Proyektor
Proyektor bu - teskarisiga ishlaydigan fotoapparat desa ham bo'laveradi. Fotoapparat - tasvirni o'zidagi plyonkaga proyeksiyalaydi. Proyektor esa aksincha, o'zidagi plyonkadagi (yoki, boshqa biror manbadagi) tasvirni ekranga proyeksiyalaydi. Lekin, proyektorning fotoapparatdan farq qiladigan o'ziga xos jihatlari ham mavjud.
Birinchidan, proyektor ekranda hosil qilgan tasvirning yorqinligi zalda o'tirganlarning hammasiga birdek tiniq ko'rinadigan darajada bo'lishi lozim. Ekran maydoni kattalashgan sari, proyektor hosil qilayotgan tasvir sifati ham xiralashib boradi. Shuning uchun, ekran o'lchamlariga muvofiq tasvir tiniqligi va yorqinligini sozlash talab etiladi. Masalan, ekrandagi tasvir maydoni kengligini ikki barobar oshirilishi umumiy maydonning to'rt karra kattalashuviga sabab bo'ladi. Bunday holatlarda tasvir yorqinligi va tiniqligini saqlash uchun, proyektor ekranidan chiqayotgan yorug'lik miqdori ham tasvir kengligiga proporsional kuchayishi lozim bo'ladi.






Zamonaviy tibbiyotda yurakning ritmik faoliyati bilan bog‘liq kasalliklarni davolash uchun xilma-xil usullar qo‘llaniladi. Agar, bemor yuragi me'yoridan tezroq, yoki, sustroq urayotgan bo‘lsa, yoinki, yurak urishi tezligi muntazam o‘zgaruvchan bo‘lsa, unda kardiolog vrachlar bemorga yurak urishini me'yorlovchi maxsus tibbiy asbob - kardiostimulyator tavsiya qilishadi.
So‘nggi paytlarda smartfon yoki planshetning o‘z-o‘zidan yonib ketgani, yoki hatto portlagani haqida ham xabarlar uchrab turibdi. Gugl qidiruv xizmati yordamida aniqlashimcha, o‘tgan yilning sentyabridan shu bugungacha, ya'ni, bir yil davomida, o‘znet internet-nashrlarda jami 8 marta smartfon portlagani haqida xabar e'lon qilingan ekan. Albatta, bu hech qanaqasiga obyektiv statistika bo‘la olmaydi. Lekin, haqiqat ham smartfonlarning egasining cho‘ntagida yonib, yoki portlab ketish holatlari rostdan ham uchrab turibdi. Bunday holatlarda eng achinarlisi, odamlarning ham tan jarohati olayotgani, smartfon egalarini turli darajadagi kuyish bilan shifoxonaga yotqizilgani haqidagi ma'lumotlardir.


