O‘lchamlarni taqqoslab...

23.07.2016 16:56 Muzaffar Qosimov Bu-qiziq - Infografika
Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

O‘lchamlarni taqqoslab...

Uydan ishgacha yoki, o'qish joyigacha bo'lgan masofaning olisligidan shikoyat qilayotgan odamni hech kuzatganmisiz? Uning uchun dunyodagi eng olis masofa aynan shu masofa bo'lib ko'rinadi. Keling hissiyotlarga berilmay, aslida qaysi masofa eng olis ekani haqidagi infografika bilan tanishib chiqamiz:

Siz maktab fizika kursidan, ulkan astronomik miqyoslar uchun noodatiy o‘lchov birligi - yorug‘lik tezligidan foydalanilishini bilsangiz kerak. Yorug‘lik soniyasiga 299 792458 metr tezlik bilan harakatlanadi. Bu tabiatdagi eng katta tezlikdir va boshqa hech narsa yorug‘lik tezligidan tez harakatlana olmaydi. Odatda yorug‘lik tezligi 300000 km/soniya tarzida yaxlitlab olinadi. Shu tezlik bilan harakatlanish orqali, yorug‘likning bir yil ichida bosib o‘tadigan masofasini astronomlar o‘z ishlarida o‘lchov birligi sifatida qo‘llaydilar. Agar erinmay hisoblab chiqilsa, bir yorug‘lik yili 9460528400000 km ga teng ekanini aniqlash mumkin. Ya'ni, yorug‘lik bir yil ichida shuncha masofani bosib o‘tadi.

Shunday mislsiz tezlik bilan harakatlanib, yorug‘lik Quyosh tizimini taxminan atiga 10 soat mobaynida kesib o‘tadi.

 

Biroq, Quyosh tizimi juda ulkan galaktika bo‘lmish Somon Yo‘lining juda kichik bir qismi xolos. Somon Yo‘lining diametri aql bovar qilmas darajada ulkan: 110000 yorug‘lik yili! Ya'ni, galaktikamiz, Quyosh tizimidan ko‘ra 116 million marta kattadir. Ya'ni, yorug‘lik soniyasiga 300000 km tezlik bilan harakatlanib, bir yuz o‘n million yildan keyingina galaktikani kesib o‘ta oladi!


 

Koinotning olimlar kuzatishga muvaffaq bo‘lgan chegaralari Somon Yo‘li galaktikasida 249000 marta kattadir. Lekin Koinotning haqiqiy chegaralarini hech kim aniq bilmaydi. U cheksiz, Bepoyon, hadsiz-sarhadsiz bo‘lsa kerak...

Kuzatilayotgan Koinotning diametri 27,4 milliard yorug‘lik yilini tashkil etadi... Tasavvur qilishning o‘zi mushkul!!!...


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 27.11.2018 11:52