Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ma'lumotnomalar
Ma'lumotnomalar bo'limi


Gafniy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Gafniy

Gafniy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI davr IVB guruh elementi. Atom raqami 72. Hf (lotincha Hafnium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Oddiy modda shaklidagi gafniy qiyin eriydigan kumush-oq rangdagi metall yarqiroq holida bo‘ladi.

Tarixi va atama etimologiyasi.

Gafniy 1923-yilda kashf etilgan. Mendeleyev davriy jadvalining VI-guruhi tarkibi hali to‘liq ma'lum bo‘lmagan paytlarda gafniyni nodir yer metallari safidan qidirishgan. 1911-yilda fransuz kimyogari Jorj Urben (1872-1938) o‘zining yangi kimyoviy element kashf etgani va uni keltiy deb nomlaganini e'lon qilgan edi. Biroq, keyingi tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, Urben aslida itterbiy, lyutetsiy hamda juda oz miqdorda gafniy elementlari mavjud bo‘lgan aralashma ajratib olgan ekan xolos. Shundan keyin, gafniyni kashf etish borasidagi izlanishar yana davom etdi va bu boradagi izlanishlarga faqatgina Nils Borning kvant mexanikasiga asoslanib keltirgan hisob-kitoblariga ko‘ra, nodir yer metallari orasida oxirgisi - lyutetsiy ekanligi ma'lum bo‘lgachgina oydinlik kiritildi. Ya'ni, Borning hisoblashlari, gafniyni nodir yer metallari orasidan qidirish amaliyotini istisno qilish lozimligini ko‘rsatib bergan edi. Shunga ko‘ra, kimyogarlar gafniy sirkoniyning o‘xshashi ekanini bilib olishdi va izlanishlarni ushbu asosga ko‘ra davom ettirishdi.

Yangilаndi: 11.02.2020 08:38
 

Algebraik strukturalar: obyektlar o‘rtasidagi mavhum nisbatlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Algebraik strukturalar: obyektlar o‘rtasidagi mavhum nisbatlar

Algebraik strukturalar - nazariy matematikaning tarkibiy qismi o‘laroq shakllangan. Shunga qaramay, algebraik strukturalar fizika, kimyo va boshqa fan sohalaridagi muhim masalalar yechimi uchun tadbiq qilina boshlandi va tez orada texnikada ham o‘z amaliy ahamiyatini namoyon qildi. Umuman olganda, algebraik strukturalar tushunchasi bugungi kunda shunchaki nazariy matematika sohasi chegarasidan tashqariga chiqib ketgan. Algebraik strukturalar fizika, kimyo va ayniqsa informatika sohalarida o‘ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Guruhlar nazariyasi va algebraik strukturalar tushunchasisiz nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasini barpo qilish imkonsiz bo‘lgan bo‘lur edi

Ko‘plab jarayonlarni o‘rganish va tadqiq qilishda algebraik strukturalarni tadbiq etish masalasi yuzaga chiqadi. Algebraik strukturalarni qo‘llashda esa, muayyan darajadagi mavhimiyat (abstraksiya) talab qilinadi. Aslida bu narsa nafaqat algebraik strukturalarga, balki, kundalik hayotimizdagi ko‘plab boshqa narsalarga ham taalluqli bo‘lib, mavhum tushunchalar - turmushimizning chambarchas qismidir. Mavhum tushunchalar - insonning tafakkur va tasavvur qobiliyatida o‘ziga xos muhim o‘ringa ega.

Yangilаndi: 26.11.2018 10:33
 

"Hind hisobi haqida kitob"

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

"Hind hisobi haqida kitob"

