Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar
Horijiy olimlar

Hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘lgan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. «Olim»va «Ilm» so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘limida, jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



Albert Eynshteyn

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 51
Juda yomon!A'lo! 

Albert Eynshteyn

(1879-1955)

Albert Eynshteyn 1879 yilning 14-mart sanasida Avstriyaga qarashli Ulm shahrida tavallud topgan. Bo'lajak buyuk fizikning otasi German Eynshteyn ham, maktab chog'laridayoq tengdoshlariga nisbatan kuchli zehni va ajoyib matematik qobiliyati bilan ajralib turgan ekan. Albert 1 yoshga to'lgan yili, Eynshteynlar oilasi Myunxenga ko'chib o'tadi. Albert Eynshteyn 5 yoshlik paytida unga kompas sovg'a qilishgan. Yosh Albert ushbu ajoyib narsaning xususiyatlaridan hayratlanib, butun kelajak hayotiga ta'sir ko'rsatuvchi kuchli qiziqishlar olamiga sho'ng'ib ketgan. Keyinchalik, 12 yoshlik chog'ida uning qo'liga Yevklidning geometriya kitobi (ya'ni, "Boshlang'ichlar" asari) tushib qoladi. Eynshteyn o'zining fizika va umuman ilm-fan olamiga kirib kelishida bolaligida qo'liga kelib tushgan aynan o'sha ikkita narsa - kompas va geometriya kitobi hal qiluvchi o'rin tutganini ko'p bora ta'kidlagan.

Yangilаndi: 29.01.2025 08:55
 

Albert Eynshteyn hayoti fotosuratlarda (40 ta rasm)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 18
Juda yomon!A'lo! 

Albert Eynshteyn hayoti fotosuratlarda (40 ta rasm)

XX-asrning shubhasiz eng buyuk fiziklaridan bo‘lmish Albert Eynshteynning umr lahzalarini tarixga muhrlagan ushbu oq-qora fotosuratlar, uninng yorqin va murakkab hayot yo‘li haqida tilsiz guvohlik berib turibdi. Quyidagi fotosuratlar, Eynshteyn siymosi, uni o‘rab turgan muhit va olimlar davrasi haqida yorqin tasavvurlar hosil qilishga ko‘maklashadi degan umiddamiz...

Yangilаndi: 16.12.2018 00:38
 

Serqirra daho. Jon fon Neyman

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Serqirra daho. Jon fon Neyman

Jon fon Neyman XX asrning eng yirik matematiklaridan biri. U avvaliga o'yinlarning matematik nazariyasini ishlab chiqdi. Keyin esa, ko'plab jarayonlarni ushbu nazariya orqali ifodalash mumkinligini ko'rsatib berdi. Fon Neymanning ilmiy salohiyati faqatgina nazariy matematika bilan cheklanib qolmay, balki, matematikani boshqa ko'plab ilmiy-texnikaviy yo'nalishlarga tadbiq qilish bilan namoyon bo'lgan. U qaysi fan sohasiga qo'l urmasin ulkan amaliy natijalarni qayd etdi.

Jon fon Neyman. Manxetten loyihasidagi ishtiroki paytidaYanosh Layosh Neyman - bu Jon fon Neymanning asl ismi-sharifidir. Yanosh Neyman 1903-yilning 28-dekabrida Budapeshtda tug'ilgan. Uning otasi Miksa Neyman bankir, onasi Margaret Kann esa yirik boy tijoratchining qizi bo'lgan. Yanosh (uni erkalatib Yanchi deb chaqirishgan) Neyman juda iqtidorli bo'lib, bolaligidan boshlab matematikaga jiddiy qiziqqanligiga qaramay, otasi uni kimyogar bo'lishini istagan ekan. U 6 yoshligidayoq hatto sakkiz xonalik sonlarni ham qog'oz-qalam ishlatmasdan, bemalol dilda qo'shib, ayrib, ko'paytish va bo'lish amallarini bajara olgan ekan. 8 yoshida esa u matematik analizga oid masalalarni mustaqil hal qila olgan. 1911-yilda u lyuteran gimnaziyasiga o'qishga kiradi. 1913-yilda uning otasi zodagonlik maqomini oladi va endilikda qahramonimiz ham, Avstro-Vengriya Imperiyasi an'analariga muvofiq ravishda, o'zining asl Yanosh Neyman ismini zodagonlik maqomiga moslab Yanosh fon Neyman shakliga o'zgartiradi.

