Gaz bosimi

29.08.2013 08:39 Muzaffar Qosimov Maqolalar - Qiziqarli fizika
Chop etish
Maqola Reytingi: / 31
Juda yomon!A'lo! 

Gaz bosimi

Qattiq jism va suyuqliklardan farqli ravishda gazlar atrof muhitga doimiy ravishda, bosim o‘tkazadi. Gazlarning‘ ayniqsa siqilgan holatdagi bosimi juda qulay va foydali energiya manbaidir.

Suyuqliklardan va qattiq jismlardan farqli ravishda, gazlar oson siqiladi. Masalan, xonadagi barcha havoni, bir kichik ballonga qamash mumkin va unday balloning hajmi vannanikidan ham kichik bo‘ladi. Shuningdek gazlar sezilarli darajada kengayish xususiyatiga ham ega.

Bunday ajoyib xususiyatlarning sababi esa, gaz molekulalari orasida masofaning mavjud ekanlididadir. Siqilganda masofa qisqaradi va gaz molekulalari bir biriga yaqinlashib oladi. Kengayishda esa, masofa ortib, molekulalar bir biridan uzoqlashadi.

Gaz - prujina.

Gazni energiya yig‘uvchi modda nuqati nazaridan qarab, siqiq prujina bilan taqqoslash mumkin. Gaz siqilganida, molekulalar o‘zaro yaqinlashib, ma'lum miqdordagi energiya hosil qiladi va xuddi prujinadek asl holatiga qaytish uchun itarisha boshlaydi. Kengayish jarayonida qo‘shimcha energiya ajralib chiqadi: u gaz molekulalarnin doimo o‘zaro to‘qnashib turishi natijasidagi umumiy yuzaga keltiradigan bosimi sifatida namoyon bo‘ladi. Gazni qizdirish ham aynan shu natijani beradi. Yuqori harorat gaz molekulalarini yanada tezroq harakatlanishga majbur qiladi.

XVII asrda olimlar, masalan Robert Boyl (1627-1691) gaz bosimi tabiatini o‘rganishga endigina kirishfan vaqtlarda, amaliyotchi ishbilarmon muhandislar gazlardagi bu xususiyatdan energiya manbai sifatida foydalanish mumkinligini anglab qoldilar. Muhim kashfiyotlardan biri shu bo‘ldiki, odamlar nafas oladigan oddiy havo ham, boshqa barcha gazlar singari bosim bera olishi mumkin ekan (Torichelli tajribalari).

Havo bosimi.

Havo bilan to‘ldirilgan idish, ham ichki ham tashqi tarafdan uning bosimiga duchor bo‘ladi. Lekin, agar idish ichidagi havoni so‘rib olib, vakuum hosil qilinsa, havoning bosimi faqat tashqi tarafdan sezila boshlaydi. Mashhur olmon olimi Otto fon Gerikening (1602-1686) o‘zi kabi mashhur «Magdeburg yarim sharlari» bilan o‘tkazgan tajribasida, ichidagi havosi so‘rib olingan metalla sharlar yordamida atmosfera bosimining qanday kuchga ega ekanligini namoyish qilib berdi. Uning tajribasida ishtirok etganlar, atmosfera havosining kuchi, ichidagi havosi so‘rib olingan ikkita yarim sferalarni ikki yoqqa tortayotgan sakkizta otning kuchanishini ham tutib turishga yeta olishiga guvoh bo‘ldilar.

Shu yo‘sinda, gazning energiyasidan ikki xil yo‘l bilan: idish ichidagi bosimni kamaytirish orqali tashqi atmosfera bosimining ta'sirini orttirish usulida; yoxud, idish ichidagi gazni siqish, yoki, uni haroratini orttirish usulida foydalanish mumkin.

Kompressorlar.

Hammazmizga bolalikdan tanish bo‘lgan velosiped nasosi kompressorning o‘ziga xos variantlaridan biridir. Uning ichidagi porshen havoni siqib, bosimini orttiradi. Havo bosimining ortayotganligini shinaning borgan sari qattiqlashayotganligidan bilib olamiz.

Havoni burchakli lopastlari bo‘lgan aylanuvchi turbina yordamida yana ham samaraliroq siqish mumkin. Bunda, turbinaning aylanishi, borgan sayin ko‘proq va uzliksiz havo so‘rib olishga imkob beradi. Mazkur usul sanoat korxonalarida ko‘p miqdordagi havo ehtiyoji mavjud bo‘lgan texnoligik jarayonlarni ta'minlashda katta samara beradi. Bunday yo‘l bilan bosimi orttirilgan havoni quvurlar orqali uzatilishi bilan, turli maqsadlarga xizmat qilishga yo‘naltirilishi, masalan, rang sochish, sovutish tizimlari, ventilyatsiya, yoki, turli xil asboblarni ish mohiyatini ta'minlash mumkin. Siqilgan havoda ishlaydigan asbob - uskunalar «pnevmatik» asboblar deyiladi. Bularga misol qilib, pnevmatik drellar, sayqallash asboblari, pnevmatik otboy bolg‘alarini keltirish mumkin.

siqilgan havo shuningdek, Samolyotlar, poezdlar va boshqa transport vositalarining tormoz tizimida ham keng qo‘llaniladi. Pnevmatik asboblar uchun mo‘ljallangan havo har doim ham siqilavermaydi. U avvaldan siqilib, maxsusu zich ballonlarga zaxirlanib qo‘yilishi va zarur bo‘lganida foydalanilishi mumkin.

Yoqilg‘i gazning bosimi.

Ko‘plab dvigatellarning ishlash mohiyati, yoqilg‘i gazning issiqlik ta'sirida bosimining ortishiga asoslanadi. Bug‘ dvigatellarida, yonuvchi yoqilg‘i suvni isitadi, va uni qaynoq suv bug‘lariga aylantiradi. Keyin bu bug‘ kondensator deb nomlanuvchi maxsus kameraga uzatiladi va u yerda bug‘ tezkor soviydi.

Bug‘ sovishi jarayonida u kondensatsiyalanadi (ya'ni qaytadan suvga aylana boshlaydi) va bosimi keskin tushib ketadi. Kondensatordan bug‘, quvurlar orqali, porshen orqasidagi slindr kameraga uzatiladi. Bug‘ o‘z bosimi bilan porshenni ilgarilanma harakatlanishga majbur qiladi. Bug‘ bosimining keskin tusib ketishi tufayli, endi havoli kameradagi havo bosimi, Porshenni orqaga itarib, bo‘shliqni borgan sari qisqartirib boradi. Porshenning shunday harakatlanishi dvigatel mexanizmini ishlashga majbur qiladi.

 

Ichki yonuv.

Ichki yonuv dvigatellarida yoqilg‘i (odatda benzin) bevosita slindrning ichida yonadi. Yonayotgan yoqilg‘i keskin kengayadi va bosimi ko‘p marta ortib ketadi. U havo bosimidan sezilarli darajada ortiq bo‘ladi va porshenni katta kuch bilan itaradi.

Gaz turbinalari.

Gaz turbinali dvigatellarda gaz porshen bilan emas, balki, katta tezlikda aylanuvchi turbinalar yordamida siqiladi. Bitta gaz turbinali dvigatelda odatda ikkita turbina bo‘ladi. Dvigatelning kompressor turbinasi gazni so‘rib oladi va uni siqadi. Siqilgan havoga yoqilg‘i sochib turiladi. Aralashma alanga olib, keskin kengayadi va asosiy turbinaning lopastlarini itarib, katta tezlik bilan aylanishga majbur qiladi. Asosiy turbina aylanib, kompressor turbinasini ham harakatga keltiradi.bunday gaz turbinalari asosan yuqori tezlikli lokomotivlar hamda, kemalarda o‘rnatiladi. Bunday transportlaning ko‘pchiligida vintlar va g‘ildiraklar turbinaning aylanishi orqali harakatlantiriladi. Samolyotlarning reaktiv dvigatellari ham faqat gaz bosimi tufayli ish bajara oladi. Bunda asosiy turbinadan tashqariga kata bosim ostidagi chiqarilayotgan gaz oqimi, uchish uchun taynch vazifasini bajaradi.

 

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 24.03.2018 12:24