Go o'yini
Go o'yini - ikki kishi o'ynaydigan stol o'yini bo'lib, uni taxminan eramizdan 2000 yillar muqaddam qadimgi Xitoyda o'ylab topishgan. Aniq dalil hisoblanadigan qo'lyozma manbalar ichida esa, eng qadimiysi eramizdan avvalgi 548-yilga taalluqli bo'lib, unda Szchao ismi xitoy muallif go o'yiniga mukkasidan ketgan odam haqida nasriy ko'rinishda ma'lumot yozib qoldirgan. o'yin Xitoydan Yaponiyaga ham o'tgan va eramizning XIII-asrida kunchiqar yurt aholisi mazkur o'yinga qattiq berilib ketgani haqida tarixiy ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan. Klassik go o'yinida 19×19 o'lchamdagi doska kataklarining tutashgan joylariga o'yinchilar navbat bilan oq va qora toshlarni qo'yib chiqishadi. Hozirda doska kataklari o'lchami 19×19 dan kattalari ham, kichiklari ham mavjud. o'yin qoidasiga ko'ra, o'yinchi o'z toshlari bilan raqibining toshlarini har tomonlama butunlay o'rab olishi kerak. o'rab olingan, ya'ni, qurshovda qolgan tosh (yoki toshlar guruhi) o'yindan chiqadi. o'yin maqsadi - doskaning imkon qadar katta qismini raqibdan tortib olish (raqibdan ko'ra ko'proq joyni egallash) bo'ladi.



Maqolalar

Tabiiy holdagi uglerodning har bir atomi to‘rtta boshqa uglerod atomlari bilan mustahkam bog‘langan bo‘ladi. o‘sha to‘rtta atomning har biri ham yana to‘rtta atomga mahkam bog‘lanishi mumkin. Shu tariqa, barcha uglerod atomlari bir-biri bilan juda mustahkam bog‘lanish hosil qiladi. Bunday bog‘larni uzishga ham ulashga ham muayyan jiddiy kuch sarflash kerak bo‘ladi. Shu sababli ham uglerod odatiy sharoitlarda qattiq holda bo‘ladi. Uglerod qip-qizarib ketguncha qizdirganda ham u qattiqligicha qolaveradi. Lekin, uni ham baribir suyuq ko‘rinishga keltirish mumkin. Buning uchun 3500 °C harorat kerak bo‘ladi. Kimyoviy elementlar ichida eng yuqori erish haroratiga ega bo‘lgan element aynan ugleroddir.
Rim raqamlari allaqachon matematika va moliya tizimida muomaladan chiqib ketgan bo'lsa-da, biroq, ular haqida bilish, yoki, Rim raqamlarida yozilgan sonlarni to'g'ri o'qiy olish o'zi ham hozirda odamga zarar qilmaydigan bilim sanaladi. Menimcha, Rim raqamlarida yozilgan sonni to'g'ri o'qiy olgan odam qandaydir o'z bilimiga nisbatan qoniqish hissini tuysa kerak. Masalan, bu quyidagicha bo'ladi: odam biror tarixiy bino oldidan o'tib borarkan, u yerda "bino MCMXVIII-yilda qurilgan" degan yozuvni uchratadi va uni demak, 1918-yilda qurilgan ekan deb bilib oladi. Shu bilan u o'ziga nisbatan qandaydir hurmat hissini sezadi. Mabodo, bir gala odamlar ichida bu yozuvni o'qiy olgan faqat u o'zi bo'lsa, hamda, yozuvning ma'nosini sheriklariga tushuntirib berolsa, shubhasiz bu odam o'zini shu to'daning eng bilimlisi deb his qilsa ajabmas.




