Hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘lgan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. «Olim»va «Ilm» so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.
Saytimizning ushbu bo‘limida, jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.
|
Rene Dekart
(1596-1650)
Men fikrlayapman, demak, men - mavjudman!
Dekart.
Rene Dekart 1596-yilning 31-mart kuni, Fransiyaning Turen hududidagi kichik Lae shaharchasida dunyoga kelgan. Dekartlar oilasi, qadimiy, biroq kambag'allashib, obro'si pasayib qolgan zodagonlar urug'idan bo'lishgan ekan. Uning otasi Renn sharida sudya bo'lib ishlagani uchun, ko'p vaqtini o'sha yerda o'tkazgan va Laega juda kam kelgan. Tug'ruqning og'ir kechganligi sababidan, uning onasi, bir necha kundan keyin tug'ruq asoratlari tufayli olamdan o'tgan. Rene uchun ham tabiblar sog'lomlik va chidamlilikni bashorat qilishmagan, sababi u ham onadan tug'ilganida juda nimjon bo'lgan ekan. U haqiqatan ham balog'atga yetgunicha quruq yo'tal va doimiy holsizlikdan aziyat chekib, yuzi doimiy oqargan qiyofada hayot kechirgan. Uning bolalik damlarini, onasi tomondan buvisining qaramog'ida, iqlimi yumshoq va ajoyib bog'-rog'lari bilan mashhur bo'lgan Turenda o'tdi. Dekart o'sha yerdagi iezuitlar kollejida, 1612 yili, 8 yillik maktabni tamomladi.
Yangilаndi: 14.02.2025 08:11
|
Uilyam Garvey
Katta va kichik qon aylanish doirasi
(1578-1657)
Hozirgi kunda oddiy maktab o'quvchisidan tortib, deyarli barcha savodli kishilar uchun kundek ravshan bo'lgan, juda sodda tushuntiriladigan shunday ilmiy haqiqatlar borki, ularni qachonlardir odamlar umuman bilishmagani, odamlardan ba'zilari, ya'ni olimlar bu haqiqatni ochib, hattoki isbotlab berishganida ham u haqida ko'pchilik doimiy shubhada bo'lganini tasavvur qilish mushkul. Shunday yaqqol ilmiy haqiqatlardan biri - tirik organizmlardagi katta qon aylanish tizimi haqidagi haqiqat ayniqsa qiyinchilik paydo bo'lgan va odamlar tomonidan qabul qilinishi ham g'oyat mushkul kechgan.
Deyarli bir yarim ming yil davomida Galen shaxsi va uning ta'limoti butun tibbiyotda katta hukmronlik qildi. Unga ko'ra, odamlar arterial va venoz qonlari - mohiyatan umuman boshqa-boshqa suyuqliklar bo'lib, ulardan birinchisi tanaga harakat va issiqlik, ikkinchisi esa, ozuqa moddalar yetkazib berish uchun xizmat qiladi degan yanglish tushunchada edilar. Boshqacha fikrlar bo'lishi mumkin emas edi. Chunki bu fikrga qarshi fikrni ilgari surgan yoki, unga nisbatan shubhali va yangicha g'oyalarni o'rtaga tashlagan har qanday kishi, xoh u olim, xoh oddiy tabib bo'lsin - o'ta jiddiy jazolanar edi. Galen ta'limoti ortida butun boshli nasroniy cherkovi turardi va o'rta asrlar sharoitida bu ko'pchilik ilg'or fikrli kishilar uchun hayot-mamot masalasiga aylanardi. Masalan, 1533-yilda Ispaniyalik tabib Migel Servet cherkov ruhoniylari tomonidan dahriy deb e'lon qilindi. Sababi u o'zi yozgan tibbiyotga oid risolasida, o'zi kashf etgan kichik qon aylanish tizimi haqida bir necha sahifalik tafsilotlarni bayon qilgan edi. Oqibatda cherkov uni omma ko'z o'ngida "xudo yuz o'girgan" dahriy sifatida, o'zining "bid'atchi" kitobi bilan birgalikda gulxanda yondirildi. Faqat tasodif tufayligina Servet yozgan risolaning uch nusxasi Jenevada saqlanib qolgan edi. Umuman olganda, qon aylanish tizimini tadqiq qilgan ilk olimlar xuddi Migel Servet singari, tom ma'noda cherkovning xurofot va johiliyat alangasida qovurilib chiqishga majbur bo'lishgan. Ular ko'p emas - Migel Servetdan tashqari, Bolonyalik Karlo Ruini, Pizalik Andrea Chezalpino hamda Angliyalik Vilyam Garveylar tirik organizmlarda qon aylanishi tizimlarini ilmiy tekshirgan ilk olimlar hisoblanishadi. Aynan Uilyam Garvey - bu masalada oxirgi nuqtani qo'ygan bo'lib, uning xizmatlari, tibbiyotning keyingi rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Yangilаndi: 06.02.2025 10:05
Iogann Kepler
(1571-1630)

Nikolay Kopernik asos solgan astronomik kuzatuvlar uslubi va astronomik jadvallarning Ptolomey zamonidan beri, ya'ni deyarli ikki ming yil davomida qo'llanilgan jadvallardan sifat va aniqlik bobida ancha ustun bo'lgani haqida yuqorida ta'kidlagan edik. Kopernikning vafotidan keyin, butun Yevropa bo'ylab uning jadvallari keng tarqaldi va barcha astronom olimlar Kopernik usuli va jadvallari asosida ish yurita boshladilar. Biroq, tez orada Kopernik jadvallarining ham, osmon jismlari ayniqsa, sayyoralarning amaliy kuzatuv natijalaridan farq qilayotganligini sezib qolishdi.
Ilg'or fikrli olimlar uchun Kopernik ta'limotining mutlaqo to'g'ri ekanligi kundek ravshan edi. Biroq sayyorlar harakati qonuniyatlarini yanada chuqurroq o'rganish va tadqiq qilish zarur bo'lib, bu borada Kopernik ta'limotida mavhum qolib ketgan savollar anchagina bo'lgan.
Sayyoralar harakati qonuniyatlarini jiddiy o'rganishga kirishgan va ularni o'rta asrlar uchun o'ta aniqlikda hisoblay olgan birinchi olim - Olmoniyalik Iogann Kepler bo'ldi.
Yangilаndi: 06.02.2025 10:06
Fransua Viet
(1540-1603)
"Vietning barcha asarlaridan uning yuksak zakovati toshib, sizib chiqib turar edi..."
V.V. Seyten
Fransua Viet - m ashhur farang matematigi, u algebraik shakl almashtirishlarning zamonaviy ko'rinishiga asos solgan bo'lib, tenglamalar uchun umumiy formulalarni harflar orqali ifodalashning asoschilaridan biri.
Viet tenglamadagi noma'lumlarnigina emas, balki, berilganlarni ham harfiy ifodalashni birinchi bo'lib fanga joriy qildi. Bu orqali matematikaga yangicha yo'nalish, tenglamalarni ma'lum tamoyillar orqali umumlashtirish - universal formulalar ko'rinishiga keltirish kabi buyuk g'oyani ilm fanga tadbiq etdi. Vietning bu ilmiy innovatsiyasi, uyg'onish davri matematikasining mantiqiy yakunlanishi, va zamonaviy algebraning tamal toshi qo'yilishi bo'lib, Nyuton, Ferma, Dekartlaring ilmiy natijalari aynan Vietning matematik poydevori ustiga qurilgan desak yanglishmagan bo'lamiz.
Yangilаndi: 18.02.2025 08:25
A.S. Popov

Siz qaysi radioni eshitasiz? - "O'zbekiston"nimi, "Mash'al"nimi, yoki, "Vodiy sadosi"nimi? balki "Yoshlar"ni eshitarsiz? Hozir tinglovchi o'z didiga munosib radiokanalni topishi oson. Radiokanallar soni ham ko'p, ularning efir vaqti ham kechayu-kunduz. Lekin o'sha sevimli radioingizni tingalyotganingizda hech o'ylab ko'rganmisiz, shunday ajoyib ixtiro - radioning muallifi kim ekan deb?
G'arbning ba'zi g'arbparsat tarixchilari radioning ixtirochisi sifatida italyan muhandisi Gilyelmo Markonini (1874-1937) e'tirof etishadi. Lekin radioni ilk bor rus fizik olim Aleksandr Popov ixtiro qilgan. O'z kashfiyotini u ilk marotaba namoyish qilganida 1895- yilning 7-mayi edi. O'sha kundan buyon 7 may butun dunyoda, xususan, vatanimiz - O'zbekistonda ham radio kuni sifatida bayram qilinadi.
Yangilаndi: 31.01.2025 10:39
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
Maqolaning 9 sahifasi, jami 11 sаhifа |