Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Maqolalar

Slanesli neft

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Slanesli neft

Avvalo slanes haqida. Slanes - qatlam-qatlam ko‘rinishdagi tog‘ jinsi bo‘lib, bu qatlamlar osonlik bilan o‘zaro ajraladi. Slanesli neft (inglizchasi - "shale oil") - yonuvchan slaneslarga qo‘shimcha kimyoviy va mexanik ishlov berish natijasida olinadigan noaa'anaviy neft bo‘lib, u kerogen moddasiga boy bo‘lgan slaneslardan olinadi. Kerogen - butum holiga kelib qolgan organik moddadir. Slanesli neft olishda odatda salnes konlaridan olingan jinslarni piroliz qilinadi yoki gidrogenlanadi, yoxud, termik eritish bilan qayta ishlanadi. Bunda slaneslardagi organik moddalar qoldiqlari sintetik uglevodorodlarga, ya'ni, sintetik gaz va neftga aylanadi. Bunday usul bilan olingan neft to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqilg‘i sifatida ishlatilishi, yoki, NQZ larda qo‘shimcha qayta ishlanishi (oltingugurt va azot qoldiqlaridan tozalanishi) mumkin. Slanesli neft mahsulotlari ham an'anaviy neft mahsulotlari singari, ular bilan bir xil maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin.

Slanesli neft ("shale oil") atamasi shuningdek, an'anavaiy yengil neftni ifodalash uchun ham keng qo‘llanliadi (ayniqsa AQSHda). Bunday neft ham slanesli qatlamlar jinslari va ularga yaqin zich kollektorlardan qazib olinadi. Lekin bunda piroliz va boshqa kimyoviy ta'sir usullari qo‘llanilmaydi. Bunday yengil neft bilan slanesli neftni, o‘zaro farqlab belgilash uchun, Xalqaro Energetika Agentligi, "light tight oil" (qisqacha LTO) atamasini qo‘llashni tavsiya qiladi.

Yangilаndi: 22.12.2018 11:07
 

Issiqlik sig‘imi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 209
Juda yomon!A'lo! 

Issiqlik sig‘imi

Jismning issiqlik sig‘imi deb, shu jism haroratini bir darajaga ko‘tarish uchun unga berish lozim bo‘lgan issiqlik miqdoriga aytiladi. Jism bir darajaga soviganda u shuncha miqdordagi issiqlikni beradi. Issiqlik sig‘imi jism massasiga proporsional. Jism massa birligining issiqlik sig‘imi solishtirma issiqlik sig‘imi, solishtirma issiqlik sig‘imining atom yoki, molekula massasiga ko‘paytmasi mos ravishda atom yoki, molekulyar issiqlik sig‘imi deyiladi.

Turli moddalarning issiqlik sig‘imlari bir-birida katta farq qiladi. Masalan suvning 20 °C dagi issiqlik sig‘imi - 4200, qayin daraxtiniki 1700, havoniki 1010 J/(kg·K) ni tashkil qiladi. Metallarda u kichikdir: alyumiyniyniki 880, temirniki 460, misniki 385, qo‘rg‘oshinniki 130 J/(kg·K). Solishtirma issiqlik sig‘imi harorat ortishi bilan sekin o‘sadi (90 °C da suvning issiqlik sig‘imi 4220 J/(kg·K) ni tashkil qiladi) va fazaviy o‘tishlarda keskin o‘zgaradi: 0 °C dagi muzning issiqlik sig‘imi, shu haroratdagi suvnikidan 2 marta kichik; 100 °C dagi suv bug‘ining issiqlik sig‘imi 1500 J/(kg·K) ga yaqin.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:30
 

Suyuq kristallar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Suyuq kristallar

Bir-biriga nisbatan muayyan tartibda joylashuvni saqlovchi anizotrop shakldagi molekulalardan tuzilgan suyuqliklar - suyuq kristallar deyiladi. Suyuq kristallar molekulalarida xarakterli o‘qlarni aniq ajratib olish mumkin: bunday molekulalarda atomlar tanlangan chiziqlar bo‘ylab (molekulalar-sterjenlar) joylashadi yoki, tanlangan tekisliklarda (molekulalar- disklar) yotadi. Suyuq kristallda, qattiq kristalldagi singari, maxsus yo‘nalish bo‘ylab molekulalarning uzun o‘qi yoki, molekulalar tekisliklari orientirlanadi. Bunda suyuq kristall, haqiqatan, suyuq, xuddi suvdek suyuq bo‘lishi mumkin, ya'ni molekulalarning massalar markazlari to‘g‘ri (kristallik) panjarani hosil qilmaydi, balki, fazoda tartibsiz joylashadi va unda erkin harakatlanishi mumkin.

Yangilаndi: 07.09.2019 17:39
 

Difraksiya

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Difraksiya

Agar yorug‘lik yo‘liga ekran qo‘yilsa, uning orqasida soya sohasi paydo bo‘ladi. Tovushning yo‘lini to‘sish esa unchalik oson ish emas, uni devor orqasida turib ham eshitish mumkin. To‘lqinning geometrik soya sohasiga kirib borishi difraksiya deyiladi. To‘lqin uzunligi to‘siqning o‘lchamlari bilan taqqoslanarli bo‘lganida difraksiya namoyon bo‘ladi. Tovush to‘lqinlarining nisbatan uzunligi (ular metrlarda o‘lchanadi) tufayli, ular to‘siq chetlaridan osongina aylanib o‘ta oladi. Suvning sirtida ham to‘lqinlar difraksiyasini xuddi shu tarzda kuzatish mumkin. To‘lqin uzunligi mikrometrning ham ulushli tartiblarida bo‘lgan yorug‘lik difraksiyasini esa oddiy sharoitlarda kuzatish oson emas. Uzoq vaqt mobaynida yorug‘lik nurlari doimo to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaladi deb hisoblanar edi.

1815-yilda farang muhandisi O.Fernel, Napaleonning Elba orolidan qaytib kelishi munosabati bilan, unga qarshi harakatlarda qatnashganligi uchun, majburiy iste'foga chiqarilgan va o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i - Matyega jo‘nab ketgan. Tabiatan qiziquvchan bo‘lgan muhandis, o‘z vaqtini ko‘p qismini optik tadqiqotlar o‘tkazishga sarflagan. U ingliz olimi Tomas Yungning yorug‘lik interferensiyasi haqidagi tajribalaridan xabardor bo‘lib, ularni amalda takrorlashni maqsad qilib oldi. Biroq u, mazkur tajribalarda shunchaki takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki o‘ziga xos bo‘lgan jiddiy sinchkovlik va mulohazalar evaziga boshqa bir katta ilmiy muvaffaqiyatga erishishga muyassar bo‘ldi. U o‘zi qayd etgan natijalarni, Farang Fanlar akademiyasining 1818-yildagi ilmiy ishlar tanloviga taqdim etdi.

Yangilаndi: 25.12.2018 14:55
 


Maqolaning 7 sahifasi, jami 11 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11840447

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov