Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Ixtirolar tarixi
Ixtirolar tarixi


Linza va ko‘zoynak

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 18
Juda yomon!A'lo! 

Linza va ko‘zoynak

Ko‘zoynakning ixtiro qilinish tarixini bayon etishdan avval, linzaning nima ekanligini va uning nima uchun ko‘zdagi ko‘rish bilan bog‘liq nuqsonlarni bartaraf etish uchun qo‘llanishi haqida suhbatlashsak.

Linza deb odatda, sferik yuzali shaffof optik asboblarni atashadi. Linzalarning aksariyatida har ikki taraf sferik bo‘lib, lekin, bir taraflama sferik, ikkinchisi esa tekis bo‘lgan linzalar ham uchraydi. Linzaning bizga ma'lum eng yaxshi xususiyatlaridan biri, uning tushayotgan nurlarni ma'lum yo‘nalishda o‘zgartirishi hisoblanadi. Nima sababdan bunday bo‘ladi?

Odamlar qadim zamonlardayoq yorug‘likning bir muhitdan boshqasiga o‘tishida, (masalan, havodan suvga yoki, shishaga) o‘z yo‘nalishini o‘zgartirayotganligini, boshqacha aytganda esa, sinayotganligini sezishgan. Masalan, qalamni stakandagi suvga botirsak, uning yon tomondan qaraganda xuddi sinib qolgandek ko‘rinishini hammamiz maktab fizika kursidan yaxshi bilamiz. Bunda yorug‘likning stakandagi suv va havo chegaralaridagi sinishi tufayli, ko‘zimizga shunday illyuziya namoyon bo‘ladi.

Yangilаndi: 27.04.2019 15:07
 

Yozuv

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Yozuv

Insoniyat tarixida yozuvning ixtiro qilinishining qanday ulkan ahamiyat kasb etganligini alohida ta'kidlashga hojat yo‘q. Agar odamlar taraqqiyotning ma'lum bosqichiga kelib, o‘zlariga zaruriy axborotni ma'lum bir ramziy belgilar yordamida qayd qilib olishga va shu tarzda uni saqlab va boshqalarga tarqatishga o‘rganmaganlarida edi, tamadduning umumiy ahvoli qaysi shaklga kelib qolishi mumkinligini tasavvur qilish ham qiyin. Shunisi aniqki, kishilik jamiyati hozirgidek taraqqiyot darajasiga erisha olmagan bo‘lar edi.

Yozuvning dastlabki ko‘rinishlari eramizdan avvalgi 4-ming yillikda paydo bo‘la boshlagan. Lekin bungacha ham axborotni qayd etish va saqlashning turli usullari mavjud bo‘lgan: ma'lum shaklda joylashtirilgan shox shabbalar, toschalar, va sanoq cho‘plari va ho kazolar tarzidagi eng soda axborot saqlash usullari asta sekinlik biloan murakkab shakldagi belgilar - ma'lum bir buyum yoki hodisani ifodalovchi tasvirlarga o‘tib borgan.

Yangilаndi: 14.12.2017 09:57
 

Temir

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Temir

Erkin tabiiy jism holida topilgan temir, misdan farqli ravishda yer qobig’ida deyarli uchramaydi. Lekin u ko’plab minerallatning tarkibiga kiradi va rangli metallardan ko’ra ancha keng tarqalgan. Qadimda uni deyarli hamma joydan qazib olish mumkin edi – xattoki,  botqoqlik, ko’lmak, yaylovli va boshqa rudalardan ham. Biroq, mis metallurgiyasiga nisbatan temir metallurgiyasi anchagina qiyin jarayon hisoblanadi. Temir 1539 °C haroratda eriy boshlaydi. Bunday yuqori harorat qadimgi temirchi ustalar uchun yetib bo’lmas manzil edi. Shu sababli temir inson hayot faoliyatiga misga nisbatan kechroq kirib keldi. Temirning qurol yarog’ hamda mehnat asboblari yasash materiali sifatida qo’llanilish faqat eramizdan avvalgi birinchi ming yillikdagina keng quloch yoza boshladi. Bunga sabab temirni tiklashning temirni maxsus pechlarda (1300-1400 °C li gorn pechlarida) rudadan to’g’ridan to’gri tiklash usuli kashf etilishi bo’ldi. Ba’zi xalqlarning temirni ancha erta o’zlashtirgani haqida ham ma’lumotlar mavjud, masalan, kavkaz hududida yashagan qadimgi qabilalar eramizdan avvalgi 3 ming yillikdayoq temir rudasidan metall ajratib olishni bilgan ekanlar.

