Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Maqolalar

Kechayu-kunduz atrofingda parvona..

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Kechayu-kunduz atrofingda parvona...

(Ayzek Azimovdan tarjima)

Sarlavha lirik chekinish emas. Balki, sof astronomik hodisaning tavsifidir.

Astronomiya haqida oddiy kitobxon uchun maqola yozish istagida bo‘lgan har qanday muallif oldida, bir kunmas bir kun, qanday qilib Oyning Yerga faqat bir tarafi bilan yuzlangani, shu bilan birga u yana o‘z o‘qi atrofida ham, Yer atrofida ham aylanishini tushuntirish masalasi ko‘ndalang bo‘ladi.

Astronomiyada chuqur bilimga ega bo‘lmagan kishi uchun ushbu fakt yaqqol tushunarsiz, bir-birga zid fikrdek ko‘rinadi. Shunga qaramay, Oyning Yerga faqat bir tarafi bilan yuzlangani hammaga oydek ravshan. Chunki, Oy har safar Yerga faqat bir tarafi bilan qarab turishini hech qanday qo‘shimcha asbob uskunalarsiz, hamda hisob-kitoblarsiz ham, shunchaki ko‘z bilan kuzatish orqali ishonch hosil qilish mumkin. Har safar oydin kechada Oyga qaraganimizda, uning yuzidagi qoramtir joylari (dog‘lari) o‘z joyida turganini guvohi bo‘lamiz. Agar u aylanganida edi. Bu joylari asta-sekin siljib, ko‘rinmay qolishi va keyinroq yana ko‘rina boshlashi lozim edi. Shunday holatda, biz Yerdan turib ham, Oyni hamma tomonini ko‘rishimiz mumkin bo‘lardi.

Yangilаndi: 11.12.2018 10:39
 

Nobel-2016. Mukofot sohibi ro‘za tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab bergan

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Nobel-2016. Mukofot sohibi ro‘za tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab bergan

2016-yil 3-oktyabr sanasida, ya'ni, dushanba kuni jahonning barcha ilm-fan xodimlari katta qiziqish bilan kutadigan Nobel haftaligi ochildi. an'anaga binoan, bu hafta davomida biz ilm-fanning tibbiyot va fiziologiya (3-oktyabrda), fizika (4-oktyabrda), hamda, kimyo (5-oktyabrda) yo‘nalishlarida eng muhim ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirganligi uchun ushbu nufuzli xalqaro ilmiy mukofotga loyiq ko‘rilgan olimlarning ism-shariflarini bilib olamiz.

Umuman olganda, bu yilgi Nobel mukofotining birinchi laureati allaqachon ma'lum. Dushanba kuni Nobel mukofoti hay'ati tibbiyot va fiziologiya sohasida Nobel-2016 mukofotiga loyiq ko‘rilgan olim ismini ma'lum qildi. Bu - 71 yoshli yapon olimi, Tokio Texnologiya Instituti professori, molekulyar biologiya yo‘nalishidagi jahonning eng ilg‘or mutaxassislaridan biri Yosinori Osumi bo‘ldi.

Yangilаndi: 22.11.2018 15:02
 

Kutib oling, yangi kimyoviy elementlar: Nihonium, moskovium, tennesin va oganesson.

E-mail Chop etish

Kutib oling, yangi kimyoviy elementlar: Nihonium, moskovium, tennesin va oganesson.

Ilgari xabar berganimizdek, 2015-yilning 30-dekabr sanasida Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo Ittifoqi (IUPAC) tomonidan, kimyoviy elementlarning Mendeleyev davriy jadvaliga 4 ta yangi element qo‘shilganini e'tirof etgan edi. o‘sha paytda, davriy jadvalga yangi qo‘shilgan mazkur elementlarga vaqtinchalik nomlar berilgan bo‘lib, ular elementning jadvaldagi tartib raqamiga mos ravishda, ushbu raqamning lotinchadagi talaffuzi bilan muvaqqat nomlangan. Xususan, jadvalga qo‘shilgan 113- elementni "ununtriy" (so‘zma-so‘z tarjimasi "bir yuz o‘n uchinchi"), 115-elementni "ununpentiy" ("bir yuz o‘n beshinchi"), 117-elementni "ununseptiy" va 118-elementni "ununoktniy" deb nomlangan. Biroq, aytib o‘tilganidek, bu nomlar elementlarga vaqtinchalik biriktirilgan bo‘lib, ushbu elementlarni kashf qilgan olimlar va ilmiy laboratoriyalarga o‘z kashfiyotlari uchun nom berish huquqi taqdim etilgan. 8-iyun sanasida esa, IUPACning rasmiy saytida, ushbu 4 yangi kimyoviy element uchun rasmiy nomlar biriktirilgani haqida xabar e'lon qilindi.

Yangilаndi: 15.12.2018 23:49
 

Kompyuteringizda qo‘ng‘iz bor(mi?)

E-mail Chop etish

Kompyuteringizda qo‘ng‘iz bor(mi?)

Bir zamonlar, eng "qadimiy" kompyuterlardan biri doimiy xatolik bilan ishlay boshlagan edi. Undagi muttasil xatoliklar tufayli mutaxassislar kompyuter dasturining to‘g‘ri yozilganligiga shubhalanib qolishdi. Bu "Mark II" deb nomlangan kompyuter bo‘lib, voqea 1947-yilda yuz bergan. Mutaxassislar kompyuterdagi xatoliklar sababini sinchiklab tekshirib chiqishgach, aslida dastur to‘g‘ri ishlayotgani, xatolik esa kompyuterning apparat qismidan kelib chiqayotganini aniqlashgan. Xatolikning sababi kompyuterning ichki elektr kontaktlari orasida qisilib qolgan oddiy qo‘ng‘iz bo‘lib chiqqan. Mutaxassislar o‘sha qo‘ng‘izni olib, "arxivlab"qo‘yishgan. Ya'ni, bu voqea haqida kompyuterdan foydalanish jurnaliga maxsus qayd qoldirib, bechora qo‘ng‘izni ham jurnal sahifasiga ashyoviy dalil sifatida yelimlab qo‘yishgan. Bechora qo‘ng‘izning hayoti shu tariqa poyon topgan. Bag, ya'ni, inglizchadagi "bug‘ so‘zi qo‘ng‘iz degani bo‘lib, o‘shandan buyon kompyuter dasturlaridagi xatoliklarni ifodalash uchun qo‘llaniladigan so‘zga aylanib qoldi. o‘sha qo‘ng‘izni mashhur harbiy dengizchi va matematik, ham dasturchi bo‘lgan olima Greys Xopper tomonidan, dasturiy xatoliklarni ifodalash uchun qo‘llanila boshlangan. Ya'ni, "bag" atamasini aynan Greys Xopper urfga kiritgan.

Yangilаndi: 16.12.2018 00:27
 


Maqolaning 5 sahifasi, jami 11 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11835795

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!