Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo Kimyo bo‘yicha 2015-yilgi Nobel mukofoti

Kimyo bo‘yicha 2015-yilgi Nobel mukofoti

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Kimyo bo‘yicha 2015-yilgi Nobel mukofoti

7-oktyabr sanasida jahon ilm-fan ayvonidagi eng nufuzli mukofot bo‘lmish Nobel mukofotining kimyo sohasi bo‘yicha 2015-yilgi laureatlari e'lon qilindi. Mukofot qo‘mitasining qaroriga muvofiq, kimyo yo‘nalishi bo‘yicha Nobel Mukofoti-2015 bir-biridan mustaqil ravishda aynan bir xil murakkab ilmiy mavzuda tadqiqot olib borgan va muayyan amaliy natijalarga erishgan uch nomzod orasida teng taqsimlanadigan bo‘ldi.

Ulardan birinchisi - biokimyogar olim Tomas Robert Lindal bo‘lib, u 28.01.1938 da Stokgolmda tug‘ilgan, ya'ni, Nobelning vatandoshi hisoblanadi. Hozirda esa Londondagi "Onkologik tadqiqotlar Imperial fondi"da ilmiy xodim bo‘lib faoliyat yuritadi. Asli Shvetsiyalik bo‘lishiga qaramasdan, bugungi kunda Buyuk Britaniyaning mahalliylashtirilgan fuqarosi sanaladi.

 

Ikkinchi laureat - Aziz Sanjar ham mutaxassisligi bo‘yicha biokimyogar bo‘lib, u 08.09.1946 yilda Turkiyaning Mardin viloyati Savur shahrida tug‘ilgan. Birinchi laureat kabi Aziz Sanjar ham hozirda o‘zga davlatning mahalliylashtirilgan fuqarosi sanaladi. U 1971-yildan buyon AQSHda istiqomat qiladi va ilmiy faoliyat yuritadi. Hozirda Aziz Sanjar Shimoliy Karolina universitetining professori maqomigacha ko‘tarilgan.

Tomas Lindal va Aziz Sanjar qatorida mukofotga egalik qilgan uchinchi olim - Pol Modrich esa 13.06.1946 yilda AQSHning Nyu-Meksiko shtati, Raton shahrida tug‘ilgan bo‘lib, u ham biokimyo mutaxassisidir. Stenford universitetida fan doktori maqomigacha ko‘tarilgan, hozirda Dyuk universitetining professori sanaladi.

Mukofotning tashkiliy qo‘mitasi ma'lum qilgan rasmiy izohga ko‘ra, o‘z ilmiy faoliyatlarida DNK strukturalaridagi qayta tiklanish jarayonlarini tadqiq qilganliklari uchun yuqorida qayd etilgan nomzodlar ushbu oliy ilmiy mukofotga loyiq ko‘rilgan. Qo‘mita rasmiy xabarida shunday izoh keltiriladi: "DNK ning qayta tiklanish mexanizmlarini tadqiq qilgani uchun".

Bundayin oliy ilmiy mukofotga loyiq ko‘rilgan tadqiqotlarning mohiyati nimada? Gap shundaki, hozirda butun dunyo bo‘yicha eng murakkab va dolzarb masalalar turkumida qayd etiluvchi tibbiy muammolar - saraton xastaliklarning deyarli barchasi, shuningdek, irsiy xastaliklar, hamda, shunchaki qarish jarayonining o‘zi ham, inson tanasida to‘xtovsiz ravishda yuz berib turadigan DNK replikatsiyasi (bo‘linib ko‘payishi) hodisasidagi tabiiy xatoliklar bilan bog‘liqdir. DNK replikatsiyasida jarayonida bunday xatoliklarni chetlab o‘tishning iloji yo‘q va ular inson hayoti davomida yig‘ilib boradi. Eng yomoni esa, xatoliklar ham DNK lar orqali tashiladigan irsiy axborot tarkibiga kirib qolishi mumkin. Bu orqali avloddan avlodga turli xil irsiy kasalliklar o‘tishi ham kuzatiladi. Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti taqdim qilingan ushbu uch olimning uzoq yillik tadqiqotlari esa, aynan ushbu xatoliklar va ularning asoratlari bilan kurashishda insoniyatga katta amaliy yordam beradi deb umid qilinmoqda.

