Koinotdan xabarlar: Qora materiya mavjudmi?

06.04.2013 05:19 Muzaffar Qosimov Maqolalar - Maqolalar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Jenevada o’tkazilgan matbuot anjumani orqali, Nobel mukofoti laureati, olim Samuel Ting yaqin 2 yil davomida Xalqaro Kosmik Stantsiya (XKS) da o’rnatilgan «AMS-02» magnit alfa-spektrometri yordamida o’tkazilgan qora materiyani qidirish bo’yicha tadqiqotlarning dastlabki natijalarini ommaga ma’lum qildi.

 

Tingning so’zlariga ko’ra, olimlar kosmik nurlanishlardagi ma’lum energiya diapazonlari – 10 dan 250 gigaelektronvoltgacha bo’lgan intervallarida pozitronlarning elektronlardan ko’ra yetarlicha ortiqchalik  holatini qayd etishga muvaffaq bo’lishgan. Butun ish vaqti davomida «AMS-02» magnit alfa-spektrometri , energiyasi 0,5 dan 350 gigaelektronvoltgacha bo’lgan  400 mingga yaqin  pozitronlarni aniqlagan.  Ilgari ortiqcha pozitronlarning qayd etilishi igari ham sodir bo’lgan bo’lsada, Ting keltirgan ma’lumotlar koinotdan hozirgacha olingan ma’lumotlar ichida eng batafsillari bo’lib chiqmoqda.

Pozitronlarning ortiqchaligi holatining kelib chiqish manbai sifatida qora materiyadagi yuz beruvchi jarayonlar faraz qilinishini e’tiborga olsak, bu zarralarning aniqlanishi uning (qora materiya) mavjudligini tadqiqot yo’li bilan tasdiqlangan jiddiy isboti sifatida qarash o’rini bo’ladi. Boshqa farazlarga ko’ra esa, ortiqcha pozitronlarning manbi pulsarlar bo’lishi mumkin.

Bo’lishi mumkin bo’lgan ikkala variantdagi manbalarni, pozitronlar energiyasini spektral analiz qilish yo’li bilan ajratish mumkin. Supersimmetriya nazariyasiga ko’ra, agar pozitronlar qora materiya zarralarining to’qnashuvi natijasida payodo bo’ladigan bo’lsa, ularning energiyasi ma’lum chegara bilan cheklanadi. Shu sababli, bunday energiyaviy chegaradan tashqarida qolgan (agar u haqiqatan ham qora materiya orqali paydo bo’lgan bo’lsa) ortiqcha zarrachalar yo’q bo’lib ketishi zarur.

Evropa yadro tadqiqotlari markazi habarida aytilishicha, pozitronlarning ortiqchaligi faktidan boshqa, ularning chegaraviy qiymatdan keyin yo’qolish onini aniqlash imkoni bo’lmafan. Shu sababli hozircha qora materiyaning mavjudligi to’g’risida gapirishga biroz erta. Olimlar kelajakda «AMS-02» magnit alfa-spektrometri rejimini energiyaning yana ham aniqroq qiymatlarga (250 gigaelektronvoltgacha bo’lgan) sozlab, nazariyotda tahmin qilingan pozitronlar yo’qolish holatini qayd etishmoqchi.

«AMS-02» magnit alfa-spektrometri Halqaro Kosmik Stantsiyada 2011 yilning 19 may kuni o’rnatilgan edi. Apparatning tajriba-sinov loyihasi «?ir» stantsiyada ishlagan. Halqaro Kosmik Stantsiyadagi hozirgi «AMS-02» magnit alfa-spektrometri esa 16 ta ishtirokchi davatlar tomonidan loyihalangan va uning asosiy funktsional bo’lagi zaryadlangan zarralarni ularning vazniga ko’ra farqlovchi o’ta kuchli magnit – spektormetr hisoblanadi.

Yangilаndi: 14.09.2018 09:40