Nobel mukofoti egalari amalga oshirgan eng muhim kashfiyotlar.
Har yili oktyabr oyining dastlabki haftasida butun dunyo ilmiy jamoatchiligi nigohi Stokgolm tomon yuzlanadi. Chunki, oktyabrning ilk kunlarida Shvetsiya Fanlar Akademiyasi tomonidan, dunyodagi eng nufuzli ilmiy mukofot - Nobel mukofotining joriy yilgi laureatlarini e'lon qiladi. Xabaringiz bor, Nobel mukofoti Fiziologiya va Tibbiyot, Fizika, Kimyo ilmlari bo'yicha, hamda, adabiyot, iqtisodiyot va tinchlik sohalarida beriladi. Albatta, qaysidir olim, yoki shaxsga ushbu oliy ilmiy mukofot berilgani haqida xabar tarqalishi hamonoq, uning aynan qaysi "ko'rsatgan karomati" uchun mukofotga loyiq ko'rilgani ham ma'lum qilinadi. Tabiiyki, oddiy xalq eng avvalo, o'sha ilmiy ishning amaliy ahamiyati bilan qiziqadi. Ya'ni, "xo'sh, bundan odamlarga nima naf?" - qabilidagi savol albatta o'rtaga tashlanadi.



Maqolalar

Yerdagi hayot sayyoramizning o'z o'qi atrofida ayanishi jarayoniga qat'iy moslashgan. Ilm-fanda ko'p yillardan beri ma'lumki, Yerdagi barcha tirik organizmlar, shu jumladan odam ham, kundalik muntazam ritmga moslashgan ichki biologik soatlarga egadir. Ushbu biologik soat, tirik organizmning kun va tun almashinishi natijasida yuz beradigan tashqi omillarga tayyorlanishi va moslashishini nazorat qiladi. Biologik soat ilm-fanda ancha yillardan buyon ma'lum mexanizm bo'lsa-da, lekin olimlar uning qanday ishlashini aniqlashganiga hali uncha ko'p bo'lgani yo'q. Ushbu, 2017-yilgi Fiziologiya va Tibbiyot yo'nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan olimlar uchligi - Jeffri Xoll, Maykl Rosbash hamda, Maykl Yung aynan ushbu biologik soatlarning ishlash mexanizmini kashf qilishganliklari uchun oliy ilmiy mukofotga loyiq ko'rildilar. Ularning ilmiy ishlari silsilasi - o'simliklar, hayvonlar, hamda odam organizmning biologik ritmlari qay tarzda Yerdagi kun va tun almashinishi jarayonlari bilan sinxronlanishini mohiyatini ochib beradi.
Kompton effekti
Gugol
.

