Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Kashfiyotlar tarixi
Ixtirolar va kashfiyotlar tarixi


Organik sintez

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

Marselen BertloOrganik sintez

Gey-Lyussakning shogirdi bo‘lgan farang kimyogari Teofil Jyul Peluz (1807-1867) tomonidan 1834-yilda kaliy sianid ta’sirida alkilsernokislota tuzlari orqali sianidli alkillarni tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi. O‘sha yilning o‘zida Jan Batist Dyuma (1800-1884) tomonidan o‘yuvchi kaliy ta’sirida xloroformdan chumoli kislotasi hosil bo‘lishi aniqlandi. Shu tariqa, Dyuma galogen hosilalaridan gidroliz usuli bilan kislotalarni olish yo‘lini topgan edi.

1842-yilda ishqoriy metallarning amalgammasi orqali galogen hosilalarini tiklash usulini Melzens ismli kimyogar taklif qildi. Oradan besh yil o‘tib, 1848-yilda bir guruh olimlar – Jan Batist Dyuma, Malaguti, Leblan, Frankland hamda, Kolbyelar tomonidan kam uglerodli birikmalardan nitrillar vositasida kislotalarni olish usuli taklif qilindi. Shu paytning o‘zida, olmon kimyogari Erxald Micherlix (1794-1863), tarixda birinchi marta, to‘yingan azot kislotasi va oltingugurt kislotasi aralashmasi orqali, nitrobenzol va benzol moddalarini sintez qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangilаndi: 02.09.2020 08:58
 

Kimyoviy struktura nazariyasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Kimyoviy struktura nazariyasi

XIX-asr boshlarida g‘arblik kimyogarlar orasida Devi-Berselius elektrokimyoviy nazariyasi yetakchilik qilardi. Xususan, Berseliusning nazariyasiga ko‘ra, har qanday kimyoviy birikma ikki qismdan iborat bo‘ladi va bu qismlardan biri albatta zaryadlangan, elektrmusbat bo‘lsa, ikkinchisi – elektrmanfiy bo‘ladi deb ishonilgan. Shunga muvofiq, Berselius o‘ziga ma’lum barcha elementlarni qatorlarga taqsimlab chiqqan va unga ko‘ra, kislorod elektrmanfiyligi eng yuqori, kaliy esa elektrmusbatligi eng baland element deb hisoblangan. Olim o‘zining fikricha eng yuqori elektrmanfiylikka ega elementlarni metalloidlar deb atagan va nisbatan elektrmusbatligi baland bo‘lgan elementlarni esa metallar deb atagan.

Biroq, XIX-asrning 30-yillariga kelib, farang kimyogari Jan-Batist Dyuma ushbu, Devi-Berselius nazariyasiga kuchli zarba berdi. U organik birikmalar uchun «turlar nazariyasi» deb nomlangan mutlaqo boshqa bir tasniflashni taklif qilgan edi. Unga muvofiq, murakkab jismning kimyoviy tuzilishini uni tashkil qiluvchi elementlarning tabiati belgilaydi degan g‘oya unchalik to‘g‘ri emas deb ta’kidlanadi va birikmaning kimyoviy xossalarini undagi atomlarning joylashish tartibi hamda, nechog‘lik bir xilligi belgilaydi degan fikr ilgari suriladi.  Lekin Dyumaning bu qarashlari ham tez orada bir qator ziddiyatlarga borib qoldi.

Yangilаndi: 18.02.2019 11:17
 

Ta'sir etuvchi massalar qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 22
Juda yomon!A'lo! 

Guldberg va VaageTa'sir etuvchi massalar qonuni

Kimyoga oid ilmiy va o‘quv adabiyotlarida "ta'sir etuvchi massalar qonuni" ushbu fundamental fanning eng asosiy qonunlaridan biri sifatida keltiriladi. Kimyoviy o‘zaro ta'sir jarayoni ta'sirlashayotgan massalarning miqdoriga bog‘liq ekanini ham organik kimyo, ham anorganik kimyo sohalaridan kelib chiqayotgan faktlar yaqqol isbotlab turardi. Avvaliga G. Roze 1851-yilda va keyinroq Bunzen 1853-hamda, Gledston 1855-yillarda kimyoviy reaksiyalarning borishida muayyan sharoit hozirlansa, unda reaksiya yo‘nalishini o‘zgartirib, kimyoviy shakl almashinishlarni teskari tomonlama qayta tashkil qilish mumkinligini ko‘rsatib berishdi. 1857-yilda esa, farang kimyogari Sent-Kler Devil (1818-1881) kimyoviy birikmalarning parchalanishi, ularning to‘liq parchalanish haroratidan ham pastroq haroratlarda ham boshlanishi mumkinligini isbotlab berdi.

Yangilаndi: 10.12.2018 11:11
 

Yorug‘likning elektromagnit nazariyasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 36
Juda yomon!A'lo! 

