lavleys Bayronning Anna Izabel Milbenk, ya'ni, baronessa Ventvort bilan nikohidan tug'ilgan bo'lib, lekin qizaloq o'zi otasi haqida deyarli hech narsa bilmagan. Chunki, Ada 1 oylik chaqaloqlik paytida onasi uni ko'tarib, Bayrondan qochib ketgan ekan. Bu voqea Vaterloo jangidan roppa-rosa bir yil to'lgan paytda sodir bo'lgan bo'lib, baronessa nima sababdan bunday ishga qo'l urganining sababi hozirgacha noma'lum. Ehtimolki, u qizini yo'qotishni istamagan bo'lsa kerak. Chunki, o'sha paytlardagi yuridik qoidalarga binoan, er-xotin ajrashsa, istisnosiz ravishda bolalarni albatta ota ixtiyorida qoldirilardi.
Yangilаndi: 30.01.2025 07:41
Kremniy - quruqlik elementi
Kremniy - quruqlik elementi
Yerda tarqalganligi bo'yicha ikkinchi o'rinda turuvchi element - davriy jadvaldagi 14-raqamli element - kremniy sanaladi. Yer qobig'ining ≈20% qismini aynan kremniy tashkil qiladi. Tosh, tuproq va boshqa ko'plab qattiq jinslarning asosi aynan kremniydan iborat bo'ladi.
Kremniy tabiatda sof holda uchramaydi. Shu sababli, hatto kimyogarlar orasida ham sof kremniy elementini ko'rganlar juda kamchilikni tashkil qiladi. Kremniyni bir necha xil allotropik shakllarda olish mumkin. Bu ishni tarixda birinchi bo'lib, 1823-yilda shved kimyogari Yens Yakob Berselius amalga oshirgan. Tabiatda keng tarqalgan bo'lishiga qaramay, kremniyni kimyoviy element sifatida qo'llash sohalari unchalik ko'p emas. Lekin, nisbatan yaqin o'tmishda kashf qilingan quyosh panellari balki ushbu elementga bo'lgan talabni keskin orttirishi mumkin.
Yangilаndi: 20.08.2026 06:01
"Hind hisobi haqida kitob"
"Hind hisobi haqida kitob"
920-980 yillarda Damashqda yashab o'tgan arab matematigi Abul Hasan Ahmad ibn Ibrohim, o'zi yozib qoldirgan ilmiy qo'lyozmalarda al-Uqlidisi taxallusi bilan imzo chekkan. Xususan, uning muallifligida 953 yilda yozib bitirilgan "Kitob al-fusul fi al-hisab al-Hindi" kitobi arab tilida bitilgan matematik asarlar ichida eng birinchilaridan biri hisoblanadi. "Al-Uqlidisi" taxallusi arab tilidan to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilinganda "Yevklidning kotibi", "Yevklid xattoti" degan ma'noni beradi. Bu bilan muallif, Yevklid asarlarini qadimgi yunon tilidan arab tiliga tarjima qilganligiga ishora qilmoqchi bo'lgan bo'lsa kerak. Haqiqatan ham, IX-XII asrlarda musulmon sharqida ko'plab musulmon olimlar tomonidan antik davr ilm-faniga oid ko'plab muhim asarlar arab tiliga o'girilgan va xattotlar tarafidan ko'p nusxalarda ko'paytirilgan. Lekin, al-Uqlidisining nomi yuqorida zikr etilgan asari qadimgi yunon, yoki, Misr mualliflarining asarlarining tarjimasi bo'lmay, balki, nomidan ham ko'rinib turgandek, Hindiston matematikasi, aniqrog'i, pozitsion raqamlash tizimidan foydalanish haqida bo'lgan. Ushbu kitob biz hozirda arab raqamlari deb nomlaydigan odatiy o'nli sanoq tizimidagi 0 dan 9 gacha bo'lgan raqamlar bilan sonlarni ifodalash usuli haqida mufassal ma'lumot keltirilgan ilk ilmiy manba sanaladi.
Yangilаndi: 26.02.2025 09:01
Li E8 guruhini izlab
Li E8 guruhini izlab

Deyarli yuz yildan ziyod vaqt mobaynida matematiklar ulkan 248-o'lchamli obyektni tushunishga urinib kelishdi. E8 nomi bilan tanilgan ushbu obyektni o'rganishda eng kuchli dasturchilar va matematiklardan iborat xalqaro guruh va eng ilg'or superkompyuterlar jalb qilinganidan keyingina, 2007-yilda muayyan natijaga erishildi.
