Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Tabiat qonunlari
Maqolalar

Moddaning agregat holatlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 45
Juda yomon!A'lo! 

Moddaning agregat holatlari

Modda oddiy sharoitda qattiq, suyuq, yoki, gaz holatida bo‘lishi mumkin, shuningdek, moddaning plazma holati ham mavjud.

Har qanday narsa molekulalardan tashkil topgan bo‘lib, uning fizik xossalari, o‘sha molekulalarning o‘zaro qanday ta'sirlashayotgani, hamda, qanday tartibda joylashgani bilan bog‘liq. Kundalik turmushda, ya'ni, oddiy sharoitlarda biz moddalarning uch xil agregat holatini, ya'ni, qattiq, suyuq, va gaz holatlarini kuzatamiz.

Gaz o‘zi egallagan hajmni to‘liq to‘ldirmaguncha kengayaveradi. Agar biz gaz moddaga molekulyar miqyosda nazar solsak, unda har yoqqa betartib harakatlanib, ora-sirada o‘zaro to‘qnashib ham turgan ko‘p sonli molekulalarni ko‘ramiz. Lekin bu molekulalar bir-biri bilan deyarli ta'sirlashmaydi. Agar hajmni kichraytirilsa, yoki, kattalashtirilsa, molekulalar yangi hajm ichida ham bir me'yorda, ravon tarqaladi. Gazlarning harorati va bosimi singari makroskopik xususiyatlari bilan uning molekulyar xossalari o‘rtasidagi aloqadorlikni molekulyar-kinetik nazariya o‘rganadi.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:22
 

Ridberg doimiysi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Ridberg doimiysi

Muayyan turdagi atomning nurlanish to‘lqini uzunligi, kvant sonlarining teskari kvadratlarining ayirmasiga bog‘liq bo‘ladi.

XIX-asrning ikkinchi yarmida olimlar barcha kimyoviy elementlar faqat o‘zigagina xos bo‘lgan qat'iy aniq chastota va to‘lqin uzunligiga ega yorug‘lik nurlari chiqarishini payqab qolishdi. Bunday nurlanish chiziqli spektr hosil qilardi va ushbu spektrga ko‘ra, har qanday elementning yorug‘lik nuri rangi o‘zigagina xos bo‘lgan jilvaga ega bo‘lardi. Bunga ishonch hosil qilish uchun ko‘cha chiroqlariga nazar tashlash kifoya. E'tibor bersangiz, yirik avtomagistrallardagi yoritish chiroqlari odatda sariq rangda nur sochadi. Bu, ularning lampasi natriy bug‘lari bilan to‘ldirilganligi sababidandir. Biz ko‘ra oladigan yorug‘lik spektrida aynan natriy elementi hammadan ko‘ra intensivroq sariq spektral chiziqlar namoyon qiladi. Natriyning spektrida ikkita sariq chiziq bo‘ladi.

Yangilаndi: 22.11.2018 15:06
 

Kislotalar va asoslar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 23
Juda yomon!A'lo! 

Kislotalar va asoslar

Kislota tushunchasiga suvdan vodorod ionini ajratib chiqaradigan modda deb; yoki, o‘zidagi protonni boshqa moddaga uzata oladigan modda deb; yoki, elektron juftlikni o‘ziga biriktirib olish xususiyatiga ega bo‘lgan modda deb ta'rif berish mumkin.

Asos tushunchasiga esa, suvdan gidroksid-ion ajratib chiqaradigan modda deb; yoki, proton qabul qila oladigan modda deb, yoki, elektron juftlikni uzata oladigan modda deb ta'rif berish mumkin.

Biz o‘zimizning kundalik maishiy turmush tajribamizdan kelib chiqib, ayrim moddalarning o‘ta faol korrozion xossalarga ega ekanini yaxshi bilamiz. Masalan, avtomashina akkumulyatoridagi kislota kiyimga tegib ketsa, u kiyimning o‘sha joyini darhol kuydiradi va teshib qo‘yadi (yemirib yuboradi). Biz uyni tozalash, xususan, kafellar va vannani artish uchun ba'zan ammiak eritmalaridan, yoki, boshqa tozalash vositalaridan foydalanamiz. Ushbu korrozion faol moddalar kimyogarlarga professional tilda kislotalar va asoslar nomi ostida yaxshi ma'lum.

Yangilаndi: 23.11.2018 11:41
 

Faradeyning elektromagnit induksiya qonunlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 23
Juda yomon!A'lo! 

Faradeyning elektromagnit induksiya qonunlari

Yuza orqali o‘tayotgan magnit oqimining o‘zgarishi, ushbu yuzani chegaralab turgan kontur bo‘ylab elektr maydoni hosil bo‘lishiga olib keladi.

Elektr maydoni intensivligi magnit oqimining o‘zgarish tezligiga bog‘liq.

XIX-asr boshlarida elektr toki magnit maydonini yuzaga keltirishi aniqlangach, olimlar aynan shu hodisa teskarisiga ham bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan edi. Ya'ni, magnit maydoni ham qandaydir tarzda, elektr toki yuzaga kelishiga sababchi bo‘lishi kerak edi. Bunday taxminni ilgari surgan va uni tekshirishga jiddiy kirishgan olimlardan biri - Mayk Faradey bo‘lgan. Olimning yon daftarchasidagi 1822-yilga taalluqli yozuvda u o‘zi uchun "magnetizmni elektr tokiga aylantirish" vazifasini qo‘yganligi qayd etilgan. U o‘zi uchun belgilab olgan mazkur vazifani uddalashiga deyarli o‘n yil sarfladi.

Yangilаndi: 22.11.2018 14:44
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 7 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11838922

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!