Eynshteynning mashhur timsoli - tilini chiqargan daho

07.06.2015 04:53 Muzaffar Qosimov Bu-qiziq - Fan haqida latifalar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 34
Juda yomon!A'lo! 

Eynshteynning mashhur timsoli - tilini chiqargan daho

O‘sha ma'lum va mashhur fotosurat.
Albert Eynshteyn tilini katta qilib chiqarib turibdi.

Fotosuratga turlicha izoh berishadi.
Ular ichida eng keng tarqalgani va ishonchlisi quyidagicha:

 

Allaqachon butun dunyoga dong‘i ketgan olim Albert Eynshteyn o‘zining 72-yoshga to‘lishi munosabati bilan Prinston universitetida berilgan ziyofatdan chiqib kelar ekan, uni Artur Sass ismli fotograf ta'qib qilardi. Shunda olim u tomon nogahon kutilmaganda qayrildi va tilini katta qilib chiqarib o‘z kulguli siymosini tarixga muhrladi.

Eynshteyn o‘zi bu fotosuratga shunday sharh bergan: "Siz ko‘rgan narsa - insoniylik ishorasdir. Istalgan oddiy odam ham, zamonamiz diplomatlari uchun imkonsiz bo‘lgan, oddiy insoniy qiliqlarni qila oladi".

Bu davrda lahzani fotosuratga muhrlash hozirgidek bitta tugmani bosish bilan osongina bajariladigan ish bo‘lmay, balki butun boshli tayyorgarlikni talab qiluvchi 1-3 daqiqalik jarayon bo‘lgan. Fotografning o‘z ortidan qolmayotganini ko‘rgan Eynshteyn uni tayyorlanib ulgurmaydi deb o‘ylagan va bir onga u tomon qayrilib tilini chiqargan. Vaholanki Sass tayyor edi va uning omadi kelib tarixda eng mashhur fotosuratlardan birining muallifiga aylandi. Eynshteyn bu suratdan o‘zining do‘stlariga hazil maktublar yo‘llashda va bayram tabriknomalari tayyorlashda ko‘p foydalangan.

Fotosuratda Eynshteyn avtomobil salonida o‘tiribdi, uning hamrohlari - doktor Eydelot va uning rafiqasi. 14-mart, 1951-yil Prinston.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 22.12.2018 11:04