Lirik chekinish sifatida, Iogann Kepler (1571-1630) muallifligidagi "Olam tilsimi" (Mysterium Cosmographicum) asariga murojaat qilamiz. Kepler ham astronom va ham matematik olim sifatida simmetriya masalasiga shu darajada kuchli qiziqqanki, u butun Quyosh tizimi va undagi sayyoralarning orbitalarini bir-birining ustiga-ustak, ustma-ust joylashtirilgan platon shakllari, masalan, kub va dodekaedr ko'rinishida tasavvur qilish kerak deb taklif qilgan. Uning tasavvuridagi o'sha «samoviy simmetriya»da xuddi ulkan piyoz singari chizib ko'rsatilgan. Kepler simmetriyasining bu ko'rinishi ham miqdoriy jihatdan, ham, tadbiq etilishi sohasi jihatdan cheklangan bo'lib, aslida Koinotda simmetriyaning shunday murakkab turlari aniqlanganki, ular hatto Keplerning tasavvuriga ham sig'magan bo'lardi.
Yangilаndi: 05.02.2025 11:36
Qisqichbaqasimon tumanlikning paydo bo'lishi
Qisqichbaqasimon tumanlikning paydo bo'lishi
1054-yilda shimoliy yarimsharda istiqomat qiluvchi ko'plab xalqlar osmon sferasida ilgari hecham kuzatilmagan g'alati yorqin obyektning paydo bo'lishiga guvoh bo'lishdi. Buzoq yulduz turkumida yangi, nihoyatda yorqin yulduz paydo bo'lgandi. Yangi paydo bo'lgan yulduz keyingi ikki yil davomida asta-sekinlik bilan xiralashib, so'ngra yana ko'zdan g'oyib bo'lgan. o'sha voqea haqida eng mufassal ma'lumotlarni Xitoy munajjimlari yozib qoldirishgan. Zamonaviy astronomlar tilida o'ya yangi yulduz (supernova) chaqnashi deb yuritiladigan mazkur hodisadan keyin, koinotning o'sha qismida eng o'tkir ko'z ham arang ilg'aydigan juda xira tarqoq gaz buluti qolgan. Keyinchalik ushbu gaz bulutini astronomlar "Qisqichbaqasimon tumanlik" deb atay boshlashgan.
Yangilаndi: 23.01.2025 14:25
Kompyuteringizda qo'ng'iz bor(mi?)
Kompyuteringizda qo'ng'iz bor(mi?)
Bir zamonlar, eng "qadimiy" kompyuterlardan biri doimiy xatolik bilan ishlay boshlagan edi. Undagi muttasil xatoliklar tufayli mutaxassislar kompyuter dasturining to'g'ri yozilganligiga shubhalanib qolishdi. Bu "Mark II" deb nomlangan kompyuter bo'lib, voqea 1947-yilda yuz bergan. Mutaxassislar kompyuterdagi xatoliklar sababini sinchiklab tekshirib chiqishgach, aslida dastur to'g'ri ishlayotgani, xatolik esa kompyuterning apparat qismidan kelib chiqayotganini aniqlashgan. Xatolikning sababi kompyuterning ichki elektr kontaktlari orasida qisilib qolgan oddiy qo'ng'iz bo'lib chiqqan. Mutaxassislar o'sha qo'ng'izni olib, "arxivlab"qo'yishgan. Ya'ni, bu voqea haqida kompyuterdan foydalanish jurnaliga maxsus qayd qoldirib, bechora qo'ng'izni ham jurnal sahifasiga ashyoviy dalil sifatida yelimlab qo'yishgan. Bechora qo'ng'izning hayoti shu tariqa poyon topgan. Bag, ya'ni, inglizchadagi "bug' so'zi qo'ng'iz degani bo'lib, o'shandan buyon kompyuter dasturlaridagi xatoliklarni ifodalash uchun qo'llaniladigan so'zga aylanib qoldi. o'sha qo'ng'izni mashhur harbiy dengizchi va matematik, ham dasturchi bo'lgan olima Greys Xopper tomonidan, dasturiy xatoliklarni ifodalash uchun qo'llanila boshlangan. Ya'ni, "bag"Â atamasini aynan Greys Xopper urfga kiritgan.
Yangilаndi: 07.02.2025 13:55
Bor - sahro elementi
Bor - sahro elementi

Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalining IIIA guruhi joylashgan ustunda bor, alyuminiy, galliy, indiy, hamda, talliy elementlari o'rin egallagan. Bu elementlar ichida alyuminiydan tashqari qolgan barchasi kamyob elementlar sanaladi. Lekin, ularning alyuminiydan farqi faqat kambyobligida emas.
Masalan, davriy jadvalda alyuminiyning tepasida 5-raqam bilan bor elementi joylashgan. Bu elementning ustun bo'yicha qo'shnilarida, xususan alyuminiydan keskin farqlab turuvchi jihati shuki, bor - metall emasdir. U metallmaslar safidagi eng muhimlaridan biri bo'lib, keyingi suhbatimiz ushbu element haqida bo'ladi.
Yangilаndi: 14.04.2025 15:29
|
|