Enriko Fermi
(1901-1954)
Aslida Fermini XX-asrning eng buyuk fizigi desak ham aslo xato bo'lmaydi. Chunki, garchi uning dovrug'i Eynshteyn singari mashhurlikka erishmagan bo'lsa-da, lekin, boshqa ko'plab jihatlari bilan, ayniqsa, olingan ilmiy natijalarni dadillik bilan amaliyotga tadbiq qila olishga qaratilgan jiddi-jahdiga ko'ra, Fermi Eynshteyndan birmuncha ustun ham bo'lgan. Uning shogirdlari, "Fermi shunchaki Eynshteynning soyasida qolgandi" - deyishardi.
Haqiqatan ham, Fermi ilmiy faoliyati va shaxsiyatiga diqqat qaratilsa, u fan-texnika mislsiz inqiloblar bilan taraqqiy etgan XX-asr ham favqulodda noyob shaxs ekaniga amin bo'lasiz. Bu asrda fanlar juda-juda tor ichki yo'nalishlarga bo'linib ketdi va o'sha tor fan sohasini o'zlashtirishning o'zi ham kishidan katta ilmiy zehn va salohiyat talab qiladigan bo'ldi. Masalan, endi bu paytga kelib, shunchaki "fizik olim" degan gap o'tmay qolgandi. Uning o'rniga "yadro fizikasi", "optik fizika", "astrofizika" va shu singari ho kazo alohida fundamental fanlar shakllandi. Bu nafaqat fizikada, balki barcha aniq va tabiiy fanlar sohasida shunday bo'ldi. Shunday sharoitda, ilm-fanning deyarli barcha zamonaviy tendensiyalari bilan hamnafas bo'lgan, istalgan fan sohasidagi yetakchi olim bilan tengma-teng bahslasha oladigan universial olim - Enriko Fermi dahosi - ilm-fan ayvoni uchun haqiqiy fenomen edi. Chunonchi fiziklar o'z ixtiyorlari bilan, o'zlari "nazariyotchi fizik" va "amaliyotchi fizik" (yoki, fizik-eksperimentator) kabi "qutb"larga bo'linib olgan bir zamonda, Fermi ham nazariy fizikaga, ham uning amaliyotga tatbiqiga mislsiz jonbozlik ko'rsatgan olimdir. U ta'bir joiz bo'lsa, bir tanaga joylashgan ham buyuk nazariyotchi fizik, ham buyuk muhandis bo'lgan. Undan tashqari, olimning astrofizika, struktura kimyosi, hamda matematika sohalariga qo'shgan favqulodda katta hissasini ham tasavvur qilishning o'zi qiyin.
Siz bu so'zlarni o'qib, orbita.uz oshirib yubormadimikin? - deb o'ylayotgandirsiz? Maqolani batafsil o'qib chiqsangiz, buning hecham mubolag'a emasligiga ishonch hosil qilasiz deb o'ylayman.