Erg

10.01.2022 02:26 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - Tizimlashmagan birliklar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Erg

Erg birligi SGS birliklar tizimida ish va energiya birligi hisoblanadi. O‘zbekcha xalqaro belgilanishlari bir xil – erg ko‘rinishida belgilanadi (кириллчада эрг). SI tizimiga kirmaydi.

Ta’rifi: 1 erg – 1 dina kuch sarflash orqali jismni 1 sm masofaga siljitishda bajarilgan ish miqdoriga teng bo‘ladi:

 

Erg birligining nomi qadimgi yunon tilida «ish» degan ma’noni beruvchi ergon so‘zidan kelib chiqqan. SI birliklariga o‘girganda, 1 erg ish miqdori 10‒7 joulga teng bo‘ladi. Erg miqdoran juda juda kichik birlik bo‘lib, ilm-fanda va umuman amaliyotda qo‘llash uchun o‘ta noqulaydir. Masalan, massasi 70 kg bo‘lgan odamning zinapoyalar bo‘ylab 3 metr yuqoriga chiqishidagi bajargan ishi erg birligida hisoblansa – 21 000 000 ergni tashkil qiladi. Xuddi shu miqdorni SI tizimidagi joul birligida hisoblansa, 2,1 joulga teng bo‘lib chiqadi. Tasavvur qilish yanada qulay bo‘lishi uchun shuni aytish mumkinki, masalan, oddiy pashsha qo‘nib turgan joyidan oyoqlarini juftlab turib bir irg‘ib uchib ketishida taxminan 1 erg ish bajaradi (yoki 1 erg energiya sarflaydi desa ham bo‘ladi).

Erg birligining boshqa tizimlardagi ish va energiya birliklari bilan o‘zaro nisbati quyidagicha bo‘ladi:


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 10.01.2022 02:30