Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Kometalar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Kometalar

Kometalar - Quyosh tizimidagi eng g‘aroyib obyektlardan bo‘lib, odatda yorqin yumaloq yadro - kalla qismi va unga ergashuvchi dumi bor bo‘lgan osmon jismi sifatida gavdalanadi. Kometalar Quyoshga 4-5 a.b. masofagcha yaqinlashganidagina kuzatilishi mumkin bo‘la boshlaydi. Kometaning yadrosi, ya'ni kallasi muzlagan holatda bo‘lib, u quyosh atrofida davriy, lekin, juda ajoyib orbita bo‘ylab aylanadi. U davriy ravishda quyoshga juda yaqin keladi va undan o‘ta uzoqlashadi. Kometa yadrosi Quyoshga 4 a.b. masofaga yaqinlashib kelganida, uning muzlagan jismini quyosh nurlari qizdira boshlaydi. Undan, gaz va changlar ajralib chiqib, quyoshning yoritishi natijasida, qorong‘u osmonda ko‘zga yaqqol ko‘rina boshlaydi. Kometa atmosferasi quyosh shamoli, quyosh yorug‘ligi bosimi va kometaning ilgarilanma harakati ta'sirida uzliksiz ochiq fazoga sochilib boradi va bu kometaning dumini keltirib chiqaradi. Kometa kallasi va dumi aniq chegaralarga ega bo‘lmaydi. U yadroning hajmi va kometaning quyoshga yaqinlashish darajasiga ko‘ra, kattalashib boradi. Kometa kallasi va dumining o‘lchamlari ajralib chiqayotgan gaz va changlarning intensivligiga chambarchas bog‘liq.

Kometa kallasining ko‘ndalang kesimi bir necha yuz kilometrlargacha bo‘lishi mumkin. 1680 yilgi kometa va 1811-yilgi yorqin kometada bu ko‘rsatkich 1000000 km dan ham ziyod bo‘lgan. Dum uzunligi esa 300 million kilometrgacha cho‘zilgan bo‘lib, bu yerdan quyoshgacha bo‘lgan masofdan 2 barorbar kattadir!

Kometa dumlari 3 toifaga tasniflanadi: I-toifa: quyoshga qarama qarshi to‘g‘ri yo‘nalgan dum; II-Toifa: kometa orbital harakatiga ko‘ra qiyshyadigan dum; III-toifa esa, to‘g‘ri chiziqli tekis dum. Quyoshga va Yerdagi kuzatuvchi nisbatan fazodagi holatiga ko‘ra, kometaning dumlari ba'zan noto‘g‘ri shaklda ko‘rinishi mumkin. Bunda anomal dumlar deb ataladigan ko‘z aldanishi kelib chiqadi. Kometa dumining qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rinadigan qismi taxminan 10 million kilometr atrofida bo‘ladi.

 

Kometa yadrosi esa - muzalab qolgan gaz molekulalari va kichik o‘lchamlardagi toshsimon jinslardan tarkib topadi. Kometa yadrosi shunchalik kichik bo‘ladiki, uning sirtidagi og‘irlik kuchi, yerdagidan o‘n miglab marta kichik bo‘ladi. Yadroning o‘lchamlari quyoshga yaqinlashgan sari kichrayib boradi:

 

Quyoshgacha

masofa (a.b.)

Kometa yadrosi

diametri (km)

0.3

20

0.5

100

1

200

2

100

3

30

Kometa yadrosining o‘rtacha diametri esa 10 km atrofida bo‘ladi.

Deyarli barcha kometalarning kallasidagi nurlanishlardan 2-3 atomli neytral molekulalar paydo bo‘lishi aniqlangan. Kometalarda atomar kislorod, vodorod va uglerod mavjudligi spektral tahlil yordamida aniqlangan. 1974-yilda esa, kometadan radionurlanishlar qayd etilgan.

Kometalar ham Quyosh tizimining a'zolari hisoblanishadi. Ular o‘ta cho‘zinchoq ellpis orbitalar bo‘ylab harakatlanadilar. 100 dan ortiq qisqa davriylikdagi kometalar mavjud bo‘lib, ular quyoshga bir necha yildan tortib, o‘n yillab muddatda yaqinlashib keladilar va qaytib uzoqlashadilar. Har bir yaqinlashuvda bunday kometa o‘z yadrosining ma'lum qismidan mahrum bo‘ladi. Ko‘plab kometalarning orbitsining katta radiusi, Quyosh tizimi sayyoralarining umumiy kesimi diametridan ham ming marotaba katta bo‘ladi. Bunday kometalar Quyoshga million yillardagina qayta yaqinlashadilar. Bu kabi kometalarning davriyligini aniqlashning imkoni yo‘q. Davriyligi va orbital ellips radiusi katta bo‘lgan kometalarning orbitasi, ular quyoshdan uzoqdaligida, yaqin masofadagi yulduzlar ta'siri ostida o‘zgarishlarga uchraydi. Umuman olganda esa, barcha kometalarning quyoshga har yaqinlashuvida, yo‘l-yo‘lakay sayyoralar gravitatsiyasi ta'sirida orbital o‘zgarishlarga duchor bo‘lishadi. Agar kometa gigant sayyoralar yaqinidan uchib o‘tsa, uning orbital yo‘nalishi keskin o‘zgarishga uchrashi mumkin. Bunday hollarda esa, to‘qnashuv ehtimoli ham katta bo‘ladi. Merkuriy, Oy, va Marsdagi ba'zi yirik kraterlar mazkur osmon jismlarining kometalar bilan to‘qnashishi natijasida kelib chiqqan degan farazlar ham mavjud. Quyosh tizimidagi umumiy kometalar soni tahminan 2.5 millionta. Shu paytgacha 600 dan ziyod kometa tizimli kuzatilgan. Ulardan 325 tasi Auyoshga ko‘p marotaba yaqinlashib kelib turadi. Bir yil davomida esa o‘rtacha 7-10 ta kometa quyoshga yaqinlashib kelib-ketib turadi. Shu paytgacha kuzatilgan kometalar ichida eng uzoq davriylikka ega kometa bu - Grigg Mellish kometasi bo‘lib, u 164 yilda qaytadi. Bu kometa 1742-yilda ilk marta kuzatilgan edi. Shu vaqtgacha Grigg Mellish kometasining 2 marta Quyoshga qaytgani kuzatildi. Bu kometa quyoshdan eng uzoqlashganida 29.8 a.b. gacha yiroqlashib ketadi. Quyoshga eng yaqin kelishida 0.92 a.b. gacha masofaga yaqinlashadi. Orbita qiyaligi 110.

Shuningdek, ma'lum va mashhur kometalardan yana biri - Galley kometasining qaytishi fan tarixida 30 marta kuzatilgan bo‘lib, u haqidagi dastlabki ma'lumor eramizdan avvalgi 466 yilga tegishli. Galley kometasi 76.029 yilda Quyoshga qaytadi. Uning eng uzoqlashish masofasi 17.8 a.b. va eng yaqinlashish masofasi 0.59 a.b. Orbita qiyaligi 162.

Kometalar ichida eng tez qaytish davriyligiga Enke-Baklund kometasi ega. Bi kometaning davriyligi 3.302 yilga teng. Mazkur kometa 1786-yildan buyon naq 51 marta kuzatilgan. Uning eng uzoqlashgandagi quyoshgacha bo‘lgan masofasi 2.21 a.b. , yeng yaqinlashganidagi esa 0.34 a.b. ni tashkil qiladi. Orbita qiyaligi 12°.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 

Yangilаndi: 19.03.2018 08:28  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!