Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ma'lumotnomalar
Ma'lumotnomalar bo'limi


Vodorod

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 28
Juda yomon!A'lo! 

Vodorod

Vodorod – kimyoviy elementlar davriy jadvalining eng birinchi elementi. Formulasi H. Vodorodning formulasi, uning lotincha nomi – «Hydrogenum»ning bosh harfidan kelib chiqqan bo‘lib, u qadimgi yunon tilidagi ὕδωρ — «suv» va γεννάω -  «tug‘diruvchi» so‘zlaridan yasalgan. Tarjimada «suv tug‘diruvchi» ma’nosini anglatadi.

Oddiy modda sifatidagi vodorod H2 – yengil, rangsiz gaz.  Kislorod bilan aralashma holida yonishga va portlashga xavfli. Toksik emas. Etanolda, shuningdek qator metalllarda: temir, nikel, palladiy, titan va platinada eriydi.

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.

Vodorodni ilk marotaba 1766 yilda ingliz kimyogar va fizik olimlari Genri Kavendish tomonidan kashf etilgan deb hisoblanadi. Kavendishning o‘zi, tajribalarida olingan noma’lum gazga «yonuvchi havo» deb nom bergan. «Yonuvchi havo» yondirilganida suv hosil bo‘lishini kuzatgan Kavendishning o‘zi, ilmiy mulohazalarda flogiston ta’limotiga tayanib qolganligi bois bu borada yakuniy xulosa chiqara olmagan. Vodorod alohida kimyoviy element ekanligini esa, ilk marta farang kimyogari Antuan Lavuaze hamda muhandisi Jan Menyo birgalikda olib borgan maxsus gazometr uskunalar yordamidagi tajribalar orqali ilmiy isbotlangan. Elementga «Hydrogenum» nomini ham aynan Lavuaze taklif qilgan. O‘zbek tiliga rus tili orqali kirib kelgan «Vodorod» atamasi esa, 1824 yilda rus kimyogari M. Solovyov tomonidan fanga kiritilgan edi.

Yangilаndi: 13.12.2018 17:15
 

Elementlarning elektrmanfiyligi - χ

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Elementlarning elektrmanfiyligi - χ

Elementnning elektrmanfiyligi, ushbu element atomining, kimyoviy birikma hosil qilishda, boshqa elementlarning valentatomilaridan elektronlarini tortish energiyasini ifodalaydi. [1]

Elektr manfiylik - atomning birikmada o‘ziga elektronlar tortish xususiyatidir. [2]

Elektr manfiylik - atom yadrosining kuch maydonini xarakterlaydi va u, bir vaqtning o‘zida, yadro zaryadiga ham, shuningdek, yadroning elektronlar orqali ekranlanishi darajasiga ham bog‘liqdir. Elementlarning elektr manfiyligi, ular xosil qilgan moddalarning ko‘p xossalarini, xususan, kovalent bog‘lanishlarning qutbliligini, ularning reaksiyalarda qanday kimyoviy xususiyat namoyon qilishi, oksidlanish darajasi ishorasini, vodorod bog‘lanishlarini amalga oshirish imkoniyatlar va boshqa xossalari to'g'risida mulohaza yuritish imkonini beradi.

 

Quyidagi jadvallarda, Kimyoviy elementlarning Elektr manfiyliklarining qiymatlari nisbiy birliklarda keltirilgan.

Yangilаndi: 18.02.2019 11:16
 

Edvin Oldrin

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

kichik Edvin Yujin Bazz Oldrin

Edvin Oldrin

kichik Edvin "Bazz" Yujin Oldrin (inglizcha: Edwin Eugene Aldrin, Jr) 1930-yilning 20- yanvarida AQSHning Nyu-Jersi shtati, Glen-Ridj sharida tug‘ilgan. AQSH aviatsiya muhandisi, NASA astronavti, AQSH harbiy havo kuchlari iste'fodagi polkovnigi, Fan Doktori. Insoniyat tarixida ilk marotaba Oyga parvoz qilgan "Apollon-11" fazo kemasi ekipaji a'zosi. "Apollon-11"ning Oy moduli - "Burgut"ning uchuvchisi. Oyga qo‘nishni amalga oshirgan ilk fazogir, ekipaj komandiri Nil Armstrongdan keyin, Oyga qadam bosgan ikkinchi inson.

1946-yilda, Monkler sharidagi o‘rta maktabni tamomlagach, Vest-Poyntdagi AQSH harbiy akademiyasiga o‘qishga kirgan. 1951-yilda mazkur akademiyani muvaffaqiyatli tamomlab, harbiy texnika fanlari bakalavri diplomini qo‘lga kiritgan. Shu yili AQSH harbiy havo kuchlariga xizmatga chaqirilib, 1953-yilda, Koreya urushiga safarbar etilgan. Koreys urushidan keyin, Edvin Oldrin, Alabamadagi Maksvell aviatsiya universitetida ofitserlik maktabini o‘tadi va bir qator harbiy bilim yurtlarida, havo janglari bo‘yicha dars berdi. Edvin Oldrin, 1963-yilga kelib, Massachusets texnologiya universitetida, orbitadagi kosmik apparatlarning tutashtirilishini boshqarishga bag‘ishlangan mavzuda doktorlik dissertatsiyani yoqladi va Fan Doktori unvoniga ega bo‘ldi.

Yangilаndi: 27.12.2018 13:48
 

Nil Armstrong

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Nil Olden Armstrong

Nil Armstrong

Nil Oldin Armstrong (inglizcha: Neil Alden Armstrong) 1930-yilning 5 avgustida AQSHning Ogayo shtati, Ualakoneta shahrida tug‘ilgan. AQSH astronavti, insoniyat tarixida Oyga qadam qo‘ygan birinchi inson, sinovchi-uchuvchi, kosmik muhandis. Ualakoneta shahridagi o‘rta maktabni 1947 yilda tamomlagach, shu yilning o‘zida, Indiana shtati, Vest-Lafayet sharidagi Perdyu universitetining aviatsiya sanoati yo‘nalishiga o‘qishga kiradi. Universitetdagi o‘qishni, oraliq tanaffuslar bilan, 1955-yilgacha davom ettirgan va yakunda, 1955-yili, aviatsiya texnikasi fanlari bo‘yicha bakalavr diplomini qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng, u harbiy xizmatga chaqirilgan va AQSH harbiy havo kuchlari tarkibida, Koreys urushida qatnashgan. Koreys urushidan ikkita oltin yulduz va "Aviatsiya" medali bilan qaytgach, 1958-yilda, tajribaviy kosmik apparati - American X-15 da uchish uchun tanlov bo‘yicha, sinovchi-uchuvchilar safiga kiritildi. Ushbu turkumdagi raketalardagi ilk parvozini 1960-yilda amalga oshirgan Armstrong, 1962-yilga qadar 7 marta, atmosferaning yuqori qatlamlariga raketa parvozlarini amalga oshirdi. 1962-yilda, raketalardagi uchishlarning muvaffaqiyatsiz loyiha ekanligini ta'kidlagan holda loyihani tark etdi va NASAning koinotga uchish uchun olib borayotgan fazogirlar tanloviga ishtirok etish uchun hujjat topshirdi. Shu yili Armstrongni, kosmik parvozlar uchun tayyorlanuvchi kosmonavtlar ro‘yxatining 2-guruhiga qabul qilishdi. Nil Armstrong NASAdagi ilk kosmik parvozini, 1966 yilida, "Ajena-8"fazoviy kemasida amalga oshirdi. Biroq, parvoz, fazo kemasining yo‘nalish belgilovchi tizimlarida kelib chiqqan jiddiy nosozliklar tufayli, ekipaj muddatidan avval yakunlanib, yerga qaytishga majbur bo‘lgan. Ushbu parvoz davomida, Armstrong fazo kemasi kapitani bo‘lib, ikkinchi uchuvchi - Devid Skott bilan birgalikda, ilk bora ikkita fazo kemalari - "Ajena-8" hamda, uchuvchisiz "Jemini" apparatlarining o‘zaro tutashtirish operatsiyasini amalga oshirishgan edi.

Yangilаndi: 27.12.2018 13:46
 

Apollon-11

E-mail Chop etish PDF

Apollon-11

"Apollon-11" - Apollon seriyasidagi, uchuvchili kosmik kema. 1969-yilning 16-24 iyul kunlari, tarixda ilk marta, bortida inson bilan Oyga parvoz qilgan va Oy sirtiga qo‘nish amalga oshirilgan ilk fazo kemasi. Ikkita asosiy moduldan - boshqaruv moduli - "Kolumbiya" va Oy moduli "Burgut"dan iborat bo‘lgan. 1969-yil, 16-iyul kuni, Floridadagi, Kennedi kosmik markazining 39A kompleksidan, "Saturn-5" raketa eltuvchisi yordamida fazoga uchirilgan. Start vaqtidagi massasi - 43901 kg. Parvozning umumiy davomiyligi - 8 kun, 3 soat, 18 daqiqa va 8 soniyani tashkil etgan. Kema kapitani - Nil Armstrong, ekipaj a'zolari - Edvin Oldrin (Oy moduli uchuvchisi) va Maykl Kollinz (boshqaruv moduli uchuvchisi). Startdan (13:32) 11 daqiqa, 42 soniyadan so‘ng, "Apollon-11", yer sirtidan 190.8 km balandlik masofasida, 7.79 km/soniya tezlikka ega bo‘lgan tarzda, Yer tevarak aylana orbitasiga muvaffaqiyatli chiqishga erishdi. Yer atrofida 1.5 aylanish bajarilganidan so‘ng, Tinch okeani ustidan uchish vaqtida, "Apollon-11" ikkinchi kosmik tezlikka erishdi va Oyga uchish trayektoriyasiga yo‘naldi. Parvozning to‘rtinchi kuni, startdan 75 soat 41 daqiqa o‘tgan vaqtda, "Apollon-11" Oydan 572 km masofada, Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan teskari tomoniga o‘tdi va 8 daqiqadan so‘ng, u 114.1 km aposeleniy va 313.9 km pereseleniyga ega bo‘lgan, Oy tevarak-atrofi orbitasiga chiqishga erishdi. Keyinchalik, Oy atrofidagi aylanish orbitasiga tegishli tuzatishlar kiritilganidan so‘ng, 13-marta aylanishning so‘ngida, "Burgut" va "Kolumbiya"o‘zaro ajraldi va "Burgut", astronavtlar bilan birga Oyga qo‘nishni amalga oshirishga kirishdi.

Yangilаndi: 27.12.2018 13:47
 
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...


Maqolaning 8 sahifasi, jami 27 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 871
O'qilgan sahifalar soni : 7267330

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!