Yangilаndi: 07.02.2025 13:55
 

Ayzek Azimov

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Ayzek Azimov
(Isaak Yudovich Azimov)

Ayzek AzimovIlm-fanni ommalashtirish, ilmni olimlardan tashqarida, oddiy xalq orasida ham keng yoyishga intilish masalasi juda dolzarbdir. Chunki jamiyat hayotining ajralmas va eng ustivor qismi bo'lgan ilm-fan sohasiga taaluqli ma'lumotlar, ham qiziqarli hamda kundalik turmushda asqotadigan foydali ahamiyatga ega bo'ladi. Ayniqsa ommobop-ma'rifiy ilmiy asarlar vositasida, yosh avlodni ilmiy sohalarga qiziqtirish, iste'dodli yoshlarni tegishli ilm yo'nalishlariga jalb etish borasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bunday muddaoga amalda erishmoq uchun esa, ilmiy masalalar mohiyatini ommaga tushunarli va qiziq tilda bayon qiluvchi malakali yozuvchilar maydonga chiqishadi. Bunday yozuvchilarni jahon va yurtimiz adabiyotidan juda ko'plab misollar orqali keltirishimiz mumkin. Ilmiy-ommabop va fantastik asarlar yozuvchilari orasida eng mashhuri va ta-bir joiz bo'lsa, janr Shekspiri - atoqli amerika yozuvchisi, biokimyogar mutaxassis, fan doktori - Ayzek Azimov sanaladi. Ushbu maqolamizda, barcha davrlaning eng yetuk fantasti yozuvchisi bo'lmish Azimov hayoti va ijodi haqida so'z yuritamiz.

XX-asr ilmiy-ommabop va ilmiy-fantastik adabiyotining yorqin namoyondasi, amerika yozuvchisi Ayzek Azimov 1920-yil 2-yanvar sanasida Rossiyaning Mogilyov guberniyasi (hozirda Smolensk viloyati), Petrovichi shahrida, tegirmonchi oilasida tug'ilgan. Unga ona tomondan bobosining xotirasi uchun, bobosining ismini qo'yishgan ekan.

1923-yilda Azimovlar oilasi AQSHga muhojirlikka ketishadi. U o'zi haqida xazil aralash "ota-onam meni chamadonda olib kelishgan"der edi. Ular Bruklinda joylashib, qandolatchilik do'koni ochishadi.

Ayzek Azimov 5 yoshida Bredford-Stayvesant maktabiga o'qishga boradi. 1935-yili 15-yoshli Azimov maktabni tamomlab, Set-Lou kollejiga o'qishga kiradi. Lekin u o'qishga kirganidan keyingi bir yil ichida mazkur kollej butunlay yopiladi va u o'qishni boshqa ta'lim muassasida - Kolumbiya universitetining Nyu-Yorkdagi kimyo fakultetida davom ettirishga qaror qiladi. 1939-yilda u mazkur universitetning kimyo fakulteti bakalvr diplomini, 1941-yilda esa magistr diplomini qo'lga kiritgan. Kimyo bo'yicha ilmiy ishlarni davom ettirish uchun aspiranturaga kirgan Ayzek Azimovni, 1942-yilda Filadelfiyadagi harbiy kemasozlik korxonasiga kimyogar mutaxassisligi bo'yicha ishga jalb qilinadi. 1945-yilda esa uni AQSH armiyasiga harbiy xizmatga chaqirishdi. 1946-yilning iyuligacha armiya safida bo'lgan Azimov, shu yili xizmatni o'tab Nyu-Yorkka qaytadi va aspiranturani davom ettiradi. 1948-yilda u aspiranturani muvaffaqiyat bilan yakunlab, biokimyo doktori (PhD) darajasiga erishgan. 1979-yilda Ayzek Azimov Kolumbiya universiteti professori maqomigacha ko'tarilgan.

