Topqirlik va uddburonlik namunalari

12.06.2013 19:30 Muzaffar Qosimov
Chop etish
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Topqirlik va uddburonlik namunalari yoxud,

“Siz shoxida yursangiz biz bargida raqs tushamiz…”

Mashhurlar hayotidan bo’lgan voqe’liklar, topqirlik va uddaburonliklar...

 

Birovga chox qazisang…!

Teatrlardan birida bir biriga juda ko’p hazil qiluvchi, bir birini dog’da qoldirishga garov bog’lagan ikki aktyor ishlardi. Napoloen davriga oid tarixiy spektaklni o’ynashda esa ulardan biri Napaleonni, ikkinchisi esa uning adyutanti rolini ijro etardi.

Spektaklda adyutantning Napoleonga horijdan maktub keltirib tutqazadigan, Napoleon esa uni barchaga eshittirib ovoz chiqarib o’qishi lozim bo’lgan sahna bo’lib, Napaleon rolini o’ynovchi aktyorga mazkur xat uzatiladiga qog’ozga yozilgan holatda berilar, u esa har safar maktubni qog’ozni o’zidan o’qib berar edi. Spektakllardan birida, adyutant rolidagi aktyorning qitmirligi tutib, “Napaleon”ning xatni yoddan bilmasligini juda yaxshi hisobga olgan holda, unga qattiq hazil qilmoqchi bo’libdi. O’sha epizod kelganida, adyutant rolidagi aktyor o’z rejasiga ko’ra, Napaleonga oppoq, bo’m bo’sh qog’ozni tutqazibdi. Napoleon xatni olgach viqor bilan uni o’qishga chog’lanib qarasa, unda ssenariydagi so’zlar yo’q…

U shu zahotiyoq gap nimadaligini fahmlab, o’z “raqibi” – adyutantga qarasa, u jilmayib, uning ustidan kulgan yuz ifodasida tikilib turarmish. “napaleon”ning fahmi adyutantnikidan yuqoriroq ekanmi, har qalay vaziyatdan tez chiqib ketish yo’lini topibdi: U Napaleonga xos viqor va salobat bilan yo’g’on ovozda boyagi xatni “adyutant”ga qayta tutqazib, buyruq ohangida:

-Ovoz chiqarib o’qing! degan ekan.

O’z tuzog'iga o’zi tushgan “adyutant” nima qilarini bilmay uzoq vaqt serrayib turib qolgan va oqibatda tomoshabinlar tomonidan hushtakbozlik bilan sahnaning o’zida izza qilingan ekan….

***

Yashasin qirolicha!

Angliyada qirol Georg IV hukmronligi vaqtida uning oilasiga taaluqli favqulodda mojaroli vaziyat yuzaga keldi. Qirol o’z xotini Karolinani oilaga xiyonat qilganlikda ayblab so’roqqa tutardi. Qirolicha Karolinaning eng ashaddiy dushmanlaridan biri lord Kleyford edi. U Karolinaning ko’p sirlarini (kirdikorlarini) bilar va shu sababli ham qirolicha tomonidan ta’qib va tayziqlarda bo’lardi. Bir kuni u o’z karetasida London ko’chalaridan birida ketayotsa, qarshi tomondan qirolicha karetasi kelayotganini ko’radi. Qirolicha Karolina ham vaziyatdan foydalanib qolish va Kleyfordga butun ko’cha odamlari oldida o’zining aybsizligini tan oldirish maqsadida unga “Yashasin pokiza va halol qirolicha Karolina” deb butun Londonga eshittirib baqirishni va boshqa to’planganlar buni tasdiqlab quchqirishlarini buyuradi. Tezda olomon to’planadi. Qirolichaga hayrihoh, hamda uning kirdikorlaridan habardor be’zorilar olomoni esa, agar lord bu talabni bajarmasa, uni shu yerda gumdon qilishlarini ma’lum qilishadi, lording iqrorona baqirishini ustidan kulish va unga moslab chinqirishga tayyor turgan bu olomon, gvardiya yetib kelgunicha biror telbalikni qilib qo’yishi mumkin edi. Talabni bajarmasa sog’ qolmasligiga fahmi yetgan lord, kareta ustiga chiqib bor ovozi bilan “Yashasin qirolicha Karolina! Iloyim barchalaringizning xotinlaringiz ham huddi qirolicha Karolinaday bo’lsin!!!” deya baqirgan ekan. Kim ham xotining o’ziga hiyonatkor bo’lishini hohlaydi? Hattoki ashaddiy London be’zrilari ham buni hohlashmagan va yaramas qirolicha maqsadiga erisha olmagan ekan.

***

Ijod qadri

O’zi jurnal chop etib o’zi sotuvchi bir noshirga har safar nonvoy kiyimodagi bir kishi kelib, jurnalga obuna bo’lish maqsadida ekanligini, lekin avval jurnal unga ma’qul keladimi yo’qmi tekshirib ko’rish niyatida uni varaqlab ko’rmoqchiligini aytib, nashriyotda hotirjam o’tirib barcha sahifalarni o’qib chiqar va fikrini keyinroq aytishini bildirib ketar ekan. Bu holat 5-6 marta takrorlangach, noshir uning maqsadi jurnalga obuna bo’lish emas, balki tekinga o’qib olish ekanligini fahmlab qolibdi. Naoshir ham aksil harakatga tushib, nonvoyning do’koniga borib, nondan kesib yeya boshlabdi. Nonvoyning shu zahoti jahli chiqib “Nima qilyapsiz, avval pulini to’lamaysimi?” deb o’shqirib beribdi. Noshir ham hotirjam nonni kavshagan holda, “Yeb ko’raychi, menga ma’qul kelsa keyin xarid qilaman” degan ekan. @Mualliflik huquqlari 

Yangilаndi: 12.06.2013 19:37