Yangilаndi: 09.08.2013 15:12
 

G‘ildirak va Arava

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

G‘ildirak va Arava

 

Insoniyat tarixidagi eng buyuk ixtirolardan biri bu - g‘ildirak hisoblanadi. Olimlarning tahminicha g‘ildirakning eng qadimgi ajdodi, yo‘g‘on daraxt yog‘ochlarini, yoki og‘ir toshlarni bir joydan ikkinchi joyga eltishda uning tagiga qo‘yib yumalatishda foydalanilgan g‘o‘lalar bo‘lgan ekan. Balkim aynan o‘shanda aylanayotgan jismlarning xususiyatlariga birinchi marta e'tibor qaratilgandir. Masalan yuk ostida g‘ildirayotgan g‘o‘laning o‘rta qismi uning chetlariga qaraganda yupqaroq bo‘lsa, u yuk ostida nisbatan ravon yumalagan va yo‘nalishdan og‘ib ketmagan. Buni payqagan qadimgi odamlar, g‘olani markazini ataylab o‘yib tashlab yoki kuydirib yupqalashtrib, chetki qismlarini esa o‘z holicha qoldirish orqali o‘ziga xos oson yuk yumalatish vositasini yasab olishgan. Bu yo‘nalishdagi keyingi takomillashuvlar natijasida, endi g‘o‘laning ikki chetida to‘liq aylana shaklidagi g‘idiraklar va ular orasida uzun o‘q paydo bo‘ldi. Keyinchalik ularni alohida alohida tayyorlab, so‘ngra o‘zaro mustaxkam tutashtirish usulini yo‘lga qo‘yildi. g‘ildirak shunday ravishda kashf etildi va bunga hamohang holatda arava paydo bo‘ldi. Keyingi bir necha asrlarda g‘ildiraksoz va arava yasovchi ustalarning bir necha avlodi mazkur ixtironi mukammallashtirish borasida doimiy izlanish olib bordilar.

Yangilаndi: 07.06.2018 15:33
 

Qog‘oz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Qog‘oz

Qog'oz

Qog‘ozni Xitoyliklar kashf etishgan. Va bu tasodif emas.

Birinchidan, Xitoy juda qadim zamonlardayoq o‘zining kitobiy sermushohada mafkurasi hamda, amaldorlardan doimiy hisobot talab etuvchi murakkab rasmiyatchilik tizimi bilan dong taratgan. Shu tufayli, bu yerda doimo, ixcham va arzon yozuv vositasi va materialiga talab yuqori bo‘lgan. Qog‘oz ixtiro qilingunicha Xitoyliklar bambuk taxtachalar, yoki, shoyi matolarga yozishgan. Lekin shoyi doimo o‘ta qimmat, bambuk esa, noqulay va o‘g‘ir bo‘lgan. Masalan bitta bambuk taxtachaga o‘rtacha 30 ieroglif siqqan. Endi tasavvur qiling, bitta o‘rtacha hajmdagi kitob yozish uchun bunday taxtachadan qancha zarur bo‘lgan ekan? Bunday «Bambukli kitob»ni ko‘tarib yurish uchun butun boshli arava darkor bo‘lgan.

Yangilаndi: 26.11.2018 10:15
 

Yelkan va kema

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Yelkan va kema

Yelkanning ajdodi juda qadimdayoq, odam endigina qayiqlar yasab, dengizga chiqishga jur'at etgan zamonlardayoq paydo bo‘lgan deb hisoblanadi. Dastavval yelkan sifatida yog‘ochlarga mahkamlab bog‘langan hayvon terisi xizmat qilgan. Qayiqda turgan odamga uni doimiy qo‘lda tutib turishga va shamol yo‘nalishiga muvofiq burib - sozlab borishga to‘g‘ri kelgan. Odamlar yelkanlarni mahkamlash uchun machta va to‘sinlardan foydalanishni qachon ixtiro qilgani noma'lum. Lekin, davrimizgacha yetib kelgan qadimgi Misr malikasi Xatshepsut kemalarining tasvirlaridayoq yog‘ochdan ishlangan kema machtasi va to‘sinlarini, shuningdek shtag (machtani orqasiga ag‘anab ketishidan tutib turuvchi chilvir arqonlar) hamda, yelkanni ko‘tarib, tushirishga mo‘ljallangan moslamalarni ko‘rish mumkin. Shu tufayli Yelkanli kemalarning paydo bo‘lishini ham juda qadim zamonlarga bog‘lash o‘rinli. Bu borada ilmiy jamoatchilikning aniq fikri yoq.

Yangilаndi: 17.01.2019 09:21
 
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...


Maqolaning 4 sahifasi, jami 5 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11839301

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)