Yorug‘likning elektromagnit nazariyasi

� http://www.electrolibrary.info/historyo‘z vaqtida Nyuton yorug‘lik haqida mulohaza yuritar ekan, bu haqida, "yorug‘lik - tezligi deyarli cheksiz bo‘lgan mayda zarrachalardan tashkil topadi" deb ta'kidlar edi. Nyutonning zamondoshi bo‘lgan yana bir mashhur fizik olim Xristian Gyuygens esa aksincha, yorug‘lik to‘lqin tabiatiga ega bo‘lib, u xuddi tovushning havoda, yoki, istalgan biror moddiy muhitda tarqalishi singari tarqaladi degan g‘oyani ilgari surardi. Taassufki, Gyuygensning g‘oyalari Nyutonning ilmiy nufuzi soyasida qolib ketdi va akademik doiralarda unchalik ham katta qiziqishga sabab bo‘lmadi. Hatto, odatda sermulohazaligi bilan ajralib turadigan kuchli olimlar ham, faktlarni tekshirib o‘tirmasdan, shunchaki Nyutonning ta'kidlariga ishonib qo‘ya qolishdi. Chunki, ularning fikricha, Nyuton noto‘g‘ri gapirishi ehtimoli mavjud emasdi...

Yangilаndi: 21.11.2018 17:38
 

Minimum qonuni (Libix qonuni)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Minimum qonuni
(Libix qonuni)

Yustus Libix (1803-1873)Tabiatda mavjud barcha jonivorlar, hamda, odam ham, yoki o‘simliklarni, yoki hayvonlarni yeb oziqlanadi. Boshqacha aytganda, jonivorlar o‘txo‘r va go‘shtxo‘r turlarga bo‘linadi. Lekin o‘simliklarchi? o‘simliklarning nima bilan oziqlanib, nimaning evaziga unib-o‘sishi haqidagi masala ming yillar davomida odamzotni qiziqtirib kelar edi. Ushbu masalaga oydinlik kiritilishi esa, shunchaki masalaning tagiga yetish bilan cheklanmasdan, balki, insoniyatni ochlik muammosidan xalos bo‘lishida ulkan xizmat qilgan kashfiyotlarga sabab bo‘ldi.

o‘simliklarning oziqlanishi masalasi bilan eng qadimgi faylasuflar ham qattiq qiziqishgan. o‘simlik juda kichik urug‘dan qanday qilib ulkan daraxtga aylanishi, bunda urug‘ning boshlang‘ich vazni va undan unib chiqqan o‘simlikning yakuniy vazni orasidagi farq naqadar ulkan bo‘lishi olimlar uchun jumboq bo‘lib qolavergan. Aristotel o‘simliklarning o‘sishi masalasi haqida fikr bildirar ekan, "O‘simliklar o‘ziga kerakli moddalarni tuproqdan tayyor holda oladi, shu sababli o‘simliklar tanasida moddalar almashinuvi, yoki, hazm jarayonlari bo‘lmaydi, shunchaki tuproq o‘zining bor vazni bilan o‘simlik tanasiga aylanadi" - deb hisoblagan. Aristotelning obro‘si bilan mustahkamlangan ushbu yanglish fikr o‘rta asrlargacha ilm-fanda o‘rnashib qolgan bo‘lib, ko‘pchilik bundan ortiq gap aytishga jur'at eta olmas edi.

Yangilаndi: 12.05.2020 07:38
 

Elektromagnit induksiya

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 21
Juda yomon!A'lo! 

Elektromagnit induksiya

Maykl FaradeyErsted va Amperning kashfiyotlaridan so‘ng, elektr tokining magnit kuchiga ega ekanligi haqida aniq bilimlar yuzaga keldi. Endilikda, magnit hodisalarining elektr hodisalariga ta'sir ko‘rsatishini tasdiqlash zaruriyati paydo bo‘ldi. Ushbu vazifani esa, ingliz olimi Maykl Faradey o‘ta mohirona yechish orqali, jahon ilm-fanida yana bir yuksak ilmiy kashfiyotni amalga oshirdi.

Maykl Faradey (1791-1867) Londonning eng qashshoq mavzelaridan birida tug‘ilib o‘sgan. Uning otasi temirchi usta, onasi esa ijaraga yer olib ekin-tikin qilib kun ko‘ruvchi kambag‘al dehqonning qizi bo‘lgan. Maktab yoshiga yetgach, Faradeyni o‘z hududidagi boshlang‘ich maktabga berishgan. Boshlang‘ich maktab hamma o‘quvchilar qatori Faradeyga ham juda tor o‘quv dasturi bo‘yicha ta'lim bergan. Ya'ni, u yerda bolalarni faqat harf tanishga va o‘qish-yozishga o‘rgatishgan xolos.

Yangilаndi: 15.12.2018 23:55
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 4 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11858907

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!