Yangilаndi: 22.01.2025 13:51
 

Ser Rojer Penrouz - takrorlanmas mozaika va tafakkur ildizlari haqida bahs

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Ser Rojer Penrouz - takrorlanmas mozaika va tafakkur ildizlari haqida bahs

Birlashgan Qirollikda davlat va jamiyat uchun buyuk xizmatlar ko‘rsatgan shaxslarga Ritsarlik maqomi hamda, Ser unvoni berilishi tarixiy an'ana sanaladi. 1994-yilda zamonamizning eng nomdor olimlaridan biri, fizika, matematika, hamda, inson tafakkurining neyrofiziologik jihatlarini tadqiq qilish borasidagi eng ilg‘or tadqiqotlar muallifi Rojer Penrouz ham, qirolicha Elizaveta II tomonidan Angliyaning mazkur yuksak unvon va maqomlari bilan taqdirlandi. Haqiqatan ham u tom ma'noda zamonamiz ilm-fanining shavkatli ritsaridir. Keling, uning tarjimai holi va ilmiy faoliyati haqida ushbu maqola orqali imkon qadar batafsil to‘xtalamiz.

Ser Rojer Penrouzning ota-onasi tibbiyot mutaxassislari bo‘lishgan. Chunonchi uning otasi Laynoel Sharplz Qirollik Jamiyati a'zosi bo‘lib, tibbiy genetika bo‘yicha o‘z davrining yetakchi mutaxassislaridan sanalgan. Qahramonimiz Rojer Penrouz otasining 1931-yilda Kolchester shahrida o‘tkazilgan maxsus ilmiy tadqiqot dasturida ishtirok etayotgan paytida, o‘sha yilning 8-avgust sanasida dunyoga kelgan.

Penrouzlar oilasi ilm-fanga nisbatan e'tiqodiy darajada yondoshadigan oila bo‘lgan. Ularning oilaviy yalpi aqliy salohiyatidan shu narsa yaqqol darak beradiki, oilada Rojerdan boshqa farzandlar ham kuchli ilmiy salohiyatli olimlar bo‘lib yyetishishgan. Xususan, akasi Oliver Penrouz ham Rojer singari fizik va matematik mutaxassis bo‘ib yetishgan bo‘lsa, uning ukasi Jonatan Penrouz esa, kasbi bo‘yicha psixolog, shuningdek Britan orollarida dong‘i ketgan mashhur shaxmatchi bo‘lib tanilgan. Ma'lum sabablarga ko‘ra, Penrouzlar oilasi 1939-yilda avval AQSH va keyin Kanadaga ko‘chib o‘tadi. Aynan shu paytlarda Rojerda matematikaga nisbatan ishtiyoq paydo bo‘la boshlaydi. Chunki bu vaqtlarda uning ota-onasi ham mazkur fan bilan qattiq berilib shug‘ullanar edi. Ayniqsa otasi o‘zi genetik bo‘lishiga qaramay, geometriyaga mukkasidan ketar darajada ishtiyoq bilan yondoshgan.

1945-yilda Yevropa II-jahon urush olovidan qutilgach, Penrouzlar yana Angliyaga qaytib kelishadi va Londonga joylashishadi. Ota Penrouz London Universitet Kollejida odam genetikasi fanidan professor unvoni bilan ishlay boshlaydi. U farzandlarini ham aynan shu dargohda ta'lim olishlarini istagan. Ayni istakka ko‘ra Rojer ham mazkur kollejga o‘qishga kiradi. Kollejdagi o‘qish yakuniga ko‘ra unga ota-onasi oilaviy an'analarni davom ettirishni, ya'ni tibbiyot xodimi bo‘lib yetishishi uchun, biologiya va kimyo yo‘nalishi mutaxassisligini taklif etishadi. Lekin Rojer ularning xafsalasini pir qilgancha, fizika va matematika sohalarini o‘zi uchun istiqbolli deb tanlaydi.

Yangilаndi: 19.12.2018 07:52
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 11 sаhifа
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12196712

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)