Etvyosh gravitatsion gradiometriyasi
1848-1919 yillarda yashab o'tgan vengr alpinisti va fizigi Lorand fon Etvyosh ikkita massaning o'zaro gravitatsion tortishishini o'lchash uchun burama tarozidan foydalangan. Bunday tarozilar ipning chirpirak bo'lib aylanishi evaziga, juda bo'sh, zaif kuchlarni ham o'lchash imkonini beradi. Garchi, Etvyosh bunday tarozidan foydalanib gravitatsion tortishuvni o'lchashga uringan birinchi olim bo'lmasa-da, lekin u mazkur tarozini takomillashtirib, uning sezgirligini yanada orttirishga erishganligi bilan nom qozongan. Etvyosh gravitatsion tarozisi Yer sirtida gravitatsion kuchlarni o'lchash uchun ishlatiladigan eng yaxshi vositalardan biriga aylangan. Shuningdek, uning vositasida nafaqat Yer sirtidagi gravitatsiya, balki, yer ostidagi turli strukturalarni aniqlash ham mumkin bo'lgan. Garchi, Etvyoshning o'zi asosan fundamental tadqiqotlarga ko'proq e'tibor qaratgan bo'lsa hamki, lekin u takomillashtirgan mazkur asbob keyingi geologik qidiruv ishlarida, ayniqsa, neft va tabiiy gaz konlari ochilishida o'ta muhim ahamiyat kasb etdi.



Fizika



Rentgen nurlari yordamida zarralari suyuqlikdagidek tartibsiz joylashgan qattiq moddalar mavjudligini aniqlash mumkin bo'ldi. Bunday moddalar amorf moddalar yoki shishalar deyiladi, chunki oddiy shisha - amorf jismining eng oddiy misolidir.
Alfa (α) - yemirilishning kashf etilish va uni o‘rganish tarixi Ernest Rezerford nomi bilan bog‘liq. α-yemirilish, α-zarra degan nomlari ham u taklif etgan. Bu voqea radioaktivlik kashf etilgandan keyin bir oz vaqt o‘tgach sodir bo‘ldi. O‘shanda Rezerford uran tuzlarining nurlanishini endi tekshira boshlagan edi. Tajribalar bu nurlanish bir jinsli emasligini ko‘rsatdi. Uning bir qismini yupqa alyuminiy folga yutar, boshqa qismi esa undan bemalol o‘tib ketar edi. Olim ularni mos ravishda α-va β-nurlar deb atadi. Biroz keyinroq nurlanishning yana bir tarkibiy qismi aniqlandi, u yunon alifbosining uchinchi harfi bilan γ-nurlar deb ataldi.
Tasavvur qiling, siz haqiqiy Amerika vestern muhitiga tushib qoldingiz. Aytaylik, Yuta shtatida yashovchi hindu qabilalaridan birining sardori bilan, odam bo'yi keluvchi kaktuslar o'sib yotgan cho'ldan kvarts qidirmoqdasiz. Kvarts kristallarini birqanchasini yig'ib olib, ularni bizon terisidan tikilgan maxsus shaqildoq ritual marjonga joylaysiz va qabila yeriga qaytib, maxsus diniy marosimda ishtirok etasiz. Qabila sardori maxsus raqs va harakatlar vositasida go'yoki, o'lib ketgan insonlarning ruhini chaqirmoqchi bo'ladi. Tun oqib, atrof qop-qorong'u bo'lgani uchun, siz boya sahrodan yig'ib kelgan kvarts bo'laklari solingan shaqildoqni shaqillatib ritual harakatlarni bajarayotgan shaman qo'lidan qandaydir sirli yog'dular, chaqnashlar bilan o'qtin-o'qtin nur chiqib turadi. Hozir qandaydir mo'jiza yuz beradigandek....
Ilmiy-ommabop asarlar yozuvchisi Bill Brayson shunday yozadi: "Elementar zarralar fizikasida Koinot sir-asrorlarini o'rganish juda oson: olimlar zarrachalarni bir-biri bilan to'qnashishga majbur qilishadi va oqibatda nima yuz berishini kuzatishadi. Soddaroq quyidagicha o'xshatish keltirish mumkin: ikkita odam bir-birga Shveysariyaning o'ta aniq yuradigan mexanik soatlarini otib yuboradi. Soatlar albatta yerga tushib, yoki devorga urilib chil-chil bo'ladi. Keyin ular soat parchalarini yig'ib olib, aslida bu soatlar qanday ishlagan ekan? - deb qiziqib o'tirishadi".