920-980 yillarda Damashqda yashab o‘tgan arab matematigi Abul Hasan Ahmad ibn Ibrohim, o‘zi yozib qoldirgan ilmiy qo‘lyozmalarda al-Uqlidisi taxallusi bilan imzo chekkan. Xususan, uning muallifligida 953 yilda yozib bitirilgan "Kitob al-fusul fi al-hisab al-Hindi" kitobi arab tilida bitilgan matematik asarlar ichida eng birinchilaridan biri hisoblanadi. "Al-Uqlidisi" taxallusi arab tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinganda "Yevklidning kotibi", "Yevklid xattoti" degan ma'noni beradi. Bu bilan muallif, Yevklid asarlarini qadimgi yunon tilidan arab tiliga tarjima qilganligiga ishora qilmoqchi bo‘lgan bo‘lsa kerak. Haqiqatan ham, IX-XII asrlarda musulmon sharqida ko‘plab musulmon olimlar tomonidan antik davr ilm-faniga oid ko‘plab muhim asarlar arab tiliga o‘girilgan va xattotlar tarafidan ko‘p nusxalarda ko‘paytirilgan. Lekin, al-Uqlidisining nomi yuqorida zikr etilgan asari qadimgi yunon, yoki, Misr mualliflarining asarlarining tarjimasi bo‘lmay, balki, nomidan ham ko‘rinib turgandek, Hindiston matematikasi, aniqrog‘i, pozitsion raqamlash tizimidan foydalanish haqida bo‘lgan. Ushbu kitob biz hozirda arab raqamlari deb nomlaydigan odatiy o‘nli sanoq tizimidagi 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar bilan sonlarni ifodalash usuli haqida mufassal ma'lumot keltirilgan ilk ilmiy manba sanaladi.

Yangilаndi: 26.11.2018 10:34
 

Qisqichbaqasimon tumanlikning paydo bo‘lishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Qisqichbaqasimon tumanlikning paydo bo‘lishi

1054-yilda shimoliy yarimsharda istiqomat qiluvchi ko‘plab xalqlar osmon sferasida ilgari hecham kuzatilmagan g‘alati yorqin obyektning paydo bo‘lishiga guvoh bo‘lishdi. Buzoq yulduz turkumida yangi, nihoyatda yorqin yulduz paydo bo‘lgandi. Yangi paydo bo‘lgan yulduz keyingi ikki yil davomida asta-sekinlik bilan xiralashib, so‘ngra yana ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. o‘sha voqea haqida eng mufassal ma'lumotlarni Xitoy munajjimlari yozib qoldirishgan. Zamonaviy astronomlar tilida o‘ya yangi yulduz (supernova) chaqnashi deb yuritiladigan mazkur hodisadan keyin, koinotning o‘sha qismida eng o‘tkir ko‘z ham arang ilg‘aydigan juda xira tarqoq gaz buluti qolgan. Keyinchalik ushbu gaz bulutini astronomlar "Qisqichbaqasimon tumanlik" deb atay boshlashgan.

Yangilаndi: 21.11.2018 17:43
 

To‘rt yuz yillik teorema (Ferma teoremasi haqida)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 18
Juda yomon!A'lo! 

To‘rt yuz yillik teorema (Ferma teoremasi haqida)

Pifagor uchligi, ya'ni, x2+y2=z2 shartni qanoatlantiruvchi x, y va z butun sonlardan iborat uchliklar cheksiz ko‘pdir. Misol keltirish uchun uzoqqa borish shart emas:

32+42=52

Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, ushbu nisbatni eng qadimgi Misrliklar ham yaxshi bilishgan va amalda keng qo‘llashgan.

Ferma 1630-yilda Diofantning "Arifmetika" kitobni o‘qib chiqadi va kitob hoshiyasida quyidagicha qayd qoldiradi: "bu kabi ifoda qolgan barcha daraja ko‘rsatkichlari, ya'ni,

x3+y3=z3

x4+y4=z4

x5+y5=z5


va ho kazolar uchun butun yechimlarga ega bo‘lmaydi. Kubni boshqa ikkita kublarning yig‘indisi tarzida tasavvur qilib bo‘lmaydi. To‘rtinchi, beshinchi, va boshqa istalgan darajani ham bunday tasavvur qilishning iloji yo‘q".

Yangilаndi: 11.04.2019 10:14
 


Maqolaning 5 sahifasi, jami 27 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog'liq bo'lmasa, u matematika, agar bog'liq bo'lsa u - buxgalteriya...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 871
O'qilgan sahifalar soni : 7267556

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov