Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Maqolalar

Buyumlar interneti - bu nima degani o‘zi?

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 18
Juda yomon!A'lo! 

Buyumlar interneti - bu nima degani o‘zi?

Insoniyat o‘z tarixida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan. Birinchisi - yozuvning kashf etilishi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi - kitob bosishning ixtiro qilinishi edi. Uchinchi axborot inqilobi esa Internet bo‘lgan.

Hozirda internet orqali yozishmalar, videoqo‘ng‘iroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun odatiy holga aylandi. Hatto hukumat ham o‘z funksiyalarining muayyan qismini internet orqali bajarmoqda. Lekin, global tarmoqning imkoniyatlari bu bilan ham cheklanib qolayotgani yo‘q. Qizig‘i shundaki, internetdan foydalanishni endi nafaqat odamlar, balki, buyumlar ham «uddalaydigan» zamonga qadam qo‘ymoqdamiz.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:27
 

Nobel mukofoti egalari amalga oshirgan eng muhim kashfiyotlar.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

Nobel mukofoti egalari amalga oshirgan eng muhim kashfiyotlar.

Har yili oktyabr oyining dastlabki haftasida butun dunyo ilmiy jamoatchiligi nigohi Stokgolm tomon yuzlanadi. Chunki, oktyabrning ilk kunlarida Shvetsiya Fanlar Akademiyasi tomonidan, dunyodagi eng nufuzli ilmiy mukofot - Nobel mukofotining joriy yilgi laureatlarini e'lon qiladi. Xabaringiz bor, Nobel mukofoti Fiziologiya va Tibbiyot, Fizika, Kimyo ilmlari bo‘yicha, hamda, adabiyot, iqtisodiyot va tinchlik sohalarida beriladi. Albatta, qaysidir olim, yoki shaxsga ushbu oliy ilmiy mukofot berilgani haqida xabar tarqalishi hamonoq, uning aynan qaysi "ko‘rsatgan karomati" uchun mukofotga loyiq ko‘rilgani ham ma'lum qilinadi. Tabiiyki, oddiy xalq eng avvalo, o‘sha ilmiy ishning amaliy ahamiyati bilan qiziqadi. Ya'ni, "xo‘sh, bundan odamlarga nima naf?" - qabilidagi savol albatta o‘rtaga tashlanadi.

Yangilаndi: 23.11.2018 12:23
 

Nobel-2017. Biologik soat mexanizmi.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Nobel-2017. Biologik soat mexanizmi. Sirkada ritmlarining molekulyar mexanizmlarini kashf qilgan olimlar Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi.

Yerdagi hayot sayyoramizning o‘z o‘qi atrofida ayanishi jarayoniga qat'iy moslashgan. Ilm-fanda ko‘p yillardan beri ma'lumki, Yerdagi barcha tirik organizmlar, shu jumladan odam ham, kundalik muntazam ritmga moslashgan ichki biologik soatlarga egadir. Ushbu biologik soat, tirik organizmning kun va tun almashinishi natijasida yuz beradigan tashqi omillarga tayyorlanishi va moslashishini nazorat qiladi. Biologik soat ilm-fanda ancha yillardan buyon ma'lum mexanizm bo‘lsa-da, lekin olimlar uning qanday ishlashini aniqlashganiga hali uncha ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ushbu, 2017-yilgi Fiziologiya va Tibbiyot yo‘nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan olimlar uchligi - Jeffri Xoll, Maykl Rosbash hamda, Maykl Yung aynan ushbu biologik soatlarning ishlash mexanizmini kashf qilishganliklari uchun oliy ilmiy mukofotga loyiq ko‘rildilar. Ularning ilmiy ishlari silsilasi - o‘simliklar, hayvonlar, hamda odam organizmning biologik ritmlari qay tarzda Yerdagi kun va tun almashinishi jarayonlari bilan sinxronlanishini mohiyatini ochib beradi.

Yangilаndi: 30.11.2018 17:41
 

IUPAC yangi elementlarning nomini rasman tasdiqladi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

IUPAC yangi elementlarning nomini rasman tasdiqladi

Avval xabar berganimizdek, 2016-yil boshida Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo Ittifoqi - IUPAC, kimyoviy elementlarning Mendeleyev davriy jadvaliga 4 ta yangi element qo‘shilgani haqida rasman tasdiq bergan edi. 8-noyabr sanasida IUPAC mazkur elementlarga biriktirilgan nomlar va kimyoviy formulalarni rasman tasdiqladi. Endilikda, davriy jadvalda rasman 118-ta element mavjud bo‘lib, davriy jadvalning yangilangan talqinini ushbu havoladan (.JPG formatda, hajmi 18,5 mb) yoki, ushbu havoladan(.PNG formatda, hajmi 3 mb)yuklab olishingiz mumkin. Quyida esa, mazkur jadvalning kichraytirilgan fotonusxasi keltirilgan. Jadval formati Adobe Photoshop dasturida A1 format uchun moslab tayyorlangan bo'lib, imkoniyat bo'lsa, uni chop etib, kimyo xonalari va laboratoriyalariga osib qo‘yish mumkin.

 

Yangilаndi: 09.12.2018 11:51
 


Maqolaning 4 sahifasi, jami 11 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11838711

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov