Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Astronomiya
Maqolalar

Munajjimlar bashorati haqida

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Munajjimlar bashorati haqida

Deyarli hamma tijorat gazetalarini varaqlasangiz, unda albatta "Munajjimlar bashorati" rukniga ko‘zingiz tushadi. Qolaversa, radio va televideniyeda ham bunday "bashoratlar" tez-tez berib boriladi. Xo‘sh, bunday "bashorat"lar aslida qanchalik o‘rinli? Ularga ishonish mumkinmi? Keling, oldinga o‘tib darhol gapni po‘stkallasini aytib qo‘ya qolay: munajjimlar bashorati aslida uydirmadan boshqa narsa emas! Ishonmasangiz, ushbu maqolani qunt bilan o‘qib chiqishingizni tavsiya qilaman (bir yo‘la, boshqa qiziq ma'lumotlardan ham boxabar bo‘lasiz):

Ona sayyoramiz - Yer Quyosh atrofida aylanadi. Yerimiz Quyosh atrofini to‘liq bir marta aylanib chiqishi uchun 365 kun, 6 soat, 48 daqiqa va 45 soniya vaqt ketadi. Bu muddatni biz bir yil deb ataymiz. Yerning Quyosh atrofida aylanish orbitasi deyarli aylana shaklida bo‘lgan ellips ko‘rinishidadir.

Yangilаndi: 14.12.2018 08:35
 

Hisoblangan Neptun

E-mail Chop etish

Hisoblangan Neptun

Neptunning 1846 yilda, osmonning qaysi qismida ekanii ko'rsatilgan diagrammaNeptun sayyorasi - Quyosh tizimining eng chetki sayyorasi bo‘lib, uni qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rishning imkoni yo‘q. Shu sababli, odamlar ushbu sayyorani faqat teleskoplar ixtiro qilinganidan keyingina payqashgan.

Tarixiy faktlarga qaraganda, Neptunni birinchi bo‘lib, teleskopsozlikning tamal toshini qo‘ygan olimlardan biri - Galiley ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Biroq, uning aynan sayyora ekanligini tasdiqlanishi uchun, astronomiyaning o‘zi ojizlik qildi va unga matematika yordamga keldi.

Galileyning qaydlariga qaraganda, u 1612-yilning yanvarida Neptunni ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Lekin u mazkur sayyoraning harakatini ilg‘ay olmagan, chunki, aynan o‘sha paytda Neptun retrograd harakat qila boshlagan. Ya'ni, bu holda Neptun osmondagi ko‘rinib turgan joyida avval harakatdan to‘xtaydi va keyin orqaga qarab harakatlana boshlaydi. Albatta, aslida real voqe'lik bunday bo‘lmaydi. Neptunning bunday harakati, uning unga nisbatan tezroq aylanadigan Yer sayyorasidan turib kuzatayotganimiz natijasidan hosil bo‘lgan aldanish effektidir. Shu sababli ham Galiley garchi Neptunni ko‘rgan bo‘lsa-da, lekin uni qo‘zg‘almas yulduzlardan biri deb o‘ylagan bo‘lsa kerak.

Yangilаndi: 01.12.2018 01:44
 

Kosmik sayohatlar

E-mail Chop etish

Kosmik sayohatlar

Avvallari inson shunchaki parvoz qilishni orzu qilardi. Koinot haqidagi bilimlar rivojlanib, boshqa osmon jismlarining hamda, umuman fazoning tuzilishi borasida olimlarda muayyan ilmiy faktlar paydo bo‘lar ekan, endilikda odamzot shunchaki havoda parvoz qilishni emas, balki boshqa sayyoralarga, boshqa galaktikalarga ham uchishni orzu qilib qoldi. Koinotga parvoz va kosmik sayohatlar haqidagi ilk mulohazalar albatta fantastik adabiyotlarda paydo bo‘lgan. Chunonchi 1865-yilda nashrdan chiqqan "Yerdan Oyga" asarida mashhur fantast yozuvchi Jyul Vern Oyga sayohat haqida yozadi. Muallif bu asarda fizika qonunlarini deyarli inobatga olmagan holda, asosan erkin badiiy to‘qimalar orqali syujetni ifodalaydi. Lekin Edvard Xeylning "g‘isht Oy" nomi hikoyasi haqida bunday deya olmaymiz. Mazkur hikoyada muallif orbitaga g‘ishtdan yasalgan sferani uchirilishi haqida yozadi. Hikoya g‘oyasiga ko‘ra, muhandislar tomonidan yasalgan g‘isht sfera aslida Yer orbitasiga chiqarilishi va u Yer sharining hamma joyidan ko‘rinib turadigan obyektga aylanishi kerak bo‘ladi. Loyihachilar ushbu sferadan navigatsiya signali sifatida foydalanishni ko‘zda tutishadi. Lekin uni uchirish paytida qilingan xato tufayli, g‘isht sfera ichida odamlar qolib ketadi va ular koinotga parvoz qilishadi.

Yangilаndi: 17.12.2018 07:58
 

Plutonning yangi va eng tiniq tasvirlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Plutonning yangi va eng tiniq tasvirlari

14-iyul kuni Pluton mitti sayyorasiga yetib borgan New Horizons koinot apparati, ushbu mitti sayyora atrofini bir bora to‘liq aylanib chiqqach, unga doir eng tiniq va keng ko‘lamli fototasvirlarni Yerga uzatdi. Fortepiano o‘lchamidagi ushbu koinot apparati, Pluton va uning 5 nafar tabiiy yo‘ldoshlarini tadqiq qilish maqsadini ko‘zlab, to‘qqiz yil mobaynida 48280320 kilometr (3 milliard mil) masofani bosib o‘tishiga to‘g‘ri keldi.

Yangilаndi: 19.12.2018 07:51
 


Maqolaning 7 sahifasi, jami 8 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 10943325

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!