Robert Raketachi
Qattiq yoqilg'ili raketalar paydo bo'lganiga ming yildan o'tdi. Mohiyatan, bu - katta feyrverk, mushakbozlik uchun qo'llaniladigan raketalardir. Haqiqiy ma'nodagi kosmik raketalar yasashni orzu qilgan ilk konstruktorlar, raketaning ochiq koinotga uchib yetib borishi uchun, qo'shimcha ravishda suyuq yoqilg'i quvvati ham zarur bo'ladi deb hisoblashgan. Lekin, undan ham avval, koinotga uchib chiqa oladigan raketa texnologiyalarini o'zini yaratish zarur edi.
Kosmosga parvoz qilish uchun raketa shunday dvigatelga ega bo'lishi kerakki, u har qanday sharoitda ham ishlab, zaruriy energiya va harakatni ta'minlab berib tursin. ya'ni, bunday dvigatel raketani koinotga uchirib yuboradigan start maydonchasida ham, atmosferaning bosim past bo'lgan yuqori siyrak qatlamlarida ham, shuningdek, deyarli vakuum holati bo'lmish ochiq koinotda ham ishlashi shart.





Qadimgi yunon shoiri Gomerning ikkita eng mashhur asari bor. Birinchisi -
XX-asr boshiga kelib, astronomlar yulduzlarni faqat joylashuvi va yorqinligiga qarab emas, balki, yana boshqa ko'plab parametrlariga ko'ra taqqoslash va farqlashni o'rganib olgan edilar. Sababi, bu paytga kelib, yulduzlar haqidagi bilimlar ancha kengayib, to'plangan ma'lumotlar ham anchayin salmoqli bo'lib qolgandi. Chunonchi, Uilyam Gershel zamonasidan beri, yulduzlar kattaligini birinchidan oltinchigacha bo'lgan shkala asosida tasniflash yo'lga qo'yilgan bo'lib, bunda, eng yorqin yulduzlarga birinchi kattalik, sal xiraroqlariga ikkinchi kattalik, undan xiralariga uchinchi kattalik berilgan. Shu tarzda, eng xira, arang ko'rinadigan yulduzlar oltinchi kattalikka tasniflangan. Gershel oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan yulduzlarni yettinchi kattalikka biriktirgan va ularni faqat kuchli 