Bilamizki DNK molekulasi ikkita zanjirga ega bo‘ladi. Ularning replikatsiyalanish jarayonida ma'lum xatoliklar kelib chiqib turadi. Bunga sabab esa, zanjirlarning har biridan nusxa ko‘chirishga javobgar bo‘lgan fermentning ishida nuqsonlar yuzaga kelishdir. Boz ustiga, inson irsiy axboroti hajmida bunday xatoliklarning to‘planib borishiga nafaqat DNK replikatsiyasidagi chalkashliklar, balki, yana boshqa qator tashqi omillar ham sabab bo‘ladi. Taassufki, bunday tashqi omillardan ham qochib qutilishning imkoni yo‘q. Ular qatoriga - nurlanish, kimyoviy ta'sirlar va hattoki oddiy quyosh nurini ham kiritish mumkin. Quyosh nurlari tarkibidagi ultrabinafsha nurlarining inson tanasida DNK molekulalari strukturasiga kuchli ta'sir qilishi allaqachon isbotlangan. Xullasini aytganda, inson DNKsida muayyan xatoliklarning sodir bo‘lishi va ularning umumiy irsiy axborot tarkibida yig‘ilib borishi - chetlab o‘tish imkonsiz bo‘lgan muttasil jarayondir. Yuqoridagi kabi xatoliklarning me'yoridan ortiqcha to‘planib ketmasligi va ular tufayli yuzaga keladigan irsiy o‘zgarishlar oxir-oqibatda keyingi avlodlarda mutatsiyalanishni keltirib chiqarmasligi uchun, inson DNK tizimida o‘ziga xos qayta tiklanish tizimi mavjud. Ilmiy tilda bu tizimni reparatsiya tizimi deyiladi. Soddaroq aytganda, ushbu tizim DNK molekulasidagi xatoliklarni tuzatish vazifasini bajaradi.

Yaratgan inson tanasini shu darajada mukammal isloh qilganki, DNK molekulalari ishida uchrab turadigan bunday xatoliklarni aniqlash va bartaraf etish uchun organizmda yana ko‘plab molekulyar mexanizmlar va murakkab ferment komplekslari xizmatda turadi. Bunday tiklovchi mexanizmlar DNK faoliyatidagi xatoliklar va chalkashliklarni izlab topadi, ularning turini va holatini aniqlaydi (identifikatsiyalaydi), oqibatda esa, zararlangan DNK sohasini boshqa sog‘lom DNK matritsasining nusxasi asosida qayta tiklash vazifasini bajaradi. Agar ushbu tiklash tizimlarining faoliyati ham izdan chiqsa, odam tanasida irsiy va mutatsion xastaliklar paydo bo‘la boshlaydi. Bunday tiklovchi tizimlar (ularni shuningdek reparatsiya tizimlari ham deyiladi) va ularning faoliyatini nazorat qiluvchi fermentlarning aksariyati ancha yillar avval, XX-asrning 50-yillaridayoq kashf etilgan edi. Ta'kidlash joizki, o‘shanda mazkur tiklovchi tizimlarning kashf etilishiga bosh omil - radioaktiv nurlanishlarning tirik to‘qimalarga ta'sirini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar seriyasi bo‘lgan edi.

Nobel-2015ning kimyo bo‘yicha laureatlari bo‘lgan maqolamiz qahramonlari esa, mazkur tiklovchi tizimlar faoliyatini nazorat qiluvchi genlar va fermentlarni mukammal o‘rganishdi hamda, ularning hujayralar tarkibidagi ishlash mohiyatini ochib berishdi. Olimlar qayd etgan natijalarning aksariyati irsiyatni tadqiq qiluvchi fanlarning bosh darsliklari tarkibidan allaqachon muqim o‘rin olgan. Xususan, biokimyogar olim Pol Modrich, ichak tayoqchasi bakteriyalari misolida reparatsiya mexanizmining qanday yuz berishini to‘la ochib beruvchi fundamental mukammallikdagi ajoyib ilmiy tekshiruvlarni tugalladi. Ushbu kashfiyot va tadqiqotlarning tibbiyot uchun ahamiyati shundaki, yaqin kelajakda ular asosida DNK zanjirlarining nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarga davo bo‘luvchi dori vositalari yaratilishi mumkin. Masalan, olim Aziz Sanjarning ilmiy ishlarining natijasi - ayrim odamlarda uchrab turadigan va badan terisining Quyosh nurlariga ta'sirchanligi bilan bog‘liq kasalliklarga davo bo‘lishiga umid bog‘lanmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 30.11.2018 13:30  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 10946224

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!